{"id":1036,"date":"2012-08-19T16:58:44","date_gmt":"2012-08-19T11:58:44","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=1036"},"modified":"2012-08-19T16:58:44","modified_gmt":"2012-08-19T11:58:44","slug":"siz-bayramni-qanday-otkazdingiz","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=1036","title":{"rendered":"Siz bayramni qanday o&#8217;tkazdingiz?"},"content":{"rendered":"<p>Ertalabdan oilamizning barcha erkaklari (o&#8217;g&#8217;lim Abdulazizdan tashqari, u hali yosh, namoz aqlli namoz o&#8217;qishni bilmaydi, lekin namoz o&#8217;qiyotsam, oldimga kelib, harakatlarimni qaytarib, sajdalar qiladiyu, zum o&#8217;tmay shaytoni tutib, joynamozni torta boshlaydi <img src=\"http:\/\/forum.ziyouz.com\/Smileys\/default\/smiley.gif\" alt=\"Smiley\" border=\"0\" \/> ) hayit namozini ado etish maqsadida yo&#8217;lga tushdik. Yo&#8217;lda dadam hammamizga yeb olinglar deb qand ulashdilar. Mahalla ko&#8217;chalari obod, hammayoq supurilgan, yomg&#8217;ir yoqqanga o&#8217;xshaydi, har bir xonadon saxardan o&#8217;z atrofini tozalab, suvlar sepgan. Mahalladoshlar ham oila-oila bo&#8217;lib, qo&#8217;llarida joynamoz bilan masjidga otlanmoqdalar&#8230;<\/p>\n<p>Har yili hayit namozlarida masjidga odam sig&#8217;may, ko&#8217;cha tomonga ham uzun saflar yoyiladi. Ko&#8217;pchilik yangi do&#8217;ppi kiyadi. Ko&#8217;m-ko&#8217;k bosh kiyimi uzoqdan allaqanday gulzorni eslatadi. Namozdan so&#8217;ng hamma bir-birini tabriklay ketadi. Yaqin do&#8217;stu aqrabolar hammasi shu yerda yig&#8217;ilgan. Ular bilan quchoq ochib ko&#8217;rishib, nonushtaga ul-bul xarid qilib, xonadonga otlanamiz. Avvalo onam kutib oladilar. Yelkamdan olib, ziyorat qiladilar. &#8220;Sizlar buyuk ibodatni ado qilib kelyapsizlar&#8221; deydilar.<\/p>\n<p>Oila a&#8217;zolarimiz bilan birga nonushta qilamiz. Bir oylik ro&#8217;zadan so&#8217;ng ertalabda ovqatlanish g&#8217;alati tuyuladi. Nonushtadan so&#8217;ng hayitliklar boshlanadi. Kattayu kichikka hayitlik ulashiladi. Bolalarni hayitlikni yig&#8217;ishtirib bo&#8217;lgan onoq ko&#8217;chaga otlanishadi.<\/p>\n<p>Bizda menga yoqmaydigan bir odat bor. Necha marta aytilsa-da, hech shu odat qolmayapti. Uyida aza bo&#8217;lgan xonadonda 3 marta &#8220;hayit fotihalari&#8221; bo&#8217;ladi. Shuni qilmasa ayb bo&#8217;larmish. Hech bo&#8217;lmasa bitta hayitda qilgin, nima qilasan, 3 marta qilib, desangiz &#8220;Odamlar nima deydi?&#8221; deyishadi. Xullasi, aksariyat fotihaxonlar ham &#8220;odamlar nima deydi?&#8221; uchun fotihaga boradi. O&#8217;tganlarni eslash, ularga fotiha qilish aslida juda xayrli amal, lekin bunga motam libosini kiygizish, insonlar shod bo&#8217;ladigan kunda azaxonlik qilish yaxshi emas. Xullas, men bugun hech qaysi fotihaga bormaslikka qaror qildim. Bugun men xursandchilik qilmoqchiman.<\/p>\n<p>Abdulaziz va onasi bilan birgalikda shahar bog&#8217;iga bordik. Boshqa bayramlardan farqli o&#8217;laroq, hayitda juda ko&#8217;pchilik bola-chaqasini olib, bayramga chiqadi. Bu safar ham shunday bo&#8217;ldi. Lekin bolasini olib chiqqan otalar kam ko&#8217;rinardi (fotihama-fotiha yurgandan keyin bolasiga vaqti bo&#8217;ladimi?). O&#8217;glim hali bunaqa olomonni ko&#8217;rmagan, avvaliga hayron bo&#8217;lib qoldi. Nuqul odamlarga qaraydi. Asta-sekin ko&#8217;nikdi, shekilli, ularga qarab qiqir-qiqir kula boshladi.<\/p>\n<p>Uyga qaytdim. Amakimnikida televizor tomosha qildim. Saudiya, Indoneziya, Filippin, Malayziyada, Rossiyadagi hayit namozlaridan reportaj ko&#8217;rsatishdi. Dog&#8217;istonda bir odat bor ekan, menga juda yoqdi. Hayit kuni mahallaning kichik bolalari qo&#8217;llariga xalta ushlab, mahalladagi xonadonlarga &#8220;Ramazon muborak!&#8221; deb kirisharkan. Xonadon ahli esa oldindan tayyorlab qo&#8217;ygan shirikliklaridan xaltalariga solib berarkan. So&#8217;nggi xonadondan chiqishda xaltalar to&#8217;lib, bolalar uchun haqiqiy bayramga aylanarkan.<\/p>\n<p>Shunaqa gaplar? Siz bayramni qanday o&#8217;tkazdingiz?<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ertalabdan oilamizning barcha erkaklari (o&#8217;g&#8217;lim Abdulazizdan tashqari, u hali yosh, namoz aqlli namoz o&#8217;qishni bilmaydi, lekin namoz o&#8217;qiyotsam, oldimga kelib, harakatlarimni qaytarib, sajdalar qiladiyu, zum o&#8217;tmay shaytoni tutib, joynamozni torta boshlaydi ) hayit namozini ado etish maqsadida yo&#8217;lga tushdik. Yo&#8217;lda dadam hammamizga yeb olinglar deb qand ulashdilar. Mahalla ko&#8217;chalari obod, hammayoq supurilgan, yomg&#8217;ir yoqqanga o&#8217;xshaydi, har bir xonadon saxardan o&#8217;z <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=1036\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[133],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1036"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1036"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1036\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1037,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1036\/revisions\/1037"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1036"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1036"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1036"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}