{"id":164,"date":"2006-05-20T09:57:23","date_gmt":"2006-05-20T04:57:23","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=164"},"modified":"2021-05-31T16:52:32","modified_gmt":"2021-05-31T11:52:32","slug":"novqa-mogol-va-damnigana-sayohat","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=164","title":{"rendered":"Novqa. Mo&#8217;g&#8217;ol va damnigana sayohat"},"content":{"rendered":"<p>Baxmal tog&#8217;larida joylashgan so&#8217;lim Novqa qishlog&#8217;ida ikki kun kun mehmon bo&#8217;ldik.<br \/>\nHaqiqatda u yerlarni bekorga Baxcmal deyishmas ekan. Baxmalga kirar ekanmiz, lolaqizg&#8217;aldoq va turli gullar bilan tabiat tomonidan bezatilgan Allohning buyuk qudratiga guvoh bo&#8217;ldik. Xuddi tabiat o&#8217;z go&#8217;zalliklarini gilam qilib to&#8217;shab qo&#8217;ygandek.<br \/>\nHavoga esa ta&#8217;riflash uchun so&#8217;z yetmaydi. Shaharning bo&#8217;g&#8217;iq va siqiq havosidan bezor bo&#8217;lgan tanamiz toza havo nimaligini his eta boshladi.<br \/>\nBiz tushgan qishloq tog&#8217; yonbag&#8217;rida, daraxtlar juda ham ko&#8217;p bir maskanda ekan.<br \/>\nQushlar, ayniqsa, bulbullarning sayrashlarini eshitib juda maza qiladi, odam. Qishloqda tong otishi judayam go&#8217;zal bo&#8217;larkan. Bomdod namozidan keyin tashqariga chiqib tabiatni kuzatib orom olasiz. Toza havo (biroz sovuqroq), qushlarning sayrashlari, tovuqlarning qichqirishlari, Mayin shabada, qimirlab salom berayotgan daraxtlar&#8230;<\/p>\n<p>Tog&#8217; odamlari esa judayam samimiy, mehmondo&#8217;st ekanlar. &#8220;E, keling mehmon, dimog&#8217;ing&#8217;iz chag&#8217;ma, damnigana juribsizma?&#8221; deya shirin shevalarida hol so&#8217;rashlari manga juda yoqdi.<br \/>\nNovqa qishlog&#8217;idagilarning muqaddas joylaridan biri Beshpanja bulog&#8217;i ekan. Hali bunaqa katta buloqni ko&#8217;rmagan edim. Xuddi 5 panjadan chiqayotgandek, buloq suvi qaynab toshlar orasidan sizib chiqayapti. Ana mo&#8217;jiza-yu mana mo&#8217;jiza. Buloqdagi baliqlar ham insonni hayratga soladi. Novqaga kelib qolgan odam, o&#8217;zini jannatning bir bog&#8217;chalarida deb tasavvur qiladi, qalin daraxtzor bo&#8217;ylab yuraversangiz toqqa chiqib ketasiz.<\/p>\n<p>Avvaliga mezbon, bizni toqqa chiqa olmasangiz kerak, charchab qolasizlar, deb bizga ishonishmadi. Ertasi kuni hurjunlarni ko&#8217;targancha toqqa ravona bo&#8217;ldik. Pastdan ko&#8217;rinishda unchalik baland bo&#8217;lmagan toqqa ko&#8217;tarilishimiz bilan yuksalikni his qila boshladik. Haqiqatda tog&#8217; juda baland ekan. Ayniqsa tikkaligi bizni biroz qiynadi. Emgalab bo&#8217;lsa-da maqsadga erishishga harakat qildik.<br \/>\nYo&#8217;lboshlovchimiz bizni tog&#8217; cho&#8217;qqisida lolazorni ko&#8217;rsatishga va&#8217;da bergan edik. Ko&#8217;tarilyapmiz, ko&#8217;tarilyapmiz. Kitoblarda o&#8217;qiganim lolazorlarni ko&#8217;rish istagi manga qo&#8217;shimcha kuch bag&#8217;ishlardi. Kichik-kichik cho&#8217;qqilardan 3-4 tasini ham oshib bo&#8217;ldik, lekin qani lolazor? Yo&#8217;q, lolalarni bizdan oldingiz ziyoratchilar yulib ketishgan. Nachora hamma umid eng katta cho&#8217;qqidan. Hatto novqalik do&#8217;stimiz Azizbek ham ushbu ko&#8217;tarilishda umrida birinchi marta bunday yuksaklikka chiqayotgandi. Yuksaklikdan qishloq endi kartadagidek kichkina bo&#8217;lib ko&#8217;rinardi. Biz yana ko&#8217;tarilayapmiz. Lekin hali veri lolazordan darak yo&#8217;q.<br \/>\nBizni burgut va qirg&#8217;iylar nazorat qilib borishmoqda. Uzoqdan bo&#8217;rining uvillashi ham eshitiladi. Ana cho&#8217;qqiga ozgina qoldi. Tog&#8217; juda tikka, ozgina noto&#8217;gri harakat ham fojeaga olib borishi mumkin. Allohdan yordam so&#8217;rab yana ko&#8217;tarildik&#8230;<br \/>\nCho&#8217;qqiga ham yetdik&#8230; Tog&#8217; cho&#8217;qqisida lolazor! Tabiatning go&#8217;zalligini qarang! Biz maqsadga erishdik. Lolalardan terayapman-u, qaniydo ayajonim shu yerda bo&#8217;pqolsalar deyman, lolalarni olaman-u, bir quchoq qilib ularga sovg&#8217;a qilaman. Qanchalik xursand bo&#8217;lishlarini tasavvur qilolsangiz edi&#8230; Cho&#8217;qqida turib uyga telefon qilaman&#8230;<\/p>\n<p>Chiqishga chiqib oldik-ku, endi tushish juda qiyin ekan, sarbonimiz Bo&#8217;rivoydan farqli o&#8217;laroquning akasi Obidjon bizni tikka yo&#8217;ldan olib tushsa bo&#8217;ladimi, zo&#8217;rg&#8217;a tushib oldik. Endi biz boshqa qishloqda edik. Tog&#8217;dan qishloqqacha ham ancha masofa ekan. Bo&#8217;rivoyning &#8220;Heyla, qishloq ko&#8217;rindi&#8221; degani ham naqd 5 km ekan. Piyoda bordik. O&#8217;tloqlarda kezib, tabiatning go&#8217;zalliklarini tomasha qilib, Mog&#8217;ol qishlog&#8217;iga kirib qolganimizni ham bilmay qolibmiz. Mog&#8217;oldan Novqagacha 8 km.lar bor. Shuncha piyoda yurgan uyog&#8217;iga ham piyoda ketishni taklif qildim. Ayni muddao bo&#8217;ldi. Yo&#8217;l bo&#8217;yidagi dalalar oralab Novqaga ham kirib oldik.<\/p>\n<p>Ertasi kuni ertalab esa, yana so&#8217;lim Baxmalni tark etib, tutun to&#8217;la shaharga yo&#8217;l oldik&#8230;<\/p>\n<p><strong>20.05.2006. <\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Baxmal tog&#8217;larida joylashgan so&#8217;lim Novqa qishlog&#8217;ida ikki kun kun mehmon bo&#8217;ldik. Haqiqatda u yerlarni bekorga Baxcmal deyishmas ekan. Baxmalga kirar ekanmiz, lolaqizg&#8217;aldoq va turli gullar bilan tabiat tomonidan bezatilgan Allohning buyuk qudratiga guvoh bo&#8217;ldik. Xuddi tabiat o&#8217;z go&#8217;zalliklarini gilam qilib to&#8217;shab qo&#8217;ygandek. Havoga esa ta&#8217;riflash uchun so&#8217;z yetmaydi. Shaharning bo&#8217;g&#8217;iq va siqiq havosidan bezor bo&#8217;lgan tanamiz toza havo nimaligini his <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=164\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1677,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[133],"tags":[232,185,231,219],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/164"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=164"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/164\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":166,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/164\/revisions\/166"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1677"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=164"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=164"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=164"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}