{"id":218,"date":"2009-01-06T01:14:02","date_gmt":"2009-01-05T20:14:02","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=218"},"modified":"2009-02-02T01:25:49","modified_gmt":"2009-02-01T20:25:49","slug":"kormaganning-korgani-qursin","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=218","title":{"rendered":"Ko&#8217;rmaganning ko&#8217;rgani qursin&#8230;"},"content":{"rendered":"<p><strong>&#8220;XIX asrdagi xalqimizning buyuk mag&#8217;lubiyatiga rus ayollari sabab bo&#8217;lgan&#8221;&#8230;mi?<\/strong><\/p>\n<p>Bu narsa avvaldan ishlab chiqilgan taktika edi. Bosib olishning eng yaxshi yo&#8217;li, avvalo xalq og&#8217;alarini, kattalarini yo&#8217;q qilish (ularni maishatga mubtalo qilib, raiyat bilan qiziqishini so&#8217;ndirish), boshsiz qolgan avomni zudlik bilan bo&#8217;ysundirish edi.<\/p>\n<p>O&#8217;rta Osiyoga (xususan Xiva xonligiga) dastlabki hujumlari qaqshatqich qashilikka uchrab, xafsalalari pir bo&#8217;lgan &#8220;og&#8217;a&#8221;lar, yurtimizga o&#8217;z missionerlarini yuborar ekan, ular xalqimizning nozik nuqtasini topdilar. Ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, o&#8217;sha davrlarda juda ko&#8217;p rus fohishalari yurtimizga olib kelinadi. Yangi restoran, pivo, vino, aroq barlari ochiladi. Fahsh, buzuqlik, aroqxo&#8217;rlik, nag&#8217;ma majlislari va xalqimiz uchun yangilik bo&#8217;lgan turli yevropacha &#8220;madaniyat&#8221; unsurlari bilan mahalliy aholining &#8220;ko&#8217;zini ochish&#8221; va zalolat botqog&#8217;iga botgan, vatanparvarlik tuyg&#8217;ulari o&#8217;rniga mehmonxona, restoranlarda &#8220;nozikbadan oq oyim&#8221; (bu ta&#8217;rif o&#8217;sha davrning ba&#8217;zi olimlariniki)lar bilan shakarguftorlik qilish-u, vino, pivo, aroq degan allambalo &#8220;ne&#8217;mat&#8221;lardan bahramand bo&#8217;lib &#8220;fiyon&#8221; bo&#8217;lib yurish kayfiyatini shakllantirildi.<\/p>\n<p>Bu haqda akademik V.V. Bartold quyidagilarni yozadi: <em>\u00abYerli aholi ruslar bilan yaqinlashishi, rus tilini o\u2018rganishi natijasida rus hayotining tashqi, salbiy tomonlarini ham o\u2018zlashtirdilar. Fahsh hayot kechirishga, vino, pivo ichishga o\u2018rgandilar&#8230;\u00bb<\/em><\/p>\n<p>Begali Qosimov yozadi: &#8220;Buning ustiga, Rusiya hukumati ham mustamlaka o\u2018lka xalqlari ma\u2019naviyatini, diniy e\u2019tiqodini buzish uchun fohisha ayollarning oqib kelishiga katta imkoniyatlar yaratgan edi (Mahmudxo\u2018ja Behbudiyning \u00abPadarkush\u00bb dramasidagi Liza, Cho\u2018lponning \u00abKecha va kunduz\u00bb romanidagi Mariya Bistrova, Oybekning \u00abQutlug\u2018 qon\u00bb asaridagi restoran fohishalarini eslang).<\/p>\n<p>Ishoqxon Ibrat \u00abBo\u2018lubtur\u00bb radifli hajviyasida mana shunday hayotiy lavhalarni berar ekan, unga o\u2018zining nafratini ifodalash bilan cheklanmaydi, balki bunday hayotni vujudga keltirgan faktor sifatida Markaziy Osiyoning, jumladan, Qo\u2018qon xonligining Rusiya tomonidan bosib olinishini ko\u2018rsatadi:<\/p>\n<p><em>Alhol muhtasib yo\u2018q, bir-ikki qilsa ul do\u2018q,<br \/>\nIchkuga xalq rog\u2018ib, doim fiyon bo\u2018lubtur.<\/p>\n<p>Mahbuba naqshxonlar, ko\u2018zi qaro juvonlar<br \/>\nGastinsalarda yurub, sarfi ziyon bo\u2018lubtur.&#8221;<\/em> (Qarang: <a href=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/index.php?option=com_remository&amp;Itemid=57&amp;func=fileinfo&amp;id=268\" target=\"_blank\">Milliy uyg&#8217;onish davri o&#8217;zbek adabiyoti<\/a>)<\/p>\n<p>Qarang, Ibratning yozishicha, ichkiligu, ayshga mukkasidan ketib, &#8220;piyon&#8221; bo&#8217;lib, osmonlarda uchib yurgan xalqqa, alhol bir-ikki do&#8217;q qilgani bitta muhtasib ham qolmadi&#8230;<\/p>\n<p>Chor hukumati o&#8217;z elchi(ayg&#8217;oqchi)larini yuborish bilan birga, xonliklardan ham Rusiyoning &#8220;mo&#8217;jizalaridan&#8221; bahramand bo&#8217;lish uchun vakillarni chaqirdi.<\/p>\n<p>Birqancha ziyolilarimiz, saroy kotiblari, ba&#8217;zida xonlarning o&#8217;zlari ham Imperator oliy hazratlarining &#8220;marhamatlaridan&#8221; ko&#8217;ngillari tog&#8217;dek ko&#8217;tarildi.<\/p>\n<p>Rusiyada ularga ko&#8217;rsatilgan nag&#8217;malar, turli antiqa tomoshalar elchilarimizning aqlini olib, qalblarini muhrlab qo&#8217;ydi, vasvasaga solib qo&#8217;ydi. Ular saroydagi majlislar haqida, g&#8217;aroyibotlar haqida, &#8220;nozik farishta xonimlar&#8221;ning ishvalari haqida xonga to&#8217;lib-toshib gapirib berdilar. Imperator hazratlarining tuhfalari bo&#8217;lmish &#8220;oq badanlar&#8221;ni amiral-mo&#8217;mininiyn, buyuk xonlariga taqdim etdilar.<\/p>\n<p>XIX asr Buxoroning qomusiy mutaffakkirlaridan biri Ahmad Donish \u00abNavodirul-vaqoe\u00bb kitobida <a href=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/index.php?option=com_content&amp;task=view&amp;id=3221&amp;Itemid=217\" target=\"_blank\">Rusiyaga qilingan navbatdagi safar<\/a> haqida shunday yozadi:<\/p>\n<p><em>&#8220;Qalam tebratuvchini vaziyat tarafidan bir kechalik bazm majlisiga taklif qildilar. Buni savroniya (sobranie) deb atar ekanlar. Bu bazmga to\u2018rt kishi bo\u2018lib bordik. Qarasak, majlis Rusiyaning kattalari, ularning xonu beklari bilan to\u2018lgan edi. Shuningdek, majlisda kelishgan, boshdan-oyog\u2018igacha ziynatga o\u2018ralgan oy yuzli xotinlar, ko\u2018kraklari olmadek ko\u2018tarilgan, yangi ochilgan guldek, kaklik yurishli qizlar, sarv bo\u2018yli, zebo yuzli yigitlar, qizlardan ham chiroyli, o\u2018spirinlar ham o\u2018ltirishgan edilar&#8230; Oy yuzli, sarv bo\u2018yli, nozik badan mahbubalar yasanishib, zol ichida xirom qilur edilar. Yurganlarida o\u2018yinchi kiyiklardek har tarafga qarab to\u2018lg\u2018anib, buralib yurar edilar. Qatma-qat kiygan nafis ipak liboslari ul nozaninlarning nozik oq badanlarini yopolmas edi. Ba\u2019zilari boshdan-oyoq bo\u2018ylariga qora ipak to\u2018r tortgan edilar. Bularni ko\u2018rganda ularning husn-jamollariga, ishva va nozlariga qarab aqllar hayron, tillar lol bo\u2018lar edi. G\u2019ayb olamidan tushgan ruhlarmi yoki bihishtdan dunyoga yuborilgan hur qizlarmi bular deb o\u2018ylaysan kishi&#8230; Bizlar bo\u2018lsak hammamiz og\u2018zimizni ochib atrofga qarab hayron bo\u2018lib qoldik. Bu joy qaer bo\u2018ldi, bu nima holdur o\u2018zi? Ajabo, hozir kelayotganimizda-ku, tun qorong\u2018usi bo\u2018lib, yomg\u2018ir savalab turgan edi, birdaniga kun chiqib kunduzga aylandimi? Yoki bu ajoyibotlarni tushimizda ko\u2018rayotirmizmi deb, ko\u2018zimizni gohida uqalab ham qo\u2018yar edik&#8230;&#8221;<\/em><\/p>\n<p>Qarang, o&#8217;sha davrning yetuk bir ulamosining yozganlarini. Bechora olim o&#8217;zini shunday yo&#8217;qotibdiki, samolarda parvoz qilibdi, uchibdi, uzoq-uzoqlarga parvoz qilibdi&#8230;<br \/>\n<strong><br \/>\nKo&#8217;rmagannning ko&#8217;rgani qursin&#8230;<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;XIX asrdagi xalqimizning buyuk mag&#8217;lubiyatiga rus ayollari sabab bo&#8217;lgan&#8221;&#8230;mi? Bu narsa avvaldan ishlab chiqilgan taktika edi. Bosib olishning eng yaxshi yo&#8217;li, avvalo xalq og&#8217;alarini, kattalarini yo&#8217;q qilish (ularni maishatga mubtalo qilib, raiyat bilan qiziqishini so&#8217;ndirish), boshsiz qolgan avomni zudlik bilan bo&#8217;ysundirish edi. O&#8217;rta Osiyoga (xususan Xiva xonligiga) dastlabki hujumlari qaqshatqich qashilikka uchrab, xafsalalari pir bo&#8217;lgan &#8220;og&#8217;a&#8221;lar, yurtimizga o&#8217;z missionerlarini yuborar <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=218\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[133],"tags":[295,296,297],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/218"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=218"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/218\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":220,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/218\/revisions\/220"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=218"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=218"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=218"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}