{"id":263,"date":"2009-02-14T11:39:03","date_gmt":"2009-02-14T06:39:03","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=263"},"modified":"2013-08-12T23:50:36","modified_gmt":"2013-08-12T18:50:36","slug":"hijobni-sevishni-qanday-o%e2%80%99rgandim-silvianing-ro%e2%80%99moldagi-birinchi-kuni","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=263","title":{"rendered":"Hijobni sevishni qanday o\u2019rgandim? Silvianing ro\u2019moldagi birinchi kuni"},"content":{"rendered":"<p>Men ajoyib kunlarning birida ro\u2019molni oldim-u, hijobga kirganim\u2026 yo\u2019q. Yo\u2019q, men asta-sekinlik bilan boshimni o\u2019rab bordim. Ko\u2019p urinishlardan so\u2019ng, mana endi inshaalloh har doim hijobda yuradigan bo\u2019ldim.<\/p>\n<p>2002 yili Islomni qabul qilganimda men hali ota-onam bilan yashardim. Avvaliga ro\u2019molni o\u2019ramasdan ham yaxshi musulmon bo\u2019laman deb o\u2019ylagandim. Men uchun o\u2019zim har kuni ko\u2019chada uchratgan, yoshlikdan biladigan, har kuni do\u2019konda ko\u2019rishadigan insonlarim oldida boshimda bir parcha mato bilan ko\u2019rinishga jasorat yetishmasdi.<\/p>\n<p>Men xristianlarning \u201ciymon qalbda bo\u2019ladi\u201d, Alloh qalbda bo\u2019lsa bo\u2019ldi, boshqa narsalar, jumladan kiyinish unchalik ahamiyatga ega emas degan g\u2019oyasini ko\u2019nglimga yaqin olardim. Keyinroq Islomni o\u2019rganarkanman, mening fikrim o\u2019zgardi.<\/p>\n<p>Tushunishimcha, Islomda tana va qalb, modda va ruh orasida bo\u2019linish yo\u2019q ekan. Namoz oldidan biz o\u2019z tanamizni qalbimizni poklaganimizdek poklaymiz. Sajdaga borarkanmiz, ruhimiz ham Allohga ta\u2019zim etadi. Bu haqda bilganimda hijobga kirish hissi menda yanada kuchaydi, hijoblanishga jasorat uyg\u2019ongandek bo\u2019ldi.<\/p>\n<p>Men ibodat va boshqa paytlarda hijobni qanday kiyish qoidalarini bilmas edim. Ko\u2019chada ko\u2019rinib qoladigan hijobli ayollarni kuzata boshladim. Ba\u2019zi muslimalar so\u2019nggi modadagi sharf va boshqa kiyimlarni hijobga o\u2019xshatib kiyib, o\u2019zlarini namoyish qilar, bu esa menda taajjub uyg\u2019otardi. Ba\u2019zilari mening bu qiziqishimni boshqacha tushundilar: mening ularga qarshi yoki rasist deb o\u2019yladilar. Mening asl maqsadim nima ekanligini bilganlarida edi\u2026<\/p>\n<p>O\u2019sha paytlarda men Milandagi islomiy kitoblar do\u2019konidan kitoblar xarid qilib turardim. O\u2019sha yerda ishlaydigan, dindorligi yuzidan bilinadigan va ayni paytda judayam samimiy qiz diqqatimni tortgan edi.<\/p>\n<p>Bir kuni do\u2019konga kelib uni yolg\u2019iz uchratdim. O\u2019shanda o\u2019zimda jasorat topib so\u2019ragan edim: \u201cKechirasiz, menga hijob o\u2019rashni o\u2019rgatasizmi?\u201d. Savolim uni hayron qoldirgan edi. O\u2019shanda mening musulmon ekanligimni fahmlamadi shekilli, biron so\u2019z ham gapirmadi.<\/p>\n<p>Keyin u do\u2019konni yopdi-da, o\u2019z hijobini yechib, menga qanday kiyishni birma-bir tushuntirdi. Keyin hijobini menga berdi va men ham kiyib ko\u2019rdim. Bu judayam oson va ayni paytda maroqli edi.<\/p>\n<p>Bu mening birinchi hijobim edi \u2013 oddiy, oq rangda edi. Bu menga judayam yoqqan edi. Uni haligacha o\u2019zimda saqlayman, kiyilaverib eskirib ketgan bo\u2019lsa-da, ba\u2019zida kiyib turaman.<\/p>\n<p>Keyingi kuni o\u2019sha hijobni sumkamga solib, universitetga olib keldim. Ibodat qilish uchun o\u2019z ish joyimga yaqin bo\u2019sh xonani topdim. Keyin telefoni jiringladi \u2013 bu kechagi kitob do\u2019konidagi qiz edi. U meni masjidga taklif qildi (o\u2019sha kuni juma edi).<\/p>\n<p>Mening ro\u2019molim bor edi, lekin masjidga kirish uchun kiyimlarim biroz to\u2019g\u2019ri kelmas edi. Men uzun yubka kiyardim, lekin ko\u2019chada yurganimda u ba\u2019zan ochilib qolardi. Ko\u2019ylagimning yengi ham uzun emasdi.<\/p>\n<p>Nima qilishim kerak? Yubkam ochilib qolmasligi uchun asta-asta qadam bosib, universitet yaqinidagi do\u2019konga yetib bordim. U yerdan to\u2019gnog\u2019ich olib, yubkamni qadam oldim. Garchi yoz bo\u2019lsa-da, kurtka olib, ro\u2019molni o\u2019rab, masjidga ravona bo\u2019ldim. O\u2019shanda umrimda birinchi marta ko\u2019chada hijobda yurgan edim.<\/p>\n<p>Italyan bo\u2019lganligim uchun, kiyimim ham asl musulmonlarniki bo\u2019lmagani uchun ham yo\u2019lda ketarkanman, ko\u2019pchilikning nigohi men tomon boqardi. Avvaliga uyalgan bo\u2019lsam-da, lekin\u00a0 hijobda yurganimdan faxrlanardim. U menga yoqqan edi, hijob bilan o\u2019zimni judayam yaxshi his qilgan edim.<\/p>\n<p>Masjid menga judayam yoqqan edi. Har juma u yerga borardim. Kuz kelib, qish yaqinlashishi bilan menga islomiy kiyimlarni kiyish osonlasha boshladi.<\/p>\n<p>Men hijobni imkon boricha kiyishga harakat qilardim. Yaqinlarim, qarindoshlarimdan esa hamon buni yashirardim.<\/p>\n<p>Bir necha oylardan so\u2019ng turmushga chiqdim va boshqa davlatga ko\u2019chib o\u2019tdik. U yerda meni hech kim tanimasdi. Bu esa mening doimiy hijobda yurishimga imkoniyat yaratardi. Avvaliga biroz hijolat bo\u2019lgan bo\u2019lsam-da, doimiy hijobda yurish bilan u menga dunyodagi eng yaxshi kiyim bo\u2019lib qoldi.<\/p>\n<p>Ko\u2019chaga chiqarkanman, tufli va hijobimni kiyardim. Men tufli kiyishni hech qachon esdan chiqarmaganimdek \u2013 hijobim ham yoddan ko\u2019tarilmasdi. U mening doimiy, kundalik kiyimimga aylangan edi.<\/p>\n<p>Meni tashvishga solgan yagona narsa \u2013 u bilan ish topa olishim edi. Qalbimda iymonim bo\u2019lsa-da, u hali mustahkam emas edi. Hijob bilan endi o\u2019zimga ish topa olamanmi deya ba\u2019zan kechalari bilan o\u2019ylanib chiqar edim.<\/p>\n<p>O\u2019shanda Allohning ushbu oyatlarini eslab, taskin topgan edim: <strong>Kim Allohdan qo\u2018rqsa, U zot uning uchun<\/strong> (barch g\u2018am-kulfatlardan) <strong>chiqar yo\u2018lni<\/strong> (paydo) <strong>qilur. Va uni o\u2018zi o\u2018ylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas,<\/strong> (Allohning) <strong>O\u2019zi unga yetarlidir. Albatta Alloh O\u2019zi<\/strong> (xohlagan) <strong>ishiga yetguvchidir.<\/strong> (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yo\u2018qdir). <strong>Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-o\u2018lchov qilib qo\u2018ygandir<\/strong> (ya\u2019ni, hayotda ro\u2018y beradigan har bir yaxshi-yomon voqea-hodisa yolg\u2018iz Alloh xoxlagan \u2014 belgilagan vaqt va o\u2018lchovda ro\u2018y beradi). <em>(\u201cTaloq\u201d surasi, 2-3-oyatlar.)<\/em><\/p>\n<p>Darhaqiqat, Alloh shukrki, men o\u2019zimga mos ishni topgan edim.<\/p>\n<p>So\u2019zim oxirida boshlovchi muslimalarga shunday demoqchiman: ba\u2019zida muslima birodarlaringiz sizni majbur qilmoqchi bo\u2019lishadi. Islomga kirishingiz bilanoq sizga hijob yoki jilbob kiyishni talab qilishadi.<\/p>\n<p>Mening sizga masalahatim: avvalo hijobning asl ma\u2019nosini anglab yeting. Asta-sekin uni o\u2019zingizda joriy etishga harakat qiling. Iymoningiz va Islomga muhabbatingiz ortishi bilan sizda hijobga mehr ortadi va u sizga dunyodagi eng yaxshi kiyim bo\u2019lib qoladi. Siz majburlikdan hijoblanmang. Aksincha muhabbat bilan hijoblaning.<\/p>\n<p>Qur\u2019ondagi hijob oyati haqida fikr yuriting. Alloh taolo o\u2019z Payg\u2019ambari (SAV)ga hijobni Madinada, Islom g\u2019ariblikdan qutulib, taraqqiyotga kirgan paytda, odamlarning taqvosi ko\u2019tara oladiga paytda farz qildi. Bu ham Allohning buyuk hikmatidir.<\/p>\n<p><strong>Silviya (Italiya)<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/www.islamonline.net\/\" target=\"_blank\">IslamOnline<\/a> dan erkin tarjima.<\/p>\n<p><strong>AbdulAziz<\/strong> tarjima qildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Men ajoyib kunlarning birida ro\u2019molni oldim-u, hijobga kirganim\u2026 yo\u2019q. Yo\u2019q, men asta-sekinlik bilan boshimni o\u2019rab bordim. Ko\u2019p urinishlardan so\u2019ng, mana endi inshaalloh har doim hijobda yuradigan bo\u2019ldim. 2002 yili Islomni qabul qilganimda men hali ota-onam bilan yashardim. Avvaliga ro\u2019molni o\u2019ramasdan ham yaxshi musulmon bo\u2019laman deb o\u2019ylagandim. Men uchun o\u2019zim har kuni ko\u2019chada uchratgan, yoshlikdan biladigan, har kuni do\u2019konda ko\u2019rishadigan insonlarim <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=263\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[48],"tags":[302,159,339],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/263"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=263"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/263\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":265,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/263\/revisions\/265"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=263"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=263"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=263"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}