{"id":285,"date":"2009-02-23T19:40:31","date_gmt":"2009-02-23T14:40:31","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=285"},"modified":"2009-02-26T01:45:09","modified_gmt":"2009-02-25T20:45:09","slug":"eshkakchi-hikoya-omer-seyfettin","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=285","title":{"rendered":"Forsa (hikoya). Omer Seyfettin"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>Omer Seyfettin<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>FORSA*<\/strong><\/p>\n<p>O\u2019rta yer dengizining qahramonlarga makon bo\u2019lgan so\u2019ngsiz ufqlariga qaragan kichik bir tepa mittigina gul bog\u2019chasi kabi edi. Nozik, uzun shoxli bodom daraxtlarining turfa soyalari sohil tomon tushar, erta bahorning mayin shamollariga sarxush bo\u2019lgan baliqchi qushlarning savdoyi shovqin-suroni havoda jarang sochardi. Bodomzorning yoni keng bir bog\u2019 edi. Oq toshlardan tiklangan qisqa devorning o\u2019rtasidagi xaroba vodiyga qadar tushardi. Bog\u2019ning o\u2019rtasidagi buzilgan kulbaning eshiksiz kirish joyidan bir qariya chiqdi. Go\u2019yo bukchaygan belini to\u2019g\u2019rilagan kabi kerishdi. Soch-soqoli oppoq mo`ysafidning qo\u2019llari, oyoqlari titrar edi. Osmon qadar bo\u2019sh, ko\u2019k qadar sokin turgan dengizga uzoq boqdi.<br \/>\n&#8211; Xayrlidir, inshaalloh \u2013 dedi o`z-o`ziga.<br \/>\nDevor ostiga to`shalgan toshlarga cho\u2019kdi. Qo\u2019llarini boshining orqasiga oldi. Qariyaning egnida yirtiq bo\u2019z kiyim bor edi. Yalang\u2019och oyoqlari tuproqqa qorilgan, zaif qo\u2019llari esa kirlangan bronza rangiga kirgan edi. U boshini ko\u2019tardi. Ko\u2019k bilan dengizni birlashtirgan tuman chegarasiga diqqat bilan boqdi &#8211; ammo ko\u2019rinadigan hech narsa yo\u2019q edi.<br \/>\nMo`ysafid har kecha uyqusida bir qancha yelkanli kemaning uni qutqarish uchun kelayotganini ko\u2019radigan eshkakchi edi. Bir zamonlar eski bir turk kemasida eshkakchilik qilgan qariyaning qirq yillik umri asirlikda o\u2019tgandi. O\u2019ttiz yoshida kuchli matros, chayir qahramon bo\u2019lgan holida Malta qaroqchilarining qo\u2019liga tushgan edi. Yigirma yil ularning kemalarida eshkak eshdi. Yigirma yil ikki oyog\u2019i zanjirlar bilan bog\u2019lanib, kema ostidagi rutubatli xonada yashadi. Yigirma yilning yozlari, qishlari, shamollari, bo\u2019ronlari, quyoshlari uning po`latdek vujudini eritolmadi. Zanjirlari mog\u2019orlashdi, chiridi, uzildi. Yigirma yil ichida bir necha marta xalqalari, mixlarini almashtirdilar. Ammo uning chinor-da mustahkam oyoqlariga hech nima kor qilmadi. U faqatgina tahorat ololmagani uchun xafa bo\u2019lardi. Har namoz vaqtida ko\u2019zlarini qibla tomonga burar, besh vaqt ibodatni ishorat bilan o\u2019qir edi.<br \/>\nEllik yoshga yetganida uni ortiq eshkak esholmaydi deb, bir orolda sotib yubordilar. Uning xojasi bir dehqon edi. Bir burda non uchun o\u2019n yil uning qo`lida ishladi. Tangriga shukr etardi. Chunki endi uning oyoqlaridan mixu zanjirlar olib tashlangandi. Tahorat olishga imkoni bor, qiblaga qarab namoz o\u2019qir, esida qolgan oyatlarini o\u2019qib ibodat, duo qila olardi. Butun umidi tug\u2019ilgan yeri Edremitga yetishish, qayta ko`rish edi. O\u2019ttiz yil ichida bir lahza ham bu umid uni tark etmadi. \u201cO\u2019lganimdan so\u2019ng tirilishimga qanchalik ishonsam, ellik yil asirlikda yashasam-da bir kun Vatanimga yetishishimga shunchalik umid qilaman\u201d derdi u.<br \/>\nU eng dongdor, eng mashhur turk kemachilaridan edi. Yigirma yoshidayoq Jabal al-Tariq bo\u2019g\u2019ozidan o\u2019tgan, katta dengiz flotlarini bir o\u2019zi kichik kemasida yenga olgan edi. U zamonlar Turk elida uning nomi tillarda doston edi. Hatto podshoh uni saroyga chaqirtirib, boshdan kechirganlarini o\u2019zidan eshitardi. Chunki u Hizr alayhissalom kezgan diyorlarda sayr etgan edi. Shunday dengizlarda bo\u2019lgan ediki, unda tog\u2019lardan baland muz parchalari suzar edi. U tomonlar umuman boshqa dunyo edi. Olti oy kunduz, olti oy kecha bo\u2019lardi. Zavjasini ham o\u2019sha sirli o`lkalardan topgan edi. Kemasi oltin, kumush, inju, olmos, asirlar bilan to\u2019lib Vatanga qaytar ekan, dengiz o\u2019rtasida uylangan, o\u2019g\u2019li Turg\u2019ut ham yo`lda &#8211; Chanoqqal\u2019aga yetgan paytda tug\u2019ilgan edi. O`g`li hozir qirq besh yoshga kirgan bo\u2019lsa kerak. Ajabo, tirikmikan? Xayolini band etgan, qorlardan oppoq zavjasi hozir hayotmikan? Qirq yilki, Istanbulning minoralari, dengiz ufqi xayolidan hech ketmaydi. \u201cBir kemam bo\u2019lsa, ko\u2019zimni shart yumardim-u, Vatan tomon yo\u2019l olardim\u201d deya orzu qilardi\u2026<br \/>\nOltmish yoshdan o\u2019tganidan keyin xojasi uni ozod qildi. Bu ozod qilish emas, uni o\u2019z holiga tashlab qo\u2019yish, ko\u2019chaga haydash edi. Qari tutqun ushbu qarovsiz bog\u2019dagi xaroba kulbani topdi. Shu yerdan panoh topdi. Hech kim hech narsa demadi. Ora-sira qishloqqa tushar, qariligiga achinib berishgan sadaqalarni to\u2019plab, yana kulbasiga qaytardi. Ortiq kuchi qolmagan edi. Uning ishlashini endi bog\u2019 sohibi ham istamas edi. Qayoqqa ham borar edi?<br \/>\nU avval ko\u2019rgan tushlarini endi qaytadan ko\u2019rayotgan edi. Qirq yillik tush\u2026 Turklarning, turk kemalarining kelishi\u2026<br \/>\nKo\u2019zlarini qaqshagan qo\u2019llari bilan ishqaladi. Dengizning ko\u2019k bilan birlashgan joyiga qaradi. Ha, ular kelishadi, albatta, kelishadi. U bunga shunchalar ishonardiki\u2026<br \/>\n&#8211; Qirq yil ko\u2019rilgan tush aslo yolg\u2019on bo\u2019lmas, &#8211; derdi u o`z-o`ziga. Kulba devorining ostiga oyoqlarini uzatdi. Sekin-asta ko\u2019zlarini yumdi. Erta bahor umid uchquni kabi har yoqni nurga to\u2019ldirardi. Baliqchi qushlarning \u201ckelayaptilar, kelayaptilar, seni qutqarish uchun kelyaptilar\u201d deganga o\u2019xshagan ovozlarini tinglab uxlab qoldi. Devor toshlarining orasidan chiqqan hasharotlar ustida kezib yurar, bo\u2019z kiyimining ichiga o`rmalar, yumshoq, oppoq soqollari orasida o\u2019ynashardi. Qari asir tushida katta bir turk kemasining bandargohga kirganini ko\u2019rardi. Qishloqqa ketadigan yo\u2019lga bir qancha askar chiqargan edilar. Qizil bayroqni uzoqdan tanidi. Shamshirlar, qalqonlar quyosh aksida porlar edi. Biznikilar! Biznikilar! \u2013 deya baqirib uyg\u2019ondi. O\u2019ziga keldi. Ustidagi hasharotlar tumtaraqay qochdilar. Bandargohga boqdi. Haqiqatan, qo\u2019rg\u2019onning qarshisida bir kema ko\u2019rinardi. Yelkanlar, eshkaklarning bichimiga diqqat etdi. Rangi oqarib ketdi. Ko\u2019zlarini ochdi. Yuragi tez ura boshladi. Qo\u2019llarini ko\u2019ksiga qo\u2019ydi. Bular turk kemalari edi. Qirg\u2019oqqa yaqinlashayotgan edilar. Ko\u2019zlariga ishonmadi. \u201cAjabo, tushimmi, o\u2019ngimmi?\u201d \u2013 deya taajjubga tushdi. Uyg\u2019ongandan so\u2019ng tush ko\u2019rilarmidi? O\u2019zini ishontirish maqsadida qo\u2019llarini tishladi. Yerdan o\u2019tkir tosh parchasini oldi. Qo\u2019liga urdi. Ha, u og`riqni his qilayapti. Demakki, uyg\u2019oq, ko\u2019rayotgani tush emasdi. Sevinchdan, sarosimadan tizzasi jonsizlandi. O\u2019tirib qoldi. Qirg\u2019oqqa chiqqan harbiy qism qo\u2019llarida qizil bayroqlari bilan to\u2019gri qo\u2019rg\u2019onga kelardilar. Qirq yillik kutishdan so\u2019ng\u2026 u yana o\u2019zini qo\u2019lga olishga urindi. Birdan suyaklari qisirladi. Bodom daraxtlarining gulli soyalari bo\u2019ylab, qirg\u2019oqqa qarab yugurdi, chopdi. Qirg\u2019oqqa chiqqan askarlar oq soqolli qariyaning o\u2019zlari tomon yugurib kelayotganini ko\u2019rgach:<br \/>\n&#8211; To\u2019xta, &#8211; deya baqirdilar. Qariya to\u2019xtamadi, u ham baqirdi:<br \/>\n&#8211; Men turkman, o\u2019gillarim, turkman.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\nAskarlar uning yaqinlashishini kutdilar. Qariya turklarning yoniga yaqinlasharkan, ilk uchraganini quchoqlab, o\u2019pa boshladi. Ko\u2019zlaridan yoshlar oqar edi. Buni ko\u2019rganlar mutaassir edilar. Biroz hayajoni bosilgandan so\u2019ng so\u2019radilar:<br \/>\n&#8211; Qanchadan beri asirlikdasiz?<br \/>\n&#8211; Qirq yildan beri.<br \/>\n&#8211; Qayerliksiz?<br \/>\n&#8211; Edremitlik.<br \/>\n&#8211; Ismingiz nima?<br \/>\n&#8211; Qora Memish.<br \/>\n&#8211; Kapitanmidingiz?<br \/>\n&#8211; Ha\u2026<br \/>\nQariyaning atrofidagi askarlar bir-birlariga yaqinlashdilar. Hayqiriq yangradi: \u201cXo\u2019jayinga xabar bering! Xo\u2019jayinga xabar bering!..\u201d. Qariyaning qo\u2019llaridan tutdilar. Qush kabi dengiz qirg\u2019og\u2019iga eltib, qayiqqa o\u2019tqazdilar. Keyin katta kemaga olib bordilar. Askar ichida uning qahramonlik sarguzashtlarini bilmagan, u haqda eshitmagani yo\u2019q edi.<br \/>\nQariya kema sahnida biroz turdi. Sevinchdan sarosimada, o\u2019zini yo\u2019qotgan edi. Kiyish uchun bir ishton berdilar. Eginiga ko\u2019ylak tashladilar. Boshiga dastor kiygizdilar.<br \/>\n&#8211; Ketdik, xo\u2019jayinning yoniga, &#8211; dedilar.<br \/>\nUni bu yerga keltirgan askarlar bilan ulkan kemaning ortiga yurdilar. Shopmo\u2019ylov, zarlangan kiyimi ustiga temir, po\u2019lat zirh kiygan bahaybat bir odamning qarshisida to\u2019xtadilar.<br \/>\n&#8211; Siz kapitan Qora Memishmisiz?<br \/>\n&#8211; Ha!<br \/>\n&#8211; Hizr alayhissalom kezgan joylardan o\u2019tgan sizmisiz?<br \/>\n&#8211; Menman.<br \/>\n&#8211; Rost gapiryapsizmi?<br \/>\n&#8211; Nega yolg\u2019on so\u2019ylayin?<br \/>\n&#8211; Oching, o\u2019ng qo\u2019lingizni ko\u2019rayin.<br \/>\nQariya ko\u2019ylagi ichidan qo\u2019lini chiqardi. Shimardi. Xo\u2019jayinga uzatdi. Mushagida xoch bichimidagi chuqur bir chandiq izi bor edi. Bu chandiqni kechalari olti oy bo\u2019ladigan bir oroldan xotini bilan qaytayotganda olgan edi. Xo\u2019jayin, uning qo\u2019llarini o\u2019radi. O\u2019pa boshladi.<br \/>\n&#8211; Men sizning o\u2019glingizman, &#8211; dedi.<br \/>\n&#8211; Turg\u2019utmisan?<br \/>\n&#8211; Ha!<br \/>\nTutqun qariya sevinchidan o\u2019zidan ketdi. Hushiga kelgach, o\u2019g\u2019li unga:<br \/>\n&#8211; Men qirg\u2019oqqa jang uchun chiqyapman. Siz kemada rohat oling, &#8211; dedi. Eski qahramon qabul qilmadi:<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q. Men ham sizlar bilan jangga chiqaman.<br \/>\n&#8211; Judayam qarigansiz, ota.<br \/>\n&#8211; Ammo yuragim kuchli!<br \/>\n&#8211; Dam oling, ota. Bizni kuzatib turing.<br \/>\n&#8211; Qirq yilki, muhorabani sog\u2019indim\u2026<br \/>\nOg\u2019li otasiga tiz cho\u2019kib, \u201dVatanni, sevgan insonlarni ko\u2019rmasdan sizni takror yo\u2019qotmayin, otajon\u201d, deya yolvorib qo\u2019llarini o\u2019pdi.<br \/>\nQariya boshini ko\u2019tarib, ko\u2019ksini tik tutib, yana yoshligiga qaytgandek edi. Bayroqqa ishora etib:<br \/>\n&#8211; Shahid bo\u2019lsam, buni ustimga yoping. Qizil bayrog\u2019im hilpiragan joy Vatan emasmi? \u2013 dedi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>1910 <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><strong>D<\/strong><strong>avronbek Tojialiyev tarjimasi.<\/strong><\/p>\n<p><em>_______________<br \/>\nForsa \u2013 kemada eshkakchilikka mahkum qilingan qul. <\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>OMER SEYFETTIN HAQIDA<img loading=\"lazy\" class=\"alignleft size-full wp-image-302\" title=\"omerseyfettin\" src=\"\/wp-content\/uploads\/2009\/02\/omerseyfettin.jpg\" alt=\"omerseyfettin\" width=\"164\" height=\"218\" \/><br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Turk hikoyachiligining mumtoz vakili, jurnalist va zobit Omer Seyfettin 1884-yili Turkiyaning Belikesir shahrida dunyoga keldi. Avval Usmoniya maktabida, so\u2019ngra harbiy bilim yurtlarida o\u2019qigan Omerning ilk ijod mahsuli 1900-yili \u201cMajmuai adabiyya\u201dda chop etildi. 1906-yili Izmirdagi jandarm maktabiga o\u2019qituvchi bo\u2019lib ishga kirdi. Shu yillarda Izmirda chop etiladigan \u201cSebat\u201d, \u201cXizmat\u201d, \u201cSarbast\u201d kabi gazetalarga maqolalar yozdi.<\/p>\n<p>Omer Seyfettin harbiy harakatlarda ishtirok etarkan, ijodni ham tark etmadi. 1911-yili \u201cYosh qalamkashlar\u201d jurnalida uning \u201cYangi lison\u201d nomli katta maqolasi imzosiz chop etildi. Maqolada milliy tilni asrab qolish, boshqa tillardan so\u2019z olgandan ko\u2019ra, uning milliy muqobillarini topish, adabiyotni xalq tiliga yaqinlashtirish kabi jiddiy masalalar ko`tarilgan edi. Uning &#8220;Bahor va qaldirg\u2019ochlar&#8221;, &#8220;Qo\u2019zg\u2019olish xabari&#8221;, &#8220;Primo Turk bolasi&#8221;, &#8220;Ont&#8221; va &#8220;Ishq to\u2019lqini&#8221; kabi hikoyalari ham ayni shu jurnalda bosildi.<\/p>\n<p>Leytenant Omer Seyfettin 1912-yilda Bolqon urushida qatnashdi va Yanya yaqinida yunon armiyasiga asirga tushdi. &#8220;Pastkash&#8221;, &#8220;Mahdiy&#8221;, &#8220;Hurriyat Bayroqlar\u0131&#8221; noml\u0131 hikoyalarida asirlikdagi hayotini qalamga oldi. Bu hikoyalar \u201cXalqqa to\u2019g\u2019ri\u201d, \u201cTurk yurti\u201d va \u201cZako\u201d kabi jurnallarda nashr etildi.<\/p>\n<p>Bir yillik asirlikdan so\u2019ng,\u00a0 1913-yili Istanbulga qaytdi va harbiylikni tashlab,\u00a0 \u201cTurk So\u2019zi\u201d jurnaliga muharrirlik qila boshladi. 1914-yildan umrining oxirigacha Kabatash maktabida adabiyotdan dars berdi.<\/p>\n<p>Omer Seyfettin 1920-yili 36 yoshida qand kasalidan vafot etdi.<\/p>\n<p>Asarlari: \u201cTarix azaliy takrordir\u201d (1910), \u201cHaram\u201d (1918), \u201cEfruz Bey\u201d (1919), \u201cQahramonlar\u201d, \u201cBomba\u201d, \u201cHaram\u201d, \u201cUzun poshnalar\u201d, \u201cHalollik\u201d, \u201cYolg\u2019iz bahodir\u201d, \u201cIskanja\u201d, \u201cIshq to\u2019lqini\u201d, \u201cOq Lola\u201d, \u201cSirli amaliyot\u201d, \u201cForsa\u201d, \u201cBadal\u201d, \u201cPushti durli yoqa\u201d. <strong><br \/>\n<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omer Seyfettin FORSA* O\u2019rta yer dengizining qahramonlarga makon bo\u2019lgan so\u2019ngsiz ufqlariga qaragan kichik bir tepa mittigina gul bog\u2019chasi kabi edi. Nozik, uzun shoxli bodom daraxtlarining turfa soyalari sohil tomon tushar, erta bahorning mayin shamollariga sarxush bo\u2019lgan baliqchi qushlarning savdoyi shovqin-suroni havoda jarang sochardi. Bodomzorning yoni keng bir bog\u2019 edi. Oq toshlardan tiklangan qisqa devorning o\u2019rtasidagi xaroba vodiyga qadar tushardi. Bog\u2019ning <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=285\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[359],"tags":[360,362,361,363],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/285"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=285"}],"version-history":[{"count":7,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/285\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":287,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/285\/revisions\/287"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=285"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=285"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=285"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}