{"id":289,"date":"2009-02-25T08:49:43","date_gmt":"2009-02-25T03:49:43","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=289"},"modified":"2009-02-26T01:38:41","modified_gmt":"2009-02-25T20:38:41","slug":"badal-hikoya-omer-seyfettin","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=289","title":{"rendered":"Badal (hikoya). Omer Seyfettin"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>Omer Seyfettin<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>BADAL<\/strong><\/p>\n<p>Tor eshigidan boshqa oydinlik kiradigan hech bir yeri bo\u2019lmagan do\u2019konida mustaqil ravishda kecha-kunduz uchqunlar sachratib ishlaydigan Xo\u2019ja Ali uyasida o\u2019tirgan tarbiyali arslonni eslatardi. U uzun bo\u2019yli, katta panjali, qalin mushakli, keng yelkali pahlavon edi. O\u2019n yildirki bu qorong\u2019i uy ichida temirdan yasagan qilich va tig\u2019lari butun Onado\u2019lida, butun Rumelida, chegara joylarida juda mashhur bo\u2019lgan edi. Hatto Istambulda ham yanicharlar sotib olayotgan kamon, qalqon va shamshirlaridan \u201cAli Ustaning ishi\u201d degan tamg\u2019ani qidirardilar. U po\u2019latni qanday toblashni yaxshi bilardi. Faqat uzun qilichlar emas, hatto yasagan qisqa pichoqlari ham ikki qavat bo\u2019lar, aslo sinmasdi. \u201cQo\u2019shaloq toblash\u201d san\u2019atining faqatgina ustaning o\u2019zi biladigan siri bor edi. Yoniga shogird olmas, kishilar bilan ko\u2019p gaplashmas, do\u2019konidan tashqariga chiqmas, tinmay ishlardi. Uylanmagan, qarindoshi, yaqinlari yo\u2019q edi. Shaharning ajnabiysi edi u. Qilich, temir, po\u2019lat, otashdan boshqa so\u2019zni bilmas, savdoga kirishmas, mijozlari nimani bersa shuni olardi. Faqatgina urush paytlari o\u2019chog\u2019ini so\u2019ndirar, do\u2019konini qulflar, ko\u2019rinmay qolar, urush tugagandan so\u2019ng yana paydo bo\u2019lardi. Shaharda u haqda har xil mish-mishlar yurardi. Kimdir \u201cjallod qo\u2019lidan qochgan olim\u201d desa, yana kimdir \u201csevgilisi o\u2019lgani uchun dunyodan qo\u2019l siltagan majnun\u201d derdi. Qop-qora ko\u2019zlarining mag\u2019rur boqishidan, aslzodalarga xos mulozamatidan, kamgapligi, ammo ravon so\u2019zlashidan u oddiy odamlardan emasligi ma\u2019lum edi\u2026 Ammo u kim edi? Qayerlik edi? Buni biladigan yo\u2019q edi. Xalq uni sevardi. Shaharda bunaqa mashhur ustaning borligi hamma uchun faxr edi.<br \/>\n&#8211; Bizning Ali\u2026<br \/>\n&#8211; Bizning buyuk usta\u2026<br \/>\n&#8211; Dunyoda tengi yo\u2019q\u2026<br \/>\n&#8211; Zulfiqorning siri undadir\u2026 &#8211; deyishardi.<br \/>\nAli eng qalin, eng qattiq temirni ham makkajo\u2019xori yaprog\u2019i kabi yupqa, qog\u2019oz kabi yumshoq qiladigan san\u2019atini hech kimdan o\u2019rganmagan, o\u2019zi kashf qilgandek edi go`yo\u2026<br \/>\nO\u2019n ikki yoshidayoq amaldor otasining boshi olinib, u yetim qolgan edi. Tog\u2019asi juda boy, ammo ichki dunyosi qashshoq, qabih bir vazir edi. Uni yoniga oldi. O\u2019qitishni istadi. Balki davlat qaramog\u2019ida yetishtirib, buyuk mansablarga chiqarishni rejalashtirgandi. Ammo Alining tabiatida boshqalar hisoblashish odati yo\u2019q edi. \u201cMen hech kimga yalinmayman\u201d, derdi. Bir kecha tog\u2019asining hovlisidan qochdi. Kimsasiz inson kabi tog\u2019lar, tepalar, daralar oshdi. Nomini bilmaydigan o\u2019lkalarda kezdi. Oxiri Erzurumda qari bir temirchiga shogird tushdi. O\u2019ttiz yoshiga qadar Onado\u2019lida u kezmagan shahar qolmadi. Hech kimga bo\u2019yin egmadi. Ko\u2019ngil quli bo\u2019lmadi. Nonini toshdan chiqardi. Peshona teri bilan tirikchilik qilardi, pul uchun emas, san\u2019at zavqi uchun ishlardi. \u201cPo\u2019latni qo\u2019shaloq toblash\u201d uning sevgan ishi edi. Ko\u2019ngilli ravishda janglarga borgan paytlari yanicharlar, sipohiylar, sakbonlar*\u00a0 orasida ishining natijasini ko\u2019rib, til bilan anglab bo\u2019lmas ajib baxtni his qilardi. To umri bor ekan tinmasdan ishlab, yana bir necha ming go\u2019ziy uchun sinmas qilichlar, qalqonlar, toshni kesadigan shamshirlar, zirhlar yasashni maqsad qilgan edi. Buni o\u2019ylaganda kulimsirar, yuragi shodon urar, qalbidagi harorat sandondan sachrayotgan millionlarcha uchqunlarga ko`chardi.<br \/>\n&#8211; Taq!<br \/>\n&#8211; Taq-taq!..<br \/>\n&#8211; Taq-taq!<br \/>\nBugun ham bomdod namozidan so\u2019ng tinmasdan o\u2019n soat ishladi. Yasayotgan egri tig\u2019li qilichni sandoni yonidagi suv idishiga tiqdi. So\u2019na boshlagan otashiga qaradi. Bolg\u2019asini tashlab, peshona terisini artdi. Eshikka qaradi. Qarshisidagi masjidda maftunkor shom azoni eshitilar, mo\u2019risi tepasidagi uyada laylaklar shovqin solardilar. Asrdagi tahorati hali bor edi. Faqatgina qo\u2019llarini yuvdi. Quritdi. Yengini tushirdi. Hullasini ustiga tashladi. Tashqariga chiqdi. Eshikni yaxshilab yopdi. Qulflashni lozim topmadi. Uzun maydondan masjidga to\u2019g\u2019ri yurdi\u2026 Shahar chetidagi bu ko\u2019rimsiz ibodatgohga ko\u2019pincha yo\u2019qsillar kelishardi. Masjid minorasi ko\u2019chaga qaragan, muazzin minora oynasidan boshini chiqarib, azon aytardi.<br \/>\nXo\u2019ja Ali masjidga kirarkan, har qachongidan ham ko\u2019p olomonni ko\u2019rdi. Har doim faqat uchta chiroq yoqilgani holda bugun xuddi Ramazondagidek hamma chiroqlar porlab turardi. Hali namozga saflanilmagan edi. Eshikning yoniga o\u2019tirdi. Yonida past ovoz bilan gaplashayotgan kishilarning suhbatiga istamaygina quloq tutdi. Ko\u2019nyadan ikki g\u2019arib darveshning kelganini, xufton namoziga qadar Masnaviy o\u2019qishlarini eshitdi.<br \/>\nShom namozi o\u2019qib bo\u2019lingandan keyin jamoatning bir qismi chiqib ketdi. Xo\u2019ja Ali joyidan qimirlamadi. Biroz boshi og\u2019riyotgandi. \u201cZora, Masnaviyni tinglab, dard arisa\u201d \u2013 deb o\u2019yladi. Ikki g\u2019arib darveshning o\u2019qigan masnaviylaridan ko\u2019ngli rohat olib, o\u2019zidan ketdi. Har bir oshiq kabi uning ham yuragida o\u2019zidan kechish, shavq, tetik ruh bor edi. Kichik bir sababdan-da jo\u2019shardi. Ma\u2019nosini ta\u2019riflab berolmaydigan so`zning sirli uyg\u2019unligi turg\u2019un qonini buloq suvidek qaynatardi. Vujudi sababsiz tebranish bilan titrar, hiqichoq tutib, bo\u2019g\u2019ziga yopishib qolgandek edi. Xufton namozini o\u2019qib, masjiddan chiqqach, to\u2019g\u2019ri do\u2019koniga kirmadi. Yurdi. Uyqusi kelmayotgandi. Iliq, yulduzli yoz kechasi edi. Somonyo\u2019li sariq oltin kabi ko\u2019zni olib, bir bulut kabi ko\u2019kning u tomonidan bu tomoniga cho\u2019zilardi. Uzoq yurdi. Shahar tashqarisiga olib chiqadigan yo\u2019ldagi taxta ko\u2019prikda to\u2019xtadi. Ko\u2019prik chetiga suyandi. Keng daryoning ustida aks etgan yulduzlar nurdan shag\u2019al toshlari kabi porlar, shildirardi. Atrofdagi majnuntollarda bulbullar sayrardi. O\u2019yga botdi. Soatlarcha qimirlamadi. Tinglagan masnaviy ohanglarining ruhida qolgan sadolarini eshitar, masjiddagi kabi o\u2019zidan ketar edi. Birdan orqasidan ovoz keldi:<br \/>\n&#8211; Kim u? \u2013 deya baqirdi kimdir.<br \/>\nUning shirin tushi buzildi. Orqaga qaradi. Ko\u2019prikning narigi tomonida ikki-uch kishining sharpasini ko\u2019rdi. Ulardan biri dedi:<br \/>\n&#8211; Begona yo\u2019q!<br \/>\n&#8211; Kimsan?<br \/>\n&#8211; Ali\u2026<br \/>\nSharpalar yaqinlashdi. Bir qadam qolganda uning kiyimidan tanidilar:<br \/>\n&#8211; Xo\u2019ja Ali\u2026 Hoy, Xo\u2019ja Ali!<br \/>\n&#8211; Sizmisiz Usta Ali?<br \/>\n&#8211; Menman.<br \/>\n&#8211; Bemahalda bu yerdan nimalarni qidiryapsiz?<br \/>\n&#8211; Hech narsa\u2026<br \/>\n&#8211; Qanday hech narsa? Suvga bolg\u2019angizni tushirib yubordingizmi?..<br \/>\nBular shahar mirobining odamlari, qo\u2019riqchilari edi. Irmoq bo\u2019ylab kelardilar. Usta nima deyishini bilmay gangib qolgandi. Kechalari ko\u2019knori chekib yuradigan bu daydilar uning ko\u2019ziga o\u2019gri, kazzoblardan ham qo\u2019rqinchli ko\u2019rinardi. Ular kechasi o\u2019zlaridan boshqa biron kimsaning yurganini ko\u2019rsalar, tutib olar va rosa do\u2019pposlashdan ham toymas edilar. Lekin ustaga tegmadilar. Qo\u2019riqchilar boshlig\u2019i:<br \/>\n&#8211; Usta Ali, sen telba bo\u2019lib qolmadingmi? \u2013 dedi.<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q.<br \/>\n&#8211; Yarim kechasi, xuftondan so\u2019ng yo\u2019lda, shahar chekkasida biron kimsaning daydib yurmishiga xo\u2019jayinimiz izn bermasligini bilasanmi?<br \/>\n&#8211; Bilaman.<br \/>\n&#8211; E-e, nimani izlayapsan bu yerlardan?<br \/>\n&#8211; Hech\u2026<br \/>\n&#8211; Qanday hech\u2026<br \/>\nXo\u2019ja Ali yana indamadi. Qo\u2019riqchilar uning nomusli odam ekanligini bilardilar. Qattiq muomala qilmadilar. Faqatgina:<br \/>\n&#8211; Endi uyingga bor, bu yerlarda daydib yurma, &#8211; dedilar.<br \/>\nKelgan yo\u2019lidan tez-tez ketib borarkan, tinglagan o\u2019sha ohanglarini takrorlab borardi. Bulbullar tinmay kuylar, uzoqdagi otarning itlari vovillardi. Yo\u2019lda hech kimni uchratmadi. Do\u2019koni yoniga kelib to\u2019xtadi. Mo\u2019risi ustidagi laylak hali uxlamagan. Usta sharpa kabi uzoq turib qoldi. Eshigi qiya ochiq edi. Uydan chiqarkan, eshikni yaxshilab yopganini esladi:<br \/>\n&#8211; Qiziq, shamol ochgan bo\u2019lsa kerak, &#8211; dedi.<br \/>\nO\u2019g\u2019ri oladigan nimayam bor ediki, uyga kirsa.<br \/>\nIchkaridan eshikni yopdi. Qo\u2019riqchilarning ishidan qalbi ranjigan edi. Bu shaharda yashamoq ham tutqunlikdek gap edi. To\u2019g\u2019ning u tomonida, qishloqda u san\u2019atini ishga sololmas edi. Birdan og\u2019ir bir charchoqni sezdi. Chiroqni yoqishga ham erindi. O\u2019chog\u2019i yonidagi yotog\u2019iga epchilik bilan chiqdi. Katta ayiq po\u2019stinidan bo\u2019lgan yotog\u2019iga oyoq uzatdi.<br \/>\nBirdan seskanib uyg\u2019ondi. Eshigi taqillayotgandi. Uyqu aralash:<br \/>\n&#8211; Kim u, \u2013 deya hayqirdi.<br \/>\n&#8211; Och eshikni tezroq.<br \/>\nTong otgandi. Eshikning oralaridan oppoq nurlar sizib kirardi. U hech bunaqa uxlab qolmas, doim quyosh chiqmasidan avval uyg\u2019onardi. Turdi. Yotog\u2019idan sakrab tushdi. Oyoq kiyimini topolmay kuymalandi. Keyin tezda eshikni ochdi. Birdan do\u2019kon eshigidan kirgan nur oydinligida mo\u2019ylovdor, salla kiygan qo\u2019riqchilar boshlig\u2019ini ko\u2019rdi. Orqasida kigiz kulohli, qo\u2019sh xanjarli yosh yordamchilari ham turardi. \u201cNima kerak?\u201d degan kabi ularga boqdi. Qo\u2019riqchiboshi:<br \/>\n&#8211; Usta Ali, do\u2019koningizni tintuv qilamiz, &#8211; dedi. U hayron bo\u2019lib so\u2019radi:<br \/>\n&#8211; Nima uchun?<br \/>\n&#8211; Kechasi Budak Beyning og\u2019ilxonasida o\u2019g\u2019irlik bo\u2019lgan. Shuning uchun do\u2019koningizni tintuv qilamiz.<br \/>\n&#8211; O\u2019g\u2019irlik bo\u2019lgan bo\u2019lsa menga nima?<br \/>\n&#8211; O\u2019g\u2019rilar olgan bir qo\u2019zini ko\u2019prikning oldida so\u2019yganlar. Charm hamyon ichidagi pullarni olib, bir donasini u yerda qoldirganlar.<br \/>\n&#8211; Menga nima?..<br \/>\n&#8211; O\u2019sha tangalardan birinini tongda do\u2019koning yonidan topdik\u2026 Keyin\u2026 Ostonaga qara. Qon izlari bor!<br \/>\nXo\u2019ja Ali qamashgan ko\u2019zlari bilan eshigi ostonasiga boqdi. Haqiqatdan qon dog\u2019lari bor edi. U bu qon izlariga parishon holda boqarkan, mo\u2019ylovdor qo\u2019riqchi:<br \/>\n&#8211; Kechasi seni ko\u2019prikning ustida ko\u2019rgandim, nima qidirayotganding u yerda? \u2013 dedi.<br \/>\nXo\u2019ja Ali yana indamadi. Qo\u2019riqchiboshi:<br \/>\n&#8211; Qidiringlar! \u2013 deb yordamchilari bilan ichkariga kirdi. Sandonning yonidan o\u2019tayotgan yordamchilardan biri hayqirdi:<br \/>\n&#8211; Voy! Mana, mana\u2026<br \/>\nXo\u2019ja Ali qo\u2019riqchi ko\u2019rsatgan tomonga qaradi. Yangi shilingan terini ko\u2019rdi. Hayron qoldi. Yordamchilar terini yerdan olib, ichini ochdilar. Hali qurimagan edi. Bir og\u2019alarining, bir aybdorning yoziga qarardilar. Qo\u2019riqchiboshi darg\u2019azab bo\u2019lib so`radi:<br \/>\n&#8211; Olgan pullaringni qayerga yashirding?<br \/>\n&#8211; Men pul olmadim.<br \/>\n&#8211; Inkor etma, mana qo\u2019zining terisi do\u2019koningdan chiqdi.<br \/>\n&#8211; Iye, kim qo\u2019ydi uni bu yerga?<br \/>\n&#8211; Bilmayman.<br \/>\nUsta Ali uzoq so\u2019zlashmasdi. Mirobning yoniga olib borishganida ham kecha ko\u2019prikning ustida nima qidirganini aytmadi. Qo\u2019riqchilarning topgan barcha dalillari uning zarariga ishlardi. Budak Beyning kechagina sotgan besh yuzta qo\u2019yining puli ham og\u2019ilxonadan o\u2019girlangan edi. Ikki baquvvat o\u2019g\u2019ri cho\u2019ponni bog\u2019lab, joni chiqqudek do\u2019pposlagan, hatto bir qo\u2019lini sindirgan edilar. Ertasi kuni qozining yonida o\u2019sha cho\u2019pon o\u2019g\u2019rilardan biri Xo\u2019ja Aliga o\u2019xshashini aytdi. Kecha allamahalgacha do\u2019koniga kelmagani, terining do\u2019konidan, tangalardan birining eshigi yonidan topilishi Xo\u2019ja Alining ayblanishiga yetarli bo\u2019ldi. Qancha inkor etsa ham o\u2019g\u2019rilik dalillari unga qarshi edi. Ustiga ustak uning qayerdan kelgani, qayerlik ekani ham aniq emas edi.<br \/>\nUstaning o\u2019ng qo\u2019lini keshishga qaror qildilar.<br \/>\nAli bu qarorni eshitib umrida birinchi marta rangi o\u2019chib ketdi. Lablarini tishladi. Qarorga bo\u2019yin egishdan boshqa chorasi yo\u2019q edi\u2026 Qoqinib o\u2019rnidan turdi. Qoziga mag\u2019rur ovoz bilan:<br \/>\n&#8211; Qo\u2019limni qo\u2019ying, boshimni oling! \u2013 deb iltimos qildi. Bu uning umri davomidagi birinchi iltimosi edi. Ammo qozi adolatli kishi edi.<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q, o\u2019g\u2019lim, \u2013 dedi. \u2013 Sen odam o\u2019ldirmading. Agar cho\u2019ponni o\u2019ldirganingda, unda seni o\u2019limga hukm qilardik. Bu jazo aybingga ko\u2019radir. Sen faqat o\u2019g\u2019rilik qilding. Qo\u2019ling kesiladi. Haqning qonuni shudir. Qonunlar buzilgan yer ko\u2019karmaydi\u2026<br \/>\nXo\u2019ja Alining qo\u2019li boshidan ham kerakli edi. Po\u2019latni toblagan bu ikki qo\u2019li bilan chegaralarda kurashgan minglarcha g\u2019oziyga po\u2019lat qalqonlarni parchalaydigan, og\u2019ir zirhlarni buzadigan, temir dubulg\u2019alarni ikkiga bo\u2019ladigan paxtadek yengil qilichlar yasagan edi.<br \/>\nUni qo\u2019riqchilar xonasining pastki qismiga qamadilar. Jazo kuni kelgunicha o\u2019sha yerda yashadi. Hech ovozini chiqarmas, sandon yonida bolg\u2019asini urolmayotganini o\u2019ylab, qo\u2019li shol bo\u2019lib qolgandek his qilar, ishonchidan ayrilgan insonning kuni boshiga tushgan edi.<br \/>\nQo\u2019lining badalini to\u2019lagani puli ham yo\u2019q edi. Shu kunga qadar pul uchun ishlamagandi.<\/p>\n<p>Butun shahar ahli Xo\u2019ja Ali kabi buyuk ustaning qo\u2019li kesilishidan xafa bo\u2019ldi. Bu qadar istarasi issiq, mard, mehnatsevar, kuchli va go\u2019zal bir odamning umr bo\u2019yi nogiron bo\u2019lib o\u2019tishiga eng tuyg\u2019usiz ko\u2019ngillar ham toqat qilolmasdi.<br \/>\nSipohiylar o\u2019zlariga arzon qilichlar yasab bergan bu odamni qutqarishga kelishib olishdi. Shaharning eng katta boyi Hoji Mehmetga murojaat qildilar. Bu odam Qorundek mol sohibi bo\u2019lsa ham, o\u2019ta xasis edi. Hali ham shaharning bozor tarafidagi kichik bir do\u2019konda qassoblik qilar edi. O\u2019ylab ko\u2019rdi, injiqlik qildi. Ensasi qotdi. Boshini tebratdi. Ammo sipohiylar bilan kelishmasa bo\u2019lmasdi.<br \/>\n&#8211; Siz ham shuni istamayapsizmi? Uning qo\u2019li uchun men badal to\u2019layman. Ammo bir shartim bor.<br \/>\n&#8211; Qanday shart ekan?<br \/>\n&#8211; Boring, o\u2019zi bilan gaplashing. Agar menga o\u2019lgunimcha hech pul olmasdan xizmatkorlik, shogirdlik qilishga rozi bo\u2019lsa\u2026<br \/>\n&#8211; Mayli, mayli\u2026<br \/>\nSipohiylar Hoji qassobning shartini Xo\u2019ja Aliga yetkazdilar. U umuman qassoblikni bilmasligini bahona qildi. Qabul etishni istamas edi. Sipohiylar:<br \/>\n&#8211; Qanaqa odamsan! Qassoblik ham ishmi? Shuncha urushlarni ko\u2019rding. Qilich o\u2019ynatding. Bog\u2019langan qo\u2019yini yerga yotqizib kesolmaysanmi?<br \/>\nUsta uchun qulga qul bo\u2019lish, besh kunli dunyoda birovning ko\u2019ngliga qarab yashash eng buyuk alam edi. O\u2019smirlik paytidayoq vazir tog\u2019asining homiyligidan voz kechib, birovning qaramog\u2019ida qolmaslik uchun g\u2019urbatli hayotga rozi bo\u2019lgan edi. Endi bu ko\u2019r taqdir uni kimga qul etmoqda?\u00a0 Sipohiylar:<br \/>\n&#8211; Hojining yoshi yetmishdan oshgan. Endi yana qancha yashardi?.. U o\u2019lgandan so\u2019ng sen yana ozod bo\u2019lib, bizga qilich yasayverasan. Ko\u2019p o\u2019ylanma usta, o\u2019ylanma! \u2013 deyishardi.<br \/>\nHoji qassob kesiladigan qo\u2019l badalini qoziga to\u2019lab, Xo\u2019ja Alini ergashtirib, do\u2019koniga olib keldi. Qassob juda ham injiq, mijg\u2019ov odam edi. Tinmasdan bekorchi gaplarni so\u2019zlardi. Xasisligidan hozirga qadar bir xizmatkor yoki shogird olmagan edi. Xo\u2019ja Alini uyga olib kelgani hamon do\u2019konining burchagiga xizmatchisi uchun joy qilib berdi. Bir to\u2019shak berdi.<br \/>\nHar ishni unga qildirishni boshladi. Ammo hammasi keyin boshlandi\u2026 Bomdod namozidan besh soat oldin shahardan ikki soat uzoqlikdagi og\u2019ilxonasidan qo\u2019ylarini unga olib kelishini buyurar, so\u2019ydirar, parchalatar, unga sotdirar edi. To shom namozigacha tinmasdan ish buyurardi. Har kuni yedirib-ichirgani yanchilgan bug\u2019doy sho\u2019rvasi edi. Ba\u2019zida o\u2019zidan ortganlarini itga otgan kabi unga berardi. Kechqurun do\u2019konning boshdan oyog\u2019igacha yuvdirar, uyquga yotqizmasdan ertangi kunga qo\u2019yni olib kelish uchun og\u2019ilxonaga yuborar edi. O\u2019tinini o\u2019rmondan kesib kelish ham uning vazifasi edi, suvini ham tashir, hamma ishini bajarishga majbur edi. Hatto hovlisidagi chiqindilar qudug\u2019ini ham unga tozalatdirardi.<br \/>\nXo\u2019ja Ali boyning quruq suvga bug\u2019doy solib tayyorlatgan sho\u2019rvasiyu turfa qiyinchiliklarga yillarcha chiday olardi. Ammo Hoji qassob ikki gapining birida:<br \/>\n&#8211; Lapashang Ali!.. Qo\u2019lingning badalini men berdim. Yo\u2019qsa nogiron bo\u2019lib qolarding, &#8211; deb minnat qilishiga chidab bo\u2019lmasdi. Bir, ikki, uch kun tishini tishiga qo\u2019ydi. Tinmay ishladi. Kechalari uxlamadi. Kunduz kuni ham yugurib yelib xizmat qildi. Xo\u2019jayinning qarshisida ta\u2019zim qilib turdi. Yana:<br \/>\n&#8211; Qo\u2019ling uchun badalni men berdim.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; Yo\u2019qsa qo\u2019lsiz qolarding, ha\u2026<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; Mening soyai davlatim ostida qo\u2019ling omon qoldi.<br \/>\n\u2026<br \/>\nHoji qassob bu so\u2019zlarni deyarli \u201cofarin\u201d kabi tiliga yopishtirib olgan edi. Har buyrug\u2019i bajarib bo\u2019linganidan so\u2019ng kir soqolli, chirkin va qotma yuzini burishtirib, chuqur, moviy ko\u2019zlari bilan unga boshdan oyoq razm solib, \u201cYodingda tut, sen mening asirimsan!\u201d degandek bergan badalini eslatardi. Xo\u2019ja Ali indamas, yuragining parchalanganini, ko\u2019ksini achchiq-achchiq alamlar kemirishini, kuchli asabiylashganini sezardi. Kechalari uxlamasdan, kunduzlari ishlab, og\u2019ilxonaga kelib-ketib, kushxonada qo\u2019ylarni so\u2019yib, xaridorlarga go\u2019sht kesarkan, \u201cNima ham qila olardim?\u201d deb o\u2019ylar, hech bir narsaga qaror bermas edi. Dunyoda hech kimga qaram bo\u2019lmay, o\u2019z g\u2019ururi, baxti uchun yashashni istagan bu kimsaga bu balolar qayerdanam keldi?..<br \/>\nQochishga g\u2019ururi yo\u2019l qo\u2019ymasdi. Shunday qilsa haqiqatdan o\u2019g\u2019rilik qilgan bo\u2019lib qolardi. Ammo uning boshiga tushganlari o\u2019limdan ham kuchli, o\u2019limdan ham qiyin, o\u2019limdan ham og\u2019ir edi\u2026<br \/>\nHoji qassobga qul bo\u2019lganining birinchi haftasi o\u2019tgandi. Juma kuni edi. Tong yorishmasdan og\u2019ilxonaga borib, qo\u2019ylarni keltirib, so\u2019yib, do\u2019kondagi ilgaklarga osgan edi. Rastasining chap tomonidagi katta qora toshda pichog\u2019ini o\u2019tkirlab, yana \u201cNima ham qilardim?\u201d deb o\u2019ylar, lablarini tishlardi. Hali xo\u2019jayini kelmagan edi. Katta pichoqlarni charxlay boshladi. \u201cNima qilaman? Nima ham qilardim?\u201d deb o\u2019y-xayolga shunchalik cho\u2019mgan ediki, qassobning kelganini bilmay qoldi. Kutilmagan bo\u2019g\u2019iq ovoz uni hushiga keltirdi:<br \/>\n&#8211; Nima qilyapsan-ey?&#8230;<br \/>\nO\u2019girildi. Xo\u2019jayin burchakka o\u2019tirgan, tamakisini tutatardi. Ali:<br \/>\n&#8211; Pichoqlarni o\u2019tkirlayotgandim, &#8211; dedi.<br \/>\n&#8211; Ey, tanbal, landovur!.. Ertalabdan beri nima qilding?<br \/>\nIndamadi. Bu kichik, bu xoin, bu yolg\u2019on ko\u2019zlarga tik qaradi. Qariyaning kutilmagan bu o\u2019tli qarashdan jahli chiqdi. So\u2019radi:<br \/>\n&#8211; Nega qarayapsan?<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\nXo\u2019ja Ali ovozini chiqarmas, besh yillik xizmatini balki bir haftada bajarib, tinmay ishlagani holda ham unga \u201ctanbal, landovur\u201d deb tanbeh berishdan uyalmagan bu razil insonga boshdan oyoq razm solardi. Yana yuragi parchalangan kabi bo\u2019lar, ko\u2019ksinini yana alamlar tilar, asablari taranglashardi. Bir onda bu titroqlari bosildi. Xo\u2019ja Ali ko\u2019zlarini ochdi. Bir hafta bu holatga qanday chidadi? Sarosimaga tushdi. Hoji qassob tamakisini tashlab, xizmatchisining bu og\u2019ir boqishidan qutulish uchun ming\u2019irladi:<br \/>\n&#8211; Qo\u2019lingning badalini berganimni unutding chog\u2019i. Men bo\u2019lmaganimda hozir qo\u2019lsiz qolarding\u2026<br \/>\nXo\u2019ja Ali qarshilik qilmadi. Achchiq kulimsiradi. Qizardi. Birdan rangi oqardi. Tezda orqaga o\u2019girildi. O\u2019tkirlagan pichoqlarining eng kattasini oldi. Qo\u2019lini qiyma tayyorlanadigan katta yog\u2019och to\u2019nkaning ustiga qo\u2019ydi. Og\u2019ir pichoqni qo\u2019liga shunday tushirdiki\u2026 Shu onda o\u2019zining kesilgan qo\u2019lini tutdi. Ko\u2019rganlaridan qaltirayotgan Hoji qassobning oldiga borib:<br \/>\n&#8211; Ol, ushla. Shu uchun badal berganmiding. Mana senga badalini bergan narsang! \u2013 dedi. So\u2019ngra kiyimining qo\u2019lsiz qolgan yengini bog\u2019lab, tugun qilib oldi. Do\u2019kondan chiqdi.<br \/>\nUning bir zamonlar kelgan noma\u2019lum joyi kabi ketgan yerini ham hech kim bilolmadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>1910 <\/em><\/p>\n<p><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimasi.<\/strong><\/p>\n<p><em>_____________<br \/>\nSakbon \u2013 chegara qo\u2019shinlari<\/em><strong><br \/>\n<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omer Seyfettin BADAL Tor eshigidan boshqa oydinlik kiradigan hech bir yeri bo\u2019lmagan do\u2019konida mustaqil ravishda kecha-kunduz uchqunlar sachratib ishlaydigan Xo\u2019ja Ali uyasida o\u2019tirgan tarbiyali arslonni eslatardi. U uzun bo\u2019yli, katta panjali, qalin mushakli, keng yelkali pahlavon edi. O\u2019n yildirki bu qorong\u2019i uy ichida temirdan yasagan qilich va tig\u2019lari butun Onado\u2019lida, butun Rumelida, chegara joylarida juda mashhur bo\u2019lgan edi. Hatto Istambulda <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=289\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[359],"tags":[364,362,235,366,365],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/289"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=289"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/289\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":291,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/289\/revisions\/291"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=289"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=289"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=289"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}