{"id":300,"date":"2009-02-26T01:41:13","date_gmt":"2009-02-25T20:41:13","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=300"},"modified":"2009-02-26T01:41:13","modified_gmt":"2009-02-25T20:41:13","slug":"ilk-jinoyat-hikoya-omer-seyfittin","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=300","title":{"rendered":"Ilk jinoyat (hikoya). Omer Seyfittin"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>Omer Seyfittin<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>ILK JINOYAT<\/strong><\/p>\n<p>Men g\u2019urbat, alam ichida yashagan odamman. Bu qiyinchiliklar o\u2019zimni tanigan paytimdayoq boshlangan. O\u2019shanda to\u2019rt yoshga ham to\u2019lmagandim. Qilgan yomonligim tufayli vijdonim azobida &#8211; yona boshlagan so\u2019ngsiz jahannam otashi ichida hamon qovurilaman. Meni tashvishga solgan bu hodisani hamon unutmadim. U xotiramda abadiy qayg\u2019u-alam bo\u2019lib muhrlanib qolgan.<\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>Ha, o\u2019shanda to\u2019rt yoshga ham yetmagandim. Undan avvalgi voqealarni eslolmayman. Hushimni tanibmanki, xuddi chaqmoqdek boshimga balolar kela boshlagandi. Tolstoy to\u2019qqiz oylik chaqaloqlik paytida uni hammomga olib kirishganini xotirlaydi. Uning ilk eslagani qandayin yoqimli! Meniki esa mudhish qayg\u2019u bilan boshlandi. Mening ilk xotirlagan narsam shirkat qayig\u2019i edi. Hamon ko\u2019z oldimda: go\u2019yo endi tugi\u2019ldim, onamning quchog\u2019idaman\u2026 Onam yonidagi sariq sochli yosh xonim bilan kulishib gaplashar, sigaret chekishardi. Onam sigarasini ingichka kumush idishga solib olgandi. Menga bu qutini berishini istadim.<br \/>\n&#8211; Ol, ammo og\u2019zingga solma, &#8211; dedi.<br \/>\nMenga bu qutini berib, sigarasini dengizga otdi. Yoz payti edi. Nurli, quyoshli havo\u2026 Onam gaplasharkan, uzun yungli moviy yelpig\u2019ichini tez-tez aylantirardi. Kumush qutining xalqasiga barmog\u2019imni tiqib, onam ko\u2019rmagan payti uchini og\u2019zimga solar, tishlar edim. Onam gaplashayotgan xonimning yopinchig\u2019i moviy edi\u2026 Mening kiyimim oppoq edi. Boshim ochiq. Sochlarim ko\u2019p. To\u2019zib ketgan edi. Onam sochimni tartiblarkan, boshimni yuqoriga ko\u2019tardim. Quyosh nurlari tushib turgan chodirning chekkasida qo\u2019l kattaligidagi soya qimirlardi.<br \/>\n&#8211; Qara, qara, &#8211; dedim.<br \/>\nOnam ham boshini ko\u2019tarib:<br \/>\n&#8211; Qush qo\u2019nibdi, &#8211; dedi.<br \/>\nQushni tutib berishini istadim.<br \/>\n&#8211; Tutib bo\u2019lmaydi, &#8211; dedi.<br \/>\nMen yana so\u2019zimda turib oldim. Onam shamsiyasi bilan bu soyaning ostiga urdi. Ammo soya qimirlamasdi. Onam yonidagi xonimga o\u2019girilib:<br \/>\n&#8211; Qochmadi.<br \/>\n&#8211; Qiziq, nega qochmadi?<br \/>\n&#8211; Ucholmaydigan polapon bo\u2019lsa kerak.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; Qushni olib bering, &#8211; deya onamga yopishib olgan edim.<br \/>\nOnam yelpig\u2019ichini tashlab, o\u2019rnidan turdi-da, meni qo\u2019ltig\u2019imdan tutib, ko\u2019tararkan dedi:<br \/>\n&#8211; Hurkitib yubormasdan tut, xo\u2019pmi!<br \/>\nBoshim soyabonning matosiga yaqinlasharkan, ko\u2019zlarim qamashardi. Qo\u2019limni uzatdim. Tutib oldim. Bu oppoq bir qush\u2026 Onam qushni qo\u2019limdan olib o\u2019pdi, sariq sochli xonim ham o\u2019pdi. Men ham o\u2019payapman.<br \/>\n&#8211; Oh, bechora polapon.<br \/>\n&#8211; Baliqchiqush polaponi.<br \/>\n&#8211; Hali ucha olmasa kerak.<br \/>\n&#8211; Dengizga tushib ketsa o\u2019lib qolardi.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\nBoshqa xotinlar ham suhbatga aralashib, \u201cyashab ketolmasa kerak\u201d, &#8211; derdilar. Onam esa bu oppoq qushni \u201coh, bechora, oh, bechora\u201d deb siypalagandan so\u2019ng menga berdi.<br \/>\n&#8211; Uyga olib borsak, balki yashab ketar, &#8211; derdi onam. \u2013 Ammo bo\u2019gib qo\u2019yma uni.<br \/>\n&#8211; Bo\u2019gmayman.<br \/>\n&#8211; Bo\u2019lmasa avaylab ushla.<br \/>\nKumush qutisidan yana sigara chiqardi. Yonidagi xotinlar yana suhbatga tushib ketishdi. Qushchamning patlari shunaqangi oppoq ediki\u2026 Patlarini silay boshladim. Qanotlarining qattiq joyi ham yaqqol sezilib turar, oyoqlari qirmizi edi. Qochish uchun hech harakat qilmas, mendan ajralmas edi. Ko\u2019zlari yum-yumaloq. Qizil tumshug\u2019ining chetida xuddi sariq meva po\u2019chog\u2019i kabi bir iz bor edi. Bo\u2019ynini burib orqa tomoniga qaradi. Men u paytda onamga qarayotgan edim. Onam yonidagi xonim bilan gaplashayotgan edi. Men bilan ishi yo\u2019q edi.<br \/>\nMen qushning nozik bo\u2019ynini asta qo\u2019lim bilan cho\u2019za boshladim. Butun kuchim bilan uni bog\u2019dim. Qanotlarini ochdim. Boshqa qo\u2019lim bilan ularni ham tortdim. Qip-qizil oyoqlari tizzamga botar edi. Qattiq siqardim. Qushning tumshug\u2019i titrab, ochilib-yopilardi. Tili osilib, tashqariga chiqar edi. Yumaloq ko\u2019zlari esa kattarib-kichiklashar, so\u2019ng so\u2019nib borardi\u2026 Birdan qo\u2019llarimni ochdim. Oppoq qushchamning o\u2019ligi paq etib yerga tushdi.<br \/>\nOnam o\u2019girilib, yerdan hali sovimagan ma\u2019sum qushchani oldi. \u201c Oh\u2026 O\u2019libdi!..\u201d degandan so\u2019ng menga tik qarab:<br \/>\n&#8211; Nima qilding? \u2013 dedi.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; Bo\u2019g\u2019dingmi?<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; Qani gapir.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\nJavob bermasdan ovozimni chiqarib yig\u2019lashga tushdim. Onamning qo\u2019lidagi oq qushni sariq sochli xonim olib:<br \/>\n&#8211; Oh, nima gunohi bor edi! \u2013 dedi.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; Bechora\u2026<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\nBoshqa xotinlar ham suhbatga aralashdilar. Qarshimizda o\u2019tirgan yoshi katta, semiz ayol jinoyatimni oshkor qildi:<br \/>\n&#8211; Bo\u2019g\u2019di. Vallohi, ko\u2019rdim, qandayin yovuz bola\u2026<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\nOnam sarg\u2019ayib ketgan, ovozi titrab chiqardi.<br \/>\n\u201cOh, insofsiz!\u201d deya menga achchiq nigohini tashladi. Yana battar yig\u2019lay boshladim. Shu qadar yig\u2019ladimki\u2026 Meni yig\u2019idan to\u2019xtata olmadilar. Qachon, qayerda, qanday tinganimni hozir xotirlay olmayman. Xuddi umr bo\u2019yi yig\u2019lab o\u2019tadiganday edim.<br \/>\nAqlimni tanib-tanimay bu jinoyamni qilganimga mana, o\u2019ttiz yildan oshdi. Hozir shirkat qayiqlari sathida o\u2019tirarkanman, qachon baliqchiqush ko\u2019rsam, birdan quvonchimni yo\u2019qotaman. Chaqaloqqa o\u2019xshab yig\u2019lagim keladi. Yuragimda og\u2019riq paydo bo\u2019lib, ko\u2019ksimni tilaveradi.<br \/>\n\u201cOh, insofsiz!\u201d deya meni urishgan onajonimning tanbehini eshitgandek bo\u2019laman.<\/p>\n<p><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimasi.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omer Seyfittin ILK JINOYAT Men g\u2019urbat, alam ichida yashagan odamman. Bu qiyinchiliklar o\u2019zimni tanigan paytimdayoq boshlangan. O\u2019shanda to\u2019rt yoshga ham to\u2019lmagandim. Qilgan yomonligim tufayli vijdonim azobida &#8211; yona boshlagan so\u2019ngsiz jahannam otashi ichida hamon qovurilaman. Meni tashvishga solgan bu hodisani hamon unutmadim. U xotiramda abadiy qayg\u2019u-alam bo\u2019lib muhrlanib qolgan. * * * Ha, o\u2019shanda to\u2019rt yoshga ham yetmagandim. Undan avvalgi <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=300\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[359],"tags":[367,362],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/300"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=300"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/300\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":301,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/300\/revisions\/301"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=300"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=300"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=300"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}