{"id":304,"date":"2009-03-01T07:07:03","date_gmt":"2009-03-01T02:07:03","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=304"},"modified":"2009-03-15T20:35:37","modified_gmt":"2009-03-15T15:35:37","slug":"qizil-durli-ko%e2%80%99ylak-hikoya-omer-seyfettin","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=304","title":{"rendered":"Qizil durli ko\u2019ylak (hikoya). Omer Seyfettin"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: right;\"><strong>Omer Seyfettin<\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><strong>QIZIL DURLI KO\u2019YLAK<\/strong><\/div>\n<p>Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi. Derazalardan kirgan bahorning moviy nurlari koshinlarning yashillikka burkangan teranligida singib, ko\u2019zni olardi. Charchoqdan holsizlanib, ipak to\u2019shaklarga tiz cho\u2019kkan vazirlar ostlariga solingan gilamning rangin naqshu nigorlariga qarashar, uzun oppoq soqolini zaif qo\u2019li bilan tutgan qari vaziri a\u2019zamning nursiz ko\u2018zlari esa uzoq va qorong\u2019u o\u2019tmish qatiga sayr qilgan kabi bir nuqtaga qadalgan edi.<br \/>\n&#8211; Yurakli bir odam kerak, poshsholar \u2013 dedi vaziri a\u2019zam. \u2013 Biz uning oltinu kumushlarga burkangan elchisiga hukmdorimizning qo\u2019lini o\u2019ptirmadik. Faqatgina tizzasini o\u2019pishiga izn berdik. Ularning ham bizga qarshi chora qo\u2019llashi aniq.<br \/>\n&#8211; Shubhasiz.<br \/>\n&#8211; Hech shubhasiz.<br \/>\n&#8211; Albatta.<br \/>\nHissiyotga berilgan vazirlarning hayajonlanganini ko\u2019rgan bosh vazir fikrini ochiq so\u2019zladi:<br \/>\n&#8211; U yoqqa bizdan elchi bo\u2019lib boradigan odam judayam dovyurak bo\u2019lishi kerak! Shunday odam bo\u2019lsinki, o\u2019limdan qo\u2019rqmasin. Davlatning sha\u2019niga qarshi qaratilgan har qanday harakatni bartaraf etsin. O\u2019lim qo\u2019rquvi g\u2019olib kelib, bosh egib qolmasin.<br \/>\n&#8211; Albatta!<br \/>\n&#8211; Haq gapni aytdingiz!<br \/>\n&#8211; Judayam to\u2019g\u2019ri\u2026<br \/>\nVaziri a\u2019zam soqolini silab, qo\u2019lini tizzasiga qo\u2019ydi. Boshini ko\u2019tarib, kulohi yunglari hurpayib qolgan vazirlarga alohida-alohida qarab:<br \/>\n&#8211; Xullasi kalom\u2026 Menga shunday sheryurak odamni toping, &#8211; dedi. \u2013 Aslzodalardan, saroy va devon ahlidan bunday jasur odamni eslolmayapman. Sizlar qidirib ko\u2019ringlar\u2026<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\nTaqvodor, sulhparvar va indamas podshohning devoni o\u2019sha qo\u2019rqmas odamni qidira boshladi.<br \/>\nBu elchi \u201cyovuz\u201d laqabli, har ish, har jinoyatni shu ondayoq shafqatsiz jazolaydigan Ismoil Safaviyga jo\u2019natilishi lozim edi. Safaviydan farqli o\u2019laroq, shahzodalik paytidayoq chavandozlik, kamon va qurol ishlatishdan ko\u2019ra, ilmni, kitoblarni ustun ko\u2019rgan Boyazid judayam muloyim edi. Faqatgina she\u2019r, ilm va tasavvufni sevar, urush, muhorabalardan nafratlanardi. Vazirlar esa sevikli podshohlarining rohatini buzmaslikni eng buyuk vazifa deb bilardilar\u2026 Shu bilan birga chegaralardagi kurash va janjallarning oldi olinmayotgandi. Bosniya, Eflak, Karaman, Belgrad, Transilvaniya, Xorvatiya yurishlari qolib ketgan, Modon, Koron, Zonkiyo, Santamarvo qo\u2019ldan ketgan edi. Boyazid xuddi Istanbul fotihining jasorati bilan endigina taxtga kelib, otasining haykalini \u201csoyasi yerga tushadi\u201d deb buzib tashlagan kabi yashar edi. Endi rohatdaman deganda yangi dard chiqardi. Qon, otash ichida qovurilardi.<br \/>\nShoh Ismoil mag\u2019lubiyatga uchragan oqqo\u2019yinlilar sulolasi ustiga saltanat qurgan edi. Bosib olgan joylarida bir niholni ham qoldirmagan, otasi bilan bobosi Junaydning o\u2019chini olish uchun hamma yozuvsizlikdan toymaydigan bu darg\u2019azab shoh aql bovar qilmas zulm otiga mingan edi. O\u2018zbek xoni Shayboniyxonni yenggandan so\u2019ng, uning boshidan qadah yasab, sharob ichgan bu shafqatsiz shoh dunyoda tengi topilmaydigan kallakesarlardan edi. Boyazid devonining taqvodor, kamgap, yuvosh vazirlari shoh Ismoilning bu kirdikorlarini xalifaga yetkazmasdilar. Bu kallakesar bir kun albatta shu yerlarga ham bostirib kelish, butun Sharq xalqlarini bo\u2019ysundirishga harakat boshlagandi. Buni hamma bilar edi.<br \/>\nU o\u2019tgan yili Zulqodiriya hukmdori Alouddavlaning qiziga sovchi jo\u2019natgan edi. Alouddavla qizini bermadi, bu Ismoilning izzat-nafsiga tegdi. O\u2019ch olish uchun podshohning tuprog\u2019iga hujum boshladi. Mudofaasiz Zulqodiriya yerlariga kirdi. Diyorbakir, Harput shaharlarini egalladi. Toqqa qochib ulgurgan Alouddavlaning o\u2019g\u2019li bilan ikki nabirasi unga asir tushdilar. Shoh Ismoil bu bechoralarni o\u2019tda yoqib, kabob qildirdi. Go\u2019shtlarini qo\u2019zi qo\u2019shti kabi yedi. Bunday vahshiyona ish Sharqda hali kuzatilmagan edi.<br \/>\nUrush istamagan Boyazid Anqaradagi Yahyo poshsho bo\u2019linmasiga askar jo\u2019natishdan boshqa ish qilmadi. Ismoil kallakesar bo\u2019lishi bilan bir qatorda judayam ayyor kishi edi. Usmonli tuprog\u2019iga kirgani uchun uzr so\u2019rab, qayta-qayta elchilarini jo\u2019natardi. O\u2019sha paytda Trabzon voliysi bo\u2019lgan Shahzoda Yovuz Tabriz chegarasidan o\u2019tib, Boyburt, Erzinjonga qadar bosib olgan, hatto shohning akasi Ibrohimni ham asir olgandi. Ismoilning elchisi Usmonli davlatiga hujumini Alouddavlaning ta\u2019zirini berib qo\u2019yish maqsadi bilan niqoblardi.<br \/>\nDevonxonada esa bu ayyor, kallakesar va vahshiy shohga qarshi tik boqa oladigan elchi topilmasdi. Chunki o\u2019zini Usmonli hoqoni bilan teng bilgan, hatto butun Sharqda hukmronlik qilishni istagan bu yovuz shoh uning huzuriga borgan odamga tarbiyasizlik bilan muomala qilar, bunga qarshi bo\u2019lganlarni qoziqqa o\u2019tkazar, terisini shilar, aql bovar qilmas qiynoq bilan o\u2019ldirardi.<br \/>\nVaziri a\u2019zamning o\u2019ng tomonidagi vazirlardan biri bosh kiyimining yunglarini silar ekan, chapga o\u2019girilib:<br \/>\n&#8211; Men bu elchilikka munosib odamni bilaman \u2013 dedi. \u2013 Otasi mening do\u2019stim edi. Ammo davlat xizmatini qabul etmaydiganlardan.<br \/>\n&#8211; Kim ekan u?<br \/>\n&#8211; Muhsin Chalabiy.<br \/>\nVaziri a\u2019zam bu odamni tanimas edi.<br \/>\n&#8211; Shu yerda yashaydimi?<br \/>\n&#8211; Ha.<br \/>\n&#8211; Nima ish qiladi?<br \/>\n&#8211; Ozroq davlati bor. Vaqtini ilm olish bilan o\u2019tkazadi. Siz tanimaysiz, afandim. Kattalar bilan muomala qilmaydi. Mavqe-mansabga qiziqmaydi.<br \/>\n&#8211; Nega?<br \/>\n&#8211; Bilmayman. Balki buni manfaatsiz deb bilar\u2026<br \/>\n&#8211; Qiziq\u2026<br \/>\n&#8211; Ammo judayam dovyurak odam. Haqiqatga tik qaraydiganlardan. O\u2019limdan qo\u2019rqmaydi. Ko\u2019p yillar urushda qatnashgan. Yuzida qilich yaralari bor.<br \/>\n&#8211; Bizga elchi bo\u2019lmasmikan?<br \/>\n&#8211; Bilmadim.<br \/>\n&#8211; Bir o\u2019zi bilan ko\u2019rishsak.<br \/>\n&#8211; Qaydam, chaqirsangiz kelarmikan?<br \/>\n&#8211; Nega kelmaydi?<br \/>\n&#8211; Kelmasa kerak. Aytdim-ku, dunyoga rag\u2019bati yo\u2019q. Shoh bilan gado uning uchun bir.<br \/>\n&#8211; Mamlakatini sevmaydimi?<br \/>\n&#8211; Sevadi deb o\u2019ylayman.<br \/>\n&#8211; U holda biz ham o\u2019zimiz uchun emas, mamlakat xizmati uchun uni chaqiramiz.<br \/>\n&#8211; Bir sinab ko\u2019ramiz, afandim.<br \/>\nVaziri a\u2019zam kechqurun yordamchisini Muhsin Chalabiyning Uskudardagi uyiga jo\u2019natdi. Mamlakat, xalq uchun amalga oshiriladigan bir ish haqida gaplashmoq uchun ertaga albatta kelishi kerakligini yozib yubordi.<br \/>\nBomdod namozidan so\u2019ng qabulxonada kotib qoldirgan qog\u2019ozlarni o\u2019qib o\u2019tirgan vaziri a\u2019zamga Muhsin Chalabiyning kelganini bildirdilar.<br \/>\n&#8211; Buyoqqa olib kiringlar.<br \/>\nIkki daqiqadan keyin xonaning sadaf naqshli eshigidan mo\u2019ylovdor, baquvvat, tik jussali, quvnoq bir odam kirib keldi. Ingichka qora qoshlarining ostida katta-katta ko\u2019zlari porlar edi. Belidagi xanjar qini bo\u2019sh edi. Huzuriga kelganlarning etagini o\u2019pib, ta\u2019zim qilishiga o\u2019rganib qolgan vaziri a\u2019zam bu odamning ham unga mulozamat ko\u2019rsatishini kutdi. Biroq kutilgan mulozimat ko`rsatilmadi. Vaziri a\u2019zam bunaqa mag\u2019rur, boshi yuqori ko\u2019tarilgan odamni umrida birinchi marta ko\u2019rib turishi edi. Saroy a\u2019yonlari esa uning huzurida ikki bukilib turardilar. Muhsin Chalabiy qat\u2019iyatli ovozi bilan so\u2019radi:<br \/>\n&#8211; Meni chaqirtirgan ekansiz, afandim. Nima gapingiz bor edi?<br \/>\n&#8211; Bir ish bor\u2026<br \/>\n&#8211; Buyuring, afandim.<br \/>\n&#8211; Marhamat, o\u2019tir, og\u2019lim\u2026<br \/>\nMuhsin Chalabiy tortinmasdan, istihola qilmasdan, o\u2019zini erkin his qilgan holda ko\u2019rsatilgan joyga o\u2019tirdi. Bosh vazir qo\u2019lidagi buklangan qog\u2019ozlarga qararkan, ichida \u201cBu qanaqa odam? Telba emasmi?\u201d deb o`ylardi.<br \/>\nAmmo Chalabiy unday emasdi. U xudojo\u2019y, g\u2019oyatda aqlli inson edi. Insonga ta\u2019sir etguvdek salobati va siri bor edi. Qarag\u2019ay o\u2019rmonining orqasidagi katta xo\u2019jalikni boshqarar, peshona teri bilan mehnat qilar, hech kimga g\u2019ayirligi yo\u2019q edi. Yo\u2019qsil va g\u2019ariblarning ko\u2019nglini olar, dasturxonidan mehmon arimasdi. Dinni mahkam ushlardi. Ammo mutaassib emasdi. Din, ulus, vatan ishqini, mamlakatining buyukligi, muqaddasligini yurakdan his qilardi. \u201cTangridan boshqasiga sajda etmay, qulga qul bo\u2019lmaslik\u201d uning hayotdagi maqsadi edi. Ilmi to`kisligi har bir ishida sezilardi. Ibn Kamol u haqda: \u201cMenga ta\u2019lim berdan edi\u201d, deb eslagandi. U shoir ham edi. Ammo umrida birorta ham qasida yozmagan edi. Hatto shunaqa maqtov she\u2019rlarni o\u2019qimasdi ham. Yoshi qirqdan oshayotgandi. Mansab-martabaga qiziqmas, bu oltin qoplangan, zar gulli, jannatmonand nurli yo\u2019lning so\u2019nggida kirlangan mehrob ham bo\u2019lishini bilardi. Insoniylik uning uchun juda yuksak martaba edi. Uningcha inson &#8211; yerning ustidagi Tangrining xizmatkori. Yaratgan insonga axloqni ta\u2019lim bergan. Inson esa u yaratgan borliqning ustida. Yaltoqlanish dumini qimirlatib egasining oyoq kiyimini yalaydigan ko\u2019ppakka yarashadi, insonga emas\u2026 Muhsin Chalabiy amaldorlar oldida ikki bukilib, ularga mulozamat ko\u2019rsatgan, o\u2019z g\u2019ururini bilmaydigan, zaiflardek yerga sudralib yuradigan isqirt insonlardan nafratlanardi. Hatto bundaylarni ko\u2019rmaslik uchun odamlardan uzoqda yurar edi. Faqatgina urush bo\u2019lgan paytda qismlarga sardorlik qilish uchun ularga qo\u2019shilardi.<br \/>\nHuzurida o\u2019zini juda erkin qo\u2019yib o\u2019tirgan bu qahramon vaziri a\u2019zamni ajablantirdi. Qizishmasdan maqsadga o`tdi:<br \/>\n&#8211; Tabrizga elchi jo\u2019natishimiz kerak. Bizning nomimizdan bora olasanmi, o\u2019g\u2019lim?<br \/>\n&#8211; Menmi?<br \/>\n&#8211; Ha.<br \/>\n&#8211; Menga nima aloqasi bor?<br \/>\n&#8211; Bu ishni bajara oladigan munosib odam topolmayapmiz-da\u2026<br \/>\n&#8211; Men shu vaqtga qadar davlar xizmatini bajarmaganman.<br \/>\n&#8211; Nega?<br \/>\n&#8211; Chunki men bosh egmayman, etak o\u2019pmayman. O\u2019zidan katta a\u2019yonlarning mavqelariga bo\u2019yin egib, qo\u2019l, etak, hatto oyoq o\u2019pib ikkiyuzlamachilik, laganbardorlik qilganlar atroflariga ham shunaqa chirkin insonlarni top\u2019laydilar. Arzandalari, xizmatkorlari, hatto qo\u2019riqchilari ham shunday olchoq, ikki yuzli, axloqsiz yaltoqilar, nomussiz masxarabozlardir. Mard, to\u2019g\u2019ri, o\u2019ziga ishonadigan, vijdonli odamni ko\u2019rdilarmi, undan nafratlanadilar, uni yo\u2019q qilishga chiranadilar. Ahmad Poshshoni nima uchun o`ldirdilar\u2026<br \/>\nVaziri a\u2019zam tishini tishiga qo\u2019ydi. Ko\u2019zlarini majolsiz ochib-yopdi. Qo\u2019lidagi qog\u2019ozni g\u2019ijimladi. Achchiqlanmas, ammo avvallari jahli chiqqanidek yanoqlari titrar edi. Vazirlaru katta beklar ham, hatto o\u2019z tengqurlari ham unga bunday achchiq muomala qilmagan edilar. Yana \u201crostdanam telbamikan\u201d deb o\u2019yladi. Agar ahmoq bo\u2019lmasa, nega bunday gustohlik qiladi? Bu qadar betgachoparlikga nima jur\u2019arlantirmoqda o`zi? Yana qovoq o\u2019ydi. Ichida \u201cuning boshini oldirsammikan\u201d deb o\u2019yladi. Eshikbonlarga baqirish uchun og\u2019iz juftlagan edi, vijdonining allaqaysi yeridan kelgan sadoni eshitdi: \u201cIkkiyuzli, sullohlar kabi haq gapni eshitmaslikka harakat qilyapsan. Sen ham qarshingda mard bir insonni emas, oyoqlaringni yalagan ko\u2019ppak va yo senga ikki bukilgan razil insonni istayapsan!\u201d Yumilgan ko\u2019zlarini ochdi. G\u2019ijimlangan qog\u2019ozlarini yoniga qo\u2019ydi. Yana Muhsin Chalabiyga boqdi. Yuzida qilich tig\u2019idan qolgan dog\u2019i, uzun bo\u2019yni, biroz katta, egilgan burni, o\u2019ziga yarashib turgan sallasi xuddi \u201cShohnoma\u201d qahramonlarini eslatardi. Insofli vaziri a\u2019zam izzat-nafsiga tekkan so`zlarni unutishga urinib, oniy g`azabini engishga harakat qildi.\u00a0 \u201cBiz qidirgan odam aynan shu\u201d, &#8211; dedi. Hattoki o`limdan ham qo\u2019rqdigan bu kabi odam mamlakati, xalqi xizmatidan chekinmas edi. Sallasi yungini silab, dedi:<br \/>\n&#8211; Seni Tabrizga elchi qilib jo\u2019natamiz.<br \/>\n&#8211; Huzuringizda qancha merganlar, kotiblar va oqsuyaklar bor. Nega ulardan birini tanlamadingiz? &#8211; so\u2019radi\u00a0 Muhsin Chalabiy.<br \/>\n&#8211; Sen shoh Ismoil degan yaramas odamni bilasanmi?<br \/>\n&#8211; Bilaman.<br \/>\n&#8211; Vataningni sevasanmi?<br \/>\n&#8211; Sevaman.<br \/>\nVaziri a\u2019zam orqasiga o\u2019girilib:<br \/>\n&#8211; Yaxshi, unday bo\u2019lsa\u2026 &#8211; dedi. &#8211; Bu pastkash inson \u201celchiga o\u2019lim yo\u2019q\u201d aqidasini qabul qilmaydiganlardan.\u00a0 Biz bilan urushish da\u2019vosida yuribdi. Yuboradigan elchimizga o\u2019zining kim ekanligini ko\u2019rsatib qo\u2019yishni xohlayapti. Hatto seni qatl etishi mumkin. Chunki Allohdan qo\u2019rqmaydi. Elchimizga qilingan tahdid davlatimizga amalga oshirilgan jinoyatdir. Bizga shunday odam kerakki, o\u2019limdan qo\u2019rqib, bo\u2019yin egmasin. Pastkash insonga munosib javob bersin\u2026 Agar Vataningni sevsang, buni fidokorlik o\u2019laroq qabul qilasan!<br \/>\nMuhsin Chalabiy o\u2019ylab ham o\u2019tirmasdan:<br \/>\n&#8211; Qabul qildim, afandim, &#8211; dedi. \u2013 Ammo bir shartim bor.<br \/>\n&#8211; Qanaqa shart?<br \/>\n&#8211; Modomiki, bu fidokorlik ekan, uni pul bilan o\u2019lchanmaydi. Beg\u2019araz bo\u2019ladi. Davlat uchun pulli fidokorlik, qanday bo\u2019lmasin, shaxsiy daromaddan boshqa narsa emas. Men maosh, maqom, martabani istamayman. Hech qanday haq olmay bu xizmatni zimmamga olaman. Mening shartim shu.<br \/>\n&#8211; Ammo, o\u2019g\u2019lim, bu qanday bo\u2019ladi? Uning elchisi juda qimmatbaho kiyimlarda edi. Ulovi, xizmatkorlari ham qusursiz edi. Bizning elchimizning ulovi, xizmatkorlari, liboslari undan-da ko\u2019rkam, qimmatbaho bo\u2019lmog\u2019i lozim. Bular uchun senga albatta xazinadan oltin ajratamiz\u2026<br \/>\nMuhsin Chalabiy norizo qiyofada boshini qimirlatdi:<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q, xazinadan hech narsa olmayman. Ko\u2019zni oluvchi muhtasham ulovlarni, bashang kiyingan xizmatkorlarni o\u2019z pulim bilan tayyorlayman. Hatto\u2026<br \/>\nVaziri a\u2019zam taajjub bilan boqdi.<br \/>\n&#8211; \u2026<br \/>\n&#8211; Hatto egnimga shoh Ismoil umrida ko\u2019rmagan qimmatbaho libos kiyaman.<br \/>\n&#8211; Nima kiyasan?<br \/>\n&#8211; Toro\u2019g\u2019li zardo\u2019zdan \u201cqizil durli ko\u2019ylak\u201dni sotib olaman.<br \/>\n&#8211; Nima? Buncha pulni qayerdan olasan, o\u2019g\u2019lim?<br \/>\nVaziri a\u2019zamning ajablanganicha bor edi. Bir oy oldin tayyorlangan, juda kamyob durdan ishlangan bu ko\u2019ylakning ovozasi butun Istanbulga yoyilgan edi. Vazirlar, elchilar bu ko\u2019ylakni podshohga sovg\u2019a qilish uchun Toro\u2019g\u2019lining oldiga borishar, u esa bahosini oshirar edi. Muhsin Chalabiy bu mashhur ko\u2019ylakni qanday olmoqchi ekanligini tushuntirdi:<br \/>\n&#8211; Xo\u2019jaligimdagi otarni, uyimni garovga qo\u2019yaman: tujjorlardan o\u2019n ming oltin qarz olaman. Ikki mingini ulov bilan xizmatkorlarga sarflayman. Qolgan sakkiz ming oltinga bu ko\u2019ylakni sotib olaman.<br \/>\nVaziri a\u2019zam bu ishni ma\u2019qul ko\u2019rmadi:<br \/>\n&#8211; Kelganingdan so\u2019ng bu ko\u2019ylak senga kerak bo\u2019lmaydi. Uni faqat bir marta kiyasan. Mollaringni qo\u2019ldan chiqarib, yo\u2019qsil bo\u2019lib qolasan-ku.<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q, sakkiz ming oltinga oladigan ko\u2019ylakni olti oydan so\u2019ng Toro\u2019g\u2019li mendan yetti mingga qayta sotib oladi. Yetti ming oltin bilan men xo\u2019jaligimni tiklab olaman. Qolgan qarzlarimni uzolmasam, otamdan qolgan bu xo\u2019jalik davlat uchun fido bo\u2019lsin.<br \/>\nMuhsin Chalabiy bilan gaplasharkan, vaziri a\u2019zamning hayrati orta boshladi. Yuragi rohatlandi. Haqiqatan ham gustoh, mahmadona bir hukmdorga munosib javob bera oladigan odam topilgan edi. Devonning nozik, qo\u2019rqoq a\u2019yonlari esa jonlari bilan mollarini juda sevardilar. Agar ulardan birini elchi qilib jo\u2019natilsa, davlatining muhabbati qolib, oladigan moli haqida o\u2019ylar edi.<br \/>\nVaziri a\u2019zam Muhsin Chalabiyni taomga taklif qilmoqchi bo\u2019ldi. Uddasidan chiqmadi. Xayrlasharkan, dahlizgacha kuzatib qo\u2019ydi.<br \/>\nMuhsin Chalabiy mol-qo\u2019ylari bilan katta xo\u2019jaligini, uyini, do\u2019kon va bog\u2019larini garovga qo\u2019yib, tujjorlardan qarz oldi. Ulov hozirladi. Bu haqiqatan ko\u2019zni qamashtiradigan darajada go\u2019zal va mukammal karvon edi. Torog\u2019lidan keyin yetti mingga qaytib olish sharti bilan qizil durli ko\u2019ylakni ham sotib oldi. Yosh xotini va ikki farzandini yaqinlarining uyida qoldirdi. Olti oylik nafaqalarini qo\u2019llariga berdi. So\u2019ngra xalifaning maktubini olib, yo\u2019lga tushdi. Elchining boyligi, xususan, qizil durli ko\u2019ylagining shuhrati butun Onado\u2019lidan o\u2019tib, shoh Ismoilning diyoriga ham yetib borgan edi. Muhsin Chalabiy Tabriz shahriga shavkatli qiyofada kirib keldi. Bu kichik shaharning zeb-ziynatga, boylikka o\u2019ch xalqi Istambul elchisining ko\u2019ylagini ko\u2019rib hayratdan yoqa ushladi. Barcha anjumanlarda ko\u2019ylakning ta\u2019rifi ko\u2019klarga ko\u2019tarildi. Shoh Ismoil esa qizil durni faqat ertaklarda eshitgan, qanday narsa ekanligini umrida ko\u2019rmagan edi. O\u2019zi hali tasavvur ham qilolmagan narsaning sohibi bo\u2019lgan bu badavlat elchiga nisbatan ichida kin paydo bo\u2019ldi. Uni huzurida tahqirlab, yer bilan bitta qilishga qaror qildi. Qabuldan avval taxti orqasiga jallodlarni hozirlatdi. Taxti oldidagi ipak to\u2019shaklar va joynamozlarni ham qoldirmadi. O\u2019ng tomonida vazirlar, chap tomonida sarbozlar turardilar.<br \/>\nMuhsin Chalabiy ochiq eshikdan mag\u2019rur qadam bilan kirdi. Boshi har doimgidek baland ko`tarilgandi. Qo\u2019ynidan xalifaning maktubini chiqarib o\u2019pdi. So\u2019ng oltin taxt ustida ipak kiyimlarga burkanib yirtqich qush kabi o\u2019tirgan shohga uzatdi. Oyog\u2019i o\u2019pilmagan shohning jahli chiqib qizara boshlagandi. Ko\u2019zining oqlari ko`rimnay qolgan shoh maktubni oldi. Muhsin Chalabiy taxt yonidan chekinib, atrofga nazar soldi. Hech kim o\u2019tirmagan edi. Kulimsiradi. Ichida: \u201cMeni zo\u2019rlab oyoqda turib, ularga ta\u2019zim etishimni xohlayaptilar shekilli\u201d dedi. Biroz o\u2019ylandi. Bu haqoratga qanday javob berish kerak? Shartta ustidagi qizil durli ko\u2019ylakni yechib, taxtning yoniga tashladi. Shoh Ismoil, vazirlari, qo\u2019mondonlar taajjubga tushgan, sarosima ichida unga qarardilar. So\u2019ng u qimmat ko\u2019ylakning ustiga chordona qurib o\u2019tirib oldi. Dev, ajdaho suratlari tushirilgan, oltin suvi yuritilgan ravoqlarda jarang sochgan dabdabali ovoz bilan:<br \/>\n&#8211; Maktubini berganim buyuk podshohim O\u2019g\u2019uz Qoraxonning avlodidandir \u2013 deb hayqirdi. \u2013 Dunyo yaratilganidan beri uning ajdodlaridan hech kimsa qul bo\u2019lgan emas. Hammasi podshoh, hammasi hoqon o\u2019tgan. Otalari tug\u2019ilgandan beri hukmdor bo\u2019lgan bir podshohning elchisi boshqa podshoh oldida egilib-bukilmaydi. Chunki\u2026<br \/>\nMuhsin Chalabiy turkcha gapirib, hayqirar, turkcha bilmaydigan shohning jahli chiqib, qizarar, hali ochib ulgurmagan maktubni tutgan qo\u2019li hayajondan dir-dir titrardi\u2026 Taxtining orqasidagi jallodlar esa allaqachon qilichlarini chiqargandilar.<br \/>\nMuhsin Chalabiy hamon baland ovozda nutq irod qilardi. Donishmandlar, vazirlar, jallodlar, sarbozlar hukmdorlarining nega sabr qilayotganiga, nega unga jazo bermayotganiga ajablanardilar. Hatto ichlaridan ba\u2019zilari ovozlarini ko\u2019tarib ming\u2019irlay boshladilar. Muhsin Chalabiy so\u2019zini tugatib, chiqishga izn ham so\u2019ramadi va o\u2019rnidan turdi. Eshik tomon to\u2019g\u2019ri yurdi. Shoh Ismoil hayratdan tosh qotgandi. Sinmas g\u2019ururi bugun bir turkning otash nigohlari ostida chilparchin bo\u2019lgan edi. Muhsin Chalabiy tashqariga chiqarkan, shoh Ismoil o\u2019zi kabi sarosimada qolgan xizmatkorlariga:<br \/>\n&#8211; Uning ko\u2019ylagini olib chiqib beringlar! \u2013 dedi.<br \/>\nSarbozlardan biri yugurdi. Taxt oldidagi ko\u2019ylakni olib, turk elchisiga olib bordi:<br \/>\n&#8211; Marhamat, taqsir, ko\u2019ylagingizni unutdingiz.<br \/>\nMuhsin Chalabiy to\u2019xtadi. Kuldi. Saroy tomonga o\u2019girilib, shoh eshitadigan tovush bilan:<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q, unutmadim. Uni sizlarga qoldirdim. Saroyingizda buyuk podshoh eschisini o\u2019tkazishga loaqal bitta to\u2019shagingiz yo\u2019q ekan. Turk yerga solgan narsasini hech qachon ustiga kiymaydi. Buni bilmaysizlarmi? \u2013 dedi.<br \/>\n\u2026 Muhsin Chalabiy kecha-kunduz yo\u2019l yurib, Vatan sarhadlariga yetib keldi. Uskudarga kirganida, uning kissasida bir aqcha ham qolmagan edi. Bashang kiyingan xizmatkorlariga:<br \/>\n&#8211; Bolalarim! Mingan otlaringiz, ustingizdagi kiyimlar, belingizga qadalgan qimmatbaho qilichlaringiz sizga bo\u2019lsin. Mendan rozi bo\u2019lasizlarmi?<br \/>\n&#8211; Rozimiz, &#8211; deyishdi jo`r ovozdan.<br \/>\nRizolik bilan xayrlashdilar. Muhsin Chalabiy chuqur nafas olib, uyiga uchramasdan dastlab vaziri a\u2019zamning huzuriga bordi. Maktubni shohga berganini, hech bir haqoratga uchramaganini, shohdan izn ham so\u2019ramay Istanbulga qaytganini so\u2019zladi. Bosh vazir uning bu vazifani a\u2019lo darajada o\u2019tashiga ishonardi. Yo\u2019ldagi holatlar, qabilalarga oid ba\u2019zi narsalarni so\u2019radi. Chalabiy ketishga hozirlanayotgan payt:<br \/>\n&#8211; Sotib olmoqchiman, o\u2019g\u2019lim, ko\u2019ylaging shu yerdami? \u2013 dedi.<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q, olib kelmadim.<br \/>\n&#8211; Ajamistonda sotdingmi?<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q, sotmadim.<br \/>\n&#8211; O\u2019girlatdingmi?<br \/>\n&#8211; Yo\u2019q.<br \/>\n&#8211; Unda nima qilding?<br \/>\nBosh vazir takror-takror so\u2019radi. Ko\u2019ylakning nima bo\u2019lganini baribir bilolmadi. Muhsin Chalabiy qilgan ishidan faxrlanadigan odam emasdi. U kechasi Uskudarga qaytdi. Ertasi kuni yetti ming oltinga ko\u2019ylakni qayta sotib olmoqchi bo\u2019lib kelgan Torog\u2019liga ham bor gapni aytmadi. Istanbulda ham hech kimsa \u201cqizil durli ko\u2019ylak\u201dning qanday, qayerda, nima uchun g\u2019oyib bo\u2019lganini bilolmadi. Tabriz saroyidagi sarguzasht tarix qatlarida g\u2019oyib bo\u2019ldi, sir bo\u2019lib qoldi. Ammo eski davlatmand Muhsin Chalabiy shu ko\u2019ylak tufayli qarzlarini to`lay olmadi, molini garovdan qutqarolmadi. Elchilikdan yodgor qolgan ulov va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taqimini sotdib. Shu aqchaga Kuzgunchukdan kichkinagina bog\u2019 sotib oldi. Ekin-tekin qilib hosil oldi. Umrining oxirigacha Uskudar bozorida ko\u2019kat sotib tirikchilik o`tkazdi, bolalarini boqdi. Ga\u2019riblikda, yo\u2019qsillikda hayot kechirdi. Shunda ham na biron kimsaga bo\u2019yin egdi, na butun boyligini bir onda yo\u2019qotish bilan erishgan fidokorligi haqida gapirib faxrlandi. <strong><br \/>\n<\/strong><\/p>\n<div><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimasi<\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omer Seyfettin QIZIL DURLI KO\u2019YLAK Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi. Derazalardan kirgan bahorning moviy nurlari koshinlarning yashillikka burkangan teranligida singib, ko\u2019zni olardi. Charchoqdan holsizlanib, ipak to\u2019shaklarga tiz cho\u2019kkan vazirlar ostlariga solingan gilamning rangin naqshu nigorlariga qarashar, uzun oppoq soqolini zaif qo\u2019li bilan tutgan qari vaziri a\u2019zamning nursiz ko\u2018zlari esa uzoq va qorong\u2019u o\u2019tmish qatiga <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=304\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[359],"tags":[375,370,362,369,368],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/304"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=304"}],"version-history":[{"count":4,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/304\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":314,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/304\/revisions\/314"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=304"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=304"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=304"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}