{"id":315,"date":"2009-07-28T00:51:18","date_gmt":"2009-07-27T19:51:18","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=315"},"modified":"2009-07-28T00:52:59","modified_gmt":"2009-07-27T19:52:59","slug":"qonunlar-buzilgan-yurt-kokarmaydi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=315","title":{"rendered":"Qonunlar buzilgan yurt ko&#8217;karmaydi&#8230;"},"content":{"rendered":"<p>Yevropada insonlar qonunni, kundalik axloq qoidalarini hurmat qiladilar. Omer Seyfittin degan turk yozuvchisi o&#8217;z hikoyalaridan birida shunday degan edi: &#8220;Qonunlar buzilgan yurt ko&#8217;karmaydi&#8230;&#8221;. Bizda esa qonunlar, oddiy axloq qoidalari odatda, uning tuzuvchilari tomonidan buziladi-da, buni ko&#8217;rgan avlodning ongida o&#8217;sha qonunga nisbatan hurmat ko&#8217;tariladi. Oddiy misol, otasi bolasiga: &#8220;Bola, sigaret chekma&#8221;, &#8211; deydi, vaholanki, uning o&#8217;zi shu o&#8217;g&#8217;lini sigaret olib kelish uchun do&#8217;konga jo&#8217;natadi&#8230;<\/p>\n<p>Polshada, garchi Yevropaning nisbatan kam rivojlangan davlati bo&#8217;lsa-da, qonunlar va fuqarolarning o&#8217;zaro hurmat qilishi tahsinga loyiq. Ikki-uchta misol keltiraman.<\/p>\n<p>1. Varshavaga kelganimning birinchi kuni. Shaharni aylanay deb, qozog&#8217;istonlik do&#8217;stim bilan asta yo&#8217;l yoqalab ketyapmiz. Mashina kam (Varshava Toshkentdan ko&#8217;ra kichikroq shahar). Avval o&#8217;ng tomon, so&#8217;ng chap tomonga qarab, yo&#8217;ldan o&#8217;ta boshladik. O&#8217;tishim bilan orqaga qaradim, sfetofor tagida 4-5 chog&#8217;li odam, ikkita velosipedchi navbat kutib turganday turishibdi. Mashinalar esa yo&#8217;q. Ne ko&#8217;z bilan qarayki, ular o&#8217;zlariga yonga qizil chiroqni hurmat qilib, kutib turishgan ekan.<\/p>\n<p>Bu menga dars bo&#8217;ldi. So&#8217;ng piyodalar uchun qizil chiroq yonganda, garchi mashinalar qatnovi sust yoki yo&#8217;q bo&#8217;lganda ham kutib turadigan bo&#8217;ldim.<\/p>\n<p>2. Varshavaning markaziy ko&#8217;chasida ketayapman. O&#8217;sha kunlari Ruminiya Respublikasi prezidenti Varshavaga kelgan edi. Uzoqdan, ikki davlat bayroqlari bilan bezangan prezident karteji ko&#8217;rindi. Ular chorrahaga yaqinlashganida qizil chiroq yondi. Prezident kartejining barcha mashinalari to&#8217;xtab, yashil chiroq yonishi bilan yana yo&#8217;lda davom etishdi.<\/p>\n<p>Ba&#8217;zida hayron qolaman. Bizda nari borsa 1-2 yil ishlagan GAI xodimlari ham ba&#8217;zida qizil chiroqni mensishmaydi&#8230;<\/p>\n<p>3. Bekat tomon yurib kelyapman. Bir kishi mendan avvalroqda, sigaret tutatgan shekilli, qo&#8217;lida uning qoldig&#8217;ini ushlagancha ketib boryapti. Qo&#8217;lidagi axlatini tashlab yuborsa bo&#8217;lmasmikan, deb, g&#8217;ashim keladi. U bo&#8217;lsa, xotirjam bekat tomon ketyapti. Bekatga keldiyu, o&#8217;sha yerdagi axlat uchun mo&#8217;ljallangan qutiga sigaret qoldig&#8217;ini tashladi. Yana kuzatganim bir bolakay, qo&#8217;lidagi yeb bo&#8217;lgan morojniysi qog&#8217;ozini atrofga tashlamay, axlat qutisini qidira boshladi. Allaqancha muddat qo&#8217;lida ushlab borib, kerakli joyga tashladi&#8230;<\/p>\n<p>&#8230;Toshkentga kelib, mana shunday qutilarni qidira boshladim. Garchi, uni har kuni tozalashmasa-da, tozalab bo&#8217;lgach, unga yangi polietilen qopchani solib, ozoda qilib ketishmasa-da, harqalay, bunday qutilar shaharlicha ekan. Lekin&#8230; Unga tashlanishi kerak bo&#8217;lgan chiqindilar, nechukdir, bekat oldidagi suv oqishi kerak bo&#8217;lgan ariqchalarda&#8230; yoxud aslida ko&#8217;m-ko&#8217;k bo&#8217;lib ochilib, shahar husniga husn qo&#8217;shishi kerak bo&#8217;lgan guzlorlar ichida&#8230;<\/p>\n<p>4. Polshada ommaviy transport vositalarida sizdan pul so&#8217;rashmaydi. Bepul, jiddiy, bepul. Faqatgina siz yillik, oylik, haftalik, kunlik yo&#8217;l chiptasini oldindan sotib olasiz. Buni avtobus yoxud metroda sizdan na shofer, na komduktor (darvoqe, u yerda konduktorning o&#8217;zi yo&#8217;q) talab qilmaydi. Bu sizning vijdoniy va fuqarolik burchingiz. To&#8217;g&#8217;ri, lekin ba&#8217;zida tekshiruvchilar avtobusga chiqib tekshirib qolishlari mumkin, lekin bu kamdan kam holatlarda. Lekin kiosklar va shu chiptani sotadigan do&#8217;konlardan uni sotib olayotganlarning keti uzilmaydi&#8230;<\/p>\n<p>&#8230; Bizda-chi? Bir kuni bir gazeta xodimi ham xuddi vakolati borday xizmat guvohnomasini ko&#8217;rsatib, avtobusdan tushib ketdi. Konduktor yosh yigit ekan, uni boshqa xizmatdan deb o&#8217;yladi shekilli. Bir tanishim hazillashib, hozir fermer xo&#8217;jaligini guvohnomasini ko&#8217;rsatib ham avtobusda yuraverasan degandi. 2-3 sinfligimda bir onaxon qarindoshimizdan so&#8217;ragandim: &#8220;Biz yosh bolamiz, avtobusga chiqib, tushayotganda, &#8220;rahmat, amaki&#8221;, deb tushib ketsak bo&#8217;ladimi yo pul to&#8217;lashimiz kerakmi?&#8221; deb so&#8217;raganimda, ular &#8220;Yoshlaring 7 dan oshib qoldi. To&#8217;langlar, shoferning haqi qolib ketmasin&#8221; degandilar&#8230; Hozir esa 12-13 yoshli bolasi uchun pul to&#8217;lamay janjal qilgan, allaqanday guvohnomalarni o&#8217;tkazmoqchi bo&#8217;lib, konduktorni xunob qilayotganlarni ko&#8217;p uchratamiz&#8230;<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek. 28 iyul, 2009 yil.<br \/>\n<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yevropada insonlar qonunni, kundalik axloq qoidalarini hurmat qiladilar. Omer Seyfittin degan turk yozuvchisi o&#8217;z hikoyalaridan birida shunday degan edi: &#8220;Qonunlar buzilgan yurt ko&#8217;karmaydi&#8230;&#8221;. Bizda esa qonunlar, oddiy axloq qoidalari odatda, uning tuzuvchilari tomonidan buziladi-da, buni ko&#8217;rgan avlodning ongida o&#8217;sha qonunga nisbatan hurmat ko&#8217;tariladi. Oddiy misol, otasi bolasiga: &#8220;Bola, sigaret chekma&#8221;, &#8211; deydi, vaholanki, uning o&#8217;zi shu o&#8217;g&#8217;lini sigaret olib kelish <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=315\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[133],"tags":[376,377],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/315"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=315"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/315\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":318,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/315\/revisions\/318"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=315"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=315"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=315"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}