{"id":41,"date":"2002-02-12T17:03:08","date_gmt":"2002-02-12T12:03:08","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=41"},"modified":"2013-08-12T23:19:45","modified_gmt":"2013-08-12T18:19:45","slug":"kel-ko%e2%80%98r-meni-ishq-nayladi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=41","title":{"rendered":"Kel, ko\u2018r, meni ishq nayladi&#8230;"},"content":{"rendered":"<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/islam.ziyouz.com\/Articles\/ishq.gif\" border=\"0\" alt=\" \" width=\"125\" height=\"80\" align=\"left\" \/><\/p>\n<p align=\"right\"><em>Tushimda ko\u2018rganda shunchalik go\u2018zal,<br \/>\nOydan-da go\u2018zaldir kundan-da go\u2018zal..<\/em>.<br \/>\n<em>Cho\u2018lpon<\/em><\/p>\n<p>Erta saxar. G\u2018ira-shira. Bo\u2018ston. Jilg\u2018a&#8230;<\/p>\n<p>Men sizni &#8220;Qani u&#8221;,- deya Guldan so\u2018radim. &#8220;Men Uni saxarlab bo\u2018stonda ko\u2018raman&#8221;,- dedi Gul, &#8211; Bir kiradi-da, mendan bir hidlaganini bilaman, keyin nima bo\u2018lishini eslolmayman. Bu mening bo\u2018yim emas, Uning bo\u2018yidan bir asorat xolos, &#8211; kuyindi Gul.<\/p>\n<p align=\"justify\">Gulni ko\u2018rdim. Undan bo\u2018y oldim.<br \/>\nKeyin Saboga yuzlandim. &#8220;Ey sabo, sen mening Go\u2018zalimni qachon ko\u2018rasan&#8221;,- dedim. U ham &#8220;Men-da Uni ertalab bo\u2018stonda ko\u2018raman. Unga bir urilamanu, o\u2018zimni yo\u2018qotaman. Shuning uchun ham meni o\u2018zga mahal uchratolmaysan&#8221;,- dedi.<br \/>\nKamayib qolgan Yulduzdan sizni so\u2018radim. U esa, &#8220;Men Go\u2018zal uyg\u2018ongandan keyin hijolat bo\u2018lib berkinib olaman&#8221;,- dedi-da, u ham yo\u2018qolib qoldi.<br \/>\nOydan so\u2018radim. U: &#8220;Biz ikkimiz dugonamiz&#8221;,-dedi, &#8211; Kechalari men samoni yoritsam, kunduzlari U butun dunyoni munavvar qiladi,- dedi-da, u ham meni tark etdi.<br \/>\nQuyosh shafaqlarini astagtna artib, dunyo oynasiga nazar solishni boshlamakda edi. Noiloj so\u2018radim undan, u: &#8220;Men Go\u2018zalni hech qachon ko\u2018ra olmayman&#8221;,- deya yig\u2018lab yubordi. &#8220;Nega&#8221;,- deya so\u2018radim qizarib ketgan Quyoshdan. &#8220;Agar men Unga qarasam, nuridan men ham erib ketaman&#8221;,- dedi.<br \/>\nQuyosh safdoshim bo\u2018ldi.<br \/>\nBo\u2018stonda faryod chekayotgan Bulbuldan: &#8220;Sayrashni kimdan o\u2018rganding&#8221;,- deya so\u2018radim, u: &#8220;Bu yerga bir Go\u2018zal har tong keladi. Uning nafis so\u2018zlari ohangida men mast bo\u2018lib qolaman va har doim shunday nola chekaveraman&#8221;,-dedi.<br \/>\nBulbul sodiq ulfatim bo\u2018ldi.<br \/>\nJuda chanqadim. Chashma yoniga kelib, undan ichdim-da, &#8220;Munchalik totli bo\u2018lmasang, ey, Buloq&#8221;,- dedim. Chashma ham bir tin oldi-da, &#8220;Eh, har tong bu yerga bir Go\u2018zal keladi-da, menga qo\u2018lini solib, yuzini yuvadi. Bu mening ta\u2019mim emas, Go\u2018zalning isi&#8221;, -dedi.<br \/>\nBirdan badanga xush yoquvchi mayin Yomg\u2018ir yog\u2018a boshladi. Men darrov Sizni so\u2018radim. &#8220;Men Uni har tong nozik oyoqchalari bilan mening ustimdan yurib o\u2018tayotganida sezaman. Uning harorati shunday kuydiradiki, natijada mendan asar ham qolmaydi&#8221;, &#8211; Yomg\u2018irning javobi shu bo\u2018ldi.<br \/>\nNogoh garangsib yurgan parvonani uchratib, undan &#8220;Nega Parvonasan&#8221;, &#8211; deya so\u2018radim. &#8220;Go\u2018zalni bir marta ko\u2018rdimu, Parvona bo\u2018lib, Uning ishqida hamon qiynalaman&#8221;, -dedi.<br \/>\nParvona dildoshim bo\u2018ldi.<br \/>\nTog\u2018dan &#8220;Munchalik yuksaksan&#8221;,- deb so\u2018radim. U Sizni yuqoridan yaxshiroq ko\u2018rish uchun shunday yuksakka intilganini aytdi.<br \/>\nBo\u2018ldi, bas, Uni Xayoldan so\u2018radim. U esa bir xo\u2018rsindi-da, &#8220;Uni ta\u2019riflamakka mening haddim yetmaydi&#8221;, &#8211; deya mendan yuz o\u2018girdi.<br \/>\nBarglar bir-biri bilan dardlashib, shivirlashib, ariqdagi suvlar jildirab, yayrab-yashnab oqayotgan bir mahalda Uyqu o\u2018z domiga tortdi. Undan menga Go\u2018zalning ta\u2019rifini ber deb yolvordim. Uyqu menga Tushni yo\u2018latdi.<br \/>\nTushdan so\u2018radim:<br \/>\n&#8211; Go\u2018zalimni ta\u2019rifla, ey, Ro\u2018yoning dushmani. U ham meni deydimi?<br \/>\n&#8211; Yo\u2018q, uning ishqi boshqasiga boshqasiga tushgan.<br \/>\nBu gap ishq olovidan yonayotgan qalbimni parchalab tashladi.<br \/>\n&#8211; Kim U mening sevgimni o\u2018g\u2018irlagan? Shunchalik go\u2018zalmi U. Ta\u2019rifla uni ey, shumxabar!<br \/>\n&#8211; Senga juda qiyin bo\u2018ladi, &#8211; dedi Tush.<br \/>\n&#8211; Ayt, nima qilay?<br \/>\n&#8211; Butun jahondagi qalamlarni yig\u2018.<br \/>\nJahonda bironta ham qalam qolmadi. Menga hamma shoiru zamonlar, allomalar yordamga keldilar. Tush ular bilan birgalikda Go\u2018zalni ta\u2019riflamakka tushdilar. Eyvoh, Qalam ham, qalam ahli ham bunda ojiz edilar. Dunyo yozmakka qalam qolmadi, hammasi bardoshdan sinib ketdi. Hech kim hech narsa yozmay qo\u2018ydi.<br \/>\nMen Ummon, Dengiz, Ko\u2018l, Daryou Bulutni yordamga chaqirdim. Ular o\u2018rnida siyoh paydo bo\u2018ldi. Tush ta\u2019riflamakda davom etar, xo\u2018rsinar, yum-yum yig\u2018lar, yig\u2018isidan yana daryolar siyohga to\u2018lar edi. Eyvoh, dunyo o\u2018z Suvlaridan judo bo\u2018ldi. Go\u2018zalning ta\u2019rifi hali endigina boshlangan, hamma hayratdan yoqa ushlagan edi. Butun dunyo, koinot Larzaga keldi. Hamma Go\u2018zalni tarannum etishga tushdi. Hayvonlar o\u2018kirdi, Nabotot ajib chayqaldi, Insoniyat hamma yumushini uloqtirib, Uni ta\u2019rifla?ga jiddu jahd qilardi. Hamma o\u2018z bilganicha, o\u2018z tilida Uni madh yetardi. Zabon, So\u2018z hecham tugamas, faryod-dod ila tarannum davom etardi&#8230;<br \/>\n&#8211; Ta\u2019rifi So\u2018zu Zabonga sig\u2018magan kim U Go\u2018zal? &#8211; deya so\u2018radim Tushdan.<br \/>\nEy, nodon, sening-da, menim-da, Quyosh, Oy, Yulduzning-da qalbini zabt etgan O\u2018sha &#8211; Go\u2018zal. U eng a\u2019lo, eng chiroyli. Hamma Uni istaydi.<br \/>\n&#8211; Men Uni qanday topaman, &#8211; deya yig\u2018idan to\u2018xtatolmadim o\u2018zimni.<br \/>\n&#8211; U sening qalbingla yashaydi. U doim sen bilan birga. Sen qalbingni, iymoningni, ishqingni avayla. Shundagina U seni tark etmaydi. Sen Uni qalbingning tub-tubiga joyla. Doimo Uning ishqi bilan yasha. Uni har vaqt esla, turganingda, yurganingda, o\u2018tirganingda&#8230; hamon esla. Har soniya Uning yodi bilan yasha. Shundagina sen Uni topasan. Shundagina U ham sen bilan yashaydi&#8230;<br \/>\nYig\u2018lab uyg\u2018ondim.<br \/>\nTong. Bo\u2018ston. Jilg\u2018a&#8230;<br \/>\nQayoqdandir qalbni zor etadigan tanish tovush ila Yunus Emroning dardli she\u2019ri yangrardi:<\/p>\n<p class=\"Simple\"><em>Man yururman yona-yona,<br \/>\nIshq bo`yadi mani qona,<br \/>\nNa oqilman, na devona,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p class=\"style33\"><em>Goh esarman yellar kabi,<br \/>\nGoh to`zarman yerlar kabi,<br \/>\nGoh oqarman sellar kabi,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p class=\"style33\"><em>Oqar suvlardek oqarman,<br \/>\nDardli yuragim yoqarman.<br \/>\nYorimni o`ylab yig`larman,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p class=\"style33\"><em>Yo qo`lim ol qoldir mani<br \/>\nYo vaslingga qondir mani<br \/>\nKo`p yig`latding, kuldir mani<br \/>\nKel, ko`r mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p class=\"style33\"><em>Man yururman eldan elga,<br \/>\nDo`st so`rarman tildan tilga.<br \/>\nG`urbatda holim kim bilar,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p class=\"style33\"><em>Majnun bo`lubon yururman,<br \/>\nU yorni tushda ko`rurman.<br \/>\nUyg`onib malul bo`lurman,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p class=\"style33\"><em>Rangim sariq, ko`zlarim yosh,<br \/>\nBag`rim pora, jigarim tosh.<br \/>\nHolim bilgan dardli qardosh,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p class=\"style33\"><em>Ishqing mani mast ayladi,<br \/>\nOldi ko`nglum, xast ayladi.<br \/>\nO`ldirmakka qasd ayladi,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi. <\/em><\/p>\n<p><em>Miskin Yunus bechoraman,<br \/>\nBoshdin oyog`i yoraman,<br \/>\nDo`st ko`yida ovoraman,<br \/>\nKel, ko`r, mani ishq nayladi<\/em>.<\/p>\n<p align=\"justify\">Hayhot!&#8230; Ha, u o\u2018sha, men yo\u2018qotgan GO\u2018ZALning ovozi edi&#8230;<\/p>\n<p align=\"right\"><strong>Davronbek Tojialiyev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tushimda ko\u2018rganda shunchalik go\u2018zal, Oydan-da go\u2018zaldir kundan-da go\u2018zal&#8230; Cho\u2018lpon Erta saxar. G\u2018ira-shira. Bo\u2018ston. Jilg\u2018a&#8230; Men sizni &#8220;Qani u&#8221;,- deya Guldan so\u2018radim. &#8220;Men Uni saxarlab bo\u2018stonda ko\u2018raman&#8221;,- dedi Gul, &#8211; Bir kiradi-da, mendan bir hidlaganini bilaman, keyin nima bo\u2018lishini eslolmayman. Bu mening bo\u2018yim emas, Uning bo\u2018yidan bir asorat xolos, &#8211; kuyindi Gul. Gulni ko\u2018rdim. Undan bo\u2018y oldim. Keyin Saboga yuzlandim. &#8220;Ey <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=41\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[48],"tags":[37,42,43,47,39,36,38,45,41,46,44,40],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":44,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41\/revisions\/44"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}