{"id":473,"date":"2010-08-16T11:06:13","date_gmt":"2010-08-16T06:06:13","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=473"},"modified":"2010-08-16T11:09:05","modified_gmt":"2010-08-16T06:09:05","slug":"toglikning-olimi-hikoya-yaroslav-gashek","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=473","title":{"rendered":"Tog&#8217;likning o&#8217;limi (hikoya). Yaroslav Gashek"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong>Yaroslav Gashek<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">\n<strong>TOG\u2019LIKNING O\u2019LIMI<\/strong><br \/>\n(hikoya)<\/p>\n<p>Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o\u2018rmonlar va bug\u2018doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to\u2018yg\u2018izishdi, yo\u2018l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo\u2018l tog\u2018 yonbag\u2018irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yo\u2018ldan asta ko\u2018tarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk o\u2018lkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, chang bosgan ko\u2018ylagiga tirishgan qaltiroq qo\u2018li bilan ul-bul yegulik solingan kichkina tugun qistirib olgandi.<br \/>\nU atrofni qo\u2018rqa-pisa kuzatdi, uning yuzida soqchi ko\u2018rinishi bilanoq o\u2018zini tik qiyalikdan vodiyga tashlash jur\u2019ati namoyon edi. Va nihoyat u etagida yarimchirigan o\u2018rindiq turgan, yog\u2018och xoch joylashgan dovonga yetib keldi. Mixael Pitala cho\u2018qindi va o\u2018rindiqqa horg\u2018in o\u2018tirdi. Tugunni yoniga, maysaga qo\u2018ydi va atrofga nazar tashladi. Ikki tomondan ham yo\u2018l nishablikka qarab ketardi. Uning ko\u2018z o\u2018ngida o\u2018rmonli vodiy gavdalandi. Atrof qanday go\u2018zal! Uzoqda, kulrang cho\u2018qqilar orasida azim Bobotog\u2018 qad ko\u2018tarib turibdi. Undan nariroqda Taqirtog\u2018, uning yon-verida esa Mixaelning ota joylari\u2026 Shuncha yillardan keyin, ikki-uch kun o\u2018tib u o\u2018rmonning yoqasiga qadar yoyilgan qo\u2018ralar, mo\u2018\u2018jaz ibodatxona joylashgan ona qishlog\u2018ini ko\u2018radi.<br \/>\nTog\u2018lar orasiga asta botayotgan quyoshning nurlari so\u2018nib borardi. Qochoq oppoq qirov qo\u2018ngan boshini quyi egganicha kechmish hayotini esladi. Ko\u2018p yillar avval u ish qidirib xotini va bola-chaqasini olib Germaniyaga otlandi. U yerda ter to\u2018kib holdan toyguncha mehnat qilishdi, hayotning achchiq-chuchugiga sabr qilishdi. Qish oylaridan birida u ishsiz qoldi va butun oila ochlik domida qoldi. U yaqinlarining qiynalganlariga chiday olmadi va avval ularni, so\u2018ng o\u2018zini zaharlab o\u2018ldirishni o\u2018ylab qoldi. Og\u2018uni tayyorlab, mudhish rejasini amalga oshirdi. Xotini va bolalari o\u2018ldi, lekin u tirik qoldi. Tuzalib ketganidan so\u2018ng uni uzoq yilga ozodlikdan mahrum etishdi. Ko\u2018p yillar ish davomida olisdagi bulutli tog\u2018larga havas ila qarab, yana o\u2018sha yerga borishni orzu qilardi. Nihoyat, u qamoqdan qochishga erishdi. Mana, hozir shu yerda\u2026<br \/>\nMixael Pitala yana atrofga nazar soldi. Quyosh tobora pastlab botib borardi. Bobotog\u2018 cho\u2018qqisi shafaq bag\u2018riga singib ketdi. Shafaq. Mag\u2018rib tomonda to\u2018q-qizil olovli shar asta tog\u2018 ortiga botdi. Kechki qizil shu\u2019lalar tog\u2018 bag\u2018rida erib ketdi. Undan keyin goh parchalanib, goh yana qo\u2018shilib tuman pardasi ko\u2018tarildi. Qandaydir o\u2018zgacha g\u2018ira-shira qorong\u2018ulik o\u2018rmonni burkab oldi. Iliq shamol esa ignabarg hidini atrofga sochdi. Pastda katta toshlari zamburug\u2018 bilan qoplangan tog\u2018 nishabligi yastanib yotibdi. Sershovqin soy toshdan toshga va ildizi bilan qo\u2018porilgan daraxtlarga urilib oqar, baland tilog\u2018och va qarag\u2018aylar orasida ko\u2018rinmay ketardi.<br \/>\nQochoq soqol qoplagan yuzini quyi indirgan ko\u2018yi pinakka ketdi. Tushiga uyi kiribdi. Lekin u oqsoqol qariya emas, navqiron yigitcha edi. U hozirgina o\u2018rmondan qaytgandi. Mana, o\u2018choqdan chiqayotgan tutun o\u2018rlagan kulbadagi o\u2018zining kichkina xonachasi. Mana, otasi, onasi, butun oilasi. \u00abMixalek, sen qaerda buncha ko\u2018p qolib ketding?\u00bb deb so\u2018rashyapti. So\u2018ng hammalari xontaxtaga o\u2018tirib ovqatlanishadi, gurunglashib o\u2018tirib qo\u2018y sutidan ichishadi. Qo\u2018shnilar chiqadi. O\u2019rmonda o\u2018rtog\u2018i Konichkani ayiq qanday qo\u2018rqitganini aytib berishadi. U o\u2018choqqa o\u2018tin tashlaydi. O\u2019tin charsillab yonib, qurum bosgan xonani yoritadi. Tashqaridagi qo\u2018raga qaytayotgan mollarning ma\u2019rashini eshitib o\u2018tirish qanchalik yoqimli. Ibodatxona qo\u2018ng\u2018irog\u2018i chalinadi. Hammalari turishadi, cho\u2018qinib, baland ovozda ibodat qilishadi. Olov esa charsillab yonadi&#8230; Birdan og\u2018ir qadamlar qochoqning tushini buzib yuboradi.<br \/>\nO\u2019rnidan turarkan, yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, qaerdandir paydo bo\u2018lgan mirshabni ko\u2018rdi. Uning miltiq nayzasi tunning so\u2018nggi shu\u2019lalarida dahshatli yaltirardi. Mixael Pitala tugunini olib, bir sakrashda narigi yo\u2018lga o\u2018tib, tog\u2018 nishabligiga qarab yugurdi. Uch marta \u00abTo\u2018xta, to\u2018xta, to\u2018xta!\u00bb buyrug\u2018idan so\u2018ng g\u2018ira-shira o\u2018rmonning tun sokinligida ko\u2018p marta o\u2018q ovozi aks-sado berdi. O\u2019q yegan boshini egganicha qochoq oldinga va yuqoriga intilardi. Oxirgi marta\u00a0 botayotgan quyoshni va tog\u2018lar tizmasini ko\u2018rib qolishga harakat qilardi. Quyosh botdi.<br \/>\nVodiyning allaqaerida kechki ibodatga chaqiruvchi cherkov qo\u2018ng\u2018irog\u2018i chalindi. Yuqorida, yo\u2018ldagi yog\u2018och xoch yonida turgan mirshab qalpog\u2018ini yechdi va ibodat qila boshladi: \u00abTangri malaklari&#8230;\u00bb<br \/>\nMiltiqning og\u2018zidan osmonga ko\u2018tarilayotgan tutun so\u2018roq belgisi shaklini eslatardi. O\u2019rmon osmonida oy chiqib, qiyalikda yotgan qochoqning murdasini xira nurlari bilan yoritayotganda, uning ko\u2018kargan lablari asta pichirladi: \u00abVatan! Vatan!\u00bb<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em>1902<\/em><\/p>\n<p><strong>Rus tilidan Davronbek Tojialiev tarjimasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">\n<strong>HIKOYA MUALLIFI HAQIDA<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Mashhur chex yozuvchisi Yaroslav Gashek 1883 yili Pragada tug\u2018ilgan. Uning ijodida ijtimoiy satira asosiy o\u2018rinni egallaydi. U o\u2018zidan 1500 dan ortiq hikoya, feleton va boshqa asarlarni qoldirgan.<br \/>\n\u00abQotil sud oldida\u00bb (1907), \u00abShaxtadagi falokat\u00bb (1908) hajviy asarlari mashhur.<br \/>\nBirinchi jahon urushi arafasida \u00abShovvoz askar Shveyk va boshqa ajoyib voqealar\u00bb (1911) hikoyalar to\u2018plami unga katta shuhrat keltiradi. \u00abShovvoz askar Shveykning jahon urushidagi sarguzashtlari\u00bb hajviy-realistik romani (1921\u201423, asar tugallanmay qolgan) urushga va milliy zulmga qarshi yozilgan. Unda xalqning og\u2018ir turmushi yorqin obrazlarda aks ettirilgan. Bu asar ko\u2018plab xorijiy tillarga, shuningdek \u00abShovvoz Shveykning boshidan kechirganlari\u00bb nomi bilan o\u2018zbek tiliga tarjima qilingan (1971).<br \/>\nYaroslav Gashek 1323 yili Lipnitseda vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yaroslav Gashek TOG\u2019LIKNING O\u2019LIMI (hikoya) Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o\u2018rmonlar va bug\u2018doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to\u2018yg\u2018izishdi, yo\u2018l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo\u2018l tog\u2018 yonbag\u2018irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yo\u2018ldan asta ko\u2018tarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk o\u2018lkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, chang bosgan ko\u2018ylagiga tirishgan <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=473\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[359],"tags":[423,362,424,363],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/473"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=473"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/473\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":475,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/473\/revisions\/475"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=473"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=473"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=473"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}