{"id":480,"date":"2010-08-18T17:49:35","date_gmt":"2010-08-18T12:49:35","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=480"},"modified":"2010-08-18T17:49:35","modified_gmt":"2010-08-18T12:49:35","slug":"ramazonning-bir-kuni","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=480","title":{"rendered":"Ramazonning bir kuni"},"content":{"rendered":"<p><strong>Soat 18.30.<\/strong> Iftorlikka 40 minutdan oshiqroq vaqt bor. Ishxonadan  chiqaman. Ko\u2019chada avtomobil harakati tezlashgan. Menga kerakli  marshrutga chiqish ham o\u2019ziga xos muammo. Nihoyat bo\u2019shroq \u201cDamas\u201d  keladi. Ikki shahar orasidagi postdan o\u2019tarkan, haydovchi marshrut  raqamini olib tashlaydi va xo\u2019jako\u2019rsinga tasmani taqib oladi.<\/p>\n<p><strong>Soat 18.40.<\/strong> Yo\u2019l-yo\u2019lakay gazsuvxona, ayronxonalarda turnaqator navbatni kuzataman.  Ro\u2019zadorlar issiq kunlarda iftorlik uchun turli ichimliklarni ko\u2019tarib  ketayotganlari chanqagan nigohlarimga tushib qoladi.<\/p>\n<p><strong>Soat 18.50.<\/strong> Bir yumush bilan dadam bilan shaharga tushamiz. Shaharda harakat  tezligi juda o\u2019sgan, boshqa payt kuzatilmaydigan avtomashinalar  tirbandligidan qiynalamiz.<\/p>\n<p><strong>Soat 19.00.<\/strong> Iftorlik  dasturxonidamiz. Ramazon oyining eng fayzli holatlaridan biri. Og\u2019iz  ochishga 13 daqiqa bor. Kichkina bolakaylar soat va minut sanaydilar.  \u201cOh, nega vaqt sekin o\u2019tyapti\u2026 12 minut qoldi. Og\u2019izni ochaman-u, manabu  suvni bitta o\u2019zim ichib yuboraman\u2026\u201d Ukam ham kattaligiga qaramay,  muzdekkina choy bilan \u201cgaplashadi:\u201d \u201cozgina sabr qilgin, hozir\u201d deya  piyolaga suvni quyadi-da, yana bankaga qayta quyib qo\u2019yadi. \u201cNima  qilyapsan?\u201d desam, \u201cNafsimni tarbiyalayapman\u201d deydi\u2026<\/p>\n<p><strong>Soat 19.12.<\/strong> Rasmiy taqvimga ko\u2019ra, hali 1 minut borligiga qaramay, ro\u2019zani ochib  yuboramiz. Oilaviy o\u2019tirib, duo qilib, shukrona aytamiz. Saxardan beri  quruqshagan lablar muzdek suv bilan rohatlanadi.<br \/>\nAgar shu paytda  ko\u2019chaga chiqib qolsangiz, 10 minut oldin ko\u2019chani to\u2019ldirgan mashinayu,  odamlarning qayoqqa g\u2019oyib bo\u2019lib qolganini bilolmay esingiz chiqadi.<\/p>\n<p><strong>Soat 19.20.<\/strong> Erkaklar birgalikda ochiq osmon ostida yerga joynamoz solib, namoz  o\u2019qiymiz. O\u2019ylab ko\u2019rsam, o\u2019z uyida ochiqlikda, yerga joy solib, namoz  o\u2019qish ham katta ne\u2019mat ekan.<\/p>\n<p><strong>Soat 19.50.<\/strong> Do\u2019stim  qo\u2019ng\u2019iroq qiladi. Bugun Xo\u2019jaegiz masjidida xatmi Qur\u2019on nihoyasiga  yetar ekan. Shunga ertaroq harakat qilmasak, joy toppish mushkulligini  aytadi.<\/p>\n<p><strong>Soat 20.15.<\/strong> Birgalikda masjid tomon piyoda yo\u2019l  olamiz. Masjid ko\u2019chasi judayam fayzli. Biri oq, biri milliy do\u2019ppi  kiygan yosh-qari namozxonlar tarovihga otlanishgan. Baraka topsin  kelinlar, ko\u2019chalar suvlarni sepib qo\u2019yishibdi.<\/p>\n<p><strong>Soat 20.25.<\/strong> Masjidga kiraverishdagi yozuv diqqatimni tortdi: \u201cObi xudoyi.  Shifobaxsh Oltiariq suvi\u201d. Bir yigit keluvchilarga suv tarqatyapti.  Tarovih boshlanishiga yarim soatdan ko\u2019p bo\u2019lsa-da, jome\u2019 masjidning  ichkari xonaqohlari to\u2019lgan, biz hovliga joylashdik.<\/p>\n<p><strong>Soat 20.45.<\/strong> Muazzin azon aytadi. Namozxonlar yoyilib ketgan saflarni qisqartirib,  qo\u2019shimcha joy ochishadi. Imomning esa \u201csiqilishib o\u2019tiringlar,  birodarlar. Bugun xatmona bo\u2019ladi, odam ko\u2019p keladi\u201d degani eshitiladi.<\/p>\n<p><strong>Soat 21.00.<\/strong> Avval xufton namozini, vitrni jamoat bilan o\u2019qiymiz. Biroz oldingi  g\u2019ala-g\u2019ovur qiroat boshlanishi bilan ajib sokinlikka almashadi.<\/p>\n<p><strong>Soat 21.10.<\/strong> Tarovih boshlanadi. Avvalgi kunlari kuniga 4 poradan o\u2019qilgan, oxirgi  kunga esa 2 pora qolgan. \u201cTaborak\u201d surasi o\u2019qiladi. Qiroat qilayotgan  esa, Abdujalil qorining shogirdi, asli Chechen bola \u2013 Musallam qori.  Juda tajvid bilan o\u2019qidi. Maza qildik.<\/p>\n<p><strong>Soat 21.30.<\/strong> 4  rakaatdan so\u2019ng tasbeh o\u2019qiladi: \u201csubhana zil mulki val malakuut\u2026\u201d 1-2  ta bolakaylar diqqatimni tortadi. Qo\u2019llarida 4-5 ta baklashkani ushlab  olishgan. Ajabo, masjidning ichida savdo qilishyaptimi? Adashibman, ular  namozxonlarga suv tarqatishayotgan ekan. Mashaalloh!<\/p>\n<p><strong>Soat 23.00.<\/strong> Tarovih, xatmona nihoyasiga yetadi. Abdujalil qorining qiroati, qilinayotgan duolar qalbga taskin beradi\u2026<\/p>\n<p><strong>Soat 23.15.<\/strong> Jamoat asta tarqay boshlaydi. Farosati ahli vakillari, suv ichdingiz,  endi baklashkangizni ham o\u2019zingiz bilan olib keting, nima qilasiz,  masjidda qoldirib\u2026 Joynamozlar ustida bir qancha baklashkalar qolib  ketadi. Yana o\u2019sha muxlis bolakaylar jonga oro kiradi. Asta-sekin  masjidni baklashgalardan tozalashadi.<\/p>\n<p><strong>Soat 23.20.<\/strong> Ichkarida tumonat odam qorilar va nuronbiy otaxonlarni ziyorat etish  bilan band. Sakkiz kun oldin Qur\u2019oni karim ta\u2019sirida tabarruk bo\u2019ladi,  deb tashlab ketilgan quruq choy, tuz, suvdan iborat mahsulotlar o\u2019z  egalarini topadi\u2026<\/p>\n<p><strong>Soat 23.35.<\/strong> Tashqarida ham tumonat odam,  mashinalar, velosipedlar. Boshqa payt yarim kechasi bunaqa odamni  chiroq yoqib ham topolmaysiz. Hamma qo\u2019lida baklashka, joynamoz bilan  uyi sari oshiqadi\u2026<br \/>\nYana 2,5 soatdan so\u2019ng saxarlikka turish kerak\u2026<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Soat 18.30. Iftorlikka 40 minutdan oshiqroq vaqt bor. Ishxonadan chiqaman. Ko\u2019chada avtomobil harakati tezlashgan. Menga kerakli marshrutga chiqish ham o\u2019ziga xos muammo. Nihoyat bo\u2019shroq \u201cDamas\u201d keladi. Ikki shahar orasidagi postdan o\u2019tarkan, haydovchi marshrut raqamini olib tashlaydi va xo\u2019jako\u2019rsinga tasmani taqib oladi. Soat 18.40. Yo\u2019l-yo\u2019lakay gazsuvxona, ayronxonalarda turnaqator navbatni kuzataman. Ro\u2019zadorlar issiq kunlarda iftorlik uchun turli ichimliklarni ko\u2019tarib ketayotganlari chanqagan nigohlarimga <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=480\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[133],"tags":[54,201,429,428],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/480"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=480"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/480\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":481,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/480\/revisions\/481"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=480"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=480"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=480"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}