{"id":5,"date":"2005-12-06T15:37:15","date_gmt":"2005-12-06T10:37:15","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=5"},"modified":"2013-08-12T23:41:18","modified_gmt":"2013-08-12T18:41:18","slug":"hayot-va-mamot-qonuni-taegukgi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=5","title":{"rendered":"Hayot va mamot qonuni (&#8220;Taegukgi&#8221;)"},"content":{"rendered":"<p>\u201cUrush! Noming o&#8217;chsin jahonda\u201d deganlari bekorga emas ekan. Hamma yoqni vayron qilar ekan Urush! Hamma dillarni parcha-parcha qilib tashlarkan la&#8217;nati urush! Insonni hayvondan battar holga tushirarkan urush! Yo hayot, yo mamot! O&#8217;ldir! O&#8217;ldirmasang seni o&#8217;dirishadi. Hech kimni omon qoldirma! Dushmanni yer bilan yakson qil! Aslo ayab o&#8217;tirma! Chunki u \u2013 sening dushmaning! Qiyna uni, o&#8217;ldir uni, vayron qil! Bu urush qonuni!<\/p>\n<p>Bunda na insof, na odamiylik bor, bu yerga kelganlar hammasi manqurtlar! Boshliq nima qil desa, shunga bo&#8217;ysunadi. Inson insonni g&#8217;ajiydi, yoqadi, xo&#8217;rlaydi, zo&#8217;rlaydi! Axir ikkimizning tuprog&#8217;imiz bir-ku, deydigan odam yo&#8217;q bu yerda. Bu yerda dushman bor. Uning kimligi: na millati, na dini, na qarindoshligi ahamiyatsiz. Sen uning dushmanisan, u sening dushmaning! Sening bitta vazifang bor: O&#8217;LDIRISH!<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" class=\"alignleft\" title=\"38 parallel\" src=\"http:\/\/ziyouz.com\/rasmlar\/articles\/38parallel.jpg\" alt=\"38 Parallel\" width=\"220\" height=\"330\" \/>Koreys kinoijodkorlari tomonidan ishlangan  <strong>\u201cBirodarlik\u201d <\/strong>filmi ham shu mavzuda. Unda Shimoliy va Janubiy Koreya o&#8217;rtasidagi sovuq urush va 1950-yilda bo&#8217;lib o&#8217;tgan qirg&#8217;inbarot haqida so&#8217;z boradi. Inson ishlab chiqqan la&#8217;nati ideologiyalar ikki xalqni bir-biridan ajratib, birini \u201cqizil\u201d, ikkinchisini \u201cdemocrat\u201d bo&#8217;lishga majbur qiladi. Mafkura insonlarni shunday tarbiyalaydiki, bir millat vakillari bir-birlariga ayovsiz dushmanga aylanadilar. \u201cQizil cho&#8217;chqalar\u201d va \u201cjanublik marazlar\u201d o&#8217;rtasida shiddatli jang boshlanadi. <em>\u201cBiz jangda albatta g&#8217;alaba qozonishimiz kerak! Yo&#8217;qsa hammayoqni qizil iblislar bosib, bizning qonimizni so&#8217;rishadi. Yashab qolish uchun ham g&#8217;alaba qozonishimiz shart\u201d <\/em>. Bu har bir janublikning maqsadi edi. Koreys koreysni otadi, qiradi, yoqadi: \u201cqizil\u201d bo&#8217;lgani uchun \u201ccommunist\u201d bo&#8217;lgani uchun!<\/p>\n<p><strong>Rejissor film haqida  (Kang Chje Gyu): <\/strong><\/p>\n<p><em>\u201cMen ssenariy yozayotganimda 1950-yil 6-iyun kunini eslab, ko&#8217;zimdan yoshni to&#8217;xtata olmagandim. Har doim kameralar yoqilganda faqatgina shu holatni, dardni ekranga olib chiqish haqida o&#8217;ylardim. Biz tariximizning eng katta dog&#8217;laridan bo&#8217;lgan Koreys urushi haqiqatlarini anglashimiz kerak. Urushni sedan chiqarish juda oson, hech nima bo&#8217;lmaganday kulib yurgan insonlar juda ko&#8217;p.<br \/>\nTarix \u2013 kelajakning oynasidir. Men bu filmni faqatgina bir maqsadda suratga olaman: iyoyim bu urush xalqimiz uchun oxirgisi bo&#8217;lsin!\u201d <\/em><\/p>\n<p>Filmning bosh qahramonlari ikki aka-uka. Biri urushga kelmasdan oldin maktabda o&#8217;qirdi, yuragida xastaligi bor edi. Akasi esa ukasining ta&#8217;limi uchun ko&#8217;chada poyafzal tozalardi. Urushda Jin Tay (aka) o&#8217;z jonini ayamay qahramonlik ko&#8217;rsatadi. Ukasi esa: <em>\u201cJin Tay nimaga sen istalgan xavfli vazifani bo&#8217;yningga olaverasan. Medallar uchunmi-a? Meni uyga jo&#8217;natib yuborish uchunmi? Nima qilayapsan? Mendan o&#8217;q o&#8217;tmaydi deb o&#8217;ylayapsanmi? Har bir soniyada bu yerda kimdir o&#8217;lyapti. Sen jinni bo&#8217;ldingmi? Medal olishni hohlayapsanmi? Men seni o&#8217;limga ro&#8217;baro&#8217; qilib, ketaveradi deb o&#8217;ylayapsanmi? Sen haqingda onamga nima deb aytishimni tasavvur qilayapsanmi? Biz doim birga bo&#8217;lishimiz kerak: o&#8217;lim yoki hayot! Medalning nima keragi bor, agar shu medal ortida insonlar o\u2018limi tursa!\u201d <\/em>deb uni to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga chaqirmoqchi bo&#8217;ladi. Koreys hukumati Jin Tayning xizmatlarini hisoga olib, unga mansab beradi. Urush, mansab uni umuman o&#8217;zgartirib yuboradi, odamgarchilikdan chiqaradi, diydasini toshga aylantirib qo&#8217;yadi. Urush bilan bir vaqtda mamlakat ichida ham \u201ccommunist\u201d deb gumon qilinganlarni ommaviy qirish boshlanadi. Jin tayning sevgan qizini ham \u201ccommunist\u201d deb ko&#8217;z oldida otib tashlashadi. Urush davom etardi. \u201cKommunist\u201d deb gumon qilinib, asirga olingan Jin Sok (uka) qamalgan bino akasiga \u201cmedal\u201d bergan komandir tomonidan yakson qilishga buyuriladi. Vayronalar orasidan Jin Sok ukasiga o&#8217;zi sovg&#8217;a qilgan ruchkani yonib tamom bo&#8217;lgan murdalar orasidan topadi. Bu bedodliklar alamidan Jin Tay Shimoliy tarafga o&#8217;tib ketadi\u2026<\/p>\n<p>&#8230;Iloyim urushdan saqlasin!!!<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>Davronbek Tojialiyev.<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>2005 yil, dekabr<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong><em><strong>FILM HAQIDA<\/strong><\/em><\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><strong>Janri: <\/strong>Harbiy drama<br \/>\n<strong>Filmning asl  nomi: <\/strong>Taegukgi<br \/>\n<strong>Xalqaro nomi: <\/strong>Brotherhood  (\u201cBirodarlik\u201d)<br \/>\n<strong>Ssenariy muallifi va rejissor: <\/strong>Kang Chje Gyu<br \/>\n<strong>Rollarda: <\/strong>Chan Don Gon, Von Bin, Li In Chju, Min Sik Soy<br \/>\n<strong>Operator: <\/strong>Xon Kun Pio<br \/>\n<strong>Musiqa: <\/strong>Li Don  Chun<br \/>\n<strong>Mahsulot: <\/strong>Janubiy Koreya, 2004<br \/>\n<strong>Davomiyligi: <\/strong>140 min.<br \/>\n<strong>Rasmiy sayti: <\/strong><a href=\"http:\/\/www.taegukgi2004.com\/\">http:\/\/www.taegukgi2004.com\/<\/a><br \/>\n<strong>Milliy  \u201cOskar\u201d sohibi <\/strong>\u2013 \u201cKatta qo&#8217;ng&#8217;iroq\u201dni quyidagi nominatsiyalar bo&#8217;yicha yutgan: \u201cEng yaxshi rassom-postanovshik\u201d, \u00abEng yaxshi operatorlik ishi\u00bb, \u00abEng yaxshi ovoz\u00bb<\/p>\n<p>Filmni suratga olish jarayonida 2 tonnadan ortiq porox va portlovchi moddalar ishlatilgan. \u201cTaegukgi\u201d filmi uchun maxsus 19 ming komplekt harbiy kiyim tikdirilgan. Nakdong daryosi bo&#8217;yiga ikki kilometrlik himoya liniyasi qurilgan. O&#8217;sha paytdagi shahar ko&#8217;rinishlari haqiqiy dekoratsiyalar asosida tiklangan. Shuningdek, tank, BTR va retro-poyezdlar ham o&#8217;sha davrga moslangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>KOREYA URUSHI HAQIDA (1950-1953)<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">1945 yil 15 avgustda Koreyadan Yaponiya qo&#8217;shinlari chiqib ketadi. Paytdan foydalangan SSSR va AQSh Koreyani ikkiga bo&#8217;lib, ikki xil mafkurani yoyishadi. 1948 yilning kuizdan alohida Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari tuziladi. 1950 yil 25 iyunda Shimoliy Koreya tomoni kutilmaganda Janubiy Koreyaga bostirib kiradi. 1950 yil 7 iyulda BMTning Xavfsizlik kengashi mintaqaga yordam kuchlarini yetkazishga qaror beradi.<\/p>\n<p>Shu yilning 1 noyabrida BMT va Janubiy Koreya kuchlari Tumangan daryosi vodiysigacha urush qilib, Koreya yarimorolining yana birlashtirishga harakat qiladilar. Ammo Shimoliy Koreyaga joylashib olgan 100 ming Xitoy askarlari urush sur&#8217;ati boshqa tomonga burib yuboradilar. Ular qurol-yaroq, oziq-ovqat yo&#8217;llarini yopib qo&#8217;yadilar. Bundan tashqari ko&#8217;pincha orqa tomondan hujum ham qilib turardilar.<\/p>\n<p>1953 yili urush mamlakat 38-parallel bilan ikkiga ajratiladi. Ushbu urush 9 million koreys, 1 millionga yaqin xitoyliklar va 50 ming amerikalikning yostig&#8217;ini quritadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cUrush! Noming o&#8217;chsin jahonda\u201d deganlari bekorga emas ekan. Hamma yoqni vayron qilar ekan Urush! Hamma dillarni parcha-parcha qilib tashlarkan la&#8217;nati urush! Insonni hayvondan battar holga tushirarkan urush! Yo hayot, yo mamot! O&#8217;ldir! O&#8217;ldirmasang seni o&#8217;dirishadi. Hech kimni omon qoldirma! Dushmanni yer bilan yakson qil! Aslo ayab o&#8217;tirma! Chunki u \u2013 sening dushmaning! Qiyna uni, o&#8217;ldir uni, vayron qil! Bu urush <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=5\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[48],"tags":[18,12,11,10,13,17,15,16,9,14],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=5"}],"version-history":[{"count":5,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/5\/revisions\/9"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=5"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=5"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=5"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}