{"id":55,"date":"2007-02-21T20:26:23","date_gmt":"2007-02-21T15:26:23","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=55"},"modified":"2013-08-12T23:39:09","modified_gmt":"2013-08-12T18:39:09","slug":"marg%e2%80%99ilon-%e2%80%93-oltin-vodiyning-hikmat-javohiri","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=55","title":{"rendered":"Marg\u2019ilon \u2013 oltin vodiyning hikmat javohiri"},"content":{"rendered":"<p><img src=\"http:\/\/ziyouz.com\/rasmlar\/articles\/margilan.jpg\" border=\"0\" alt=\" \" align=\"left\" \/>Marg\u2018ilon. Bu nomni hamma har xil yodga oladi. Kimdir unga o\u2018zining atlaslari, hunarmadchiligi bilan dunyoga mashhur shahar deya ta&#8217;rif bersa, yana kimgadir uning xushchaqchaq, yosh bolalarini ham &#8220;siz&#8221;laydigan, hazilkash odamlari yoqadi. Kimdir esa millionlab o\u2018zbekning qalbiga singib qolgan marg\u2018ilonlik Kumushning siymosida o\u2018z qizini ko\u2018radi. Yana kimdir &#8220;Sohibi &#8220;Hidoya&#8221; Burhoniddin Marg\u2018iloniy shu yurtdan ekanligidan faxrlanadi.<\/p>\n<div style=\"text-align: center;\"><strong>VODIY MARJONI<\/strong><\/div>\n<p>Marg\u2018ilon O&#8217;rta Osiyoning madaniyat beshiklaridan biri bo\u2018lib, uning tarixi 2000 yildan oshadi. Arxeologlarning ta&#8217;kidlashicha, eramizdan avvalgi IV-III asrlarda hozirgi shahar hududida\u00a0 sug\u2018orma dehqonchilik bilan shug\u2018ullanuvchi aholi istiqomat qilgan. Shahar o\u2018z arki va ibodatxonasiga ega bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Qadimda Marg\u2018ilondan\u00a0 Buyuk ipak yo\u2018li karvonlari o\u2018tib, mahalliy hunarmandlarning mahsulotlarini butun dunyoga namoyish qilgan.<\/p>\n<p>Marg\u2018ilonsoy vohasida dehqonchilik rivojlanib, bir qancha suv inshootlari barpo etilgan. O&#8217;rta asrlar tarixchilarining yozishicha, Marg\u2018ilon bog\u2018lari bilan mashhur yashil shahar bo\u2018lgan. Xalq rivoyatlarida Marg\u2018ilonni \u00abPayg\u2018ambarim bog\u2018cham degan\u00bb naqlining paydo bo\u2018lishi ham bejiz emas.<\/p>\n<p><img src=\"http:\/\/ziyouz.com\/rasmlar\/articles\/margilan1.jpg\" border=\"0\" alt=\" \" align=\"right\" \/>Marg\u2018ilon shahri\u00a0 haqidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar VII asr manbalarida uchraydi. Arab tarixchisi Abu Ablulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Maqsidiy o\u2018zining &#8220;Axsan at-taqosim fi ma&#8217;rifat al-aqolim&#8221; asarida Farg\u2018ona vodiysining masjidi jome&#8217;li 40 shahrini sanab, Marg\u2018ilonni ham ta&#8217;rif etadi. V.V.Bartold \u00abTurkiston mo\u2018g\u2018ullar hukmronligi davrida\u00bb kitobida ushbu ma&#8217;lumotlarni keltiradi: \u00abTuban Nasnya viloyatida yana ko\u2018p shaharlar bor edi. Bu yerda Zandarmish(Zarafshon)dan tashqari yana Marg\u2018ilon, Bang, Utikon va Andijon shaharlari bor edi. Qoraxoniylar hukmronligi davrida Marg\u2018ilon viloyatning (Tuban Nasnya) asosiy markaziy shahri bo\u2018lgan \u00bb.<\/p>\n<p>XI asr manbalarida shaharning sharq va shimol tomonga kengayganligi, pul zarb qilinganligi bayon qilinadi.<\/p>\n<p>Temuriylar davrida Marg\u2018ilon vodiyning eng rivojlangan shaharlaridan biriga aylangan. Muhammad Solihning &#8220;Shayboniynoma&#8221;, Zahiriddin Muhammad Boburning &#8220;Boburnoma&#8221; asarlarida shahar haqida go\u2018zal ta&#8217;riflar keltirilgan. Jumladan, &#8220;Boburnoma&#8221;da Marg\u2018ilon vodiydagi 8 ta shaxarning biri ekanligi, obodligi, ko\u2018p yaxshi narsalarga boyligi, shirin mevalalari, ayniqsa, &#8220;donai kalon&#8221; anori, &#8220;subhoniy&#8221; o\u2018rigi mashhurligi ta&#8217;kidlanadi.<\/p>\n<p>XVII-XIX asrlarda Marg\u2018ilon Qo\u2018qon xonligi bekligi markazi sifatida mashhur bo\u2018lgan. Bir qancha binolar barpo qilingan. Ismoil Maxsum madrasasi, Xonaqoh masjidi, Otaliq, Oq madrasa, Qozi Kalon madrasasi, Ichki madrasa, Said Ahmad Xo\u2018ja eshon madrasasi va boshqalar shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>XIX asrda shaharning o\u2018n ikkita darvozasi bo\u2018lgan. Ular orasi mudofaa devori bilan o\u2018ralgan, darvozalar orasidagi masofa 12 chaqirimni tashkil etgan.<\/p>\n<p align=\"center\"><strong>ORIFLAR SANDIG&#8217;I<\/strong><\/p>\n<p align=\"right\"><em>&#8220;Sohibi &#8220;Hidoya&#8221; Marg\u2018inonning Rushdon otlig\u2018 kentidindur&#8221; (&#8220;Boburnoma&#8221;dan)<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/ziyouz.com\/rasmlar\/articles\/xonaka.jpg\" border=\"0\" alt=\" \" width=\"200\" height=\"150\" align=\"right\" \/>IX-XIII asrlarda Marg\u2018ilon Islom olamiga bir qancha olimu fuzalolarni yetishtirib berdi. Marg\u2018ilonlik ulamolarning fiqh, qiyos, tarix ilmiga qo\u2018shgan hissalari beqiyosdir. Shuning uchun ham Islom olamida Marg\u2018ilon &#8220;Sunduqul-orifiyn&#8221; (Oriflar sandig\u2018i) nomi bilan sharaflanadi.<\/p>\n<p>Fiqh imomi, Islom huquqshunosligida eng birinchi manba sifatida shu kungacha foydalanib kelinayotgan &#8220;Hidoya&#8221; asari muallifi Burhoniddin Ali Abulhasan ibn Abdujalil al-Marg\u2018iloniy al-Farg\u2018oniy Marg\u2018ilonning Rishton kentida tug\u2018ilgan. Dastlabki ilmni Marg\u2018ilonning mashhur ulamolaridan olgan. &#8220;Hidoya&#8221; asarini yozishni Marg\u2018ilonning Pirsiddiq mahallasida joylashgan chillaxonada boshlagan. Keyinchalik Samarqandga borib, ilmni davom ettirgan. Burhoniddin Marg\u2018iloniyning &#8220;Bid&#8217;at ul-mubtadiy&#8221;, &#8220;Kifoyatul muntahid&#8221; asarlari ham musulmon olamida mashhurdir.<\/p>\n<p>&#8220;Hidoya&#8221; asari Islomning huquqiy va axloqiy qoidalarini umumlashtirgan. Asarda namoz, ro\u2018za, haj, tahorat, oila va nikoh masalalari yoritilgan. Bu asar sunniy mazhabining asosiy huquqiy qo\u2018llanmasi hisoblanadi.<\/p>\n<p align=\"center\"><strong>HAMISHA NAVQIRON<\/strong><\/p>\n<p>Marg\u2018ilon shahri Farg\u2018ona vodiysining janubi-sharqida joylashgan bo\u2018lib, maydoni 4083 gektarni tashkil etadi. Aholisi &#8211; 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi (91,9% o\u2018zbeklar, 3,1% ruslar, 1,4% tatarlar). Mehnatga yaroqli 105,9 ming aholining 80,7 mingi xalq xo\u2018jaligining turli sohalarida mehnat qiladi. Shaharda 54 ta mahalla qo\u2018mitasi va 24 ming aholi yashaydigan Yangi Marg\u2018ilon shaharchasi mavjud.<\/p>\n<p>Shaharda 9800 dan ortiq talaba ta&#8217;lim oladigan 11 ta kasb-hunar kolleji, akademik litsey va 39500 o\u2018quvchi tahsil oladigan 38 ta umumta&#8217;lim maktabi mavjud. Marg\u2018ilon shahar Markaziy kutubxonasi va uning 12 ta bo\u2018limlarida 150 mingdan ortiq kitoblar jamlangan. Shuningdek, shaharda tarixiy muzey, xalq teatri, 5 ta madaniy klub, 3 ta musiqa maktabi, 2 ta kinoteatr, madaniyat va istirohat bog\u2018lari va xiyobonlar mavjud.<\/p>\n<p align=\"center\"><strong>MADANIYAT BESHIGI<\/strong><\/p>\n<p>Qadimgi Marg\u2018ilon ipak matolarining nusxalari Hindiston, Xitoy, Misr, Iroq va Yunonistondan topilgan. O&#8217;z navbatida madaniyatlar almashinuvi natijasida shaharda boshqa hunarmandchilik sohalari ham rivojlangan.<\/p>\n<p><img src=\"http:\/\/ziyouz.com\/rasmlar\/articles\/atlas.jpg\" border=\"0\" alt=\" \" align=\"right\" \/>Hozirda ipakchi, zargar, misgar, ganchkor va o\u2018ymakor ustalar qadim an&#8217;analarni davom ettirib, yangi usullar bilan hunarmandchilik rivojiga hissa qo\u2018shmoqdalar. Ayniqsa, adras, atlasning yangi nusxalarini yaratgan ustalarning ishlari Germaniya, AQSh, Yaponiya, Turkiya va boshqa davlatlarda o\u2018tkazilgan yarmarkalarda yuqori baholanmoqda.<\/p>\n<p>O&#8217;rta asrlar, ayniqsa, Qo\u2018qon xonligi davrida Marg\u2018ilon vodiyning madaniy markaziga aylangan. Jahon Otin Uvaysiy, Rojiy kabi shoirlar ham shu yurt farzandlaridir.<\/p>\n<p>Marg\u2018ilon o\u2018z san&#8217;ati bilan ham mashhurdir. Xalqimizning buyuk san&#8217;atkorlari: Yusufjon qiziq Shakarjonov, Madali Xofiz, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Gavharxonim, Boltaboy Rajabov, Mamatbuvo Sattorov, Mukarrama Turg\u2018unboeva, Boborahim Mirzaev, Saodat Qobulova, Berta Davidova, Muhiddin Qori Yoqubov, Jo\u2018raxon Sultonov, Ma&#8217;murjon Uzoqov Marg\u2018ilon zaminidan yetishib chiqqanlar.<\/p>\n<p align=\"center\"><strong>TO&#8217;YGA TO&#8217;YONA<\/strong><\/p>\n<p>YUNESKO Bosh konferentsiyasining 33-sessiyasi tomonidan Marg\u2018ilon shahriga asos solinganining 2000 yilligini nishonlashda ushbu tashkilotning ishtirok etishi haqida qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko\u2018ra, shu yilning mart oyida shaharning 2000 yillik to\u2018yi keng nishonlanadi. Ayni paytda shaharda bir qancha obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Pirsiddiq majmuasi, Ulug\u2018mozor ziyoratgohi, Jahon Otin Uvaysiy maqbarasi va muzeyi, Said Ahmad Xo\u2018ja Eshon madrasasi va boshqa tarixiy binolar respublikamizning turli hududlaridan kelgan ustalar tomonidan ta&#8217;mirlandi va yangi qiyofa kasb etdi. Shuningdek, yangi tibbiyot kolleji, 945 o\u2018rinli yangi maktab, yoshlar xiyoboni foydalanishga topshirildi.<\/p>\n<p>Shu kunlarda shahrimiz chiroy ochib, ko\u2018rkiga ko\u2018rk qo\u2018shilmoqda. Ravon ko\u2018chalar, gulzorlar, yangi binolar ko\u2018zingizni qamashtiradi.<\/p>\n<p>To\u2018y bahona go\u2018zal shahrimizga tashrif buyuring. Mehmondo\u2018st Marg\u2018ilon xalqi Sizni go\u2018zal lutfi bilan, shirin so\u2018zi bilan kutib oladi!<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojialiev,<br \/>\nMarg\u2018ilon<br \/>\n<a href=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/\">www.ziyouz.com<\/a> <\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Marg\u2018ilon. Bu nomni hamma har xil yodga oladi. Kimdir unga o\u2018zining atlaslari, hunarmadchiligi bilan dunyoga mashhur shahar deya ta&#8217;rif bersa, yana kimgadir uning xushchaqchaq, yosh bolalarini ham &#8220;siz&#8221;laydigan, hazilkash odamlari yoqadi. Kimdir esa millionlab o\u2018zbekning qalbiga singib qolgan marg\u2018ilonlik Kumushning siymosida o\u2018z qizini ko\u2018radi. Yana kimdir &#8220;Sohibi &#8220;Hidoya&#8221; Burhoniddin Marg\u2018iloniy shu yurtdan ekanligidan faxrlanadi. VODIY MARJONI Marg\u2018ilon O&#8217;rta Osiyoning madaniyat <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=55\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[48],"tags":[78,54,77,76],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/55"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=55"}],"version-history":[{"count":4,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/55\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1252,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/55\/revisions\/1252"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=55"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=55"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=55"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}