{"id":677,"date":"2010-09-16T16:32:39","date_gmt":"2010-09-16T11:32:39","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=677"},"modified":"2010-09-16T16:32:39","modified_gmt":"2010-09-16T11:32:39","slug":"yahudiy-xalq-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=677","title":{"rendered":"Yahudiy xalq maqollari"},"content":{"rendered":"<p>&#8211; Uzoqdagi akadan yaqindagi qo&#8217;shni yaxshi.<\/p>\n<p>&#8211; Bo&#8217;ron kichik olovni o&#8217;chiradi, lekin kattasini alangalatadi.<\/p>\n<p>&#8211; Kalla bilan bitirish lozim bo&#8217;lgan joyda musht bilan hech narsaga erishib bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Hamma ishning boshi qiyin.<\/p>\n<p>&#8211; Gunohni odam qiladi, jazosini xo&#8217;roz oladi.<\/p>\n<p>&#8211; Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi.<\/p>\n<p>&#8211; Bir hamyondagi ikki tanga yuz tangadan ko&#8217;ra balandroq jarang beradi.<\/p>\n<p>&#8211; Pul &#8211; bu najas, ammo najas &#8211; pul bo&#8217;lolmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Pul og&#8217;riqni to&#8217;xtatolmaydi, pulsizlik umuman to&#8217;xtatmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Beshikdagi bola uxlashga qo&#8217;ymaydi, voyaga yetgani &#8211; yashashga.<\/p>\n<p>&#8211; Vaysaqi Xudo unga tilni bir lahza ham gapirmasdan turmasligi uchun bergan deb o&#8217;ylaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar Xudo kimnidir jazolamoqchi bo&#8217;lsa, unga kuchli tafakkur ato qiladi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar osmondan tosh yog&#8217;ilsa, u albatta kambag&#8217;alning boshiga tushadi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar ezgulikning chegarasi bo&#8217;lsa, u endi yaxshilik emas.<\/p>\n<p>&#8211; Itni urmoqchi bo&#8217;lsang, tayoq topiladi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar qariya yoshga uylansa, ikkalasi ham mamnun bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Aqli va saxovati kamligidan hali hech kim nolimagan.<\/p>\n<p>&#8211; Pul va xotin doim o&#8217;zingga qaytadi.<\/p>\n<p>&#8211; Hatto pul ham kimgadir ortiqcha dahmaza bo&#8217;lishi mumkin; pulni topish qiyin, saqlash undan-da qiyin.<\/p>\n<p>&#8211; Ezgu maqsadga ham ba&#8217;zida qing&#8217;ir yo&#8217;llar bilan boriladi.<\/p>\n<p>&#8211; Bog&#8217; qanday bo&#8217;lsa, bog&#8217;bon ham shunday.<\/p>\n<p>&#8211; Uyda janjal bo&#8217;lsa, tashqaridagi chaqmoq ham ko&#8217;rinmaydi, guldurak ham eshitilmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar donishmand ham xafa bo&#8217;lsa, u endi oqil emas.<\/p>\n<p>&#8211; Agar xizmatkorlar janjal qilsa, xo&#8217;jayin o&#8217;g&#8217;rilikdan boxabar bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar do&#8217;stingdan qutulmoqchi bo&#8217;lsang undan qarz so&#8217;ra yoki o&#8217;zing qarz ber.<\/p>\n<p>&#8211; Kim katta, kim kichik &#8211; baribir, qalbi toza bo&#8217;lsin!<\/p>\n<p>&#8211; Kim juda yuqoriga chiqib ketsa, pastga faqat uchib tushishi mumkin.<\/p>\n<p>&#8211; Kim bersa &#8211; bu haqda eslamasligi kerak, kim olsa &#8211; buni unutmasligi shart.<\/p>\n<p>&#8211; Eshak minishni bilmagan egarga uradi.<\/p>\n<p>&#8211; Kim kuchli bo&#8217;lsa, u g&#8217;alaba qozonadi.<\/p>\n<p>&#8211; Yolg&#8217;on bir oyoqda turadi, haqiqat &#8211; ikki oyoqda.<\/p>\n<p>&#8211; Yolg&#8217;on o&#8217;pichdan shapaloq afzal.<\/p>\n<p>&#8211; Sog&#8217; odamga qilingan yaxshilik &#8211; oltin, kasalga muruvvat &#8211; kumush, o&#8217;likka qilingani &#8211; qo&#8217;rg&#8217;oshin.<\/p>\n<p>&#8211; Birovdan o&#8217;nta kamchilik topish, o&#8217;zingdan bitta topgandan oson.<\/p>\n<p>&#8211; Qora yerdan oq non unadi.<\/p>\n<p>&#8211; Yolg&#8217;onchiga eng katta jazo u rost gapirganda ham ishonilmasligidir.<\/p>\n<p>&#8211; Bola tarbiyalash uni tug&#8217;ishdan qiyin.<\/p>\n<p>&#8211; Hamma qarag&#8217;ay ham ustun bo&#8217;lolmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Kun bo&#8217;yi ishsiz yurishdan ko&#8217;ra og&#8217;ir ish yo&#8217;q.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;zing ichgan quduqqa tupurma.<\/p>\n<p>&#8211; Hamma qiyinchiliklar bartaraf bo&#8217;lsin deb duo qilma, yo&#8217;qchilik tugashi bilan hayot ham nihoyalanadi.<\/p>\n<p>&#8211; Ko&#8217;zaga emas, ichidagiga boq.<\/p>\n<p>&#8211; Bir tojni ikki sulton kiyolmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Ikki to&#8217;yda birdaniga raqs tushish mumkin emas, ammo ikki kursida birdaniga o&#8217;tirsa bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>&#8211; Terisi onasiga yugan bo&#8217;lgan toychoqlar qancha.<\/p>\n<p>&#8211; Koyish bilan ham, kulish bilan ham dunyoni o&#8217;zgartirib bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Bir it hurisa, boshqalari ham ortidan huriydi.<\/p>\n<p>&#8211; Bir ota o&#8217;nta bolani to&#8217;ydiradi, o&#8217;nta bola bir otani boqolmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Azob ko&#8217;rgan rohat ham ko&#8217;radi.<\/p>\n<p>&#8211; Sovg&#8217;ani yaqinlashish uchun qiladilar, uzoqlashish uchun sadaqa beradilar.<\/p>\n<p>&#8211; Haqiqat bilan hali hech kim dunyoni olgan emas.<\/p>\n<p>&#8211; Qushga qanotining og&#8217;irligi bilinmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar itga kursiga chiqishni o&#8217;rgatsang, u tezda xontaxtaga chiqib oladi.<\/p>\n<p>&#8211; Birinchi qadahdan so&#8217;ng &#8211; qo&#8217;y, ikkinchisidan so&#8217;ng &#8211; sher, uchinchisidan so&#8217;ng &#8211; cho&#8217;chqaga aylanasan.<\/p>\n<p>&#8211; Yolg&#8217;onchi hech kimga ishonmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Qaynona bir vaqtlar o&#8217;zi ham kelin bo&#8217;lganini unutadi-da, zulm qiladi.<\/p>\n<p>&#8211; Vaqtida aytilgan birgina so&#8217;z ham qadrli.<\/p>\n<p>&#8211; Qarilik &#8211; chayono&#8217;tdan gulchambar, yigitlik &#8211; atirguldan.<\/p>\n<p>&#8211; Yaxshilik uchun doim harakatda bo&#8217;l, yomonlik o&#8217;zi keladi.<\/p>\n<p>&#8211; Hech narsa bilmasligini bilgan kishi bilimlidir.<\/p>\n<p>&#8211; Ikki qulog&#8217;ing bilan eshitganingdan ko&#8217;ra, bexosdan bir ko&#8217;zing bilan ko&#8217;rganingga ishon.<\/p>\n<p>&#8211; Bilmayman degan odam, &#8220;men bilaman&#8221; degandan ko&#8217;proq biladi.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;t chalg&#8217;idan qo&#8217;rqadi.<\/p>\n<p>&#8211; Takaning soqoli bo&#8217;lgani bilan takaligicha qoladi.<\/p>\n<p>&#8211; Uyatchan odamlarning farzandi bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Sirka &#8211; sharobning o&#8217;g&#8217;li.<\/p>\n<p>&#8211; Yaxshi do&#8217;st har joyda hamdam, bu dunyoda ham, u dunyoda ham.<\/p>\n<p>&#8211; Yaxshi odamlar yomonni ko&#8217;rib o&#8217;rganadilar.<\/p>\n<p>&#8211; Seni tark etgan do&#8217;sting, senga nimanidir o&#8217;rgatadi.<\/p>\n<p>&#8211; Qalbingda do&#8217;stingga nisbatan nima bo&#8217;lsa, unda ham sengna nisbatan shu narsa bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>&#8211; Begonaning tishi bilan chaynab bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p align=\"right\"><strong>Davronbek<\/strong><strong> Tojialiyev<\/strong><strong> tarjimalari<\/strong><strong>.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8211; Uzoqdagi akadan yaqindagi qo&#8217;shni yaxshi. &#8211; Bo&#8217;ron kichik olovni o&#8217;chiradi, lekin kattasini alangalatadi. &#8211; Kalla bilan bitirish lozim bo&#8217;lgan joyda musht bilan hech narsaga erishib bo&#8217;lmaydi. &#8211; Hamma ishning boshi qiyin. &#8211; Gunohni odam qiladi, jazosini xo&#8217;roz oladi. &#8211; Vaqtida aytilmagan dono gap ham ahmoqona qabul qilinadi. &#8211; Bir hamyondagi ikki tanga yuz tangadan ko&#8217;ra balandroq jarang beradi. &#8211; <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=677\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[294,460],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/677"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=677"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/677\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":679,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/677\/revisions\/679"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=677"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=677"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=677"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}