{"id":699,"date":"2010-09-18T10:39:23","date_gmt":"2010-09-18T05:39:23","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=699"},"modified":"2010-09-18T10:39:23","modified_gmt":"2010-09-18T05:39:23","slug":"qadimgi-hind-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=699","title":{"rendered":"Qadimgi hind maqollari"},"content":{"rendered":"<p>&#8211; Kambag&#8217;allik &#8211; janjallar ildizi.<\/p>\n<p>&#8211; Qiyinchiliksiz baxtga erishib bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Bekorchilik shaytoniy fikrlarni keltirib chiqaradi.<\/p>\n<p>&#8211; Burni yo&#8217;qqa oyna ko&#8217;rsatsang jahli chiqadi.<\/p>\n<p>&#8211; Boyga yashash maza, kambag&#8217;alga nafas olish ham qiyin.<\/p>\n<p>&#8211; Boylik bulutning soyasi kabidir.<\/p>\n<p>&#8211; Boylik &#8211; ahmoqning o&#8217;yi, ezgulik &#8211; yaxshining.<\/p>\n<p>&#8211; Chang sochib, oyni to&#8217;solmaysan.<\/p>\n<p>&#8211; Tezda bitgan ish yaxshi bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Yo&#8217;qchilikda do&#8217;stlar bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Kuchsiz odam darg&#8217;azab bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>&#8211; Qog&#8217;oz qayiq bilan daryoda suzolmaysan.<\/p>\n<p>&#8211; Suvda timsoh bilan olishma.<\/p>\n<p>&#8211; Kuch &#8211; birlikda.<\/p>\n<p>&#8211; Kimning vijdoni bo&#8217;lmasa, unga omad yor bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Qiyinchilikda vaqt sekin o&#8217;tadi.<\/p>\n<p>&#8211; Ko&#8217;r kechqurunda uzoqni ko&#8217;radi.<\/p>\n<p>&#8211; Qarg&#8217;a dono bo&#8217;lgani bilan chiqindi titadi.<\/p>\n<p>&#8211; Qarg&#8217;ani atirgulli suvda cho&#8217;miltirsang ham qora qanoti oqarmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Tabibda burgutning ko&#8217;zi, sherning yuragi, ayolning qo&#8217;li bo&#8217;lishi kerak.<\/p>\n<p>&#8211; Hunarning osoni yo&#8217;q.<\/p>\n<p>&#8211; Timsohning og&#8217;zidan qutulib, yo&#8217;lbarsga tutildi.<\/p>\n<p>&#8211; Qadrlovchi bo&#8217;lmagan joyda gavharning qadri yo&#8217;q.<\/p>\n<p>&#8211; Qahramonlikni ko&#8217;kka ko&#8217;tarish shart emas.<\/p>\n<p>&#8211; Sopol tuvak sopol ko&#8217;zani maqtarkan.<\/p>\n<p>&#8211; Axmoqlik qo&#8217;rquv bilmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Lablar, qo&#8217;llar, ko&#8217;kraklar &#8211; hamma ayolda bir, ammo har birining o&#8217;z yuragi bor.<\/p>\n<p>&#8211; Agar hasharotlar ko&#8217;p bo&#8217;lsa, hatto kalondimog&#8217; ilonni ham nobud qiladi.<\/p>\n<p>&#8211; Daryo bo&#8217;yida yashasang ham timsoh bilan do&#8217;st bo&#8217;lolmaysan.<\/p>\n<p>&#8211; Kun shafaq bilan tugaydi, tun tong bilan tugaydi. Xursandchilik g&#8217;am bilan tugaydi, g&#8217;am quvonch bilan tugaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Pulga Xudoga sajda qilgandan ko&#8217;p egiladilar.<\/p>\n<p>&#8211; Daraxt uni kesib tashlagani kelgan odamga ham soyasini ayamaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Daraxtni mevasidan biladilar.<\/p>\n<p>&#8211; Bolalar bir otadan, lekin fe&#8217;li ko&#8217;pchilikdan.<\/p>\n<p>&#8211; Qimmatbaho toshga iflos tegsa ham bahosini yo&#8217;qotmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Axmoq gapirmasdan avval aqlli ko&#8217;rinadi.<\/p>\n<p>&#8211; Qalb bitta, xohishlar esa mingta.<\/p>\n<p>&#8211; Shamol bo&#8217;lmasa daraxt qimirlamaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Ayol, shamol va omad doimiy turmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Bitta guldan chambar qilib bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;rmondagi bitta yomon daraxtga o&#8217;t tushsa, hammasi baravar yonadi.<\/p>\n<p>&#8211; Ba&#8217;zida ko&#8217;r ham bedanani tutib olishi mumkin.<\/p>\n<p>&#8211; Taqiqlangan narsaga yurak tortaveradi.<\/p>\n<p>&#8211; Har narsaning o&#8217;z vaqti bor.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;z farzanding tarbiyasiz, xunuk, aqlsiz, buzuq bo&#8217;lmasin &#8211; baribir yuragingdan quvonasan.<\/p>\n<p>&#8211; Baqalar gapga kirishganda, yaxshisi sen jim tur.<\/p>\n<p>&#8211; Birovga maslahat berishga kelganda hamma dono bo&#8217;lib ketadi.<\/p>\n<p>&#8211; Quyosh chiqishi bilan yulduzlar g&#8217;oyib bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;lim kelayotganda it ham ibodatxonaga shoshiladi.<\/p>\n<p>&#8211; Xudo kimni jazolamoqchi bo&#8217;lsa, uni aqldan qisib qo&#8217;yadi.<\/p>\n<p>&#8211; Go&#8217;zallik uchun pardoz kerak bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Kim bedor bo&#8217;lsa, unga xavf yo&#8217;q.<\/p>\n<p>&#8211; Chanqagan odam daryoning qurigan o&#8217;zanini ham qazishga tayyor turadi.<\/p>\n<p>&#8211; Kim jahlga jahl bilan javob bermasa, o&#8217;ziniyam boshqaniyam saqlab qoladi.<\/p>\n<p>&#8211; Sher yeyishga hech narsa qolmasa ham o&#8217;t yemaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Xushomad &#8211;\u00a0 eng bozori chaqqon mol.<\/p>\n<p>&#8211; Ahmoq bilan do&#8217;st bo&#8217;lguncha, dono bilan dushman bo&#8217;l.<\/p>\n<p>&#8211; Bekorchilikdan tekinga ishlash afzal.<\/p>\n<p>&#8211; Ahmoq do&#8217;stdan aqlli dushman afzal.<\/p>\n<p>&#8211; Odam uchun eng yaxshi dori &#8211; odam.<\/p>\n<p>&#8211; Kam gapirib, ko&#8217;p fikr qil.<\/p>\n<p>&#8211; Tabib o&#8217;zi bemor bo&#8217;lsa, boshqalarni qanday davolasin?<\/p>\n<p>&#8211; Sukut yolg&#8217;on so&#8217;zdan afzal.<\/p>\n<p>&#8211; Aqlli insonlar vaqtini nazm va fan bilan, ahmoqlar g&#8217;iybat, tush va janjal bilan o&#8217;tkazadi.<\/p>\n<p>&#8211; Aqlli insonlar yo&#8217;qotilgan, o&#8217;lgan va o&#8217;tgan narsalarga achinmaydilar.<\/p>\n<p>&#8211; Toza joydagi kir xunuk ko&#8217;rinadi.<\/p>\n<p>&#8211; Tilida asal &#8211; yuragida zahar.<\/p>\n<p>&#8211; Ichkilik boshlanishi bilan aql yo&#8217;qoladi.<\/p>\n<p>&#8211; Shirinlikni bir o&#8217;zing yema, bir o&#8217;zing ishni hal qilma, bir o&#8217;zing sayohatga chiqma, uxlayotganlar orasida bir o&#8217;zing bedor bo&#8217;lma.<\/p>\n<p>&#8211; Joyiga ekilmagan ekin meva bermaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Shirin kalom asaldan shirin.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;lmasdan jannatni ko&#8217;rolmaysan.<\/p>\n<p>&#8211; Muloyimlik terining yumshoqligi bilan emas, xulq-atvor bilan o&#8217;lchanadi.<\/p>\n<p>&#8211; Agar qalbingda zarracha ezgulik yo&#8217;q bo&#8217;lsa, hech bo&#8217;lmasa o&#8217;zingni yaxshilardek tut.<\/p>\n<p>&#8211; Adolatdan ortiq ezgulik yo&#8217;q, yolg&#8217;ondan ortiq nuqson yo&#8217;q.<\/p>\n<p>&#8211; Odamni ezgu kalomdan ortiq hech narsa ruhlantirolmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Yangi xizmatkor sherni ham o&#8217;ldirishi mumkin.<\/p>\n<p>&#8211; Umid &#8211; kashfiyotning onasi.<\/p>\n<p>&#8211; Bulut shamolga teskari yurmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Bir gapirsa &#8211; o&#8217;n quloq soladi.<\/p>\n<p>&#8211; Olmos ohaktoshdan farqlangani kabi, odam bilan odamning ham farqi bor.<\/p>\n<p>&#8211; Bitta mash&#8217;al bilan dengizni yoqib bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Ikkita &#8220;men senga beraman&#8221;dan, bitta &#8220;ol&#8221; yaxshi.<\/p>\n<p>&#8211; Oltindan bo&#8217;lgan kishan ham og&#8217;ir.<\/p>\n<p>&#8211; Bedana uni osmonga otganning boshiga qo&#8217;nadi.<\/p>\n<p>&#8211; Vaqti kelganda ahmoqqa ham xushomad qiladilar.<\/p>\n<p>&#8211; Avval o&#8217;zingni yeng, so&#8217;ng dushmanlaringni.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;z-o&#8217;zini yengish boshqalardan yengilishdan xayrlidir.<\/p>\n<p>&#8211; Aybdor doim ikkilanishda yuradi.<\/p>\n<p>&#8211; Vaqtlar o&#8217;tadi, do&#8217;st dushmanga, dushman do&#8217;stga aylanadi.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;z ishing uchun narigi sohilga ham suzib borasan.<\/p>\n<p>&#8211; Toza ko&#8217;ldan iflos suv oqadimi?<\/p>\n<p>&#8211; Olifta ahmoq majlisda so&#8217;z ochmasdan avval\u00a0 yarqirab ko&#8217;rinadi.<\/p>\n<p>&#8211; Sarf ozu, maqsadlar osmonda.<\/p>\n<p>&#8211; Tashlandiq uy bilan aloqa qilmaydilar.<\/p>\n<p>&#8211; To&#8217;g&#8217;riso&#8217;z odam bilan do&#8217;stlash, laganbardordan ehtiyot bo&#8217;l.<\/p>\n<p>&#8211; Eng muhimi &#8211; o&#8217;z ishing.<\/p>\n<p>&#8211; Birovning boyligi va o&#8217;zingning aqling doim orttirib ko&#8217;rsatiladi.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;z vaqtida bajarilmagan ish &#8211; qilinmagan bilan barobar.<\/p>\n<p>&#8211; O&#8217;z uyida timsoh filni ham yengadi, uyidan chiqqanda esa itdan ham qochadi.<\/p>\n<p>&#8211; Qancha soz bo&#8217;lsa, shuncha musiqa yangraydi.<\/p>\n<p>&#8211; Insonda qancha fazilat bo&#8217;lsa, shuncha kamchilik ham bor.<\/p>\n<p>&#8211; Odam qancha bo&#8217;lsa, aql ham shuncha.<\/p>\n<p>&#8211; Qancha urinsang ham qarqaraga gapirishni o&#8217;rgatolmaysan.<\/p>\n<p>&#8211; Ko&#8217;r ko&#8217;r bilan gaplashsa, doim xafa bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>&#8211; Oldin ishla, keyin talab qil.<\/p>\n<p>&#8211; G&#8217;am kelganda dalda bo&#8217;lish qurg&#8217;oqchilikda yomg&#8217;ir yoqqanga o&#8217;xshaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Qari to&#8217;tini hech narsaga o&#8217;rgatolmaysan.<\/p>\n<p>&#8211; Halokat kelmasidan oldin undan qo&#8217;rq.<\/p>\n<p>&#8211; Nishon ikkita, o&#8217;q bitta.<\/p>\n<p>&#8211; Kamondan otilgan o&#8217;q qaytmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Butunga erishaman deb yarimdan qolma.<\/p>\n<p>&#8211; Baxtliga hamma baxtli ko&#8217;rinadi.<\/p>\n<p>&#8211; Yo&#8217;lbars va qo&#8217;y bir daryodan suv ichadi.<\/p>\n<p>&#8211; Guldurak bo&#8217;lgan bilan yomg&#8217;ir yog&#8217;avermaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Haqiqiy usta tajriba bilangina mahoratga erishadi.<\/p>\n<p>&#8211; Ajriqdan to&#8217;qilgan arqon bilan filni ham jilovlash mumkin.<\/p>\n<p>&#8211; Ahmoqning oqargan sochi quyoshdan.<\/p>\n<p>&#8211; Zarba doim og&#8217;riyotgan joyga tushadi.<\/p>\n<p>&#8211; Qulay vaziyatni qo&#8217;ldan boy berma.<\/p>\n<p>&#8211; Mo&#8217;tadillik &#8211; katta boylik.<\/p>\n<p>&#8211; Aqlliga &#8211; ta&#8217;zim, ahmoqqa &#8211; tarsaki.<\/p>\n<p>&#8211; Charchagan tuya karvonsaroyga shoshiladi.<\/p>\n<p>&#8211; Inson qadri o&#8217;lgandan so&#8217;ng bilinadi.<\/p>\n<p>&#8211; Ibodatxonaga borgan bilan odam yaxshi bo&#8217;lib qolmaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Ming marta o&#8217;qitgandan bir marta ko&#8217;rsatgan yaxshi.<\/p>\n<p>&#8211; Yer ustida nima bo&#8217;lsa, ostida ham shu bor.<\/p>\n<p>&#8211; Uyga o&#8217;t ketganda quduq kovlashdan foyda yo&#8217;q.<\/p>\n<p>&#8211; Tuhmat qilish uchun ham qobiliyat kerak.<\/p>\n<p>&#8211; Birovning boshi oshqovoqqa o&#8217;xshaydi.<\/p>\n<p>&#8211; Oyoqdagi tikanni tikan bilan olinadi.<\/p>\n<p>&#8211; Tilni yuganda ushlash kerak.<\/p>\n<p>&#8211; Chaqimchining tilini tutolmaysan.<\/p>\n<p align=\"right\"><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimalari.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8211; Kambag&#8217;allik &#8211; janjallar ildizi. &#8211; Qiyinchiliksiz baxtga erishib bo&#8217;lmaydi. &#8211; Bekorchilik shaytoniy fikrlarni keltirib chiqaradi. &#8211; Burni yo&#8217;qqa oyna ko&#8217;rsatsang jahli chiqadi. &#8211; Boyga yashash maza, kambag&#8217;alga nafas olish ham qiyin. &#8211; Boylik bulutning soyasi kabidir. &#8211; Boylik &#8211; ahmoqning o&#8217;yi, ezgulik &#8211; yaxshining. &#8211; Chang sochib, oyni to&#8217;solmaysan. &#8211; Tezda bitgan ish yaxshi bo&#8217;lmaydi. &#8211; Yo&#8217;qchilikda do&#8217;stlar bo&#8217;lmaydi. <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=699\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[467,294],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/699"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=699"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/699\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":701,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/699\/revisions\/701"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=699"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=699"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=699"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}