{"id":719,"date":"2010-10-07T15:24:17","date_gmt":"2010-10-07T10:24:17","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=719"},"modified":"2010-10-07T15:24:17","modified_gmt":"2010-10-07T10:24:17","slug":"lak-xalq-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=719","title":{"rendered":"Lak xalq maqollari"},"content":{"rendered":"<p>\u2022 Har kuni bitta bo\u2018lsa-da yaxshi so\u2018z eshitish lozim. Aks holda quloq eshakniki kabi o\u2018sib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sher birovdan qolganini yemaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyoning to\u2018rt tarafi bor. Uchtasi yopiq bo\u2018lsa, bittasi doim ochiq turadi.<\/p>\n<p>\u2022 Dushmanning boshog\u2018i ham nayzadek sanchiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar ikki kishi birlashsa qoyani ham ag\u2018daradi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar uch marta maqtasang, eshakning axlati ham sakrab yuboradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ona \u2015 uyning tayanchi.<\/p>\n<p>\u2022 Balodan qo\u2018rq, ofat kelsa mard bo\u2018l.<\/p>\n<p>\u2022 Olam \u2015 shamol tegirmoni, charchamasdan aylanaveradi.<\/p>\n<p>\u2022 Qunduzning bolasi suzishni bilmaydigan bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Chopon va qiyiq kiygan har erkak qahramon bo\u2018lavermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Xipchin bilan savalashdan oldin otga qara.<\/p>\n<p>\u2022 Odamning qandayligini bilguncha bir pud tuz yeb, daryo suvini ichib yuborasan.<\/p>\n<p>\u2022 Qoshiq bilan dengizni to\u2018latolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Vataning \u2015 ona, o\u2018zga yurt \u2015 o\u2018gay.<\/p>\n<p>\u2022 Qoya qulasa bir ustun chang ko\u2018tariladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hakka o\u2018zini burgut deb o\u2018ylaydi, bo\u2018tqa \u2015 osh deb.<\/p>\n<p>\u2022 Manmanlik qadr-qimmatni o\u2018ldiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Baxtni qilich bilan sindirib bo\u2018lmaydi, kuchni \u2015 tanbeh bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Chin dildan achingangina achchiq so\u2018z aytadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onchining bir oyog\u2018i olovli, yana biri \u2015 mumli.<\/p>\n<p>\u2022 Haddan tashqari sog\u2018lik \u2015 kasallik.<\/p>\n<p>\u2022 Boyisang \u2015 o\u2018zingdan ketma, kambag\u2018allashsang \u2015 kuyinma.<\/p>\n<p>\u2022 Kasallik katta savat bilan kirib, ignadek teshikdan chiqib ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Og\u2018riqni his qilgan \u2015 kasal.<\/p>\n<p>\u2022 Tez oqar daryo dengizgacha borolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqonni otgan ovchi sherni otolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zing ichgan buloqqa tosh tashlama.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018lida chiroq ushlab olov qidiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk yo\u2018q joyda sichqonlarga bayram.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018z bilan ko\u2018rgan quloq bilan eshitgandan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Moli o\u2018g\u2018irlangan hammadan gumon qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018a cho\u2018milsa ham oqarib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dushman kulishga majbur qiladi, do\u2018st \u2015 yig\u2018lashga.<\/p>\n<p>\u2022 Dushman oyoqqa qaraydi, do\u2018st \u2015 ko\u2018zga.<\/p>\n<p>\u2022 Sutni sog\u2018ish oson, uni qaytarib quyib ko\u2018r-chi?<\/p>\n<p>\u2022 Birga qarshi ikki kishi \u2015 qo\u2018shin.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019rmondan uzoq daraxt o\u2018rmon tomonga egiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018z po\u2018latni kesadi.<\/p>\n<p>\u2022 Buqadek o\u2018sibdi-yu, buzoqdek aqli yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Agar gapirayotgan ahmoq bo\u2018lsa, eshituvchi aqlli bo\u2018lmog\u2018i kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Agar ko\u2018p yesang, asal ham achchiqqa o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar ilonning boshini majaqlamasang, dumidan tutishdan naf yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zingnikilar seni hurmat qilmasa, boshqalardan hurmat kutma.<\/p>\n<p>\u2022 Qalb xohishi \u2015 badanga malham.<\/p>\n<p>\u2022 Ot bo\u2018lganda otxona yo\u2018q, otxona bo\u2018lganda \u2015 ot.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018sh dasturxonga duo o\u2018qilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qiyinchilik ortidan yengillik keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tilla tanga doim kichik.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta yog\u2018ochdan ko\u2018mish uchun kurak ham yasaydilar, asal uchun qoshiq ham.<\/p>\n<p>\u2022 Otxonaga qancha ot kirgan bo\u2018lsa, shuncha ot undan chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir qush o\u2018z uyasini sevadi.<\/p>\n<p>\u2022 Daryoga tashlangan tosh unga oyoq qo\u2018yish uchun kerak bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lim kelib qolganda chumolining ham qanoti o\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 Oz bilan kelisholmagan ko\u2018p bilan ham kelisholmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushukning to\u2018yi \u2015 sichqonga kulgi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushukka to\u2018y \u2015 sichqonga o\u2018lim.<\/p>\n<p>\u2022 Sevimli go\u2018zalmi, go\u2018zal sevimlimi?<\/p>\n<p>\u2022 Gapga chechan otda, ot egasi piyoda.<\/p>\n<p>\u2022 Sababsiz urishgan kelishuvsiz yarashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p ko\u2018rgan ko\u2018p biladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zini maqtagan \u2015 ahmoq, o\u2018z bolasini maqtagan \u2015 toza ahmoq.<\/p>\n<p>\u2022 Ona qanday bo\u2018lsa, qizi ham shunday.<\/p>\n<p>\u2022 Qaldirg\u2018och kunni boshlaydi, bulbul yakunlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Muz yupqa joyidan yoriladi, teri \u2015 chirigan joyidan.<\/p>\n<p>\u2022 Yaproq to\u2018kiladi, daraxt yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri bilan echki do\u2018st bo\u2018lolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Daydi it ichgani bilan dengizning suvi iflos bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar taklif qilishganida olmasang, so\u2018ng so\u2018rashga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma mo\u2018ylovdor ham erkak emas; mo\u2018ylov mushukda ham bor, soqol takada ham bor.<\/p>\n<p>\u2022 Uzumni ye \u2015 bog\u2018ini so\u2018rama.<\/p>\n<p>\u2022 Yomonni ko\u2018rmay yaxshiga baho berolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Kemaning ichida suzma, kema sarboni bilan tortishma.<\/p>\n<p>\u2022 Hech kim o\u2018lmaslik suvini ichgan emas.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018kka o\u2018rlagan yong\u2018in tez so\u2018nadi.<\/p>\n<p>\u2022 Xonlikni bir kishi boshqarolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta boylikdan ko\u2018ra dononing birgina so\u2018zi qadrli.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak chang ko\u2018p joyda o\u2018tlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Quruq so\u2018z bilan o\u2018t ko\u2018karib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon kun yaxshilik bilan yakun topadi, ammo yomon odamni to\u2018g\u2018rilab bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Onasini ko\u2018rib qizini ol, biyani ko\u2018rib \u2015 toychoqni.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018z yarani davolaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ovulingning qadriga o\u2018zga yurtda yetasan.<\/p>\n<p>\u2022 Asal haqida gapirgan og\u2018iz shirin bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Faqatgina uyda yonayotgan chiroq yorug\u2018lik beradi.<\/p>\n<p>\u2022 Mehrsiz oila \u2015 ildizsiz daraxt.<\/p>\n<p>\u2022 Buloqda o\u2018tirib suv ichmasdan bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Aytilgan so\u2018z \u2015 oq kumush, sukut \u2015 qizil oltin.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018z ko\u2018chada qoladi, mulk \u2015 uyda.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shnining tovug\u2018i g\u2018ozdek ko\u2018rinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarib qolgan bo\u2018ri chigirtka yeydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tig\u2018 bilan erisholmaganingga yaxshi so\u2018z bilan erish.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onning oyog\u2018i uzun.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rquvda uyat bo\u2018lmaydi, kuchda \u2015 haqiqat.<\/p>\n<p>\u2022 Ish bitsa \u2015 xo\u2018jayin tufayli, bitmasa xizmatkor aybdor.<\/p>\n<p>\u2022 Sarimsoq Makkaga borib kelsa ham shirin bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Daryoning qanchalik chuqurligini bilish uchun unga tosh otadilar.<\/p>\n<p>\u2022 Begona qo\u2018l bilan chayono\u2018tni yulish oson.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimalari.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2022 Har kuni bitta bo\u2018lsa-da yaxshi so\u2018z eshitish lozim. Aks holda quloq eshakniki kabi o\u2018sib qoladi. \u2022 Sher birovdan qolganini yemaydi. \u2022 Dunyoning to\u2018rt tarafi bor. Uchtasi yopiq bo\u2018lsa, bittasi doim ochiq turadi. \u2022 Dushmanning boshog\u2018i ham nayzadek sanchiladi. \u2022 Agar ikki kishi birlashsa qoyani ham ag\u2018daradi. \u2022 Agar uch marta maqtasang, eshakning axlati ham sakrab yuboradi. \u2022 Ona \u2015 <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=719\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[469,473,472],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/719"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=719"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/719\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":721,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/719\/revisions\/721"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=719"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=719"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=719"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}