{"id":728,"date":"2010-10-11T12:23:49","date_gmt":"2010-10-11T07:23:49","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=728"},"modified":"2010-10-11T12:23:49","modified_gmt":"2010-10-11T07:23:49","slug":"osetin-xalq-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=728","title":{"rendered":"Osetin xalq maqollari"},"content":{"rendered":"<p>\u2022 O\u2019lim eshiklari hamma uchun ochiq.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018qning ko\u2018ngli qo\u2018shiq istaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta qalbning og\u2018rig\u2018i ham katta bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Boshsizning o\u2018rmonida tulki xo\u2018jayin.<\/p>\n<p>\u2022 Odamga doim nimadir yetishmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dard dardni dumida tashiydi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018ntak nochor bo\u2018lsa ham qalb boy bo\u2018lsin.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiqdan qochib bo\u2018riga tutildim.<\/p>\n<p>\u2022 Oldinga qochsang, orqaga ham qarab qo\u2018y.<\/p>\n<p>\u2022 Suvsiz charxpalak aylanmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvsiz yer ham qimirlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018ldoshi yo\u2018qqa tayoq ham yo\u2018ldosh.<\/p>\n<p>\u2022 Shoxsiz echki o\u2018lgunicha o\u2018zini echkicha deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Shoxsiz qo\u2018y shoxli qo\u2018y bilan urushib, quloqsiz qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Sochingdan xavotirdamisan \u2014 urushma.<\/p>\n<p>\u2022 Yosh bolaning sergapligi \u2014 toychoqning yugurishi.<\/p>\n<p>\u2022 Qalb og\u2018rig\u2018i kuchni sindiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kattani kichiklashtirish mumkin, kichikni katta qilib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Urushsang nartlar kabi urish: saxardan shomgacha. <em>(Nartlar \u2014 g\u2018ayriodatiy kuchga ega bo\u2018lgan osetin xalq eposi qahramonlari)<\/em><\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rqoq so\u2018kinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Aka ukaga qarz to\u2018lamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Itga suyak tashla \u2014 u hurishdan to\u2018xtaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Uraverib yig\u2018lashga qo\u2018ymaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Bazmga bir o\u2018zing borma.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z vaqtida olxo\u2018ri ham shirin.<\/p>\n<p>\u2022 Nazoratsiz podaga bo\u2018ri xo\u2018jayin.<\/p>\n<p>\u2022 Zulmatda zaif chiroq ham uzoq yonadi.<\/p>\n<p>\u2022 Sabrda oltin yashirin.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zga ovulda kiyimingga qarab kutib oladilar, o\u2018z ovulingda ishingga.<\/p>\n<p>\u2022 Boshga urib berilgan ilm \u2014 donolik emas.<\/p>\n<p>\u2022 Bahorgi muz aldovchi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiqni ko\u2018rib turib, uning izini qidiradilar.<\/p>\n<p>\u2022 Aybdor o\u2018z soyasidan ham qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning o\u2018rniga o\u2018lmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Ovqat vaqtida it ham vovullamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Suv ketar, toshlar qolar.<\/p>\n<p>\u2022 Bulutning suvini yerdan bilib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri ham, bo\u2018ri ham yorug\u2018likdan qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri o\u2018z uyidan ham o\u2018maradi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018a qarg\u2018ani uzoqdan taniydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018a uzoq yashasa ham qarg\u2018aligicha qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Oldida ketayotgan \u2014 qolganlar uchun ko\u2018prik.<\/p>\n<p>\u2022 Hatto Quyoshga ham to\u2018la ishonib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Vaqt muddat bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma odamlar bir osmon ostida yashaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Folbin o\u2018z taqdirini bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Salom&#8221;ni aytgan joyingda, &#8220;Xayr&#8221;ni ham unutma.<\/p>\n<p>\u2022 Epchilga \u2014 ziyofat, dangasaga \u2014 tayoq.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq kalla oyoqni qiynaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bosh faqatgina qalpoq kiyish uchun emas.<\/p>\n<p>\u2022 Bukri doim to\u2018g\u2018ri bo\u2018lishga harakat qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiq to\u2018yib bo\u2018lgandan so\u2018ng &#8220;asal achchiq ekan&#8221; derkan.<\/p>\n<p>\u2022 Achchiqni totmay turib shirinni bilmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmonni ertak bilan boqmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Hatto dushmaning uchun ham to\u2018g\u2018ri guvohlik ber.<\/p>\n<p>\u2022 Hatto tovuq ham ichib olib, osmonga qaraydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hatto dengiz ham joyini o\u2018zgartiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki shudring ham bir-biridan farq qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki aka-ukadan hatto ayiq ham qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Adolat ishi \u2014 haqiqatni topish.<\/p>\n<p>\u2022 Arzon go\u2018sht to\u2018g\u2018nab qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Karga hamma kardek tuyuladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qorin uchun bahor kuzda.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyo uchun Quyosh ham kam.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshilikni it ham unutmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018zdan ilonning ham aqli kiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ishonish \u2014 yaxshi, qattiq ishonish \u2014 xavfli.<\/p>\n<p>\u2022 Chaqimchi do\u2018stini ham chaqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Munosib o\u2018lim sharafli.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqqa yashash oson.<\/p>\n<p>\u2022 Ovchining va ayiqning xohishi tugamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z aqling bilan yasha, birovning oyog\u2018i bilan o\u2018ynama.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018zga pul to\u2018lamaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Igna yurgan joydan ip ham yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Tashlandiq maydon faqat toshga kerak bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Uyalgan mehmon och qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar odam xohlasa taqir qoyadan gul o\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zingni bilmoqchi bo\u2018lsang, boshqalardan so\u2018ra.<\/p>\n<p>\u2022 Quyon xushtakdan o\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yer qarzga qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qish qor yig\u2018adi, yoz uni ishlatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ilonni vishillashidan biladilar.<\/p>\n<p>\u2022 Yuzta tilni bilish yuzta aql demakdir.<\/p>\n<p>\u2022 Tish og\u2018rig\u2018iga ayiq ham chidamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qishning tishi tosh kemiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kasallik ham ikkinchi marta qaytmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomonligim ham, yaxshiligim ham o\u2018zimniki.<\/p>\n<p>\u2022 Zulmat yorug\u2018lik bilan tugaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ho\u2018kizning ham og\u2018zi katta, lekin gapirolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Chirigan xodadan taxta ham chiqmaydi, o\u2018tin ham.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rqqanning ko\u2018ziga sichqon ham tog\u2018day ko\u2018rinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rqqan ko\u2018z yaqinlarini ham tanimaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onga mingta yo\u2018l, haqiqatga \u2014 bitta.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018riga o\u2018xshab: goh juda ham to\u2018q, goh haddan tashqari och.<\/p>\n<p>\u2022 Tuhmatchini hamma yaxshi biladi, u esa &#8220;mening qandayligimni hech kim bilmaydi&#8221; deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qulfga kalitni tanlaydilar, kalitga qulfni emas.<\/p>\n<p>\u2022 Qasamxo\u2018r qasamga ishonmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqlarni yo\u2018q qilishga kirishilganda ahmoq ham qo\u2018liga pichoq olgan ekan.<\/p>\n<p>\u2022 Sen aql to\u2018plashga chiqqaningda men ortga qaytaverdim.<\/p>\n<p>\u2022 Kimni sevsang \u2014 u qarindosh.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar kimni sevsalar, uni Xudo yorlaqaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Echikini faqatgina oqligi uchun sotib olmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Sen kimga &#8220;Xayrli kun&#8221; desang, u senga &#8220;Xayrli kech&#8221; deyishni unutadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qiyshiq tayoq uzoqqa uchmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kim bor-yo\u2018g\u2018idan ayrilgan bo\u2018lsa, unga yashin qo\u2018rqinchli emas.<\/p>\n<p>\u2022 Kim suvda yashasa unga toshqin yangilik emas.<\/p>\n<p>\u2022 Kamchiliksiz er qidirgan ersiz qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z yurtida yashamagan hayot lazzatini bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bolalarni sevmagan boshqa hech kimni sevmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z xalqini sevmagan boshqa xalqni ham sevolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z xatosini anglamagan boshqa xatoni ham qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qulf yasagan kalitini ham yasaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sho\u2018rvadan kuygan suvni ham puflab ichadi.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018rozning qichqirig\u2018i \u2014 tulkiga bayram.<\/p>\n<p>\u2022 Yengil tosh yengil ko\u2018tariladi.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasa ishni kechqurun boshlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onchi dengiz qa\u2019riga ham yashirinolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onchini ko\u2018r ham ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Tulkiga uning dumi guvoh.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p yashagandan ko\u2018p ko\u2018rgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Insonning la\u2019nati Tangrining la\u2019natidan yomon.<\/p>\n<p>\u2022 Qurbaqaga itbalig\u2018i \u2014 Quyoshning nuridek.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina bolta katta daraxtni qulatadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019likni guvohlikka chaqirmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018rning orzusi \u2014 ko\u2018rish.<\/p>\n<p>\u2022 Qop xaltaga juft emas.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p ishlagan ko\u2018p yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dononing so\u2018zi mustahkam oyoqda yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Donolik donolikni qidiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Donolik \u2014 baxtga payvand.<\/p>\n<p>\u2022 Erkak o\u2018z uyida mehmon.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqon o\u2018ziga o\u2018zi mushuk qidiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Asalga pashshalar Bag\u2018doddan ham uchib keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Dengizda iz qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tikanakdan nok o\u2018smaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning qanotida ucholmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Umid \u2014 qo\u2018rg\u2018on.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar orasida shunday joyni egallaki, hech kim senga kelib &#8220;biroz suriling&#8221; demasin.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Qo\u2018rqma&#8221; \u2014 kambag\u2018alning qo\u2018rg\u2018oni.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018rilar bo\u2018lmaganida cho\u2018ponlar ham bo\u2018lmasdi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Ko\u2018rmadim&#8221; \u2014 bitta so\u2018z, &#8220;ko\u2018rdim&#8221; \u2014 katta suhbat.<\/p>\n<p>\u2022 Ikkala qirg\u2018oqni ham o\u2018zimniki demaguningcha, bittasi ham seniki bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvga tushmasdan suzishni o\u2018rganolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning qo\u2018li bilan tikan yulma.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018ldan adashish ayb emas, yo\u2018lda qolib ketish ayb.<\/p>\n<p>\u2022 Otishni bilmagan otgan tosh o\u2018z boshiga tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Hosilni omborga olib bormaguncha u bilan maqtanma.<\/p>\n<p>\u2022 Buqa yo\u2018qligida buzoqcha ham sakraydi.<\/p>\n<p>\u2022 Moylanmagan arava g\u2018ichirlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Yo\u2018q&#8221; \u2014 toshdan qattiq.<\/p>\n<p>\u2022 Sen birovni eslamasang seni ham hech kim eslamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 U dunyoga kech qolishdan hech kim qo\u2018rqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hech kim bir sakrash bilan narvonning uchiga yetgan emas.<\/p>\n<p>\u2022 Hech narsani ko\u2018rmagan hech narsani bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qalpoqni hamma kiyganiday kiy.<\/p>\n<p>\u2022 Olov o\u2018chadi, so\u2018z o\u2018chmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahillik bilan qoyani yiqitsa bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir kishi o\u2018z ustidan kuladi, ikkitasi \u2014 bir-biridan, uchtasi \u2014 boshqa birovdan.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018iz odam to\u2018yda ham baxtsiz.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta asalari uyani to\u2018ldira olmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta qichqiriq bilan podani qaytara olmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon tog\u2018dan yomon toshlar qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ovchi o\u2018zi bo\u2018lmagan darani o\u2018ljaga boy deb hisoblaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shiq yaxshi ijro etilganda go\u2018zal.<\/p>\n<p>\u2022 Orzu qilish oson, amalga oshirish qiyin.<\/p>\n<p>\u2022 Rostgo\u2018y ko\u2018zsiz ham ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmon oldida itingni urma.<\/p>\n<p>\u2022 Daromad va buromad \u2014 aka-uka.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018rash uyat emas, o\u2018g\u2018irlash uyat.<\/p>\n<p>\u2022 Quruq qoshiq labni yirtadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kesilgan nonni birlashtirib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qurol o\u2018qsiz otilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta tulkidan ikkita mo\u2018yna ololmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Yuk yelkani la\u2019nataydi, yelka \u2014 yukni.<\/p>\n<p>\u2022 Biri urushsa, boshqasi jasorat haqida gapirib beradi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019nta zarbadan ko\u2018ra bitta yomon so\u2018z qalbni sindiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Yonib bo\u2018lgan o\u2018tin bilan uyni qizdirolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Yong\u2018oq daraxti ildizi bilan chiriydi.<\/p>\n<p>\u2022 Asalni eng birinchi asalarichi totib ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Qilich ostida oh chekishdan naf yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018sh cho\u2018ntak ishib turmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Irg\u2018ish hali chopish emas.<\/p>\n<p>\u2022 Yerning chirog\u2018i \u2014 Quyosh, odamning chirog\u2018i \u2014 ilm.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018alning qo\u2018li hech qaerga yetmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Buqani eshak bilan qo\u2018shib qo\u2018ysang, buqa ham tepishni o\u2018rganadi.<\/p>\n<p>\u2022 Majburiy qilingan ish ish emas.<\/p>\n<p>\u2022 Yurakka ignaning uchi ham yetadi.<\/p>\n<p>\u2022 Otda o\u2018tirgan piyodani o\u2018ylamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kuch quyoshgacha yetadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kuchli yig\u2018lashni bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Bilmayman&#8221; deyish uyat emas.<\/p>\n<p>\u2022 Suvni qancha ko\u2018pirtirma, tugab qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Shirin so\u2018zga hech kim to\u2018ymaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Otdan tushib eshakka mindi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018r merganlikni orzu qilarkan.<\/p>\n<p>\u2022 Haddan tashqari yaxshilik ham yomonlikdir.<\/p>\n<p>\u2022 Aytilgan so\u2018zni otilgan o\u2018q kabi ushlab bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Ko\u2018mir&#8221; deganing bilan kuyib qolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Boshingga kulfat tushdimi \u2014 hamma sendan qochadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018rining o\u2018limi hech kimga kulfat emas.<\/p>\n<p>\u2022 Ilonning o\u2018limi boshida.<\/p>\n<p>\u2022 Butun terini shilib bo\u2018ldim, dumiga kelganda pichoq sinib qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 It unga ism qo\u2018ygan odamga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 It itni sevadi, eshakning ko\u2018nglida eshak bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh hammaga birdek nur sochadi.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh va yer insonni boqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh ham uzoqda, lekin isitadi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018ponsiz poda \u2014 bo\u2018riga yem.<\/p>\n<p>\u2022 Po\u2018lat olovda toblanadi, inson \u2014 kurash va qiyinchilikda.<\/p>\n<p>\u2022 Eski suyak qattiq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qari qushni xo\u2018rak bilan tutolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Qari buqa kechasi ham molxonani topa oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qari buqa jo\u2018yakda yurishni biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rquv o\u2018limdan qutqarmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Shuhratga intilib sharafsiz qolma.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyoni egallashga emas, uning ilmini olishga intil.<\/p>\n<p>\u2022 Og\u2018rimasdan va qizg\u2018onmasdan yashagan \u2014 baxtli.<\/p>\n<p>\u2022 Ishonmasga yashash oson.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018alning qorni bayram kuni og\u2018riydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018rining xotini ham o\u2018g\u2018irlangan.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmonning ko\u2018zi katta.<\/p>\n<p>\u2022 Xasis ro\u2018za ham tutmaydi, bayram ham qilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sening qorningda ham bayram, menda aza ham yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Begona joydagi ovqatning mazasi shirin.<\/p>\n<p>\u2022 Buqa o\u2018lsa \u2014 go\u2018sht, chana sinsa \u2014 o\u2018tin.<\/p>\n<p>\u2022 Ilon chaqishi qilich zarbasidan ham qo\u2018rqinchli.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlliga olov \u2014 issiqlik, nodonga \u2014 kuyish.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlli qiyin ishga shoshilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlli o\u2018z xatosini o\u2018zi payqaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018kayotgan ho\u2018l bo\u2018lishdan qo\u2018rqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mevalar ham o\u2018z vaqtida yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Maqtanchoq bo\u2018ridan qo\u2018rqmasdi, lekin sichqondan ham cho\u2018chib tushdi.<\/p>\n<p>\u2022 Nonni chaynash ham oson emas.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi narsalarni ko\u2018chaga uloqtirmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Sotib olmoqchimisan \u2014 savdo qilma.<\/p>\n<p>\u2022 Menga yaxshilik qilmoqchimisan \u2014 uni qora kunimda qil.<\/p>\n<p>\u2022 Odam hamma narsani ko\u2018taradi.<\/p>\n<p>\u2022 Inson mehnat uchun yaralgan.<\/p>\n<p>\u2022 Odam odamga doim kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Odam \u2014 ko\u2018z va qalb.<\/p>\n<p>\u2022 Hayvon qancha katta bo\u2018lsa, uning ovchisi shuncha ko\u2018p bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onchi rostgo\u2018yga do\u2018st emas.<\/p>\n<p>\u2022 Shamol nimani olib kelsa, o\u2018shani olib ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ertalab ulgurmagan ishingni oqshomda tugat.<\/p>\n<p>\u2022 Otangga nima qilsang, ertaga bolang ham senga shuni qaytaradi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019ylash uchun ham kalla kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Til toshni o\u2018yadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimalari<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2022 O\u2019lim eshiklari hamma uchun ochiq. \u2022 To\u2018qning ko\u2018ngli qo\u2018shiq istaydi. \u2022 Katta qalbning og\u2018rig\u2018i ham katta bo\u2018ladi. \u2022 Boshsizning o\u2018rmonida tulki xo\u2018jayin. \u2022 Odamga doim nimadir yetishmaydi. \u2022 Dard dardni dumida tashiydi. \u2022 Cho\u2018ntak nochor bo\u2018lsa ham qalb boy bo\u2018lsin. \u2022 Ayiqdan qochib bo\u2018riga tutildim. \u2022 Oldinga qochsang, orqaga ham qarab qo\u2018y. \u2022 Suvsiz charxpalak aylanmaydi. \u2022 Suvsiz yer <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=728\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[469,478],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/728"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=728"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/728\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":729,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/728\/revisions\/729"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=728"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=728"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=728"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}