{"id":736,"date":"2010-10-14T17:16:15","date_gmt":"2010-10-14T12:16:15","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=736"},"modified":"2010-10-14T17:16:15","modified_gmt":"2010-10-14T12:16:15","slug":"arman-xalq-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=736","title":{"rendered":"Arman xalq maqollari"},"content":{"rendered":"<p>\u2022 Agar itning uyati bo\u2018lganida ishton kiyib olardi.<\/p>\n<p>\u2022 Bozorda mol bilan birga qalb ham sotiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hatto oy ham nuqsonsiz emas.<\/p>\n<p>\u2022 Xursand bo\u2018lganingda mozorga bor, xafaligingda ham o\u2018sha yerga bor.<\/p>\n<p>\u2022 Bolaning onasi o\u2018gay bo\u2018lsa, otasi ham begonalshib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Dada, bu yetishmovchilikka yana qancha chidashimiz kerak?&#8221; \u2015 &#8220;Qirq kun&#8221; \u2015 &#8220;Keyin-chi?&#8221; \u2015 &#8220;Ko\u2018nikib ketamiz&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Ehsonni shunday qilki, hatto ko\u2018ylaging bilmasin.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar yalaydigan darajada shirin bo\u2018lma, odamlar tupuradigan darajada achchiq ham bo\u2018lma.<\/p>\n<p>\u2022 Men ro\u2018mol o\u2018rashni o\u2018rgangunimcha erim mendan ketib qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Shovqinsiz va shildiramagan suvdan qo\u2018rq.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018alni kambag\u2018al tushunadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018al &#8220;mushuk jigarni yeb qo\u2018ydi&#8221; desa hech kim ishonmadi, boy &#8220;mushuk temirni yeb qo\u2018ydi&#8221; desa ishonishdi.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018alga hamma aql o\u2018rgatadi, hech kim non bermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ishyoqmas ovqat payti \u2015 sog\u2018lom, ish payti \u2015 kasal.<\/p>\n<p>\u2022 Qiz bolaning oq badani yetti kamchilikni to\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kattadan emas, boladan qo\u2018rq.<\/p>\n<p>\u2022 Kasallik yugurib kelib, emgalab chiqib ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bemor kasal emas, uning xo\u2018jayini kasal.<\/p>\n<p>\u2022 Katta baliq katta dengizda yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Takada ham soqol bor.<\/p>\n<p>\u2022 Itga suyak tashla \u2015 jim bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmon kelmaydigan uyga la\u2019nat bo\u2018lsin; kechqurun kelib ertalab ketmagan mehmonga ham la\u2019nat bo\u2018lsin.<\/p>\n<p>\u2022 La\u2019natdan ming marta yomon duolar ham bor.<\/p>\n<p>\u2022 Vijdonli jallod ham bo\u2018ladi, vijdonsiz qozi ham bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ba\u2019zida sukut \u2015 oltin, so\u2018z \u2015 kumush bo\u2018ladi, ba\u2019zida esa so\u2018z \u2015 oltin, sukut \u2015 kumush bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tez yursam telba deydilar, sekin yursam \u2015 ko\u2018r.<\/p>\n<p>\u2022 Mevasiz daraxtga tosh otmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Qarovsiz cherkovga shayton xo\u2018jayin.<\/p>\n<p>\u2022 Hammaning oldida eshakning dumini kesma: birov &#8220;qisqa&#8221; desa, boshqasi &#8220;uzun&#8221; deydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z uyingda xizmatkorsan, boshqa uyda xo\u2018jayinsan.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shningning itiga tosh otma: xo\u2018jasini esla.<\/p>\n<p>\u2022 Tuxumdan soch qidiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Qalpoq katta, ichi bo\u2018sh.<\/p>\n<p>\u2022 Tuya bukrisni ko\u2018rmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tuya ham katta, lekin uni tizzalatib yuk yuklaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Tuyaga deyishdi: &#8220;Tabriklaymiz, seni podshoh chaqiryapti&#8221;. &#8220;Bilaman \u2015 debdi u \u2015 Yo Koxbga tuzga yuboradi, yo Sharurga guruchga&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Bahorda qo\u2018zichoq yaxshi, kuzda \u2015 jo\u2018ja.<\/p>\n<p>\u2022 Shamol toshdan hech narsa ololmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Shamol sovuqdan o\u2018libdi.<\/p>\n<p>\u2022 Ozgina sharob ham bulbul qilib yuboradi.<\/p>\n<p>\u2022 Xalq bilan birgalikda qora kun ham pasxaga aylanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Xotiningni urishdan oldin choponingni yech-da, uni urib, qayta kiyib ol.<\/p>\n<p>\u2022 Og\u2018izni ochishdan avval ko\u2018zingni och.<\/p>\n<p>\u2022 Suv doim o\u2018ziga chuqur joy topib oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Suv tashqarini tozalaydi, yosh ichkarini.<\/p>\n<p>\u2022 Suvni boshidan to\u2018xtatiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvni ko\u2018rsa baliq bo\u2018lib ketadi, mushukni ko\u2018rsa \u2015 sichqon.<\/p>\n<p>\u2022 Ho\u2018kiz o\u2018lsa terisi qoladi, odam o\u2018lsa \u2015 nomi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri yomg\u2018irli kundan xursand.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri butun dunyoni o\u2018g\u2018irlangan deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Vaqt uni bilgan insonga \u2015 xazina.<\/p>\n<p>\u2022 Nodonning barcha yaxshiligini bitta tuyaga yuklasa bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma vaqtga qaraydi, vaqt esa hech kimga boqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma xo\u2018roz katagida baralla kuylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikkinchi xotin \u2015 yamoq.<\/p>\n<p>\u2022 Bir marta ichish \u2015 yaxshi, ikkinchisi \u2015 yetarli, uchinchisi \u2015 kulfat.<\/p>\n<p>\u2022 Qaerda qo\u2018rquv bo\u2018lsa, uyat ham o\u2018sha yerda.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018z ko\u2018rganidan qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kalla katta \u2015 miya ingichka.<\/p>\n<p>\u2022 Qaynoq sutdan kuygan qatiqni ham puflab ichadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kulol ko\u2018zaning dastagini qaerga xohlasa o\u2018sha yerga o\u2018rnatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018za yerga tushib sinmadi, lekin ovozini hamma eshitdi.<\/p>\n<p>\u2022 Xudo &#8220;ha&#8221; dan rozi bo\u2018ldi, &#8220;yo\u2018q&#8221;dan ham rozi bo\u2018ldi, lekin &#8220;ha va yo\u2018q&#8221;ni la\u2019natladi.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmon nonga emas, mezbonning ko\u2018ziga boqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Xudojo\u2018yning ham, gunohkorning ham dalasiga do\u2018l birday yog\u2018adi.<\/p>\n<p>\u2022 Ber \u2015 qo\u2018rqma, ol \u2015 uyatma!<\/p>\n<p>\u2022 Gapirishi uchun bir tiyin berishgan edi, hozir ikki tiyin berib ham to\u2018xtatolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Hadya qilingan sirka asaldan shirin.<\/p>\n<p>\u2022 Qiz bola kesilmagan tarvuzga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qizni qarining ko\u2018zi bilan tanla, otni \u2015 yoshning.<\/p>\n<p>\u2022 Puldan tog\u2018lar ham qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qishloqning iti shaharda dumini qisib yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Suv yoqasida daraxt tez o\u2018sadi va tez nobud bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshigingni yopib yur, qo\u2018shningni o\u2018g\u2018ri tutma.<\/p>\n<p>\u2022 Bolalar yig\u2018i bilan o\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 Uzun til umrni qisqartiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq uchun bitta nodon mingta oqildan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Echkiga bitta echki bir poda qo\u2018ydan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi uchun arman ham turk ham barobar, qalb uchun qiz va o\u2018g\u2018il barobar, aql uchun \u2015 bilimli va omi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018y uchun dumbasi yuk emas.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon otaga jazo \u2015 yomon farzand.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi hunarni qabrga o\u2018zing bilan olib ketma.<\/p>\n<p>\u2022 Ayolsiz uy \u2015 suvsiz bulut.<\/p>\n<p>\u2022 Uyda sherday, ko\u2018chada mushukday.<\/p>\n<p>\u2022 Qarz uyga burgaday kiradi, o\u2018sib tuyaday bo\u2018lganda uydan chiqolmay qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Boyning qizini xotin qilish qiyin, lekin ilintirish oson.<\/p>\n<p>\u2022 Qiz bola \u2015 boshqa uyning chirog\u2018i.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018st yuzingga qaraydi, dushman \u2015 oyog\u2018ingga.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq choxga tosh tashlasa, hech kim olib chiqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq to\u2018yga borib debdi: &#8220;Bu yer uyimdan yaxshi ekan&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq aytdi \u2015 aqlli ishondi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqqa har kuni \u2015 Yangi yil.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqona so\u2018z va yomon xotin \u2015 egasining mulki.<\/p>\n<p>\u2022 Agar uzun sochlarda kuch bo\u2018lganida echki payg\u2018ambar bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar ho\u2018kiz o\u2018zi ishlaganining hammasini yeganida, dunyo kambag\u2018allashib qolardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar hamma xotinlar tejamkor bo\u2018lganida uyning devorlari puldan bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar kal davolashni bilganida avval o\u2018z boshini o\u2018ylardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar oldingi odam keyingisi nima deyishini bilganida edi, umuman gapirmasdi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar shakarning tishi bo\u2018lganida o\u2018zini yeb qo\u2018yardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar xolangning soqoli bo\u2018lganida senga tog\u2018alik qilardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar mehmon kutib tursa, mezbon ovqat olib keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yerdan oltin topib olsang ham avval sanab, so\u2018ng ol.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018jayining eshak bo\u2018lsa ham unga &#8220;chosh&#8221; dema.<\/p>\n<p>\u2022 Agar dehqon belini egmasa, doni qiyshiq o\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushukni tomdan tashlab yuborsang ham beli bilan tushmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Erkak yozda ishlamasa, sigir qishda o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 It uzum yeyishni o\u2018rgansa, bog\u2018 bo\u2018shab qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Itning dumini kesib tashlasang ham u qo\u2018zichoqqa aylanmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Farzand onasi uchun kaftida tuxum pishirib bersa-da, volidasining haqini ado etolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar buzoq sigirdan oldinda yugurib ketsa, bo\u2018riga yem bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Omadli odam taqir qoyani ham ko\u2018kartira oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tish og\u2018rig\u2018idan qutulmoqchi bo\u2018lsang, ildizini Quyoshga ko\u2018rsat.<\/p>\n<p>\u2022 Ba\u2019zi narsalarni o\u2018rganmasdan turib qilib bo\u2018lmaydi, ba\u2019zilarini qilmasdan turib o\u2018rganib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ba\u2019zi so\u2018zlarni bir pud asal bilan ham totli qilolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Hali ot sotib olmasdan egarni yasaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Oshqozon to\u2018q, ko\u2018z esa hali to\u2018ymadi.<\/p>\n<p>\u2022 Semiz qo\u2018zi keskir pichoqqa munosib.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019qlangan quroldan bir kishi qo\u2018rqadi, o\u2018qlanmaganidan \u2015 ikki kishi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqni ishga qo\u2018ysang, senga ko\u2018proq ish orttiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Meni chaqmaydigan ilon ming yil yashasa ham mayli.<\/p>\n<p>\u2022 Ilon o\u2018z zahri bilan o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hunar bilgan tushlikkacha och yuradi, bilmagan \u2015 oqshomgacha.<\/p>\n<p>\u2022 Oltin iflos joyda ham yarqiraydi.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018rozsiz ham tong otadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ilondan ham dori tayyorlaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Shohning tovog\u2018iga ham pashsha tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk ham kulfat paytida sherga aylanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaproq ham shamolsiz shitirlamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sen ham usta, men ham usta \u2015 kirimizni kim yuvadi?<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ridan qo\u2018rqib qishloq qurmaydilarmi?<\/p>\n<p>\u2022 Pardan qo\u2018rg\u2018on tiklaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Burganing mushtidan xudo asrasin.<\/p>\n<p>\u2022 Burgani deb gilamni yoqmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma o\u2018z mushtini toshdan deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tog\u2018 qanchalik yuksak bo\u2018lmasin, undan yo\u2018l o\u2018tadi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018chqani qanchalik avaylama, bir kuni boshiga pichoq keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tosh o\u2018z joyida og\u2018ir.<\/p>\n<p>\u2022 Ayolning makrini aravaga yuklashgan edi, u ham ko\u2018tarolmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018al tovuq yeyayotgan bo\u2018lsa, u kasal, yoki tovuq kasal.<\/p>\n<p>\u2022 Xudo rizq berayotib kimning farzandi ekanligingni surishtirmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliqni qachon tutsang ham u yangi.<\/p>\n<p>\u2022 Sharob kirsa \u2015 sir chiqib ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qishloq oqsoqoli bo\u2018sh qolsa yo xizmatkorini uradi, yo orqasini qashiydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qiz turmushga chiqishni xohlasa, ko\u2018zani uradi; yigit uylanishni xohlasa \u2015 o\u2018zga yurtga ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Osh bo\u2018lganda \u2015 ishtaha yo\u2018q, ishtaha bo\u2018lganda \u2015 osh.<\/p>\n<p>\u2022 Xotin farzand tug\u2018sa, uyning devorlari ham xursand bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Boshing og\u2018risa, oyog\u2018ing og\u2018rig\u2018ini ham unutasan.<\/p>\n<p>\u2022 Boshqa yurtga otlansang, o\u2018sha yurtda kiyiladigan qalpoqdan kiy.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh chiqsa yulduzlar berkinib oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qush donni ko\u2018rsa qafasni unutadi.<\/p>\n<p>\u2022 Itni o\u2018ldirmoqchi bo\u2018lsalar uni qopag\u2018on deydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Kimgadir choh qazimoqchi bo\u2018lsang o\u2018z bo\u2018yingcha qazi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018ponning moyi ko\u2018paysa, tayog\u2018iga ham surtib oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shningnikida to\u2018y bo\u2018lsa, eshigingni kengroq och.<\/p>\n<p>\u2022 Harakat qilmay faqat umid qilaversang ochlikdan o\u2018lasan.<\/p>\n<p>\u2022 Agar bo\u2018ri yeb qo\u2018ymasa, eshak Quddusgacha boradi.<\/p>\n<p>\u2022 Echkicha ma\u2019rab omon qoldi, qo\u2018zichoq indamay o\u2018lib ketdi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018ng\u2018iroq uzoqdan yaxshi jaranglaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Uzuk barmoqqa mos bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk o\u2018zi uchun sichqon ovlaydi, egasi esa &#8220;mening mushugim zo\u2018r ovchi-da&#8221;, deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk go\u2018shtgacha yetib borolmay, &#8220;bugun ro\u2018zaman&#8221; deydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk o\u2018zi haqida yomon tushlar ko\u2018rmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dehqonni shaharning noni bilan boqib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qon suv bilan yuviladi, qon bilan emas.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ridan qo\u2018rqqan qo\u2018y boqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvga yiqilgan yomg\u2018irdan qo\u2018rqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019limdan doim qo\u2018rqib yuradigan tiriklar orasida o\u2018likdir.<\/p>\n<p>\u2022 Xohlaganini gapiraveradigan o\u2018zi xohlamaganini eshitadi.<\/p>\n<p>\u2022 Dengizdan oshgan daryoda cho\u2018kmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Otasining puliga uylangan xotinning qadrini bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Topgan bir marta adashadi, yo\u2018qotgan \u2015 ming marta.<\/p>\n<p>\u2022 Itiga bir bo\u2018lak non bermagan qo\u2018yini bo\u2018riga yediradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kattalarni tinglamagan ochdan o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Uy qurmagan ustunlarni o\u2018zi o\u2018sib chiqqan deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eng yaxshisini qidirgan eng yomoniga uchraydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sotib olgan \u2015 topadi, sotgan \u2015 yo\u2018qotadi.<\/p>\n<p>\u2022 Birov bergan sharobni ichgan ikki marta mast bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018lga erta chiqqan va erta uylangan afsus qilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z sharafini asrolmagan birovnikini ham saqlolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning qoshig\u2018i bilan osh yegan og\u2018zini kuydiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Tovuq tushida o\u2018zini g\u2018alla maydonida ko\u2018rarkan.<\/p>\n<p>\u2022 Huriyotgan it tishlamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hurish ham hunar.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018zidan ayrilgan ko\u2018z og\u2018rig\u2018idan ham xalos bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ot o\u2018ynasa chavandozni maqtaydilar, qilich o\u2018ynasa \u2015 qo\u2018lni.<\/p>\n<p>\u2022 Otni yurishidan, qizni nigohidan biladilar.<\/p>\n<p>\u2022 Aql bo\u2018lgandan ko\u2018ra a\u2019mo ko\u2018z bo\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi nomni yo\u2018qotgandan ko\u2018ra ko\u2018r bo\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shnimda ikkita sigir bo\u2018lsa, menda uchta bo\u2018lsin, bo\u2018lmasa bitta ham sigir bo\u2018lmagani afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Qirq marta avliyodan so\u2018ragandan bir marta Xudodan so\u2018ragan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Sinalmagan farishtadan sinalgan shayton afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq quvontirganidan dono yig\u2018latgani afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon bilan bazm qurgandan dono bilan tosh tashigan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon ruhoniydan aqlli osiy afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Qiz bolani badnom etishdan cherkovni buzgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shnim menga yordam berishi uchun uni yaxshi ko\u2018raman.<\/p>\n<p>\u2022 Qurbaqadan nega doim qurillashini so\u2018rashdi. U: &#8220;men o\u2018z ovozimga oshuftaman&#8221;, dedi.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina odamlar katta tushlar ko\u2018radilar.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina xo\u2018tik katta eshak bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiq aytarkan: &#8220;Ikki ahil birodardan boshqasidan qo\u2018rqmayman&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Meni hech kim tinglamaydi, chunki mening soqolim yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Murdaga ham kengroq joy kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Qilich ishlatilmasa zanglab qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qotilning quroli egasiz qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyo Sulaymonga ham vafo qilmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Menga mushukning bo\u2018yniga qo\u2018ng\u2018iroqcha ilib qo\u2018yadigan sichqon kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p yesang ham kam gapir.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018r farishtani hech kim ko\u2018rgan emas.<\/p>\n<p>\u2022 Ekkan &#8220;bo\u2018lishi mumkin&#8221;, lekin ko\u2018karmadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zimning qattiq nonim sizning yog\u2018li oshingizdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Duo bilan bo\u2018rining og\u2018zini yopolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 It dengizdan ichgani bilan suv kirlanib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Er og\u2018ir kunga kerak, ko\u2018ylak \u2015 sovuq kunga.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqon kichkina bo\u2018lsa-da katta tushlar ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqon o\u2018z uyasida sherga aylanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki ahmoqqa bitta aql ham yetadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ho\u2018l joyga yotmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyoda Quyosh bitta, uyda boshliq bitta.<\/p>\n<p>\u2022 Yuvosh eshakka ikki kishi minadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ozroq yuklab, tezroq qayt.<\/p>\n<p>\u2022 Nasihat bigiz emas, boshqa suqib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Echkiga sharob ichirishdi \u2015 u bo\u2018ri bilan urushgani ketdi.<\/p>\n<p>\u2022 Zo\u2018rlab ochirilgan atirgulning hidi bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mastni urma, o\u2018zi yiqiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sinalmagan odamga qarz berma.<\/p>\n<p>\u2022 Haddan tashqari shirin bo\u2018lma \u2015 seni pashsha bosib ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakning narhi ming dinorga ko\u2018tarilsa ham odamlar orasida eshak bo\u2018lma.<\/p>\n<p>\u2022 Yoz yomg\u2018iriga va qishdagi oftobga ishonma.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma qora kiygan ham pop emas.<\/p>\n<p>\u2022 Quddusga borgan hamma ham hoji bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bilishingni hammaga aytma.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi gap eshitishni xohlasang, yomon gapni aytma.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning qo\u2018li bilan olov ushlama.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma bulutdan ham yomg\u2018ir yog\u2018avermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Farzanding bo\u2018lmasa \u2015 qalbing ham yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Qizil rang hamma narsaga ham mos tushavermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Suyak va go\u2018sht orasiga tushma.<\/p>\n<p>\u2022 Baxtingga va davlatingga ishonib qolma.<\/p>\n<p>\u2022 Ichma, o\u2018rtoq \u2015 birovga kulgi bo\u2018lmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019tgan kunga achinma.<\/p>\n<p>\u2022 Chuqurga birovning arqoni bilan tushma.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p yashagan emas, ko\u2018p yurgan ko\u2018p biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma tuxumda ham ikkita sariq bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Chaqirilmagan bazmga borma.<\/p>\n<p>\u2022 Tug\u2018ilmagan bolaga kiyim tikma.<\/p>\n<p>\u2022 Kutilmagan mehmon o\u2018z cho\u2018ntagidan yeydi.<\/p>\n<p>\u2022 Chaqirilmagan mehmon tikan ustida o\u2018tiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Omadsiz dengizga borsa, u qurib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Pastga o\u2018zim o\u2018tirmayman, tepada esa joy yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Miskin miskinni yomon ko\u2018radi, Xudo \u2015 ikkisini.<\/p>\n<p>\u2022 Kechki o\u2018g\u2018rini kunduzi ushlaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Kechasi o\u2018g\u2018irlab, kunduzi &#8220;Xudoyim, o\u2018zing kechir&#8221; deydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ertangi ishni ertaga o\u2018ylaymiz.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta dushman mingta do\u2018stdan ko\u2018p.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta nodon savol bersa, qirqta dono javob berolmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bittasi uyatdan gapirmadi, boshqasi qo\u2018rqdi deb o\u2018yladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yetti qaynog\u2018adan bitta ko\u2018r er afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Biri butun bog\u2018ini ayamaydi, boshqasi bitta uzumni qizg\u2018onadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018izlik faqat Xudoga yarashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shnining yettita sigiridan o\u2018zingning bitta sigiring afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta yaxshi qiz yettita o\u2018g\u2018il bolaga teng.<\/p>\n<p>\u2022 Tupuk bilan yong\u2018inni o\u2018chirolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Onaning bitta duosi yettita popning la\u2019natini kesadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir qo\u2018lda xochni ushlab, ikkinchi qo\u2018lda o\u2018g\u2018irlaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ba\u2019zi qushlarni go\u2018shti uchun yeydilar, ba\u2019zi qushlar esa go\u2018sht yeydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sovuqdan toliqqan ilon birinchi bo\u2018lib o\u2018zini isitganni chaqadi.<\/p>\n<p>\u2022 U burgadan ham yog\u2018 oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak qaysarlik qilsa \u2015 ur, yuradi; ot qaysarlik qilsa qo\u2018y, o\u2018zing ketaver.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak bir marta yiqilgan joyidan qaytib yurmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakni yo\u2018qotdilar, lekin egarni qidiryaptilar.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakni to\u2018yga taklif qildilar. U aytdi: &#8220;suv tashish kerak shekilli-a?&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakka rayhonni hidlagani bergandilar, uni yeb qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakka &#8220;egarni to\u2018g\u2018rila&#8221; degandilar, u egarni o\u2018girib qorniga taqib oldi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvdan foyda katta, zarar ham katta.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqdan hatto sa\u2019va cho\u2018lga qochib qutuldi.<\/p>\n<p>\u2022 Och mushukdan sichqon qochib qutulolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Og\u2018riqdan tirnoq o\u2018sadi, quvonchdan \u2015 soch.<\/p>\n<p>\u2022 Nodonning ko\u2018zidan toshlar ham yoriladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq xotindan shayton ham qochadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kimdan baxt yuz o\u2018girsa, uning oti ham eshakka aylanib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019tkir sirkadan idish ham yoriladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qoshiqdan og\u2018izgacha yo\u2018l uzoq.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon qo\u2018shnidan ko\u2018chib qutulasan.<\/p>\n<p>\u2022 Ochiq idishni it ham yalaydi, mushuk ham.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018chqor qimmat turishini bo\u2018ri qaerdan bilsin?<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018alda o\u2018tin yo\u2018qligini qor qaerdan bilsin?<\/p>\n<p>\u2022 Birinchi bo\u2018lak doim laziz.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p qo\u2018shiq bilaman, lekin ovozim yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Piyoda otliqdan kularkan.<\/p>\n<p>\u2022 Mevali daraxtni doim sug\u2018oradilar.<\/p>\n<p>\u2022 Yarmida haqiqat bo\u2018lmagan hazil yomon.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon odam pasxada ham yomon.<\/p>\n<p>\u2022 Tepaga tupursam mo\u2018ylovimga tegadi, pastga tupursam \u2015 soqolimga.<\/p>\n<p>\u2022 Buyurtma bilan farzand qilolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Qalpoq ostida qanday bo\u2018lmasin bitta kalla bor.<\/p>\n<p>\u2022 Tilning suyagi yo\u2018q, yolg\u2018on gapirayotganda urib turgani.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shninga bitta sigirni bersang, xudo senga ikkita beradi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Farzand muborak!&#8221; dedi tulki tovuqqa. &#8220;Rahmat! \u2015 dedi u \u2015 faqat, xudo haqi, mendan uzoqda yur&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Tirikligida ishtoni ham yo\u2018q edi, o\u2018lgandan so\u2018ng maqbara qurishdi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvga tushmasdan suzishni o\u2018rgana olmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Kulfat ko\u2018rmay baxtga erishmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Ho\u2018l bo\u2018lmasdan baliq tutolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Tuzni topishguncha go\u2018sht tugab qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarimaguncha keksani tushunmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Yurak og\u2018rimaguncha ko\u2018zdan yosh chiqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Semiz oziguncha ozg\u2018inning joni chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Buqaning shoxi o\u2018smaguncha suzmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlli yechinguncha nodon daryodan oshadi.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlli o\u2018ylanguncha nodon o\u2018g\u2018lini uylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Noningni nonim ustiga qo\u2018y, shunda tepadan ham, pastdan ham yeysan.<\/p>\n<p>\u2022 Tushlikdan keyin bo\u2018tqa arzon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tushlikdan so\u2018ng qo\u2018lga suv quymaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Tulkini tovuqxonani qo\u2018riqlashga qo\u2018yishdi.<\/p>\n<p>\u2022 Bittasi ochilishi uchun yetti eshikni taqillat.<\/p>\n<p>\u2022 Qizini yo\u2018qotdi, ammo marjonidan afsusda.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018qolgan soch arqon bo\u2018lib qaytadi.<\/p>\n<p>\u2022 Devor qiyshiqligi uchun sigirning suti yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Uyda keksani hurmat qil, agar keksa bo\u2018lmasa bitta tosh qo\u2018yib, uni keksadek hurmat qil.<\/p>\n<p>\u2022 Shohning qasrini ko\u2018rib kelib, o\u2018z kulbasini yoqib yubordi.<\/p>\n<p>\u2022 Haqiqatni doim yo ahmoqdan eshitasan, yoki yoshdan.<\/p>\n<p>\u2022 Haqiqatni hazil bilan aytish kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Huquq bor, qonun yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Kirishdan oldin chiqishni o\u2018yla.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi moy va guruch bo\u2018lsa, oshpaz ham yaxshi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Xotinning sepi qo\u2018ng\u2018iroqqa o\u2018xshaydi, undan o\u2018tsang jaranglaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Onaning la\u2019nati o\u2018tmaydi \u2015 ona suti to\u2018sqinlik qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Iltimos bilan cho\u2018chqani arpa maydonidan quvolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019tgan yilgi o\u2018likni hozir ko\u2018mmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018sh arava qattiq silkinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018lga tushish \u2015 sendan, qaytish \u2015 Xudodan.<\/p>\n<p>\u2022 Quruq qoshiqni og\u2018izga olib bormaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Quruq so\u2018z bilan osh qilolmaysan, unga moy va guruch kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Odamni &#8220;eshak&#8221; degandan ahmoq degan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Ming marta urishsa ham bir marta haqiqatni aytishga qo\u2018yishsin.<\/p>\n<p>\u2022 Ishlayotgan och qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Atirgul uchun tikanga ham chidaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Yaralangan uxlab qoladi, qorni och uxlolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qalbning zangi yuzga uradi.<\/p>\n<p>\u2022 Shaytondan yetti kun avval tug\u2018ilgan.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018alga buloq ham suv bermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Urmoqchi bo\u2018lgan qo\u2018lingni o\u2018p-da, boshingga qo\u2018y.<\/p>\n<p>\u2022 Baliq suvda o\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliq boshidan sasiydi, suv boshidan loyqalanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliq hali suvda, u esa qozonga yog\u2018 quyadi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliqni qarmoq bilan tutadilar, odamni \u2015 so\u2018z bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Baliqni sirpanib ketmasligi uchun boshidan ushla.<\/p>\n<p>\u2022 Yaqinlaring bilan yeb-ich, lekin savdo qilma, dushmaning bilan savdo qil, ammo bazm qilma.<\/p>\n<p>\u2022 It bilan do\u2018stlash, ammo qo\u2018lingdan tayoqni tushirma.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi xotin bilan to\u2018yga borma, o\u2018z uyingda doim bayram; yomon xotin bilan azaga borma, o\u2018z uyingda doim aza.<\/p>\n<p>\u2022 Oqsoq eshak bilan ham karvon yuraveradi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zi tuxumdan chiqib, yana tuxumdan mamnun emas.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zi otxonada uxlab qoladi, yana tushida Avliyo Georgiyni ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zi odamga o\u2018xshamaydi, lekin so\u2018zi bilan odamlari o\u2018ldiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqqa maysani pishirib ber, agar yesa, yana pishirib ber.<\/p>\n<p>\u2022 Kelin va qaynisingil urushib qoldi \u2015 er ikki tosh orasida qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Ustida rido, ichida shayton.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshilik qilib daryoga ot, odam bilmasa baliq bilardi.<\/p>\n<p>\u2022 Avval o\u2018zingga igna sanch, so\u2018ng boshqaga \u2015 bigiz.<\/p>\n<p>\u2022 Otga o\u2018tirib Xudoni unutadi, otdan tushib \u2015 otni.<\/p>\n<p>\u2022 Badjahl odam tez qariydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yurak dasturxon emas, hammaning oldida yozolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Yurak \u2015 ko\u2018zgu. Sinsa qaytib yig\u2018olmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakka minish \u2015 uyat, undan tushish \u2015 ikki marta uyat.<\/p>\n<p>\u2022 Otaning la\u2019natidan qo\u2018rq.<\/p>\n<p>\u2022 Yetimni hamma uradi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir baliq boshqasiga aytyapti: &#8220;Menga qara, biroz suril!&#8221; \u2015 &#8220;Qaerga surilay, ikkalamiz ham bitta qozonda qovurilyapmiz-ku!&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak qancha o\u2018sgani bilan ot bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yer ustida qancha bo\u2018lsa, ostida ham shuncha bor.<\/p>\n<p>\u2022 Sigirga xo\u2018jayin kerak, farzandga \u2015 ota.<\/p>\n<p>\u2022 Og\u2018zingdan hali chiqmagan so\u2018z \u2015 o\u2018zingniki, chiqqani \u2015 birovniki.<\/p>\n<p>\u2022 Shunday kulki, men ham kulay.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lim quloqning uchida turadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kulgi \u2015 yaxshi, agar yig\u2018i bilan tugamasa.<\/p>\n<p>\u2022 Baquvvat ot yomon tepadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ustida ko\u2018ylak yaltiraydi, qorni ochlikdan qiynaladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qor oyoqlar muzlashi uchun yog\u2018adi.<\/p>\n<p>\u2022 U men bilan urushgan, faqat soyam bilan do\u2018st.<\/p>\n<p>\u2022 Devordan yiqilsang \u2015 o\u2018lmaysan, nonsiz \u2015 yo\u2018qolasan.<\/p>\n<p>\u2022 It bo\u2018rini ko\u2018rmaguncha oqsoqlanaveradi.<\/p>\n<p>\u2022 It o\u2018zini boqishgan joyda huriydi.<\/p>\n<p>\u2022 Itni urmasang seni tishlamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 It o\u2018z go\u2018shtini yemaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Oziga rozi bo\u2018lsang ko\u2018piga erishasan.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak Quddusda qirq marta bo\u2018lib ham eshakligicha qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shni \u2015 qo\u2018shnining oynasi.<\/p>\n<p>\u2022 Oldin ko\u2018zga yoqish kerak, so\u2018ng \u2015 yurakka.<\/p>\n<p>\u2022 Oldin so\u2018zni og\u2018izda pishir, so\u2018ng chiqar.<\/p>\n<p>\u2022 G\u2019iybatchi bir qop yong\u2018oqqa o\u2018xshaydi: qancha silkitsang shuncha ko\u2018p jaranglaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Odilga jazo yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Tulkidan guvohni so\u2018rashdi, u dumini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z bog\u2018ingdan yog\u2018och qirq, o\u2018z qishlog\u2018ingdan do\u2018st tanla.<\/p>\n<p>\u2022 Eski do\u2018st dushman bo\u2018lmaydi, eski dushman do\u2018st bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eski qo\u2018shni tug\u2018ishgan bilan teng.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018roz tomga chiqib aytar ekan: &#8220;Mening ovozimga bu uylar qanday chidarkin?&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Azobni qoyalarga berilgandi, ular chidolmadi, so\u2018ng uni odamlarga berildi.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018allikda yashash uyat emas, iflos joyda yashash \u2015 uyat.<\/p>\n<p>\u2022 Baxt yomonga yaxshilik beradi, yaxshiga \u2015 yomonlik.<\/p>\n<p>\u2022 Boy ilonni yesa, &#8220;dori&#8221; deyishdi, kambag\u2018al yesa, &#8220;och ekan&#8221; deyishdi.<\/p>\n<p>\u2022 Ot sotilayotgan joyda eshakka o\u2018rin yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Sening o\u2018qituvchilarning \u2015 mening o\u2018quvchilarim xolos.<\/p>\n<p>\u2022 Arava o\u2018tinga ketdi: olib kelsa \u2015 yaxshi, kelmasa \u2015 o\u2018zi o\u2018tin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Odam o\u2018ziga qilganini dushman dushmaniga ham qilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018rganing eshitganingdan ishonchli.<\/p>\n<p>\u2022 Dengizga cho\u2018kayotgan ilonga ham yopishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Dengizga cho\u2018kayotgan dengiz ko\u2018pigiga ham yopishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuraksiz qo\u2018rquvdan ayiqni ham &#8220;dada&#8221; deb yuboradi.<\/p>\n<p>\u2022 Mingta yolg\u2018on bitta rostchalik bo\u2018lolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yugurayotganning yo\u2018li bitta, quviyotganniki \u2015 mingta.<\/p>\n<p>\u2022 Miskinning yuragi bor, lekin qo\u2018li yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Xudoning bir ming bitta eshigi bor: mingtasi yopilsa, bittasi ochiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sharobdan so\u2018rashdi: &#8220;Sen ko\u2018proq muruvvat qildingmi yoki vayron qildingmi?&#8221;. Sharob javob berdi: &#8220;Qanchasiga muruvvat qilganimni bilmayman, lekin vayron qilganlarimning sanog\u2018i yo\u2018q&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018rining cho\u2018ntagi teshik.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018adan so\u2018rashdi: &#8220;Qushlar ichida eng go\u2018zali kim?&#8221;. U javob berdi: &#8220;Mening jo\u2018jam&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqning sochi erta oqaradi.<\/p>\n<p>\u2022 Haqiqatni gapirganning boshidan shox o\u2018sib chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqdan so\u2018rashdi: &#8220;Arak daryosidan nechta tovuq suv ichadi?&#8221;. U o\u2018ylab-o\u2018ylab javob berdi: &#8220;417 yarimta&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Yerning ham qulog\u2018i bor.<\/p>\n<p>\u2022 Kimning dardi ko\u2018p bo\u2018lsa, u ko\u2018p gapiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onchining tili qisqa.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onning oyog\u2018i bor, lekin u to\u2018g\u2018riga yurmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakdan so\u2018rashdi: &#8220;Sening otang kim?&#8221;. U javob berdi: &#8220;Otamni bilmadim-u, onam \u2015 ot&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqondan so\u2018rashdi: &#8220;Nega kichkinasan?&#8221;. U javob qildi: &#8220;Mushukdan qo\u2018rqqanimdan&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Kallasi bo\u2018shning tili uzun.<\/p>\n<p>\u2022 Musofirda non bo\u2018lishi kerak, cho\u2018ponda \u2015 olov.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shnining iti ham yaxshi bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shnining noni shirin.<\/p>\n<p>\u2022 Qarining mingta og\u2018rig\u2018i bor.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmonxonani bitta qil, lekin do\u2018stlarni ko\u2018paytir.<\/p>\n<p>\u2022 Qalpog\u2018imda changni ko\u2018rib, meni tegirmonchi deb o\u2018yladingmi?<\/p>\n<p>\u2022 Aql soqol bilan birga o\u2018smaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlni xudo beradi, uni sotib ololmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Uddaburon quyonni aravada ham tuta oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qushni qo\u2018yib yuborsang qayta tutolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Chanqog\u2018ini qondirayotganni ilon ham chaqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qulog\u2018i bor-u, teshigi yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqning noni dononing qornida.<\/p>\n<p>\u2022 Xotinning xo\u2018jayini \u2015 er, erning xo\u2018jasi \u2015 qarz.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi og\u2018riq bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi xotinning bahosi yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi otga yem beradilar, yomon otga \u2015 kaltak.<\/p>\n<p>\u2022 Qisqa so\u2018z va uzun arqon yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi ho\u2018kiz bo\u2018yinturug\u2018idan ma\u2019lum, yaxshi xotin \u2015 belanchagidan.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi farzand ota uyini quradi.<\/p>\n<p>\u2022 Janjal ko\u2018rmoqchi bo\u2018lsangiz kambag\u2018alning uyiga boring.<\/p>\n<p>\u2022 Uy yonib ketsa mayli, sichqon qolmasin.<\/p>\n<p>\u2022 Tilning suyagi bo\u2018lmasa-da, o\u2018zi qancha suyaklarni sindiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak yetti xil suzishni bilsa-da, suvni ko\u2018rishi bilan unutadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zing kambag\u2018al bo\u2018lmasang-da, kambag\u2018al qo\u2018shning bor-ku.<\/p>\n<p>\u2022 Shakar shirin bo\u2018lsa-da, nonning o\u2018rnini bosolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Asal shirin bo\u2018lsa-da, har kuni yeyish ziyon.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlli bo\u2018lsang ham ahmoqdan so\u2018rashdan uyalma.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zi bitta igna olmoqchi, bir pud temirning narhini so\u2018raydi.<\/p>\n<p>\u2022 Gullagan daraxtdan gul tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvning qadri suv quriganda bilinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Jo\u2018ja tuxumidan ma\u2019lum, bola \u2015 beshigidan.<\/p>\n<p>\u2022 Odam odamning yuziga qaraydi, Xudo \u2015 ko\u2018ngliga.<\/p>\n<p>\u2022 Qancha kambag\u2018allashsang, shuncha yaxshi kiyin.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakning yuki qancha ko\u2018p bo\u2018lsa, shuncha tez yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Qora harflar qizil kunlarni olib keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Shaytonga ko\u2018ylak kiygizadi.<\/p>\n<p>\u2022 Rostgo\u2018ylik bozorda sotilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Toza oltin zanglamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Nasli toza xotinni eridan biladilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018rga nima kerak? Ikki ko\u2018z!<\/p>\n<p>\u2022 Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Begonaning xotini go\u2018zalroq ko\u2018rinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Boshqaning mehnati bilan to\u2018q bo\u2018lolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Begona murda uxlayotgandek tuyuladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimalari<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2022 Agar itning uyati bo\u2018lganida ishton kiyib olardi. \u2022 Bozorda mol bilan birga qalb ham sotiladi. \u2022 Hatto oy ham nuqsonsiz emas. \u2022 Xursand bo\u2018lganingda mozorga bor, xafaligingda ham o\u2018sha yerga bor. \u2022 Bolaning onasi o\u2018gay bo\u2018lsa, otasi ham begonalshib qoladi. \u2022 &#8220;Dada, bu yetishmovchilikka yana qancha chidashimiz kerak?&#8221; \u2015 &#8220;Qirq kun&#8221; \u2015 &#8220;Keyin-chi?&#8221; \u2015 &#8220;Ko\u2018nikib ketamiz&#8221;. \u2022 Ehsonni shunday <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=736\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[480,469],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/736"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=736"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/736\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":738,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/736\/revisions\/738"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=736"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=736"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=736"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}