{"id":747,"date":"2010-10-19T15:52:25","date_gmt":"2010-10-19T10:52:25","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=747"},"modified":"2010-10-19T15:52:25","modified_gmt":"2010-10-19T10:52:25","slug":"gruzin-xalq-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=747","title":{"rendered":"Gruzin xalq maqollari"},"content":{"rendered":"<p>\u2022 Itlar yo\u2018q joyda mushuklar huriydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakdan: &#8220;Sening nechta xotining bor?&#8221;, \u2014 deb so\u2018rashdi. U butun podani ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>\u2022 Tarbiyasiz otga minib Xudoni esdan chiqaradi, otdan tushib \u2014 otni.<\/p>\n<p>\u2022 Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018rlar orasida bir ko\u2018zli ham qo\u2018mondon.<\/p>\n<p>\u2022 Odam yig\u2018lab tug\u2018ilib, ingrab o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Odamning tug\u2018ilishi \u2014 birinchi kun, uylanishi \u2014 ikkinchi kun, o\u2018lim \u2014 uchinchi kun.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta taqa topib olgan aytarmish: &#8220;Bitta ot va uchta taqa yetishmayapti, xolos&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018q yashab cho\u2018chqaga aylangandan nochor yashab odam bo\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Sherni qarilik yengganda uni eshak ham tepadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bukrini go\u2018r to\u2018g\u2018rilaydi, ba\u2019zida u ham foyda bermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Quddusda it hurimaydimi?<\/p>\n<p>\u2022 Qochuvchi va quvuvchi \u2014 ikkalasi ham xudoga duo qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018al kuniga o\u2018n marta o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sendan omad ketsa \u2014 quvib yet, yomonlik yetsa \u2014 qoch.<\/p>\n<p>\u2022 Qopag\u2018on itni qaerda o\u2018ldirsalar o\u2018sha yerga ko\u2018madilar.<\/p>\n<p>\u2022 Boylik \u2014 xudo oldida gunoh, kambag\u2018allik \u2014 odamlar oldida.<\/p>\n<p>\u2022 Boylikning ko\u2018zi ko\u2018r, u pashshaga o\u2018xshaydi: goh tezakka qo\u2018nadi, goh gulga.<\/p>\n<p>\u2022 Boy o\u2018lganga yig\u2018laydi, kambag\u2018al \u2014 harajatga.<\/p>\n<p>\u2022 Boy to\u2018q bo\u2018lmaydi, haqiqatgo\u2018y \u2014 och.<\/p>\n<p>\u2022 Barmoq og\u2018risa yurak biladi, yurak og\u2018risa \u2014 hech kim.<\/p>\n<p>\u2022 Bemor tuzalsa \u2014 tabibni yomon ko\u2018rib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta yelkanni faqatgina kuchli shamol qo\u2018zg\u2018ata oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta daraxt kuchli shamolni sevadi.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018rab-so\u2018rab Quddusga yetasan.<\/p>\n<p>\u2022 Urushqoq buqa shoxsiz qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar asal bo\u2018lganda pashshalar Bag\u2018doddan kelardi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvda daraxt ildizi qurib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvga tushsang quruq chiqmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Dengizdan omon qolgan tomchiga cho\u2018kib ketdi.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqonning iniga sherni to\u2018yga taklif qilishibdi.<\/p>\n<p>\u2022 Yarim kechasi ayiq quyoshga sig\u2018inadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayollar yo\u2018q yurtda urg\u2018ochi eshakni Quyoshxon deb erkalatishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Begona dalada begona echki qo\u2018shiq aytadi.<\/p>\n<p>\u2022 Tuyadan so\u2018rashdi: &#8220;Senga arab ohusi yoqadimi?&#8221;. &#8220;Agar bukri bo\u2018lganida yanada yaxshi bo\u2018lardi&#8221;, dedi u.<\/p>\n<p>\u2022 Tuyaga aytishdi: &#8220;Sening bo\u2018yning qiyshiq&#8221;. U dedi: &#8220;Mening qaerim qiyshiq emas?&#8221;<\/p>\n<p>\u2022 Arqon uzun bo\u2018lsa yaxshi, gap \u2014 qisqa bo\u2018lsa.<\/p>\n<p>\u2022 Novda yoshligida egiladi, o\u2018sib qolsa egolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Sharob ham aqldan, ham xayrdan ayiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Sharob kattalarga, suv kichiklarga.<\/p>\n<p>\u2022 Suv bilan vijdondan boshqa hamma narsa yuviladi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvni qancha silkisang ham suvligicha qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Suv oqar, qumlar qolar.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri bo\u2018rining terisni yirtmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Meni tegmagan bo\u2018ri ko\u2018p yashasin.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri cho\u2018pon bo\u2018lolmaydi, o\u2018g\u2018ri \u2014 avliyo.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri o\u2018lsa, mingta bo\u2018rivachcha qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri itga aytar ekan: &#8220;Jasurlik mening yugurishimda va men orqaga qarasam sening dumingni ko\u2018rsatmasligingda&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018rini bo\u2018rilardek kutib ol, tulkini \u2014 tulkilardek.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018rini oyog\u2018i boqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018riga aytishdi: &#8220;Seni qo\u2018ylarga jo\u2018natamiz, bolangni \u2014 qo\u2018zichoqlarga&#8221;. U javob berdi: &#8220;Qo\u2018zichoqqayam, qo\u2018yga ham o\u2018zim boraman&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri qora tunni orzu qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri oilasini boy qilolmaydi, boshqaning oilasini buzadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri o\u2018g\u2018rini tunadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018rini vodiy uch kun yashirdi, tog\u2018lar \u2014 uch yuz kun, baribir topib olishdi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018ani qum bilan artsang ham oqarmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018a go\u2018ng ustida o\u2018tirib, dumini axlatdan asrarkan.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018a hakkadan tortib oldi, hakka \u2014 kurka tovuqdan, bechora jo\u2018ja qiynalib qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018ani aslzoda etib tarbiyalashdi, lekin u qag\u2018illashini qo\u2018ymadi.<\/p>\n<p>\u2022 Dushmanimning dushmani \u2014 mening do\u2018stim.<\/p>\n<p>\u2022 Oldingda turuvchi dushman orqada turuvchi do\u2018stdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Dushmanga \u2014 qilich, savdogarga \u2014 pul, tegirmonga \u2014 suv, omochga \u2014 buqa.<\/p>\n<p>\u2022 Ezgu ishdan o\u2018zga hamma narsa o\u2018tkinchi.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmonxonaga kirish \u2014 mehmonning iznida, chiqish \u2014 mezbonning.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi yo\u2018q joyda quvonch ham yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018yning boshi siqqan teshikka gavdasi ham sig\u2018adi.<\/p>\n<p>\u2022 Qilich kor qilmagan joyda til ham kuchsiz.<\/p>\n<p>\u2022 Qaerda chiroyli gullar bo\u2018lsa, asalari ham o\u2018sha yerga uchadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qirg\u2018iy tuxum qo\u2018ygan joyda bedana bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Odamning ko\u2018zini faqat tuproq to\u2018ydiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq bosh kal ham bo\u2018lmaydi, oqarmaydi ham.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqqa yaxshi so\u2018z aytish \u2014 kunduzi chiroq yoqish.<\/p>\n<p>\u2022 Chirigan taxta mixni ushlamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Chirigan tish bilan yong\u2018oq chaqolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Bir yil o\u2018ylab, bir lahzada amalga oshir.<\/p>\n<p>\u2022 Bir yoshlik xo\u2018roz yuz yoshlik tovuqdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Boshimni ko\u2018tarsam osmonni, egsam yerni ko\u2018raman.<\/p>\n<p>\u2022 Yalangoyoqni yuzta qaroqchi ham o\u2018g\u2018irlolmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Och qolgan it egasini ham qopadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ochdan so\u2018rashdi: &#8220;Dunyodagi eng og\u2018ir narsa nima?&#8221;. U javob qildi: &#8220;Bo\u2018sh oshqozon&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmon mehmonni chaqirdi, mezbon ikkisini ham haydadi.<\/p>\n<p>\u2022 Mezbonning uyidagi mehmon eshakka o\u2018xshaydi: uni qaerga bog\u2018lamoqchi bo\u2018lishsa, rozi bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Tasqara suyakni ochlikdan emas, baxillikdan yutadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuki bor eshakka qamchi urmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Suv toshqinidan, yong\u2018indan va ayol makridan Xudo asrasin.<\/p>\n<p>\u2022 Shaytonga barmog\u2018ingni tutsang, butun qo\u2018lingni changallaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hadya hadyani talab qiladi. Hadya bilan sirka ham shakardan shirin.<\/p>\n<p>\u2022 Bersalar \u2014 ol, so\u2018rasalar \u2014 ber.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;O\u2019n ikkita bo\u2018tani tarbiyaladi, lekin o\u2018z yukidan qutulmadi&#8221;, \u2014 dedi tuya.<\/p>\n<p>\u2022 It itga buyurdi, it \u2014 quyrug\u2018iga.<\/p>\n<p>\u2022 Quyoshsiz kun tunga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Daraxt ildizi bilan kuchli, odam \u2014 do\u2018stlari bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Haqiqat daraxtini toshga eksang ham so\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta saltanatda ikki shoh yasholmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yog\u2018siz go\u2018shtdan yog\u2018li sardak chiqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Temir yurak uchun yog\u2018och hanjar ham yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasaga goh qor yog\u2018ib qoladi, goh yomg\u2018ir.<\/p>\n<p>\u2022 Omochga ortiqcha ho\u2018kiz zarar qilmaydi, bulutga \u2014 ortiqcha suv.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi xotin yaxshi do\u2018st va akadan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018z temir eshikni ochadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi qo\u2018shni chiqayotan Quyoshdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Qarz tirqishdan uyga kirib, o\u2018sadi-da, so\u2018ng eshikdan ham chiqolmay qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarz tushda ham ko\u2018payadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarz ovoz ham chiqarmaydi, uxlashga ham qo\u2018ymaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Uzoq ikkilanish qo\u2018rquvga olib keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stning yuziga soladilar, dushmanning \u2014 ko\u2018ziga.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq yo\u2018qotadi, dono topadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqni o\u2018rgatish \u2014 o\u2018likni davolash.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqqa ish buyur, orqasidan o\u2018zing yur.<\/p>\n<p>\u2022 Seni o\u2018stirgan shaytonni men tarbiyalaganman.<\/p>\n<p>\u2022 Arava o\u2018tin olib kelmasa, o\u2018zi o\u2018tin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar bo\u2018ridan qo\u2018rqmaganida echki Dog\u2018istongacha borardi.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyo yonsa, sen unga kerosin sepasan.<\/p>\n<p>\u2022 Agar qichqiriq va eshakning qadri bo\u2018lganida rus shohi undan boj olardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar kal dorisini bilganida avval o\u2018z boshini davolardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar suv sen tomon kelmasa, sen suv tomon bor.<\/p>\n<p>\u2022 Agar dushman mendan qochib ketsa \u2014 oltin ko\u2018prikni ko\u2018rsataman.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018zing bilan ko\u2018rmagan bo\u2018lsang, yugurma.<\/p>\n<p>\u2022 Agar ikki kishi seni &#8220;ko\u2018r&#8221; desa \u2014 ko\u2018zingni yum.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki begona bilgan sirni cho\u2018chqa ham biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ta biyaning gapini olmasa, bo\u2018riga yem bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar xiyonatkor polga o\u2018tirsa, o\u2018sha joyni kesib tashla.<\/p>\n<p>\u2022 Agar mushuk epchil bo\u2018lsa, sichqon ham \u2014 chaqqon.<\/p>\n<p>\u2022 Keraksiz narsani sotib olsang, tez orada kerakli narsani ham sotasan.<\/p>\n<p>\u2022 Odamni xonavayron qilmoqchi bo\u2018lsang, unga har kuni olov berma.<\/p>\n<p>\u2022 Agar oyna bo\u2018lmasa, dunyo oyna bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yiqilsang ham eshakdan emas, otdan yiqil.<\/p>\n<p>\u2022 Agar it aravaning orqasidan yugursa, chananing ham orqasidan yuguradi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar itlar qatiqni ichib qo\u2018yishgan bo\u2018lsa, idishi qaerda qoldi?<\/p>\n<p>\u2022 Sening da\u2019vogaring qozi bo\u2018lsa, senga xudo ham yordam bermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sen yoy bilan bo\u2018lsang, men qalqon bilanman.<\/p>\n<p>\u2022 Mezbon xursand bo\u2018lmasa, mehmonga ham zerikarli.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon qo\u2018shnidan qutulmoqchi bo\u2018lsang, unga qarz ber.<\/p>\n<p>\u2022 Oqsuyakni ko\u2018rmoqchi bo\u2018lsang, avval uning darvozabonini ko\u2018r.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018z aytishdan avval uni kim eshitishini tekshirib ko\u2018r.<\/p>\n<p>\u2022 Temir olovda toblanadi, inson \u2014 muhtojlikda.<\/p>\n<p>\u2022 Sariq oltin qora kunga.<\/p>\n<p>\u2022 Xotin, sharob va ot ko\u2018pchilik uchun hayot bilan teng turadi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018ponning xotini shohning jazmanidan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Ayol kishi soyaga o\u2018xshaydi: uni quvisang \u2014 qochadi, undan qochsang \u2014 quviydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayol aytarkan: &#8220;Mening erimdan qo\u2018rqmagan \u2014 haqiqiy erkak&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Ayol aqllidan kamchilik qidiradi, nodondan \u2014 fazilat.<\/p>\n<p>\u2022 Tirik it o\u2018lik sherdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Johilning hayoti o\u2018limdan yomon.<\/p>\n<p>\u2022 Hayot olovga o\u2018xshaydi: uning boshlanishi \u2014 alanga, tugashi \u2014 kul.<\/p>\n<p>\u2022 Tavakkal qilib yashash yashamaslik bilan teng.<\/p>\n<p>\u2022 Turna osmonda, yerda unga six tayyorlashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Hasadchining guli tikanli.<\/p>\n<p>\u2022 Hasadchi o\u2018ladi, lekin suq qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Quyonni sixga tiqishdi, u esa haliyam men bilan hazillashishyapti deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Botayotgan quyosh chiqayotgan oyga qiyshiq qararkan.<\/p>\n<p>\u2022 Yashil bodring o\u2018zini o\u2018zi maqtaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshilikni faqat o\u2018ziga qiladigan odam ham yomon bilan barobar.<\/p>\n<p>\u2022 Ilon po\u2018stini tashlasa-da, ilon yurakligicha qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ilm puldan qimmat, o\u2018tkir qilich to\u2018pdan kuchli.<\/p>\n<p>\u2022 Tilloning qo\u2018li yo\u2018q, lekin hamma narsani amalga oshiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Tish og\u2018risa sug\u2018urib qutulasan, qo\u2018shning yomon bo\u2018lsa \u2014 ko\u2018chib.<\/p>\n<p>\u2022 Tish tish bilan urishdi, og\u2018iz eshikni ochdi.<\/p>\n<p>\u2022 Tishlar \u2014 tilning qulfi.<\/p>\n<p>\u2022 Hatto bazm ham insonni zeriktiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri ham och qoladi, oqsuyak ham sinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018a ham bolalaridan mag\u2018rurlanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Daraxtning ham vatani bor.<\/p>\n<p>\u2022 Belkurakni ham, ketmonni ham bir yog\u2018ochdan yasaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018zning ham o\u2018lchovi bor.<\/p>\n<p>\u2022 It ham non-tuzni unutmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Oldinda yuruvchi \u2014 orqada yuruvchi uchun ko\u2018prik.<\/p>\n<p>\u2022 Uzun soqoli bilan echki o\u2018zini pop deb o\u2018ylabdi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarg\u2018aning tuxumidan qarg\u2018a chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ortiqcha buyuklik Yunonistonni barbod qilibdi.<\/p>\n<p>\u2022 Biznikiga kelsang sharob ichasan, senikiga borsak ko\u2018zingni yumasan.<\/p>\n<p>\u2022 Begonaga muhtojlikda yordam berishga shoshil, lekin begonaning bazmiga shoshilma.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma tulki o\u2018z dumidan faxrlanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma qush o\u2018z inini biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma it o\u2018z darvozasida botir.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir soat bizga dard olib keladi, oxirgisi \u2014 o\u2018lim.<\/p>\n<p>\u2022 Sen qanday qarsak chalsang, senga shunday o\u2018ynab beraman.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakning dumidek: qisqa ham, uzun ham qilolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Qanday joy solsang, shunday orom olasan.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019rmon qanday bo\u2018lsa, hayvonlari ham shunday.<\/p>\n<p>\u2022 Toshni tosh bilan maydalaydilar, temirni temir bilan charxlaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Tosh o\u2018z joyida turganda og\u2018ir bo\u2018ladi, jildirsang \u2014 yengillashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qatiq so\u2018rasam ayron olib keladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri tovuqni o\u2018g\u2018irlab, orqasiga yashirdi, tovuqning dumi tashqarida qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri podaga hujum qilsa, qo\u2018yi bitta odamga kulfat.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018riga o\u2018g\u2018irlashga hech nima qolmaganida o\u2018z qalpog\u2018ini o\u2018g\u2018irlar ekan.<\/p>\n<p>\u2022 Qiz bola turmushga chiqmoqchi bo\u2018lsa, uyidagilari bilan urushib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Daraxt qulasa, boltali ham, boltasiz ham unga yuguradi.<\/p>\n<p>\u2022 Daryoning chuqurligini bilmagan qayiqchi qayiq ostida qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Asal borligida yalab ol.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018roz qanotini yozdimi, qichqiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ochlik kelganda uyat oradan yo\u2018qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh hammaga birdek nur sochadi.<\/p>\n<p>\u2022 Sen o\u2018qishga borganingda, men o\u2018qib bo\u2018lib, qaytayotgan edim.<\/p>\n<p>\u2022 Aql berishganida u yo\u2018q edi.<\/p>\n<p>\u2022 Achchiq dard ko\u2018rmagan achchiq ko\u2018z yoshlarni ham to\u2018kmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kimnidir odam deyishadi, kimnidir \u2014 odamcha.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018ygan echki bo\u2018ri bilan olishuvga borarmish.<\/p>\n<p>\u2022 Echkining orqasidan o\u2018t, otning oldidan o\u2018t, odamning \u2014 ikki tarafidan.<\/p>\n<p>\u2022 Echkini sotib oldim, so\u2018ng sotdim, foyda ko\u2018rmadim.<\/p>\n<p>\u2022 Qayiqqa o\u2018tirib qayiqchi bilan tortishma.<\/p>\n<p>\u2022 Mabodo qarg\u2018a atirgulni topsa, o\u2018zini bulbul deb o\u2018ylaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bolta gunoh qilsa, sopi ham gunoh qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Senga tayoq ko\u2018targanni sen ham ur.<\/p>\n<p>\u2022 Zimistonni ko\u2018rmagan ziyoning qadriga yetmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ona yo\u2018q bo\u2018lsa, o\u2018gay ona ham yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Qalampir yemagan bo\u2018lsang, nega og\u2018zing achiyapti?<\/p>\n<p>\u2022 Xudo bersa ikki qo\u2018llab beradi, olsa ham ikki qo\u2018llab oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Otlar ketsa, dala eshaklarga qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Oti yo\u2018g\u2018-u, egarni orzu qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir kun boqib, yuz yil minnat qiladilar.<\/p>\n<p>\u2022 Sigirni tuz bilan aldaydilar, odamni \u2014 til bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk o\u2018ynaydi \u2014 sichqonning yuragi tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushukning boshiga qazi tushib ketdi, &#8220;Xudoyim, doim boshimga shunaqa do\u2018l yog\u2018dir&#8221;, dedi u.<\/p>\n<p>\u2022 Mushukni shunday tutki, tirnog\u2018i bilan seni tilmasin.<\/p>\n<p>\u2022 Dehqon zotli sigir qidiradi, oqsuyak zotli qiz qidiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Qonni qon bilan yuvib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Osmonga axlat otsang, yuzingga yopishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kim ko\u2018zingni maqtasa \u2014 u shaytonning elchisi.<\/p>\n<p>\u2022 Yoshligida ko\u2018p yegan, qarilikda ochlikdan o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Kalamush bo\u2018rini tutganini kim ko\u2018ribdi?<\/p>\n<p>\u2022 Qal\u2019aning egasi, dalani ham boshqaradi.<\/p>\n<p>\u2022 Vaqtida ekkan vaqtida o\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Kim qaerda o\u2018ssa, o\u2018sha yer unga \u2014 Bag\u2018dod.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018lni bilgan qoqinib ketmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kim qalampir yegan bo\u2018lsa, uning og\u2018zi achchiq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019tishni xohlagan toshli qirg\u2018oqdan ham, chaqirtoshdan ham qo\u2018rqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Nuqsonsiz do\u2018st qidirgan yolg\u2018iz qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p o\u2018tin yoqqan, o\u2018rmonga ko\u2018p boradi.<\/p>\n<p>\u2022 Shamolga qarshi tupursang, betingga yopishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shnisiga ishongan kechki ovqatsiz qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Boshini bilmagan oxirini ham tushunmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z sirlarini saqlashni bilmagan sardor bo\u2018lolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Haqiqatni yo\u2018qotgan umrini ham yo\u2018qotadi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliq yeyishni xohlagan oyog\u2018ini ho\u2018llaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Otdan tushgan eshakka o\u2018tirmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Oldinda bo\u2018lgan ertaga orqada bo\u2018ladi, orqada bo\u2018lgan ertaga oldinda bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sabr qilgan hamma narsaga erishadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018irlangan molni saqlagan \u2014 o\u2018g\u2018ridan battar gunohkor.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning baxtiga hasad qilgan o\u2018z baxtini ko\u2018rmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Shovqinga chidamagan temirchi ustaxonasiga bormaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayronni sevgan ayronni o\u2018ylaydi, pishloqni sevgan \u2014 pishloqni.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018za maqtangan ekan: &#8220;Otda yurmagan bo\u2018lsam ham, hech qachon piyoda ham yurmaganman&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Temirchi \u2014 pichoqsiz, tikuvchi \u2014 ko\u2018ylaksiz.<\/p>\n<p>\u2022 Suvsar ovga ketib mo\u2018ynasiz qaytdi.<\/p>\n<p>\u2022 Olish-sotish qarindoshlar orasida ham bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tovuq biznikida kurka bo\u2018lib, tuxumni boshqanikiga qo\u2018yadi.<\/p>\n<p>\u2022 Aql kaltaligi \u2014 oyoqqa og\u2018irlik.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta chaqaloqlidan ko\u2018ra, o\u2018n beshta otliqni mehmon qilgan oson.<\/p>\n<p>\u2022 Davlatni boshqarish xotinni boshqarishdan oson.<\/p>\n<p>\u2022 Dorini kasal bo\u2018lgandan so\u2018ra.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasaga har kun \u2014 bayram.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasa ish yo\u2018qligidan qo\u2018liga bigiz sanchadi.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasalik \u2014 kambag\u2018allik kaliti.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasalik \u2014 yomonliklar onasi.<\/p>\n<p>\u2022 Yozda ilondan qo\u2018rqqan qishda adyoldan cho\u2018chadi.<\/p>\n<p>\u2022 Tulki tushida tovuq ko\u2018rarkan.<\/p>\n<p>\u2022 Tulki va shoqol bitta yo\u2018ldan yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuzidan \u2014 pop, ishidan \u2014 bo\u2018ri.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri ov qiladi, bo\u2018rini ham ovlashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Chaqqonlikda chivin sherni yutadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ovqat yemay uxla, qarzsiz uyg\u2018onasan.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onning oyog\u2018i qisqa.<\/p>\n<p>\u2022 Uyingda dushmaning bo\u2018lganidan sher bilan olishganing afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon xotindan qopag\u2018on it afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Hasad qilgandan taqlid qilgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Sharafni yo\u2018qotgandan boshni yo\u2018qotgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Urfni yo\u2018qotgandan urug\u2018ni yo\u2018qotgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon bilan bazm qilgandan dono bilan urushgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning minnatli oshidan ochdan o\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi aka dushmaningda bo\u2018lsa ham o\u2018lmasin!<\/p>\n<p>\u2022 Tishsiz mehmonni sevaman.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi, olov va yo\u2018talni yashirib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi gulni qidiradi, rashk \u2014 tikanni.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi uyat bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Onasini sevib, bolasini erkalatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Quymoqni suyib, qozonni yalaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Tepish eshakka uyat emas.<\/p>\n<p>\u2022 May yomg\u2018iri \u2014 oltin, iyunniki \u2014 kumush, iyulniki \u2014 olov.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rqoq \u2014 ahmoqning sherigi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiq ayiqni begona uzumzorga mehmonga chaqirdi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiq uxlab qoldi, sichqonlar esa unga go\u2018r qazishni boshladilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiqni uzumzorga qo\u2018riqchilikka qo\u2018ydilar: hech kimni u yerga qo\u2018ymadi, u yerdan hech nimani ham qoldirmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiqni ko\u2018rdilar, lekin izini qidiryaptilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiqni o\u2018z yog\u2018i bezovta qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Asal yaxshi, ammo uning ham qatroni bor.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lik o\u2018likdan qabrgacha kuzatib qo\u2018yishni iltimos qildi.<\/p>\n<p>\u2022 Yosh bolani va esipastni muhokama qilmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Mening dushmanim \u2014 vijdonim.<\/p>\n<p>\u2022 Ho\u2018l til nimalarni gapirmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yoshlikni yangi ko\u2018ylakni asaragandek asrash kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Dengiz bo\u2018tqaga aylansa, omadsizga qoshiq topilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Er \u2014 ishchi, xotin \u2014 quruvchi, er g\u2018isht tashiydi \u2014 xotin quradi.<\/p>\n<p>\u2022 Erkak uy qurdi \u2014 ayol buzdi, ayol qurdi \u2014 uni shayton ham buza olmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Pashshalar asal oqqan tomonda yig\u2018iladilar.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqon omborda ochlikdan o\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqon iniga kiryapti, dumiga oshqovoq boylab olgan.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqon kemirib-kemirib mushukkacha boradi.<\/p>\n<p>\u2022 Urushda qo\u2018lga tushgan har qanday qurol \u2014 eng yaxshi qurol.<\/p>\n<p>\u2022 Chirigan arqon bilan chuqurga tusha olmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Ayol kishiga it ham hurimaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta hayvonga katta itlar ovga chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Axlatxonada qo\u2018ziqorin katta o\u2018sadi, lekin tez to\u2018kiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Begona xotindan umid qilib o\u2018rin yozma.<\/p>\n<p>\u2022 Bu dunyoda faqat bir narsa tilsiz gapiradi \u2014 to\u2018g\u2018rilik.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rqqan it o\u2018n yil daraxtga huriydi.<\/p>\n<p>\u2022 Xalq qochsa sen ham yugur, to\u2018xtasa sen ham to\u2018xta.<\/p>\n<p>\u2022 Majburan tortib oladilar, lekin majburan bermaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Tortilgan arqon tez uziladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qilichning qisqaligi kulfat emas, ozroq oldinga yursang dushmanga yetadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ninachi burgutning tuxumini olib qochganiga hech kim ishonmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z akangga ham ishonma, lekin qiyshiq bo\u2018lsa ham o\u2018z ko\u2018zingga ishon.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakka yuklangan hamma narsani ham unga beravermaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018zada har doim ham suv tashilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma quloq ham sirlarni eshitavermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bolaga va\u2019da berma, mabodo va\u2019da bersang, albatta uni bajar.<\/p>\n<p>\u2022 Tez turgiziladigan joyga o\u2018tirma.<\/p>\n<p>\u2022 Bozorda sham qimmatligini muhokama qilish ko\u2018rlarga emas.<\/p>\n<p>\u2022 Pishmagan mevani uzma, pishsa o\u2018zi to\u2018kiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak oyog\u2018ini sindirishidan qo\u2018rqsa, temirni tepmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tarbiyasiz ustozini yomon ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Qalliq kuylaydi, kelin yig\u2018laydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kelinga bulutli kun ham tongga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kasallik ko\u2018p, davo bitta.<\/p>\n<p>\u2022 Chaqirilmagan mehmon \u2014 vabodan yomon.<\/p>\n<p>\u2022 Bexos chiqib qolgan kunda aravani to\u2018ntaradi.<\/p>\n<p>\u2022 Akang bo\u2018lmasa, qardosh qidir.<\/p>\n<p>\u2022 Odam bo\u2018lmasa o\u2018choq bilan gaplash.<\/p>\n<p>\u2022 Tulki kunduzi nimani o\u2018ylasa, kechasi o\u2018sha tushiga kiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018tqadan kuygan ayronni ham puflab ichadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kuyganning ustiga qaynoq suv quyadilar.<\/p>\n<p>\u2022 Kesilgan qanot bilan burgut ham ucha olmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019tni shunday o\u2018chirki, tutuni chiqmasin.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta ahmoq olmosni dengizga tashlasa mingta dono ham topib berolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta sog\u2018lom ko\u2018z ikkita qiyshiq ko\u2018zdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta barmoqni yoqsang hammasi yonadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta boychechak bilan bahor kelib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Birinchi uchrashuv \u2014 tanishuv, ikkinchisi \u2014 do\u2018stlashuv.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018ldagi bitta qushcha daraxtda o\u2018tirgan uchta qushdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta sakrash bilan bedanani tutolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Daraxtda bitta olma, u ham chirigan.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta qo\u2018l bilan qarsak chalolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiq seni yengsa \u2014 uni &#8220;otam&#8221; de.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak yukni xohlasa bulutga qaraydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak yemga ketib, egarsiz aytdi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakni to\u2018yga aytib, unda suv tashidilar.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakka eshak egari mos tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta daraxtdan katta yaproqlar tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ituzumdan uzum kutma.<\/p>\n<p>\u2022 Kulfatdan qochib, azobga tutildi.<\/p>\n<p>\u2022 Uchqundan katta daraxtlar yonadi.<\/p>\n<p>\u2022 Chayono\u2018t ildizidan chayono\u2018t o\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p so\u2018zlashdan bosh og\u2018riydi, ko\u2018p yeyishdan \u2014 oshqozon.<\/p>\n<p>\u2022 Tepkidan og\u2018riq yo\u2018q, uyat bor.<\/p>\n<p>\u2022 Haqiqatdan o\u2018lik ham cho\u2018qinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Itdan qo\u2018zichoq kutma.<\/p>\n<p>\u2022 Ota la\u2019natlasa \u2014 soqoli tasdiqlaydi, ona la\u2019natlasa \u2014 ko\u2018kragi qaytaradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ota o\u2018g\u2018liga uzumzorni hadya qildi, o\u2018g\u2018il otaga bir shingil ham bermadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019smirning o\u2018qishdan aqli kiradi, temir olovda yumshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bedana zo\u2018rg\u2018a bir marta daraxtga qo\u2018ngandi, daraxtning shoxi uzilib tushdi.<\/p>\n<p>\u2022 Yig\u2018i va qichqiriq dushmanni qo\u2018rqitmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon baliqchi suvni loyqalatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Rangi \u2014 yoqut, ta\u2019mi \u2014 suv.<\/p>\n<p>\u2022 G\u2019olib g\u2018olibni doim ta\u2019qib qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qishdagi quyoshdan atirgul o\u2018smaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlli o\u2018ylaguncha, nodon tog\u2018dan oshadi.<\/p>\n<p>\u2022 Haqiqatgo\u2018y o\u2018lmaguncha uning ishlari ko\u2018rinmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dala ko\u2018zsiz emas, devor quloqsiz emas.<\/p>\n<p>\u2022 Itni eslasang qo\u2018lingga tayoq ol.<\/p>\n<p>\u2022 Chumolini oyog\u2018ingga qo\u2018y, u boshinggacha boradi.<\/p>\n<p>\u2022 Biyaga qarab, toyni sotib ol.<\/p>\n<p>\u2022 Rost so\u2018z doim yomon, yaxshisi esa doim ham rost bo\u2018lavermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kirishdan avval chiqishni o\u2018yla.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta ho\u2018kizni boshqalari orasiga qo\u2018ysang, yo rangi o\u2018zgaradi, yo qilig\u2018i.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri seni mehmonga chaqirsa \u2014 bor, faqat iting bilan birga bor.<\/p>\n<p>\u2022 Yangi do\u2018stlar top, lekin eskisini unutma.<\/p>\n<p>\u2022 Tog\u2018 haqida cho\u2018pondan so\u2018ra, vodiy haqida \u2014 qo\u2018shchidan.<\/p>\n<p>\u2022 Uzoqdagi qirg\u2018oqni so\u2018rasang, yaqindagisini olasan.<\/p>\n<p>\u2022 Qush qaerga xohlasa o\u2018sha yerga in quradi.<\/p>\n<p>\u2022 Qush qanoti bilan faxrlanadi, ayol \u2014 eri bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Qush qanoti bilan go\u2018zal, ayol \u2014 sochi bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018sh boshoq tepaga qaraydi, to\u2018la boshoq \u2014 pastga.<\/p>\n<p>\u2022 Mayli meni tergasinlar, lekin achinmasinlar.<\/p>\n<p>\u2022 Qul bo\u2018lish oson, odam bo\u2018lish qiyin.<\/p>\n<p>\u2022 Buzish oson, o\u2018zing qurib ko\u2018r-chi.<\/p>\n<p>\u2022 Daryo o\u2018zanini yo\u2018qotmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ota-ona \u2014 bola uchun, bolalar \u2014 o\u2018zi uchun.<\/p>\n<p>\u2022 Bir marta tug\u2018ilgan bir marta o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Atirgul axlatxonada ham o\u2018saveradi.<\/p>\n<p>\u2022 Atirgulni ter, tikanini yoqib yubor.<\/p>\n<p>\u2022 Shudring yomg\u2018ir emas, lekin foydali.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018yi osmongacha, boshi shamoldek.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018l qo\u2018lni yuvadi, ikkalasi \u2014 yuzni.<\/p>\n<p>\u2022 Qarmoqdan qutulgan baliq kattadek tuyuladi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliqqa daryoda baho berib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliqni dumidan ushlab bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Burganing terisini shilib, yog\u2018ini oladilar.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri bilan yursang, seni ham o\u2018g\u2018ri deyishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Otni boshqarolmay, egarni sindirdi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018z bilan tog\u2018 echkisini ham sog\u2018sa bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuvilmagan yuz bilan singilni ham akaga ko\u2018rsatma.<\/p>\n<p>\u2022 Olov bilan hazillashib bo\u2018lmaydi, suvga ishonib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 It bilan do\u2018stlash, ammo tayoqni tashlama.<\/p>\n<p>\u2022 Salatni shunday tayyorlaydilar: saxiy yog\u2018 quyadi, ziqna sirka qo\u2018shadi, aqlli tuz soladi, nodon aralashtiradi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zi bichganni o\u2018zi tikadi.<\/p>\n<p>\u2022 Inson uchun eng qiyin narsa \u2014 o\u2018zini bilish.<\/p>\n<p>\u2022 Eng uzun yo\u2018lni ham qadamba-qadam bosib o\u2018tsa bo\u2018ladi, eng katta toshni ham oz-ozdan maydalasa bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Janjalkash ayol itni bog\u2018lab qo\u2018yib, o\u2018zi hurishni boshladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ustidan \u2014 ola, ostidan \u2014 yalang\u2018och.<\/p>\n<p>\u2022 Sham o\u2018zini yoritmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zingning qirchang\u2018i oting birovning arg\u2018umog\u2018idan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshilik qilsang, uni tuzlab ham ber <em>(ya\u2019ni, yaxshilikni oxirigacha qil).<\/em><\/p>\n<p>\u2022 Egar topilganda \u2014 ot yo\u2018q, ot topilganda \u2014 egar yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Inson o\u2018ziga qilgan yomonlikni yetti shayton birlashib ham qilolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dononing yuragi yig\u2018i bor joyda, johilning yuragi qichqiriq bor joyda.<\/p>\n<p>\u2022 Yurakda \u2014 Rustam, ishda \u2014 shilliqurt.<\/p>\n<p>\u2022 Opa ukasi uchun o\u2018ladi, uka opasi uchun emas.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakka o\u2018tirish uyat, undan yiqilish \u2014 undan-da uyatli.<\/p>\n<p>\u2022 Kuch keldi \u2014 haqiqat eshikdan chiqdi.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018na otning ham, eshakning ham birdek dumi ostiga qo\u2018nadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018r ko\u2018zi ochiqni aldab ketdi.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018z \u2014 o\u2018q: otsang \u2014 qaytib kelmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lim uyatdan afzal, u ikkisi \u2014 do\u2018zax.<\/p>\n<p>\u2022 Sharafli o\u2018lim \u2014 mardning orzusi.<\/p>\n<p>\u2022 Bug\u2018doy yonsa, poxolga kulgi.<\/p>\n<p>\u2022 Mahorat kuchdan afzal, agar vaqtida ishlatilsa.<\/p>\n<p>\u2022 It oqsoqlikdan o\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 It shoshilib, ko\u2018r kuchuklar tug\u2018di.<\/p>\n<p>\u2022 It itning terisini yirtmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 It bizniki, lekin boshqaning bo\u2018yinbog\u2018ida.<\/p>\n<p>\u2022 Tishlamaydigan it uzoqdan huriydi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Meni tuta oladigan itni bir nigohidan bilaman&#8221;, \u2014 dedi bo\u2018ri.<\/p>\n<p>\u2022 Itning dumi yetti yil quvurda turdi, lekin tekis bo\u2018lmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Vijdon tishsiz, lekin tishlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Rozilik devordan qattiq.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh bitta, lekin hammani har xil isitadi.<\/p>\n<p>\u2022 Tuzni eshakda tashib, unga yalash uchun bermadilar.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shni qo\u2018shniga \u2014 bo\u2018ri.<\/p>\n<p>\u2022 Uxlayotganni ilon ham chaqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qari xotira bilan yashaydi, yosh \u2014 kutish bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Qari buqani bo\u2018yinturuqqa o\u2018rgatgandan ko\u2018ra so\u2018yish osonroq.<\/p>\n<p>\u2022 Eski do\u2018st va eski yo\u2018l tez yo\u2018qotiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarilik Rustamni ham yengdi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuz marta ur, lekin bir marta tingla.<\/p>\n<p>\u2022 Turgan suv sasib qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Gunoh qilishni bildingmi, tavba qilishni ham bil.<\/p>\n<p>\u2022 Baxt uch marta eshik qoqadi, agar ochmasang boshqasiga ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018il otasini raqsga o\u2018rgatdi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018il meniki, aqli esa o\u2018ziniki.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018q pop och bo\u2018ridan yomon.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018q qirg\u2018iy qo\u2018lga qo\u2018nmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sir \u2014 ikki kishi orasida, uchinchi odam bilsa butun dunyo biladi.<\/p>\n<p>\u2022 It egasini tanimaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Shunday savat to\u2018qinglarki, sizlarning bolalaringizga ham kerak bo\u2018lsin. <em>(Bir joyda shunday odat bor ekan: odam qarisa, uni savatga o\u2018tqizib, qoyadan tashlab yuborisharkan. Bir ko\u2018r qariyaning ham bolalari otalariga savat to\u2018qishni boshlashibdi. Ularning gaplarini eshitgan qariya so\u2018rabdi: &#8220;Nima qilyapsizlar?&#8221;. \u2014 &#8220;Savat to\u2018qiyapmiz&#8221;, \u2014 deyishibdi ular. &#8220;Kimga to\u2018qiyotganingizni bilaman. Shunday savat to\u2018qinglarki, u sizning bolalaringizga ham kerak bo\u2018lsin&#8221;, \u2014 debdi qariya. Buni eshitib bolalari qora niyatlaridan qaytishgan ekan).<\/em><\/p>\n<p>\u2022 Sabr \u2014 jannat kaliti.<\/p>\n<p>\u2022 Bolta kichkina bo\u2018lsa-da katta daraxtlarni yiqitadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qilgan gapirmaydi, qilmagan ko\u2018p gapiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta kemani yasagan usta kosibning qanday qilib oyoq kiyim tikishiga lol qolar ekan.<\/p>\n<p>\u2022 Kechasi bilan yer haydagan ham o\u2018ldi.<\/p>\n<p>\u2022 Baxtsizlikda chidamsiz bo\u2018lgan odam \u2014 baxtsiz.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyodagi eng qiyin narsa \u2014 yaxshi nom qozonish.<\/p>\n<p>\u2022 Quvnoq davraga shoshilma, muhtojlik bor joyga shoshil.<\/p>\n<p>\u2022 Boyning xo\u2018rozi ham tug\u2018adi.<\/p>\n<p>\u2022 Novvoyning xizmatkori va iti doim och.<\/p>\n<p>\u2022 Enaga ikkita bo\u2018lsa chaqaloq ochdan o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon qo\u2018shnidan olov ham so\u2018rama.<\/p>\n<p>\u2022 Asali bor qo\u2018lini yalaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018yi yo\u2018qning pichog\u2018i o\u2018tmas.<\/p>\n<p>\u2022 Chumolining ko\u2018zi yo\u2018q edi, u kipriklari bilan ibodat qilardi.<\/p>\n<p>\u2022 Johilning aqli boshida emas, ko\u2018zida.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018ymasning xizmatkori va iti och.<\/p>\n<p>\u2022 Burgutning ikkitadan ortiq jo\u2018jasi bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakning shoxi o\u2018smadi \u2014 u o\u2018zini hamon ho\u2018tikcha hisoblaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Asalarining boshi asalda, lekin hamon asal qidiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Omadlining xotini kuladi, omadsizning buqasi o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi ovchining quroli zanglamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Zarar qalampirdan achchiq.<\/p>\n<p>\u2022 Tulkini ko\u2018rsang \u2014 ot, tutsang \u2014 terisini shil.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018lib qolgan atirgul ham chayono\u2018tdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Nasihat puldan qimmat.<\/p>\n<p>\u2022 Vijdon azobi qamchidan kuchli.<\/p>\n<p>\u2022 Tuyani o\u2018g\u2018irlagan ham, ignani o\u2018g\u2018irlagan ham \u2014 o\u2018g\u2018ri.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shningning aqlini qarzga ololmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon do\u2018stdan aqlli dushman afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Xirmonni kutadilar.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018kkan yana suvga tushibdi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019rganish boylikdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019rganish \u2014 bilimning urug\u2018i, bilim \u2014 baxtning urug\u2018i.<\/p>\n<p>\u2022 Maqtanchoqlik \u2014 qo\u2018rqoqning odati.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi otga arpa qo\u2018shadilar, yomon otga \u2014 qamchi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi shogird \u2014 ustaning quvonchi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018rining yetti terisini shilib olsang ham bo\u2018riligicha qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Botir jangda jasorat bilan o\u2018ladi, qo\u2018rqoq \u2014 otxonada uchrashuv kutib.<\/p>\n<p>\u2022 Qoralamoq maqtamoqdan oson.<\/p>\n<p>\u2022 Vaqtlar boshqaradi, shohlar emas.<\/p>\n<p>\u2022 Shoh g\u2018azablansa \u2014 xalqqa bor, xalq g\u2018azablansa \u2014 qoch.<\/p>\n<p>\u2022 Boylikning qadrini uni topganda bilasan, do\u2018stning qadrini \u2014 yo\u2018qotganda.<\/p>\n<p>\u2022 Odam yuragi bilan kuchli, daraxt \u2014 ildizi bilan.<\/p>\n<p>\u2022 Odam odatlaridan emas, iymonidan tez ayriladi.<\/p>\n<p>\u2022 Odam odamga intiladi, hayvon \u2014 o\u2018rmonga.<\/p>\n<p>\u2022 Go\u2018ngni qancha kovlasang, shuncha sasiydi.<\/p>\n<p>\u2022 Gap qancha ko\u2018p bo\u2018lsa, ish shuncha oz bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sarimsoqning hidi sirkada uch yil saqlanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Chinor baland o\u2018sgani bilan meva bermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yozda g\u2018amlaganing qishda kerak bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Boshqalar qilsa yuragim og\u2018riydi, o\u2018zim qilsam \u2014 belim.<\/p>\n<p>\u2022 Kabobni shunday qilki, siz ham, kabob ham kuymasin.<\/p>\n<p>\u2022 Zararkunanda mushuk qo\u2018lda tayoq ko\u2018rsa \u2014 devorga yuguradi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Men va bo\u2018ri tuyani yiqitdik&#8221;, \u2014 debdi tulki.<\/p>\n<p>\u2022 Til suyaksiz, so\u2018z bojsiz.<\/p>\n<p>\u2022 Karning tilini onasi tushunadi.<\/p>\n<p>\u2022 Odamning tili sharaf ham, uyat ham keltiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Oxur sigirga bormaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimalari<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2022 Itlar yo\u2018q joyda mushuklar huriydi. \u2022 Eshakdan: &#8220;Sening nechta xotining bor?&#8221;, \u2014 deb so\u2018rashdi. U butun podani ko\u2018rsatdi. \u2022 Tarbiyasiz otga minib Xudoni esdan chiqaradi, otdan tushib \u2014 otni. \u2022 Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash. \u2022 Ko\u2018rlar orasida bir ko\u2018zli ham qo\u2018mondon. \u2022 Odam yig\u2018lab tug\u2018ilib, ingrab o\u2018ladi. \u2022 Odamning tug\u2018ilishi \u2014 birinchi kun, uylanishi \u2014 ikkinchi kun, <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=747\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[485,483],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/747"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=747"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/747\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":749,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/747\/revisions\/749"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=747"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=747"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=747"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}