{"id":759,"date":"2010-10-21T14:00:23","date_gmt":"2010-10-21T09:00:23","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=759"},"modified":"2010-10-21T14:00:23","modified_gmt":"2010-10-21T09:00:23","slug":"chechen-ingush-xalq-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=759","title":{"rendered":"Chechen-ingush xalq maqollari"},"content":{"rendered":"<p>\u2022 Uzoqdagi surnay yoqimli eshitiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Oldinga qaramay qadam tashlama, atrofga qaramay so\u2018z boshlama.<\/p>\n<p>\u2022 Behuda akillagan it bo\u2018riga yem bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 G\u2019iybatni eshitish \u2015 kasallik, eshitmaslik \u2015 dori.<\/p>\n<p>\u2022 Chiroyli qiz eski ko\u2018ylakda ham chiroyli.<\/p>\n<p>\u2022 Muqarrar mag\u2018lubiyatdan chekinish qo\u2018rqoqlik emas.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018z tog\u2018ni ham joyidan jildiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Mevadek shirin bo\u2018lma, kim oldingdan o\u2018tsa, yeb ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Go\u2018zallik \u2015 kechgacha, ezgulik \u2015 o\u2018limgacha.<\/p>\n<p>\u2022 Ikkita xotini borga it kerak emas.<\/p>\n<p>\u2022 Sovuq bo\u2018lmasa ko\u2018lning sathi muz bilan qoplanmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bulutsiz yomg\u2018ir yog\u2018maydi, kulfatsiz ko\u2018zga yosh kelmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Teshik idishni to\u2018ldirib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Oq qo\u2018llar boshqaning mehnatini sevadi.<\/p>\n<p>\u2022 Boylik bilan aql sotib ololmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Vaysaqini baliq ovlashga ham olib borma.<\/p>\n<p>\u2022 Akasiz uka \u2015 qanotsiz lochin, akasiz singil \u2015 yalang\u2018och xipchin.<\/p>\n<p>\u2022 Daydi it tayoq yemay qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ba\u2019zida aravani qayiqqa ortishadi, ba\u2019zida qayiqni \u2015 aravaga.<\/p>\n<p>\u2022 Tezoqar suv dengizgacha yetolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Buqa suti sigirnikidan quyuq.<\/p>\n<p>\u2022 Mevasiz daraxtni qoqmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Qaysi ovulda qorong\u2018i tushsa, o\u2018sha ovulda tuna.<\/p>\n<p>\u2022 Ahil bo\u2018lmagan oilada yaxshilik bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir kaftga ikki tarvuz sig\u2018maydi.<\/p>\n<p>\u2022 Birovlar uchun teshgan teshikka o\u2018zing tushasan.<\/p>\n<p>\u2022 Xushmuomalalik qullikdan taxtga erishtiradi, yomon fe\u2019l taxtdan qullikka yetaklaydi.<\/p>\n<p>\u2022 G\u2019azablangan ot qoziqqa qoqinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Suv boshidan toza.<\/p>\n<p>\u2022 Tishsiz bo\u2018ri bo\u2018lmaydi, sovuqsiz \u2015 qish.<\/p>\n<p>\u2022 Qarigan bo\u2018ri chigirtkalarni ov qilarkan.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018ri o\u2018g\u2018rini taniydi.<\/p>\n<p>\u2022 Birinchi marta boyigan kunduzi ham chiroq yoqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh nur sochgan yerga \u2015 urug\u2018 ek, urug\u2018ni qaerga eksang \u2015 soyasi tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Botqoq bo\u2018lgan joyda nam qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon boyib ketsa xotinni ikkita qiladi, dono \u2015 uy ko\u2018taradi.<\/p>\n<p>\u2022 Onaning g\u2018azabi qorga o\u2018xshaydi: ko\u2018pgina yog\u2018ib, tezda eriydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p gapirish \u2015 kumush, sukut \u2015 oltin.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Mehmon suv so\u2018rasa \u2015 demak och emas, so\u2018ramasa \u2015 ro\u2018za tutgan&#8221;, \u2015 deydi xasis beka.<\/p>\n<p>\u2022 Aravadagi yukning qanchaligini uning egasi biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Nok daraxtining yoniga nok to\u2018kiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Asli kirni suv bilan ham tozalab bo\u2018lmaydi, asli tozaga o\u2018t yoqib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018sting bergan otning tishiga qarama.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki dushman bir tom ostida yasholmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki marta aytilganni bulut ham eshitadi.<\/p>\n<p>\u2022 Harakat \u2015 o\u2018smirning baxti, halovat \u2015 qizning baxti.<\/p>\n<p>\u2022 Onasi maqtagan qizning qadri past.<\/p>\n<p>\u2022 Yeyish uchun olmani ol, maza uchun \u2015 nokni, olxo\u2018rini bitta tishlab, tashlab yubor.<\/p>\n<p>\u2022 Kech qolganning haqini mushuk yeb qo\u2018ydi.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stlarning qadr-qimmati ularning sonida emas.<\/p>\n<p>\u2022 Uzoqdagi do\u2018st qo\u2018riqlanadigan qo\u2018rg\u2018onga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stning eskisi yaxshi, po\u2018stinning \u2015 yangisi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahil mushuklar noahil bo\u2018rilarni yengadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ovqat \u2015 tana ozig\u2018i, tush \u2015 tetiklik ozig\u2018i.<\/p>\n<p>\u2022 Xalq birligi \u2015 mustahkam qal\u2019a.<\/p>\n<p>\u2022 Uch kishiga qilingan ovqat to\u2018rt kishiga yetib ortdi.<\/p>\n<p>\u2022 Go\u2018sht qurtlasa tuzlaymiz, tuz achisa nima qilamiz?<\/p>\n<p>\u2022 Agar ho\u2018kiz ozimasa, oila semirmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar uyda hurmating bo\u2018lmasa, uyning devorida ham hurmating bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p yesang asal ham taxir.<\/p>\n<p>\u2022 Ta\u2019bingga mosi topilmasa, imkon qadari ham bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Iloji bo\u2018lganda otaning terisini ham olib qolishardi.<\/p>\n<p>\u2022 Ota yegani bilan bolasi semirmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon odam mehmonga kelsa ham, uni yaxshilab boq.<\/p>\n<p>\u2022 Sen tulki bo\u2018lsang, men uning dumiman.<\/p>\n<p>\u2022 Insonni bilmoqchi bo\u2018lsang, uning do\u2018stlariga boq.<\/p>\n<p>\u2022 Ayolning aqli qurbaqaning dumidan qisqa.<\/p>\n<p>\u2022 Daryo bo\u2018yida yashagan kechuvni biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ma\u2019rasang \u2015 bo\u2018riga yem bo\u2018lasan, ma\u2019ramasang \u2015 cho\u2018pon so\u2018yib yuboradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kir bo\u2018lsang suvni ayama.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018pni xohlasang \u2015 ozga erishasan.<\/p>\n<p>\u2022 Sog\u2018lom bemorning ahvolini bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kelinga g\u2018ijirlagan tish bolasini tishlab oldi.<\/p>\n<p>\u2022 Eng go\u2018zal odamga ham uning bo\u2018yni uzun ekan, deyishdi.<\/p>\n<p>\u2022 Sovchilikda itning oxurini ham misdan deyishadi.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018q bo\u2018lsang ham yo\u2018lga ovqat yemay chiqma, kun issiq bo\u2018lsa ham ko\u2018ylaksiz chiqma.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakni tarbiyalaganing bilan ot bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Echkining shoxidan sop chiqmaydi, opaning bolasi bola o\u2018rnini bosmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Begona joyda tozi it quyonni tuta olmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Mingta do\u2018sti bor \u2015 qoldi, ming bosh ho\u2018kizi bor \u2015 o\u2018ldi.<\/p>\n<p>\u2022 Qabohat qidirgan yomonlikdan qolmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Oti bor qolib, egari bor manzilga yetdi.<\/p>\n<p>\u2022 Omadsizning uyiga kundosh keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma o\u2018z boshini qashiydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tosh qolib, suv ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bekorchi gapdan bo\u2018tqa yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon qo\u2018lidagi hanjar botirning qilichidan xavfli.<\/p>\n<p>\u2022 Kalla bo\u2018sh bo\u2018lsa, oyoq charchaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eng chiroyli narsani keltirish amr qilinganida, qarg\u2018a jo\u2018jasini olib keldi.<\/p>\n<p>\u2022 Och qolsang hech qachon to\u2018ymasam kerak deb o\u2018ylaysan, to\u2018q bo\u2018lsang hech qachon och qolmayman deb fikr qilasan.<\/p>\n<p>\u2022 Nima yaxshi, deb so\u2018rashganda, quyon javob berdi: &#8220;It seni ko\u2018rib qolmasidan avval uni ko\u2018rish&#8221;.<\/p>\n<p>\u2022 Agar bo\u2018ri ko\u2018rib qolmaganida echki Ka\u2019bagacha bormoqchi edi.<\/p>\n<p>\u2022 Uxlab qolsang, yostiq tanlamaysan, sevib qolsang, chiroy tanlamaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Tikanak boshida juda o\u2018tkir o\u2018sadi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushukka \u2015 bayram, sichqonga \u2015 o\u2018lim.<\/p>\n<p>\u2022 Qishloqqa qarshi kurashgan \u2015 uysiz qoladi, shohga qarshi kurashgan \u2015 boshsiz.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019tin tashigan kulini ham tashiydi.<\/p>\n<p>\u2022 Natijasini o\u2018ylagan botir bo\u2018lolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tuz yegan suv ham ichadi.<\/p>\n<p>\u2022 Echkini yeganning boshi og\u2018riydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yozda bir kun yo\u2018qotgan qishda o\u2018n kun och qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning yomonligidan qo\u2018rqmagan o\u2018zining yaxshiligidan ham quvonmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ho\u2018kiz boqishni xohlagan kurak ishlatishni yomon ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Kattaning gapiga kirmagan katta chuqurga quladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sarimsoq sotgani ketgan piyoz olib qaytdi.<\/p>\n<p>\u2022 Igna qaerga bo\u2018lsa, ip ham o\u2018sha yerga harakatlanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Onasi qaerga sakrasa, echkicha ham o\u2018sha yerga sakraydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mehmon nazar qilmagan joyga xayr ham nazar qilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018roz bo\u2018lib qichqirmoqchi bo\u2018lgan tovuq sinib qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi so\u2018z ilonni inidan chiqaradi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon bo\u2018lish oson, yaxshi bo\u2018lish qiyin.<\/p>\n<p>\u2022 Yozda ishlamasang, qishda qozon qaynamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasaning yuvinishi ham uzoq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Kuzdagi bug\u2018udan qo\u2018lingdagi bedana yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo\u2018shni afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yer insonni boqqaniday ona bolani boqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qasos eskiradi, lekin unutilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Vaqtida yolg\u2018on yaxshi, har doim rost yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Kaftingga ursalar tayoq bilan javob ber.<\/p>\n<p>\u2022 Qishdan qo\u2018rqma, ortidan bahor keladi, kuzdan qo\u2018rq, ketidan qish keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Farzand bo\u2018lmaguncha boshpana ham bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Daryo doim ham bitta o\u2018zanda oqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir kunda to\u2018lash kerak bo\u2018lgan qarzni o\u2018sha kuniyoq to\u2018lamasang, bir yil azobda o\u2018tasan.<\/p>\n<p>\u2022 Bilmadim \u2015 bitta so\u2018z; bilaman, ko\u2018rdim \u2015 mingta so\u2018z.<\/p>\n<p>\u2022 Ho\u2018kizni emas, maysani qidir.<\/p>\n<p>\u2022 Daryo har kuni ham axlat olib kelmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019ylamay gapirma, gapirdingmi o\u2018z so\u2018zingdan qolma.<\/p>\n<p>\u2022 Sixni qizdirmay kabobni pishirolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Otni urolmagan egarni uradi.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018zingda turmasang, qasamingdan ham tonasan.<\/p>\n<p>\u2022 Ketmonga o\u2018xshab faqat o\u2018zing uchun harakat qilma, chopqiga o\u2018xshab faqat boshqalarga ishlama, arraga o\u2018xsha: o\u2018zinggayam, boshqalarga ham foydang tegsin.<\/p>\n<p>\u2022 Kambag\u2018allikda yashash oson, boy bo\u2018lib yashash qiyin.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018st bo\u2018lmoqchimasmisan \u2015 tanishma.<\/p>\n<p>\u2022 Osmon yorug\u2018 \u2015 go\u2018r zulmat.<\/p>\n<p>\u2022 Qaynoq bo\u2018tqani yeyish ham oson ish emas.<\/p>\n<p>\u2022 Bulutli havo ochiq havo bilan almashadi, lekin yomon odam yaxshi bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zini tuta olmaslik \u2015 nodonlik, sabr \u2015 aql.<\/p>\n<p>\u2022 Ishonchdan qimmatli narsa yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Hayotdan shirin narsa yo\u2018q, ko\u2018zdan tez narsa yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Pakana odam doim o\u2018zini sevadi.<\/p>\n<p>\u2022 Sho\u2018rvadan kuygan suvni ham puflab ichadi.<\/p>\n<p>\u2022 Eringga hushmuomala bo\u2018l, lekin sirtdan kafan tayyorla.<\/p>\n<p>\u2022 Olovni faqat olov bilan yoqiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Olov suv bilan chiqishmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yozning bir kuni qishning bir oyini boqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta uchqun butun ovulni yondirdi.<\/p>\n<p>\u2022 Semiz eshak jardan yiqildi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak \u2015 boylik emas, somon \u2015 yem emas, zardob \u2015 sadaqa emas.<\/p>\n<p>\u2022 Eshak uning qulog\u2018idan tortishganidan so\u2018nggina eshakligini bilib qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018chish \u2015 xonavayron bo\u2018lish.<\/p>\n<p>\u2022 Kuzda ochirilgan xo\u2018rozcha xo\u2018roz bo\u2018lolmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon avlod ajdodlarini maqtaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tegirmonda bo\u2018lgan urushda bo\u2018lgan bilan tortishdi.<\/p>\n<p>\u2022 Suvga borishni o\u2018rgangan ko\u2018za daryoda qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Og\u2018izdan chiqmagan so\u2018z \u2015 sening quling, chiqib ketganiga sen qulsan.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lik kafansiz qolmadi, kelin \u2015 sepsiz.<\/p>\n<p>\u2022 Ishlayotganlar orasiga tushsang \u2015 ishla, yeyayotganlar orasiga tushsang \u2015 ye.<\/p>\n<p>\u2022 Zotli qush inidan kuylashni boshlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mol o\u2018g\u2018irlangandan so\u2018ng molxonani qulflamaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Chinor qulaganda ovozi chiqmasa, qulagandan so\u2018ng ham chiqmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yoz bo\u2018yi yotgan qish bo\u2018yi yuguradi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Ayiq bilan bo\u2018ri urushaversin, moyli ko\u2018zani men yeyman&#8221;, \u2015 debdi tulki.<\/p>\n<p>\u2022 Uyni yondirsa ham olov yaxshi, dalani yondirsa ham Quyosh yaxshi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir marta qoqilsang, yana yetti marta qoqinasan.<\/p>\n<p>\u2022 Quruq gap bilan mehmonni boqolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Sharmandali hayotdan yaradan o\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Ketishdagi emas, kelishdagi o\u2018lchov to\u2018g\u2018ri.<\/p>\n<p>\u2022 Molboqarni so\u2018kishsa, ikki echkisi bor uyalib ketdi.<\/p>\n<p>\u2022 Qurol bir kishi o\u2018ldiradi, til \u2015 ming kishini.<\/p>\n<p>\u2022 Izg\u2018igan tulki yotgan bo\u2018rini yutdi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018ntakda pul bilan qorli tog\u2018dan tarvuz olasan.<\/p>\n<p>\u2022 Xotining bilan maslahatlash, lekin teskarisini qil.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019t bilan o\u2018ynashma, suvga ishonma.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi do\u2018st bilan dunyoning narigi chetiga ham ketsang arziydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qizingga ayt \u2015 kelining eshitsin.<\/p>\n<p>\u2022 Xunuk\u00a0 qarg\u2018a xunuk qag\u2018illaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakning oldida turgan sigir eshakka o\u2018xshab hangradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018r boshqaning ko\u2018zidagi dog\u2018ni ko\u2018ribdi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Bilmayman&#8221; so\u2018zi ming dinordan qimmat.<\/p>\n<p>\u2022 Xotinning o\u2018limi \u2015 to\u2018shak almashishi.<\/p>\n<p>\u2022 Itning dumiga suv yetmaguncha suzmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tishlangan olmani qayta yopishtirib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qarisang \u2015 yosharmaysan, o\u2018lsang \u2015 iymon keltirmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Suvdan qutulib tegirmon ostida qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Sen mag\u2018rur qo\u2018y bo\u2018lsang ham bo\u2018rilar o\u2018sha-o\u2018sha.<\/p>\n<p>\u2022 Qari bola ko\u2018rmoqchi edi, zo\u2018riqishdan o\u2018lib qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning tanasidagi o\u2018q daraxtga sanchilgan kabidir.<\/p>\n<p>\u2022 Jinni mastga yo\u2018l bo\u2018shatdi.<\/p>\n<p>\u2022 Bola uylandi \u2015 onaning beli egildi, qizini chiqardi \u2015 beli to\u2018g\u2018rilandi.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018kin kuz chiroyli bahordan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bashang kiyingan menga turmushga chiqmaydi, oddiy ko\u2018ylakdagini men olmayman.<\/p>\n<p>\u2022 Quyosh chiqmagan yer isimaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sabr \u2015 g\u2018alaba qarorgohi.<\/p>\n<p>\u2022 Pismiqqa ishonma, tezobdan qo\u2018rqma.<\/p>\n<p>\u2022 Faqat urushgina urushga zarba beradi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018riga faqat o\u2018g\u2018ri yordam beradi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuragi bepushtning tili serpush.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ridan qo\u2018rqqan cho\u2018ponning qo\u2018ylari ko\u2018paymaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Erta turgan cho\u2018ponning qo\u2018ylari ikkitadan tug\u2018adi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshigi oldida xo\u2018roz ham botir.<\/p>\n<p>\u2022 Yomg\u2018irdan qochib, sharsharada qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Yozda ilonni ko\u2018rgan qishda arqondan ham qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Nodonning aqli \u2015 sukut.<\/p>\n<p>\u2022 Bolalikda olingani toshga o\u2018yilgandek.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakning dumiga osilgan cho\u2018kib ketdi, otning dumiga osilgan omon qoldi.<\/p>\n<p>\u2022 Bilim \u2015 ziyo, bilmaslik \u2015 zulmat.<\/p>\n<p>\u2022 Maqtalgan chavandoz bilan ot uzoqqa chopolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sen turgan tepalik balandga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi qurbaqa o\u2018z botqog\u2018ida yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi otga bir qamchi ursang bir yilga yetadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi farzand ota qalbini quvnatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi farzand \u2015 qo\u2018rg\u2018on, yomon farzand \u2015 kulfat.<\/p>\n<p>\u2022 Makkaga olib borsang ham sarimsoqning achchiqligi qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tovuq kabi yashagandan xo\u2018roz kabi o\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Tilamchilik qilgandan cho\u2018pon bo\u2018lish sharafliroq.<\/p>\n<p>\u2022 Qozondagini kapgir biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Aqlda bori so\u2018zga sakrab chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Senga nima yoqsa, o\u2018sha go\u2018zal.<\/p>\n<p>\u2022 Olmadan faqat olma pishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Tilning oyog\u2018i yo\u2018q, lekin uzoqqa boradi.<\/p>\n<p><strong> <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimalari<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2022 Uzoqdagi surnay yoqimli eshitiladi. \u2022 Oldinga qaramay qadam tashlama, atrofga qaramay so\u2018z boshlama. \u2022 Behuda akillagan it bo\u2018riga yem bo\u2018ladi. \u2022 G\u2019iybatni eshitish \u2015 kasallik, eshitmaslik \u2015 dori. \u2022 Chiroyli qiz eski ko\u2018ylakda ham chiroyli. \u2022 Muqarrar mag\u2018lubiyatdan chekinish qo\u2018rqoqlik emas. \u2022 Yaxshi so\u2018z tog\u2018ni ham joyidan jildiradi. \u2022 Mevadek shirin bo\u2018lma, kim oldingdan o\u2018tsa, yeb ketadi. \u2022 Go\u2018zallik <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=759\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[490,491],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/759"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=759"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/759\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":761,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/759\/revisions\/761"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=759"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=759"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=759"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}