{"id":811,"date":"2011-01-27T12:13:09","date_gmt":"2011-01-27T07:13:09","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=811"},"modified":"2011-02-08T12:14:10","modified_gmt":"2011-02-08T07:14:10","slug":"fransuz-xalq-maqollari","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=811","title":{"rendered":"Fransuz xalq maqollari"},"content":{"rendered":"<p>\u2022 Toza vijdondan ko\u2018ra yumshoq yostiq yo\u2018q.<br \/>\n\u2022 Ayol \u2015 xudoning go\u2018zal ne\u2019mati, agar uni shayton totib qo\u2018ymagan bo\u2018lsa.<br \/>\n\u2022 Sirkadan ko\u2018ra asalning atrofida pashsha ko\u2018p bo\u2018ladi.<br \/>\n\u2022 Cherkovga emas, xudoga yaqin bo\u2018l.<br \/>\n\u2022 Yigirma yoshli qizni yigitlardan asragandan ko\u2018ra sichqonni mushukdan asragan osonroq.<br \/>\n\u2022 O\u2019lim sevgini qo\u2018rqitmaydi.<br \/>\n\u2022 Faqatgina ahmoq o\u2018z fikrini o\u2018zgartirmaydi.<br \/>\n\u2022 Shoirlar qishloqda tug\u2018ilib, Parijda vafot etadilar.<br \/>\n\u2022 Xudo uch toifaga yordam beradi: bolalarga, jinnilarga va mastlarga.<br \/>\n\u2022 Bandasidan emas, Xudodan tila.<br \/>\n\u2022 Bir gunohga ikki marta tavba qilinmaydi.<br \/>\n\u2022 Sevgi bor joyda hujum ham bor.<br \/>\n\u2022 G\u2019azab \u2015 do\u2018st ham emas, maslahatchi ham emas.<br \/>\n\u2022 Urushqoq xo\u2018roz semiz bo\u2018lmaydi.<br \/>\n\u2022 Shayton uxlamaydi.<br \/>\n\u2022 Haqiqat o\u2018z yog\u2018dusi bilan nur sochadi.<br \/>\n\u2022 Kim hamma narsaga yarayman desa, hech narsaga yaramaydi.<br \/>\n\u2022 Qarz berganning yuzi doim yoqimsiz.<br \/>\n\u2022 Qazg\u2018oqqa qarshi eng yaxshi dori \u2015 jallod kundasi.<br \/>\n\u2022 Taqirbosh shaytonning boshini tarolmaysan.<br \/>\n\u2022 Sevgi va o\u2018lim to\u2018siq bilmaydi.<br \/>\n\u2022 Maydalab yoqqan yomg\u2018ir istalgan shamoldan kuchli.<br \/>\n\u2022 Asalarining asali shirin bo\u2018lsa-da nayzasi achchiq.<br \/>\n\u2022 O\u2019lik ilonning nishi ham o\u2018lik.<br \/>\n\u2022 Rimda yashashni xohlasang papa bilan olishma.<br \/>\n\u2022 Sevgida aldagan odam nafratga ham arzimaydi.<br \/>\n\u2022 Nimaiki benuqson bo\u2018lsa, u yomon.<br \/>\n\u2022 Sevgida jangdagi kabi vaqt qadrli.<br \/>\n\u2022 Yaxshi havoda dengizchi bo\u2018lish oson.<br \/>\n\u2022 Bo\u2018ri terisini o\u2018zgartirsa ham fe\u2019lini o\u2018zgartirmaydi.<br \/>\n\u2022 Bo\u2018ri qo\u2018ylarga qorovul emas.<br \/>\n\u2022 Vaqt \u2015 buyuk usta.<br \/>\n\u2022 Hamma tulki dumini o\u2018zicha likillatadi.<br \/>\n\u2022 Xudo qaerga xohlasa, yomg\u2018ir o\u2018sha yerga yog\u2018adi.<br \/>\n\u2022 Tog\u2018 bor yerda vodiy ham bor.<br \/>\n\u2022 Xalq ovozi \u2015 Haq ovozi.<br \/>\n\u2022 Ochlik eshikda, sevgi oynada.<br \/>\n\u2022 Qurt kabi yalang\u2018och.<br \/>\n\u2022 Momaqaldiroq gurillaydi, lekin buzmaydi.<br \/>\n\u2022 Hazilda ham me\u2019yor bo\u2018lishi lozim.<br \/>\n\u2022 Frantsiyadagi eng go\u2018zal xonim ham faqatgina o\u2018zida borini bera oladi.<br \/>\n\u2022 Uyda devorlar ham yordam beradi.<br \/>\n\u2022 Insonning qandayligi uning qilig\u2018idan bilinadi.<br \/>\n\u2022 Bu kiyim unga sigirga fartuk taqqanday o\u2018tirdi.<br \/>\n\u2022 Hayvonlar ham odamdek, faqat ular cho\u2018qintirilmagan.<br \/>\n\u2022 Bo\u2018ri qaerdan o\u2018tishini bilganimda chox qazib qo\u2018yardim.<br \/>\n\u2022 Har kuni to\u2018ldirib borilmaydigan bilim har kuni o\u2018lib boradi.<br \/>\n\u2022 Har kuni kovlab borilsa, baland tog\u2018 ham yiqiladi.<br \/>\n\u2022 Egri daraxt ham to\u2018g\u2018ri yonadi.<br \/>\n\u2022 Ko\u2018r kaptar ham donni topa oladi.<br \/>\n\u2022 Hamma o\u2018z-o\u2018ziga, Xudo hamma uchun.<br \/>\n\u2022 Haqiqiy olim rassom ham, shoir ham bo\u2018lishi kerak.<br \/>\n\u2022 Har nuqsonning bir fazilati bo\u2018ladi, har fazilatning bir nuqsoni bo\u2018ladi.<br \/>\n\u2022 Avliyo qanday bo\u2018lsa, karomati ham shunday.<br \/>\n\u2022 Kimni sevsam, uni uraman.<br \/>\n\u2022 Qimorda omadi borning sevgida omadi bo\u2018lmaydi.<br \/>\n\u2022 Yurakcha kabi go\u2018zal.<br \/>\n\u2022 Kim uzr so\u2018rasa, o\u2018zini ayblaydi.<br \/>\n\u2022 Kim ishni hal qilsa, unga maslahat shart emas.<br \/>\n\u2022 Ko\u2018p uxlagan kambag\u2018allashadi.<br \/>\n\u2022 Kim qarilikda yosh bo\u2018laman desa, yoshligida qari bo\u2018lmog\u2018i lozim.<br \/>\n\u2022 Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi do\u2018st afzal.<br \/>\n\u2022 Va\u2019da qilib bermagandan, va\u2019da qilmay bergan afzal.<br \/>\n\u2022 Yuzta pashshadan bitta asalari afzal.<br \/>\n\u2022 Cho\u2018pon qizni sevgan qirolichani sevgandan afzal.<br \/>\n\u2022 Aqlsiz do\u2018stdan aqlli dushman afzal.<br \/>\n\u2022 Sevgi \u2015 undan qutulish xohlanmaydigan yagona kasallikdir.<br \/>\n\u2022 Sevgi eshakni ham raqsga o\u2018rgatadi.<br \/>\n\u2022 Sevgi popni ham raqs tushishga majbur qiladi.<br \/>\n\u2022 Sevgining ko\u2018zi ko\u2018r.<br \/>\n\u2022 Sevgi vaqtni o\u2018ldiradi, vaqt sevgini.<br \/>\n\u2022 Odamlar qovunga o\u2018xshaydi: o\u2018ntasidan bittasi yaxshi.<br \/>\n\u2022 Yugurmasdan vaqtida yo\u2018lga chiq.<br \/>\n\u2022 Hammaga ma\u2019lum bo\u2018lgan narsani maslahat berma.<br \/>\n\u2022 Xudoga ham, odamga ham birdek xizmat qila olmaysan.<br \/>\n\u2022 Sabrlilar bepul erishadigan narsani sabrsizlar doim qimmatga olishadi.<br \/>\n\u2022 Pishloq yeyilgan bo\u2018lsa mushukni so\u2018kishdan ne naf?<br \/>\n\u2022 Odamga ko\u2018rinadigan narsani Xudodan yashirishdan ne naf?<br \/>\n\u2022 Do\u2018stingga qarz berib, do\u2018stingdan ham, pulingdan ham ayrilasan.<br \/>\n\u2022 Bitta do\u2018st yuzta avliyodan afzal.<br \/>\n\u2022 Burgut pashshani ovlamaydi.<br \/>\n\u2022 Eshak urg\u2018ochi eshakka xushsurat bo\u2018lib ko\u2018rinadi.<br \/>\n\u2022 Ehtiyotkorlik \u2015 ishonchning onasi.<br \/>\n\u2022 Sevgi tufayli xuddi kasallik kabi ishtaha va tush yo\u2018qotiladi.<br \/>\n\u2022 Eshakdan mol go\u2018shti kutma.<br \/>\n\u2022 Bo\u2018rining ishqi tushgan cho\u2018ponga qiyin.<br \/>\n\u2022 Baraban bilan quyonni tutolmaysan.<br \/>\n\u2022 Ovqat yeb bo\u2018lingandan so\u2018ng murchning keragi yo\u2018q.<br \/>\n\u2022 Mag\u2018lubiyatga sabr qilib, hammasini boshidan boshla.<br \/>\n\u2022 Ko\u2018pincha o\u2018zingnikilar xiyonat qiladi.<br \/>\n\u2022 O\u2019z dardingni gapirib, ko\u2018pincha yengil tortasan.<br \/>\n\u2022 Rashk sehrgarlikdan yomon.<br \/>\n\u2022 Qo\u2018llar sovuq, yurak qaynoq.<br \/>\n\u2022 Ko\u2018zdan uzoq \u2015 yurakdan uzoq.<br \/>\n\u2022 Sevgi bilan hazillashib bo\u2018lmaydi.<br \/>\n\u2022 Sevgi bilan vaqt o\u2018tadi, vaqt bilan sevgi ham o\u2018tadi.<br \/>\n\u2022 Eng aqlli odam sukut qiladi.<br \/>\n\u2022 O\u2019zingning eshaging qo\u2018shnining otidan afzal.<br \/>\n\u2022 Yurakka buyruq berib bo\u2018lmaydi.<br \/>\n\u2022 Haqiqatni aytish uchun joy kam, uni yashirishga o\u2018n olti sahifa ham yetmaydi.<br \/>\n\u2022 Dengizga bir stakan suv quyganing bilan uning suvi ko\u2018payib qolmaydi.<br \/>\n\u2022 Eski sevgi uzoq eslanadi.<br \/>\n\u2022 Qarilik \u2015 quvnoqlik emas.<br \/>\n\u2022 Nodon qariya yoshlardan ham nodon.<br \/>\n\u2022 O\u2019rmonning qulog\u2018i bor, dalaning ko\u2018zi bor.<br \/>\n\u2022 Pulning qadrini bilmoqchi bo\u2018lsang qarz ol.<br \/>\n\u2022 Oqsoq erga \u2015 qiyshiq xotin.<br \/>\n\u2022 Mixdek ozg\u2018in.<br \/>\n\u2022 Shayton qanchaga ega bo\u2018lsa, yana shunchani xohlaydi.<br \/>\n\u2022 Kechikib kelgan sevgi ehtirosli bo\u2018ladi.<br \/>\n\u2022 Ko\u2018mirdek qora.<br \/>\n\u2022 Yangi tangadek toza.<br \/>\n\u2022 Ko\u2018z ko\u2018rmaganini yurak ham eslab qolmaydi.<br \/>\n\u2022 Yurakdan chiqqan yurakka yetib boradi.<br \/>\n\u2022 Shaytondan kelgan har ish shaytonga yetaklaydi.<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojialiyev tarjimalari<\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2022 Toza vijdondan ko\u2018ra yumshoq yostiq yo\u2018q. \u2022 Ayol \u2015 xudoning go\u2018zal ne\u2019mati, agar uni shayton totib qo\u2018ymagan bo\u2018lsa. \u2022 Sirkadan ko\u2018ra asalning atrofida pashsha ko\u2018p bo\u2018ladi. \u2022 Cherkovga emas, xudoga yaqin bo\u2018l. \u2022 Yigirma yoshli qizni yigitlardan asragandan ko\u2018ra sichqonni mushukdan asragan osonroq. \u2022 O\u2019lim sevgini qo\u2018rqitmaydi. \u2022 Faqatgina ahmoq o\u2018z fikrini o\u2018zgartirmaydi. \u2022 Shoirlar qishloqda tug\u2018ilib, Parijda vafot <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=811\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/811"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=811"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/811\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":813,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/811\/revisions\/813"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=811"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=811"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=811"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}