{"id":814,"date":"2011-02-08T15:24:23","date_gmt":"2011-02-08T10:24:23","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=814"},"modified":"2011-02-08T15:24:23","modified_gmt":"2011-02-08T10:24:23","slug":"ingliz-xalq-maqollari-2-qism","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=814","title":{"rendered":"Ingliz xalq maqollari. 2-qism"},"content":{"rendered":"<p>\u2022 Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o\u2018xshaydi.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Ertaga&#8221; hech qachon kelmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do\u2018st yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Buyuklikdan telbalikkacha \u2015 bir qadam.<\/p>\n<p>\u2022 Eng yaxshi vinoda ham zahar bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana.<\/p>\n<p>\u2022 Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig\u2018lasang yolg\u2018iz yig\u2018la.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir odam o\u2018z baxtining me\u2019mori.<\/p>\n<p>\u2022 Taqiqlangan mevalar shirin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qisqalik \u2015 aqlning qalbi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar it boqsang, o\u2018zing hurima.<\/p>\n<p>\u2022 It bilan yotgan burga bilan uyg\u2018onadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bukrining ustidan kulgan o\u2018zi doim to\u2018g\u2018ri yurishi lozim.<\/p>\n<p>\u2022 Birdaniga ikki quyon ortidan yugursang, bittasini ham tutolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Kitoblar va do\u2018stlar oz bo\u2018lmog\u2018i lozim, faqat ular yaxshi bo\u2018lsa bas.<\/p>\n<p>\u2022 Qarz \u2015 kambag\u2018allikning eng yomon ko\u2018rinishi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi yashagan uzoq yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qiyinchilik paytidagi do\u2018st \u2015 eng yaxshi do\u2018st.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stingning senga yordami kerak bo\u2018lmagunicha uning qandayligini bilmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Boshqa davr \u2015 boshqa fe\u2019l-atvor.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stlar sening vaqtingni o\u2018g\u2018irlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yetishmovchilik haqida emas, o\u2018zingda bori haqida o\u2018yla.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq o\u2018z pullari bilan tez boyib ketmoqchi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta ahmoq quduqqa tashlagan toshni yuzta dono topa olmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Nodon bir soatda bergan savollarga dono yetti yilda javob beradi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqlar omadli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoq suvsiz ham o\u2018saveradi.<\/p>\n<p>\u2022 Telba telbaligicha qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqlar ularga yaxshi payt qachonligini bilmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ahmoqlar farishtalar kirishga qo\u2018rqadigan teshiklarga ham kirib chiqadilar.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon xabarning qanoti bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Shaytonning hamma bilgani uchun u \u2015 qari.<\/p>\n<p>\u2022 Shayton uni chizganlaridek qop-qora emas.<\/p>\n<p>\u2022 Agar hamma narsani ikki marta qilish imkoni bo\u2018lganda hamma dono bo\u2018lib ketardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar xohishlar tulpor bo\u2018lganida kambag\u2018allar hammadan tepada yurardilar.<\/p>\n<p>\u2022 Agar mening xolam erkak bo\u2018lganida, u mening tog\u2018am bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>\u2022 Agar bulut bo\u2018lmaganida biz Quyoshdan bahra ololmasdik.<\/p>\n<p>\u2022 Agar ikki kishi bir otni minmoqchi bo\u2018lsa, albatta bittasi orqada o\u2018tiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Nonushtagacha kulib olsang, kechki ovqatgacha yig\u2018laysan.<\/p>\n<p>\u2022 Xohish bo\u2018lsa, uni bajarishga sabab topiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Uch kishi bilgan sirni hamma biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Meni bir marta aldashsa, yolg\u2018onchi aybdor; agar ikki marta aldashsa, ayb o\u2018zimda.<\/p>\n<p>\u2022 Erta tursang, ishing tez bitadi.<\/p>\n<p>\u2022 Raqsga tushayapsanmi, skripkachini ham rozi qil.<\/p>\n<p>\u2022 Agar biron ish ko\u2018nglingdagidek bajarilishini istasang, uni o\u2018zing bajar.<\/p>\n<p>\u2022 Gapirishning ham, sukut saqlashning ham o\u2018z vaqti bor.<\/p>\n<p>\u2022 Ehtiyoj bo\u2018lsa ham, bo\u2018lmasa ham cho\u2018chqa hurhurlayveradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kuniga bir dona olma yesang, senga tabibning hojati yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Oshqozonni yaxshi so\u2018z bilan to\u2018ldirib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tikuvchining xotini hammadan yomon kiyinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Sezarning xotini gumondor bo\u2018lmasligi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Yasha va boshqalarni ham yashashga qo\u2018y.<\/p>\n<p>\u2022 Yasha va o\u2018rgan.<\/p>\n<p>\u2022 Yeyish uchun yashama, yashash uchun ye.<\/p>\n<p>\u2022 Hayotiy malaka \u2015 donolikning onasi.<\/p>\n<p>\u2022 Hayot \u2015 sokin suvdagi suzishdek oson emas.<\/p>\n<p>\u2022 Hayot faqat pivodan iborat emas.<\/p>\n<p>\u2022 Hayot qisqa, vaqt tez.<\/p>\n<p>\u2022 Agar ruhing tushmasa, hayot \u2015 go\u2018zal.<\/p>\n<p>\u2022 Hayot mayda narsalardan iborat.<\/p>\n<p>\u2022 Chiroyli yuzda chirigan qalb ham yashiringan bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Omadsizlik ortidan doim omad ergashib yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Oshpaz ovqatni sho\u2018r qilsa \u2015 so\u2018kadilar, tuzi past bo\u2018lsa \u2015 uyaltiradilar.<\/p>\n<p>\u2022 Poygada har doim ham eng tezkor ot yutmaydi, urushda har doim ham eng kuchli yutavermaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stlar orasidagi ayriliq mehrni mustahkamlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Rashk xordiq bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Rashk boshqalarga o\u2018q otib, o\u2018zini yaralaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Shaytonni gapirsang, u paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018roz qichqirmasa ham tong otaveradi.<\/p>\n<p>\u2022 Itni urmoqchi bo\u2018lsang, tayoq tez topiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sog\u2018lik boylikdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Kasallik kelmagunicha sog\u2018likning qadri bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon odam atrofidagilarga qaramay og\u2018zining tanobini keng ochadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kuch \u2015 birlikda.<\/p>\n<p>\u2022 Bilim og\u2018irlik qilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma narsani bilish \u2015 hech narsani bilmaslikdir.<\/p>\n<p>\u2022 Tomoshabinlar o\u2018yinchidan ko\u2018ra ko\u2018proq narsani ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Baliq ham, davra ham uch kundan so\u2018ng ayniydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eng uzun kunning ham oxiri bor.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi sigirdan ham yomon buzoq tug\u2018ilishi mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Eng yaxshi o\u2018qotar ham adashishi mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Daryo bo\u2018ylab yursang, dengizga ham chiqasan.<\/p>\n<p>\u2022 Toshdan qon chiqarib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina uchqundan katta yong\u2018inlar yuzaga keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Hech narsadan hech narsa chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon matodan yaxshi kiyim tikolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki yomonlikdan kichikrog\u2018ini tanla.<\/p>\n<p>\u2022 Yomonlikdan qoch; yomonlik ham sendan qochadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yo tuz, yo buz.<\/p>\n<p>\u2022 Yo suzaman, yo cho\u2018kaman.<\/p>\n<p>\u2022 Ehtiyojingdan tashqarisiga ega bo\u2018lsang, ko\u2018p narsaga egasan.<\/p>\n<p>\u2022 Ba\u2019zida qiyinchilik kunlaringni ham eslab turish yoqimli.<\/p>\n<p>\u2022 San\u2019at mangu, hayot qisqa.<\/p>\n<p>\u2022 Tarix qaytariladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bilimga oson yo\u2018l yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Istalgan muammoga ikki tomondan kelish mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Kutganga kutgani albatta keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir katta yo\u2018qotish kichik daromad bilan birga yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir qush o\u2018z sayrashini eshitgisi keladi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir o\u2018qning o\u2018z yo\u2018nalishi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir yostiq o\u2018z joyida turishi lozim.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir oilaning shkafida skelet bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir it o\u2018z uyida \u2015 sher.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir yurak og\u2018riq nimaligini biladi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir oshpaz o\u2018z sho\u2018rvasini maqtaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir odam o\u2018zi uchun, Xudo \u2015 hamma uchun.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir odam o\u2018zini yuqori baholaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qanday ovoz bersang, shunday aks-sado eshitasan.<\/p>\n<p>\u2022 Qanday eksang, shunday o\u2018rasan.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019rinni qanday solsang, shunday uxlaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Qari xo\u2018roz qanday qichqirsa, kichiklari shuni qaytaradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kechqurunda quyosh soatining nima hojati bor?<\/p>\n<p>\u2022 Ota qanday bo\u2018lsa, bola ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Yozuvchi qanday bo\u2018lsa, kitob ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ishchi qanday bo\u2018lsa, ish ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019qituvchi qanday bo\u2018lsa, o\u2018quvchi ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Xo\u2018jayin qanday bo\u2018lsa, xizmatkor ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ona qanday bo\u2018lsa, qizi ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Daraxt qanday bo\u2018lsa, mevasi ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ota-onalar qanday bo\u2018lsa, farzandlar ham shunday bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tomchi-tomchi olib, dengizni ham quritishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Uyga kambag\u2018allik kirganda sevgi oynadan chiqib ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma gapirsa, hech kim eshitmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki yunon uchrashsa, urush boshlanadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki tulki uchrashsa, shayton tushlik qilgani ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Hasad qalbga kirsa, aql yo\u2018qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Qurol gapirishga tushganda tortishishning keragi yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Soch oqarganda oyoq yurishi ham sustlashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Uzoq qolib ketsang, seni unutishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018st so\u2018raganda &#8220;ertaga&#8221; degan so\u2018z o\u2018tmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomg\u2018ir hamma yerga bir xil yog\u2018adi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk yo\u2018q bo\u2018lsa sichqonlar quvnaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018ntak yengil bo\u2018lsa yurakka og\u2018iri tushadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kemada sarbon ko\u2018p bo\u2018lsa, u cho\u2018kadi.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stimga qarz berganimda hammasi yaxshi edi, qarzni qaytarishni so\u2018raganimda bu unga yoqmadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bayram \u2015 ish tugagandan so\u2018ng.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p qo\u2018l ko\u2018p ishni bajaradi.<\/p>\n<p>\u2022 Aytib bo\u2018lingan so\u2018z endi seniki emas.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lim kelganda uni qaytarolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Rimga borsang rimliklarday yur.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Qachondir&#8221; \u2015 &#8220;hech qachon&#8221; degani.<\/p>\n<p>\u2022 Musiqa tugadi \u2015 raqs ham tugadi.<\/p>\n<p>\u2022 Sigir dumini yo\u2018qotmasdan turib uning qadrini bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qirolning toji bosh og\u2018rig\u2018idan saqlolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ozroq qarz \u2015 mustahkamroq do\u2018stlik.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018lqop kiygan mushuk bironta sichqonni ham tutolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk qaymoqni o\u2018g\u2018irlayotib ko\u2018zini yumib oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuk tirnog\u2018ini yashiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Fe\u2019li go\u2018zal odam \u2015 eng go\u2018zal.<\/p>\n<p>\u2022 Go\u2018zallik sevganingning ko\u2018zida.<\/p>\n<p>\u2022 Go\u2018zallik o\u2018ladi, yaxshi amal mangu qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Kiyimga qarab mato o\u2018lcha.<\/p>\n<p>\u2022 Kalamushlar cho\u2018kayotgan kemani tark etadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p ishni birdaniga olgan undan ba\u2019zisini tugata oladi, xolos.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018rqqan yasholmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tez yegan tez ishlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Juma kuni kulgan shanba kuni yig\u2018laydi.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018liga qilich olgan qilich tig\u2018idan o\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ri bilan do\u2018st bo\u2018lgan uvillashni o\u2018rganadi.<\/p>\n<p>\u2022 Vaqtdan yutqizgan hamma narsadan yutqizadi.<\/p>\n<p>\u2022 Butun umr firibgarlik bilan shug\u2018ullangan odam ro\u2018stgo\u2018y bo\u2018lib o\u2018lishi gumon.<\/p>\n<p>\u2022 Hammaga do\u2018st \u2015 hech kimga do\u2018st emas.<\/p>\n<p>\u2022 Birovni hurmat qilmagan o\u2018zini ham hurmat qilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019likning oyoq kiyimini kutgan uzoq vaqt yalangoyoq yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Zulm qilgan zulm ko\u2018radi.<\/p>\n<p>\u2022 Noxushlik qidirgan uni doim topadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kim tishlasa, uni ham tishlashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yozda ishlamagan qishda och qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Buzgan to\u2018laydi.<\/p>\n<p>\u2022 Daraxtni sevgan uning yaprog\u2018ini ham sevadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p gapirgan kam ish qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p gapirgan ko\u2018p adashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p gapirgan ko\u2018p aldaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p hurigan it umuman tishlamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p va\u2019da bergan o\u2018zini quruq qoshiq bilan to\u2018ydiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Cho\u2018qqiga birinchi bo\u2018lib yetib borgan xohlagan joyida o\u2018tiradi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zini eplolmagan birovni boshqarolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sukut qilishni bilmagan yaxshi gapirishni ham bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019g\u2018irlangan moldan xazar qilmaydiganning o\u2018zi ham o\u2018g\u2018ri.<\/p>\n<p>\u2022 Achchiqni totmagan shirinning qadriga yetmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Maslahat eshitmaydiganga yordam shart emas.<\/p>\n<p>\u2022 Xato qilmagan hech narsaga erishmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Chaqani asrolmagan so\u2018mni ham asrolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ishlamagan tishlamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir marta tishlangan ikki marta qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Shoshilgan labini kuydirib oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Birinchi kelganga birinchi bo\u2018lib xizmat qilishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Gunoh dengizida suzgan iztirobga cho\u2018kadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kim bir marta aldasa, undan yuz yil shubhalanadilar.<\/p>\n<p>\u2022 Kim erta tursa, unga omad yor.<\/p>\n<p>\u2022 Erta yotish va erta turish odamni boy, sog\u2018lom va aqlli qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ishtaha bilan yegan ishtaha bilan ish qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki kursiga o\u2018tirgan yerga qulaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p va\u2019da bergan va\u2019dasini bajarmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Uxlagan baliq tutolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Senga birovni g\u2018iybat qilgan seni ham birov oldida g\u2018iybat qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Baxt vaqt bilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Hech narsani xohlamaydigan o\u2018lib boradi.<\/p>\n<p>\u2022 Shayton bilan ovqatlangan odamga uzun qoshiq kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Tuxumni o\u2018g\u2018irlagan sigirni ham o\u2018g\u2018irlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshi yashagan uzoq yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z ishini bilgan hammadan yaxshi yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yong\u2018oq yeyishni xohlagan uni chaqishi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Tuxum olishni xohlagan kurkaga chidashi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Marvarid olishni xohlagan dengizga sho\u2018ng\u2018ishi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Baliq tutishni xohlagan ho\u2018l bo\u2018lishdan qo\u2018rqmasligi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Meva yeyishni xohlagan avval daraxtga chiqishi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p o\u2018q otgan qachondir albatta nishonga tekkizadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaproq egilgan tomonga daraxt ham egiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sharafini yo\u2018qotganga boshqa narsani yo\u2018qotishning hojati yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Temirni issig\u2018ida bos.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onchi rost gapirsa ham ishonmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019tgan ishga aqllilar ko\u2018p topiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Oson kelgan oson ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Maslahat berishdan osoni yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Qurishdan ko\u2018ra buzish osonroq.<\/p>\n<p>\u2022 Bajarishdan ko\u2018ra aytish osonroq.<\/p>\n<p>\u2022 Chiqishdan ko\u2018ra tushish osonroq.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasa qo\u2018y junini og\u2018ir deb o\u2018ylarkan.<\/p>\n<p>\u2022 Dangasa \u2015 kambag\u2018alning akasi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018onchining xotirasi kuchli bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>\u2022 Tulki ko\u2018karishi mumkin, lekin hech qachon yaxshi bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Tulkini ikki marta bitta tuzoqdan tutolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Chehra \u2015 aqlning tajallisi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuzma-yuz so\u2018zlashganda haqiqat oydinlashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018on yolg\u2018onni tug\u2018adi.<\/p>\n<p>\u2022 Oy itning hurishiga qarab turmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Eng yaxshi himoya \u2015 hujum.<\/p>\n<p>\u2022 Sherning dumi bo\u2018lgandan itning boshi bo\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yomon davradan ko\u2018ra yolg\u2018iz o\u2018tirgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Chalasavod bo\u2018lgandan umuman o\u2018qimagan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Umuman ko\u2018r bo\u2018lgandan bir ko\u2018z bilan ko\u2018rgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Kech aytilgan ikkita so\u2018zdan vaqtida aytilgan bir so\u2018z afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Zulm ko\u2018rgan ezgulikning qadriga yetadi.<\/p>\n<p>\u2022 Oxirgi bo\u2018lib kulgan hammadan yaxshi kuladi.<\/p>\n<p>\u2022 Haq gapni belga yashirgandan yuzga aytgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Olgandan bergan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Tushirib yuboradigan otni mingandan eshakda yurgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Qarz bilan uyg\u2018ongandan ovqatlanmay uxlagan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Katta achinishdan kichikkina yordam afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yondiradigan katta olovdan isitadigan kichik olov afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Tildan tutilgandan oyoqdan tutilgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta yomon buta tashlandiq daladan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018ldagi bitta qush shoxdagi ikkita qushdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Hechdan ko\u2018ra kech afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Hayotni boy bergandan oyoqni boy bergan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Kemani yo\u2018qotgandan langarni yo\u2018qotgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bir shilling hadya qilish yarim krona qarz berishdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Boy bo\u2018lib tug\u2018ilgandan omadli bo\u2018lib tug\u2018ilgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Sharafli o\u2018lim uyatli hayotdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018lni so\u2018rab olgan yo\u2018ldan adashgandan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Doimiy va\u2019da bergandan bir marta rad etgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Yarimta non yo\u2018qchilikdan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Boshidagi kulgudan oxiridagi tabassum afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Tizzada yashagandan tikka turib o\u2018lgan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bir tomonning katta g\u2018alabasidan kichkinagina tinchlik afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Pismiq do\u2018stdan ochiq dushman afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi va yo\u2018talni yashirib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgini hech qanday giyoh bilan davolab bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Meni qattiq, lekin uzoq sev.<\/p>\n<p>\u2022 Meni sevsang itimni ham sev.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi hamma narsani mag\u2018lub qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi yo\u2018lini topib oladi.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi qafasda ham, saroyda ham yashaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi yosh tanlamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgini bozordan sotib olib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi \u2015 o\u2018limdan kuchli.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgining ko\u2018zi ko\u2018r.<\/p>\n<p>\u2022 Sevgi yurakni yumshatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Qiziquvchanlik mushukni o\u2018ldirdi.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar uchrashishi mumkin, lekin tog\u2018lar uchrashmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar ko\u2018pincha o\u2018zlariga yoqmaydigan narsalarga ishonmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar o\u2018z ishlariga kelganda ko\u2018rdirlar.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina teshik katta kemani cho\u2018ktiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina kaptarlar katta xabarlarni eltishga qodir.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina bolaning g\u2018ami ham kichik, kattasiniki \u2015 katta.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina ip bilan kichik qushni bog\u2018lash mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Oz-oz yig\u2018ilib, kissa ham to\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina bolta katta daraxtni yo\u2018qotadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ona o\u2018z sevgisi bilan ba\u2019zida bolani buzishi mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Asal eshak uchun emas.<\/p>\n<p>\u2022 Asta-sekin ishla, lekin to\u2018g\u2018ri ishla.<\/p>\n<p>\u2022 Sekin va aniq harakat bilan poygada yengish mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Tili asal, yuragi zahar.<\/p>\n<p>\u2022 Va\u2019da va uning bajarlishi orasida bir qiz unib-o\u2018sib, turmushga chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina o\u2018g\u2018rilarni osadilar, kattalarini qutqaradilar.<\/p>\n<p>\u2022 Kam gapirsang aqlli bo\u2018lasan.<\/p>\n<p>\u2022 Ozroq qadam \u2015 katta tezlik.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lik sherning soqolidan quyonlar ham tortishi mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Dunyo ko\u2018pchilikdan tuzilgan.<\/p>\n<p>\u2022 Fikrlar xilma-xil bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018pgina go\u2018zal idishlar bo\u2018sh turadi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zlari kesib tashlamoqchi bo\u2018lgan qo\u2018lni o\u2018padilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p \u2015 demak yomon.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018prik ostidan qancha suvlar o\u2018tib ketdi.<\/p>\n<p>\u2022 Hech narsadan ko\u2018pgina shovqin.<\/p>\n<p>\u2022 Tilini tishi bilan ushlay oladigan odam eng kuchlidir.<\/p>\n<p>\u2022 Leopard dog\u2018ini yo\u2018qota oladimi?<\/p>\n<p>\u2022 Meni aka desang mayli, lekin haqiqiy aka bo\u2018la ko\u2018rma.<\/p>\n<p>\u2022 Otni sug\u2018orishga olib borishing mumkin, lekin uni ichishga majbur qilolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Mening uyim \u2015 mening qo\u2018rg\u2018onim.<\/p>\n<p>\u2022 Indamas it xavfli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Indamas nodonni dono deb o\u2018ylaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Sukut \u2015 oltin.<\/p>\n<p>\u2022 Sukut \u2015 rozilik alomati<\/p>\n<p>\u2022 Oxiri yaxshilik bilan tugagan ishgina ezgudir.<\/p>\n<p>\u2022 Donolik hayot tajribasidan kelib chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Erkakning yoshi \u2015 o\u2018zi his qilganicha, ayolning yoshi \u2015 ko\u2018rinishida.<\/p>\n<p>\u2022 Erkaklar uyni barpo qiladi, ayollar \u2015 o\u2018choqni.<\/p>\n<p>\u2022 Musiqa bo\u2018lmasa raqs ham bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Biz o\u2018zimiz xohlagan narsalarga ishonamiz.<\/p>\n<p>\u2022 Biz hammamiz fikr qullarimiz.<\/p>\n<p>\u2022 Yo\u2018qotmasdan oldin yaxshining qadriga yetmaymiz.<\/p>\n<p>\u2022 Quduq qurimasidan suvning qadri bilinmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bittagina ini bo\u2018lgan sichqonni tutish oson.<\/p>\n<p>\u2022 Mushuklar yo\u2018q joyda sichqon hokim.<\/p>\n<p>\u2022 Shirin javob jahlni sovutadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yumshoqlik va qisqalik \u2015 ojizlik emas.<\/p>\n<p>\u2022 Oq otning dog\u2018lari tez bilinadi.<\/p>\n<p>\u2022 Yomonlikka yaxshilik bilan javob ber.<\/p>\n<p>\u2022 Har bir &#8220;nima uchun&#8221;ga &#8220;chunki&#8221; bor.<\/p>\n<p>\u2022 Oraliq masofadan yaxshiroq sevasan.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z qayig\u2018ingda o\u2018zing eshkak esh.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z vaqtida maslahatni yaxshi eshitmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Umid \u2015 kambag\u2018alning noni.<\/p>\n<p>\u2022 Umid \u2015 yaxshi nonushta, lekin yomon tushlik.<\/p>\n<p>\u2022 Umid cho\u2018kmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yaxshilikka umid qil, lekin yomonlikka ham tayyor tur.<\/p>\n<p>\u2022 Narsalarni o\u2018z nomi bilan ata.<\/p>\n<p>\u2022 Baxt topish oson, uni saqlab qolish qiyin.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018ysunishni o\u2018rgansang, boshqarishni ham o\u2018rganasan.<\/p>\n<p>\u2022 Qovog\u2018i solingan do\u2018st kulgan dushmandan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bir ishni boshlashgan avval uning oxirini rejalashtir.<\/p>\n<p>\u2022 Yotgan odamni urma.<\/p>\n<p>\u2022 Qarz ham olma, qarz ham bera, shunda tinch yashaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Kapalakni o\u2018ldirish uchun qurol ishlatma.<\/p>\n<p>\u2022 Marvaridni cho\u2018chqaning oldiga otma.<\/p>\n<p>\u2022 Bir qonun boylar uchun, boshqasi kambag\u2018allar uchun.<\/p>\n<p>\u2022 Ertalabki bir soat kechqurungi ikki soat bilan barobar.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018iz odam \u2015 deyarli hech kim.<\/p>\n<p>\u2022 Hammaga ishonish hech kimga ishonmaslikdir.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018iz qo\u2018y bo\u2018riga yem bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir dard boshqasini belida ko\u2018tarib yuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir tomchi zahar bir bochka vinoni zaharlaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir qaldirg\u2018och bilan bahor kelib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yolg\u2018on yolg\u2018onni tashiydi.<\/p>\n<p>\u2022 Yuzta kuchli qo\u2018ldan bitta aqlli bosh afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Bir halqa uzilsa, zanjir ishdan chiqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Bugungi bir, ertangi ikkidan afzal.<\/p>\n<p>\u2022 Tinch suv va indamas itdan qo\u2018rq.<\/p>\n<p>\u2022 Kech qolish \u2015 ming xil noqulayliklarning otasi.<\/p>\n<p>\u2022 Tajriba \u2015 eng yaxshi muallim.<\/p>\n<p>\u2022 Eshakka oltin yuklangan bo\u2018lsa ham u eshakligicha qoladi.<\/p>\n<p>\u2022 Ehtiyotkorlik \u2015 jasurlikning eng yaxshi qismi.<\/p>\n<p>\u2022 Birinchi bo\u2018lib tosh otma.<\/p>\n<p>\u2022 Uxlayotgan sherni uyg\u2018otma.<\/p>\n<p>\u2022 Uxlayotgan itni uyg\u2018otma.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019zingni sichqondek tutma; mushuk yeb ketadi.<\/p>\n<p>\u2022 Katta yo\u2018qotishda ham oz bo\u2018lsa-da foyda bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>\u2022 Tutunsiz olov bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Bir ko\u2018rishdayoq sevib qolma.<\/p>\n<p>\u2022 Yarqirayotgan hamma narsa ham tillo emas.<\/p>\n<p>\u2022 Cherkovga borayotgan hamma ham gunohsiz emas.<\/p>\n<p>\u2022 It hurigan hamma ham o\u2018g\u2018ri emas.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma non ham bir tandirdan emas.<\/p>\n<p>\u2022 Birinchi bo\u2018lish hammaga emas.<\/p>\n<p>\u2022 Rahbar bo\u2018lish hammaga emas.<\/p>\n<p>\u2022 Eshitganingning yarmiga ishon, har ko\u2018rgan narsangga ishonaverma.<\/p>\n<p>\u2022 Raqsga tushayotgan hamma ham baxtli emas.<\/p>\n<p>\u2022 Toza suv topmaguningcha kir suvni ichma.<\/p>\n<p>\u2022 Hali baliqni tutmasdan sousni tayyorlama.<\/p>\n<p>\u2022 Tutilmagan baliqni qovurma.<\/p>\n<p>\u2022 Savol berma \u2015 yolg\u2018on eshitmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Quyoshni ko\u2018rish uchun chiroq yoqma.<\/p>\n<p>\u2022 Olov bilan o\u2018ynashma.<\/p>\n<p>\u2022 Har kun ham yakshanba emas.<\/p>\n<p>\u2022 Hamma tuxumni bir savatga solma.<\/p>\n<p>\u2022 Chiroyli kostyum kiygan yigit jentlmen bo\u2018lib qolmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019rmondan chiqmasdan &#8220;ura!&#8221; dema.<\/p>\n<p>\u2022 Tishlashni bilmasang tishingni ko\u2018rsatma.<\/p>\n<p>\u2022 Oqimga qarshi suzma.<\/p>\n<p>\u2022 Shayton eshik qoqqanda uni ocha ko\u2018rma.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018prikka yetmasdan turib, undan o\u2018tishga urinma.<\/p>\n<p>\u2022 Hozir ishing yurishmasa, keyin albatta yurishadi.<\/p>\n<p>\u2022 Tulkini g\u2018ozlarni qo\u2018riqlashga qo\u2018yma.<\/p>\n<p>\u2022 Qidirmasang \u2015 topmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Bo\u2018rini qo\u2018ylarga qorovul qilma.<\/p>\n<p>\u2022 Mushukni qaymoqqa jo\u2018natma.<\/p>\n<p>\u2022 Ayiqni tutmay turib uning terisini sotma.<\/p>\n<p>\u2022 Oldinga yurmaslik \u2015 orqaga ketishlik.<\/p>\n<p>\u2022 Osilgan odamning uyida arqon so\u2018zini tilingga olma.<\/p>\n<p>\u2022 Hech kim ajablanmaydigan narsani isbot etishga urinma.<\/p>\n<p>\u2022 Tavakkal qilmasang \u2015 yutmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Baland otga o\u2018tirma.<\/p>\n<p>\u2022 Sichqondan qutulish uchun uyingni yoqma.<\/p>\n<p>\u2022 Hadya qilingan otning og\u2018ziga qarama.<\/p>\n<p>\u2022 Qo\u2018shiq aytmasang \u2015 ovqatlanmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Aravani otning oldiga qo\u2018yma.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar oldida kir kiyimingni yuvma.<\/p>\n<p>\u2022 Kitobning muqovasiga qarab baho berma.<\/p>\n<p>\u2022 Odamlar va narsalarga birinchi taassurotdan baho berma.<\/p>\n<p>\u2022 Birovning ayblarini kovlama, senikini ham kovlamaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Odam faqat non bilangina yashamaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Va\u2019da berishga shoshilma, agar va\u2019da bergan bo\u2018lsang, uni bajarishga shoshil.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018st tanlashda shoshilma.<\/p>\n<p>\u2022 Moli kam kambag\u2018al emas, ko\u2018p xohlaydigan \u2015 kambag\u2018al.<\/p>\n<p>\u2022 Baliqqa suzishni o\u2018rgatma.<\/p>\n<p>\u2022 Dushmanning o\u2018ligini ko\u2018rmaguningcha maqtanma.<\/p>\n<p>\u2022 Do\u2018stingdan ayrilishni xohlamasang, u bilan hazillashma.<\/p>\n<p>\u2022 Kichkina teshik katta kemani cho\u2018ktirishi mumkin.<\/p>\n<p>\u2022 Qisqichbaqani to\u2018g\u2018ri yurishga majbur qilolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Tuxumni sindirmasdan quymoq tayyorlolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Ikkita narsaga birdaniga sig\u2018inolmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Ovqat paytidagi do\u2018stlik uzoqqa cho\u2018zilmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Odamning kamchiligi peshonasiga yozib qo\u2018yilmagan.<\/p>\n<p>\u2022 Muhabbat kam joyda kamchiliklar ko\u2018p.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018p odamlar daraxtlar sabab o\u2018rmonni ko\u2018rolmaydilar.<\/p>\n<p>\u2022 Ikki joyda birdaniga bo\u2018lish mumkin emas.<\/p>\n<p>\u2022 Kechagi kunni qaytarib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Soatni orqaga qaytarib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Daraxtga po\u2018stlog\u2018iga qarab baho berma.<\/p>\n<p>\u2022 Hasadning sevgiga o\u2018xshab ko\u2018zi ko\u2018r.<\/p>\n<p>\u2022 Tund havo ochiq havo bilan almashadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ehtiyotkorlik \u2015 qobiliyatning onasi.<\/p>\n<p>\u2022 Aytilmagan mehmon o\u2018zi bilan kursisini olib kelsin.<\/p>\n<p>\u2022 Chaqirilmagan mehmondan xursand bo\u2018ladilar \u2015 u ketganda.<\/p>\n<p>\u2022 Baxtsizlik \u2015 buyuk muallim.<\/p>\n<p>\u2022 Baxtsizlik bir o\u2018zi kelmaydi.<\/p>\n<p>\u2022 Baxtsizlik bizga baxt nimaligini o\u2018rgatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Baxtsizlik eng baxtiyor oilalarga tashrif buyuradi.<\/p>\n<p>\u2022 Eshitishni xohlamaydigan odam \u2015 eng kar.<\/p>\n<p>\u2022 Ko\u2018rishni xohlamaydigan odam \u2015 eng ko\u2018r.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019z uyingdan ortiq yaxshi joy yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Eski do\u2018stlar va eski vinodan ortiq yaxshi narsa yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Sukutdan ortiq aqlli narsa yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Mustasnosiz qoida yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Tikansiz atirgul yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 To\u2018kilgan sut uchun yig\u2018lashdan ne foyda?<\/p>\n<p>\u2022 Omadsizlik muvaffaqiyatga erishishni o\u2018rgatadi.<\/p>\n<p>\u2022 Sen qachondir suv ichgan buloqqa axlat tashlama.<\/p>\n<p>\u2022 &#8220;Deyarli&#8221; so\u2018zini aytish hech qachon zararli emas.<\/p>\n<p>\u2022 Dushmaningga hech qachon oyog\u2018ing og\u2018riyotganini aytma.<\/p>\n<p>\u2022 Hech qachon &#8220;umr tugadi&#8221; dema.<\/p>\n<p>\u2022 Bugun bitirish mumkin bo\u2018lgan ishni hech qachon ertaga surma.<\/p>\n<p>\u2022 Hech qachon baliqqa suzishni o\u2018rgatishingni taklif qilma.<\/p>\n<p>\u2022 Hech qachon insonning yuziga qarab baho berma.<\/p>\n<p>\u2022 Erishmagan pulingni ishlatishga shoshilma.<\/p>\n<p>\u2022 Har qanday ishni hech qachon yarmigacha bajarma.<\/p>\n<p>\u2022 Hech kim xatodan xoli emas.<\/p>\n<p>\u2022 Hech kim dono yoki olim bo\u2018lib tug\u2018ilmagan.<\/p>\n<p>\u2022 Hech kim bir kundayoq usta bo\u2018lgan emas.<\/p>\n<p>\u2022 Ip zaif joyidan uziladi.<\/p>\n<p>\u2022 So\u2018rab hech narsani yo\u2018qotmaysan.<\/p>\n<p>\u2022 Muloyimlikdan arzon narsa yo\u2018q.<\/p>\n<p>\u2022 Yangi xo\u2018jayin \u2015 yangi tartiblar.<\/p>\n<p>\u2022 Eski kiyim kiy, lekin yangi kitob sotib ol.<\/p>\n<p>\u2022 Ehtiyoj \u2015 mehnatsevarlik onasi.<\/p>\n<p>\u2022 Ehtiyoj qariyani ham yugurishga majbur qiladi.<\/p>\n<p>\u2022 O\u2019lganlar haqida faqat yaxshi gaplarni gapir.<\/p>\n<p>\u2022 Yurak istaganini til gapiradi.<\/p>\n<p>\u2022 Kam va\u2019da qilib, ko\u2018p bajar.<\/p>\n<p>\u2022 Sekin va\u2019da qilib, tezda bajar.<\/p>\n<p>\u2022 Kuygan bola o\u2018tdan qo\u2018rqadi.<\/p>\n<p>\u2022 Ochko\u2018zlik orqali qilichdan ko\u2018ra ko\u2018p odam o\u2018ldi.<\/p>\n<p>\u2022 Bitta jinni hammani jinni qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek Tojiali<\/strong><strong>y<\/strong><strong>ev tarjimalari.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u2022 Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o\u2018xshaydi. \u2022 &#8220;Ertaga&#8221; hech qachon kelmaydi. \u2022 Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do\u2018st yo\u2018q. \u2022 Buyuklikdan telbalikkacha \u2015 bir qadam. \u2022 Eng yaxshi vinoda ham zahar bo\u2018ladi. \u2022 Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana. \u2022 Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig\u2018lasang yolg\u2018iz yig\u2018la. \u2022 Har bir odam o\u2018z baxtining me\u2019mori. \u2022 Taqiqlangan mevalar shirin bo\u2018ladi. \u2022 <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=814\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[293],"tags":[507],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/814"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=814"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/814\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":815,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/814\/revisions\/815"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=814"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=814"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=814"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}