{"id":857,"date":"2011-05-30T16:44:49","date_gmt":"2011-05-30T11:44:49","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=857"},"modified":"2011-05-30T16:51:05","modified_gmt":"2011-05-30T11:51:05","slug":"chumolilar-hayotidan-fotoreportaj","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=857","title":{"rendered":"Chumolilar hayotidan fotoreportaj"},"content":{"rendered":"<p>Ular haqida ancha avval fotoreportaj uyushtirmoqchi edim. O&#8217;shanda ular  tomorqaga ekilgan, so&#8217;ng unib, urug&#8217; tukkan, oxir oqibat yulib  tashlangan o&#8217;sma urug&#8217;larini qariyb 20 metr masofaga tashib ulgurishgan  edi. Ularning mashrutlarini kuzatib ham orom olsa bo&#8217;ladi. O&#8217;zlaridan  5-6 baravar og&#8217;ir yukni katta tezlikda (tezlik shu darajada kattaki, bir  chumolini muayyan tasvirga olish imkoni bo&#8217;lmadi) o&#8217;z inlariga tashlab,  yana orada bir-birlari bilan salomlashgandek aloqa qilib ketishlarini  kuzatgan kishi tafakkur qilmasdan iloji qolmaydi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli01.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"420\" \/><\/p>\n<p>Keling, ular bilan yaqinroq tanishib olaylik:<\/p>\n<p><strong>Chumolilar<\/strong> \u2014 pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2-qorin  bo\u2018g\u2018imlari ingichkalashib, ko\u2018krak bilan qo\u2018shiladigan poyachani hosil  qiladi. Boshi katta, jag\u2018lari kuchli rivojlangan. Chumolilar jamoa  (oila) bo\u2018lib yashaydi. Chumolilar oilasi bir necha ming, hatto  millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada ko\u2018p minglab ishchi  chumolilar, qanotli o\u2018nlab erkaklari va bir necha ona chumoli bo\u2018ladi.  Erkak chumolilar faqat ko\u2018payish davrida paydo bo\u2018lib, urug\u2018lanishdan  so\u2018ng o\u2018lib ketadi. Ishchi chumolilar jinsiy organlari rivojlanmagan  urg\u2018ochilardan iborat. Ona chumoli urchish davrida paydo bo\u2018ladi;  urchishdan so\u2018ng qanotini tashlab, tuxum qo\u2018ya boshlaydi, 20 yilgacha  yashaydi. Ishchi chumolilar oilani oziq bilan ta\u2019minlaydi, uyani  qo\u2018riqlaydi (navkarlar) yoki suyuq zaxira oziqni saqlaydigan asalli  bochkachalar hosil qiladi va boshqa vazifalarni bajaradi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chomoli02.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"420\" \/><\/p>\n<p>Chumolilarning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi  individlar orasida oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan  almashinib turishi (trofallaks), tuxum qo\u2018yuvchi urg\u2018ochisi bilan ishchi  chumolilar o\u2018rtasida kimyoviy sezgi orqali bog\u2018lanish borligi katta  ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, feromonlar muhim  ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning o\u2018zlari oziqlanadigan joylari  bo\u2018ladi. Bir qancha chumoli turlari bir necha oilani birlashtiruvchi  koloniyalar hosil qiladi; oilalar o\u2018zaro individlar va oziq moddalar  almashinib turishadi; birgalikda o\u2018zlariga tegishli hududni  qo\u2018riqlashadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli03.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"559\" height=\"419\" \/><\/p>\n<p>Chumolilar  tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga uya quradi.  Ba\u2019zan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq  shoxlardan uya yasaydi. Chumolilar tuproqda juda murakkab, ko\u2018p kamerali  in quradi. <em>(\u00abO\u2018zbekiston Milliy Ensiklopediyasi\u00bbdan)<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli09.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"421\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli10.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"421\" \/><br \/>\n<em>Chumoli ini<\/em><\/p>\n<p>Kuni kecha tomorqada kartoshka ekilgan maydonchaga oralagan begona  o&#8217;tlarni yulish bahonasida yana ishchi-chumolilarning mehnat-karvoniga  ko&#8217;zim tushdi. Yomg&#8217;ir yog&#8217;ayotgan bo&#8217;lishiga qaramasdan bu safar ham  ular to&#8217;kilgan urug&#8217;larni o&#8217;z inlariga tashish bilan ovora edilar.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli05.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"436\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli06.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"559\" height=\"420\" \/><br \/>\n<em>Gul urug&#8217;ini maydalab, tashish uchun tayyorgarlik ko&#8217;rishmoqda.<\/em><\/p>\n<p>&#8220;Dunyoda eng ko\u2018p sonli bo\u2018lishiga qaramasdan, chumolilar texnologiya,  jamoaviy mehnat, harbiy strategiya, ilg\u2018or aloqa tarmog\u2018i, ierarxik  tartib, intizom va shaharni benuqson rejalashtirish kabi ko\u2018plab  sohalarda ham insonlarga namuna sifatida xizmat kilishi mumkin bo\u2018lgan  bir tartibni namoyish qiladi. Chumolilar to\u2018da deb ataladigan jamoalarda  shunday bir o\u2018zaro tartib bilan kun kechiradilarki, ularning  insonlarnikiga o\u2018xshash sivilizatsiyasi bor deb o\u2018ylash mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli04.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"421\" \/><\/p>\n<p>Chumolilar  oziq-ovqat ishlab chiqarish va ularni g\u2018amlab qo\u2018yish bilan bir qatorda  yosh chumolilarga qarash, to\u2018dani mudofaa qilish va g\u2018animlarga qarshi  jang olib borish kabi vazifalarni ham uddalaydilar. Yana shunday  to\u2018dalar ham borki, ular \u00abtikish-bichish\u00bb, \u00abqishloq xo\u2018jaligi\u00bb va  \u00abhayvonlar boqish\u00bb kabi yumushlar bilan ham mashg\u2018ul bo\u2018lishadi. Bu  hayvonlar orasida juda kuchli aloqa tarmog\u2018i mavjud. Ularning ijtimoiy  uyushqoqligi va omilkorligi har qanday jonzotlarnikidan ham ustundir&#8221;.  (Horun Yahyo. \u00abChumolilar mo\u2018jizasi\u00bb)<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli07.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"421\" \/><br \/>\n<em>O&#8217;zidan bir necha marta katta yukni ortmoqlab borayotgan chumoli<\/em><\/p>\n<p>Alloh  Qur\u2019oni karimda Sulaymon Payg\u2018ambar (a.s.)ning hayotini ta\u2019riflab berar  ekan, chumolilarning aloqa tizimiga ega ekanligiga ishora qiladi:<br \/>\n<strong>To  ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: \u00abEy, chumolilar!  Uyalaringizga kiringiz, yana Sulaymon va uning lashkarlari o\u2018zlari  sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar!\u00bb<\/strong> &#8211; dedi. (\u00abNaml\u00bb surasi, 18-oyat)<\/p>\n<p>Chumolilar  ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot bu kichik mavjudotlar juda uyushgan  ijtimoiy hayot kechirishini va bu uyushma ehtiyojidan kelib chiqib,  ular juda murakkab aloqa tarmog\u2018iga ham ega ekanligini aniqladi.  Masalan, National Geographic nashri shunday ma\u2019lumot beradi:<\/p>\n<p>Katta  yoki kichik chumolining bosh qismida million yoki undan ortiq ishchilar  (ularning barchasi urg\u2018ochilar) dan iborat to\u2018dalarga muhim bo\u2018lgan  kimyoviy va vizual signallarni tutadigan ko\u2018p qirrali sezgi a\u2019zolari  mavjud. Uning miyasi yarim million nerv hujayralaridan tarkib topgan;  ko\u2018zlari aralashma; antennalari burun va barmoquchlari sifatida faoliyat  ko\u2018rsatadi. Og\u2018iz pastidagi bo\u2018rtmalar ta\u2019mni sezadi; tuklari tekkan  narsaga reaktsiya ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli13.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"420\" \/><\/p>\n<p>Biz  bexabar bo\u2018lsak-da, chumolilar o\u2018zlarining juda sezgir a\u2019zolari tufayli  aloqa o\u2018rnatish uchun turli uslublarni qo\u2018llaydilar. Ular bu a\u2019zolarni  o\u2018lja topishdan tortib bir-birining ketidan borishgacha va o\u2018z uyalarini  qurishdan tortib jang olib borishgacha har doim ishlatadilar. Ularning  2-3 mm hajmdagi tanalarida 500000 nerv hujayralari siqib  joylashtirilganligiga qaramay, insonlarni lol qoldiradigan aloqa  tizimlariga egadirlar. <em>(Horun Yahyo. \u00abChumolilar mo\u2018jizasi\u00bb)<\/em><\/p>\n<p>Ilmiy adabiyotlarda yozilishicha, aynan chumolilarning hayotini  o&#8217;rganiosh oqibatida bir necha kashfiyotlar yuzaga kelgan ekan.  Chumolilar mudofaa tizimi ham juda puxta ishlangan ekan. Men ham amalda  sinab ko&#8217;rdim. Ishchi-chumolilar yo&#8217;liga qo&#8217;lim bilan tog&#8217;anoq  bo&#8217;lgandim, 20 sekundga qolmay, chumolilar qo&#8217;limga ilashib, chaqa  boshlashdi. Arinikidan kuchsiz, chivinnikidan kuchli bo&#8217;lgan bu chaqish  10-12 joydan takrorlangach, astagina chekinishga majbur bo&#8217;ldim <img src=\"http:\/\/forum.ziyouz.com\/Smileys\/default\/smiley.gif\" border=\"0\" alt=\"Smiley\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli11.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"419\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/my_photogallery\/chumoli12.jpg\" border=\"0\" alt=\"\" width=\"560\" height=\"420\" \/><\/p>\n<p>Allohning  yaratgan har bir maxluqi ustida soatlar tafakkur qilinsa arziydi. Ana  o&#8217;shanda inson o&#8217;zining qanday haqir ekanligini anglay boshlaydi&#8230;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ular haqida ancha avval fotoreportaj uyushtirmoqchi edim. O&#8217;shanda ular tomorqaga ekilgan, so&#8217;ng unib, urug&#8217; tukkan, oxir oqibat yulib tashlangan o&#8217;sma urug&#8217;larini qariyb 20 metr masofaga tashib ulgurishgan edi. Ularning mashrutlarini kuzatib ham orom olsa bo&#8217;ladi. O&#8217;zlaridan 5-6 baravar og&#8217;ir yukni katta tezlikda (tezlik shu darajada kattaki, bir chumolini muayyan tasvirga olish imkoni bo&#8217;lmadi) o&#8217;z inlariga tashlab, yana orada bir-birlari bilan <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=857\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[133],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/857"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=857"}],"version-history":[{"count":4,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/857\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":859,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/857\/revisions\/859"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=857"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=857"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=857"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}