{"id":880,"date":"2011-06-01T13:47:54","date_gmt":"2011-06-01T08:47:54","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=880"},"modified":"2011-06-01T13:47:54","modified_gmt":"2011-06-01T08:47:54","slug":"hidoyat-gulshani-%e2%80%9cvatandosh%e2%80%9d-01-06-2011","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=880","title":{"rendered":"HIDOYAT GULSHANI. \u201cVatandosh\u201d. 01.06.2011"},"content":{"rendered":"<p><em><strong>&#8211; Hidoyat &#8211;<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>HIDOYAT GULSHANI<\/strong><\/p>\n<p><em>Bismillahir rohmanir rohiym.<\/em><br \/>\nBir kuni Iso alayhissalom ashoblari bilan yo\u2018lda ketayotsalar, harom o\u2018lgan itni ko\u2018rishibdi. Ashoblar hammalari burnilarini yopib:<br \/>\n\u2014 Namuncha sasimasa, badbaxt, \u2014 deyishsa, Iso alayhissalom:<br \/>\n\u2014 Tishini oqligini qarang, \u2014 deb undan ham bir yaxshilik topgan ekanlar.<br \/>\nFoyda: Har narsaning tubida yaxshilik yashiringan. Insonlar esa har xil. Kimdir ayni narsaning yomon jihatini ko\u2018rsa, fazl ahli esa undan doim yaxshi jihat qidiradi.<\/p>\n<p><strong>OTA-ONANING FAZLI<\/strong><\/p>\n<p>Rasululloh s.a.v. aytdilar:<br \/>\n\u201cOta-onangizga bir marta mehribonlik nazari bilan qarasangiz, bitta haj va bitta umra savobi beriladi\u201d.<br \/>\nBir sahoba savol berdilar:<br \/>\n\u2014 Yo Rasululloh s.a.v., agar bir kunda ming marta qara\u00adsam-chi?<br \/>\n\u2014 Alloh taoloning fazli senga 1000 ta haj va umra yozishdan kamaymaydi, \u2014 deb javob berdilar Rasululloh s.a.v.<\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>Bir odam kelib Rasululloh s.a.v.dan so\u2018radi:<br \/>\n\u2014 Yo Rasululloh s.a.v., men onamga 30 yildan beri xizmat qilaman, onam esa menga 3 yil xizmat qilgan xolos. Haqini ado etoldimmi?<br \/>\nRasululloh s.a.v. javob berdilar:<br \/>\n\u2014 Yo\u2018q, chunki, onang senga 3 yil xizmat qilgan bo\u2018lsa-da, har zamon sening o\u2018lib qolmasliging umidida xizmat qilgan, bu xizmatdan u malollanmagan, sening esa qalbingda bu xizmatlardan qachon qutularkinman, degan fikr turadi.<\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>Yana Rasululloh s.a.v. aytadilar:<br \/>\n\u201cOta-ona haqiga farzand duosini to\u2018xtatsa, Alloh uning rizqini kamaytiraveradi\u201d.<\/p>\n<p><strong>OTA-ONA KIM?<\/strong><\/p>\n<p>Rasululloh s.a.v.dan so\u2018ra\u00addi\u00adlar:<br \/>\n\u2014 Ota-ona kim?<br \/>\n\u2014 U sening Jannating yoki Do\u2018zaxingga hujjatdir.<\/p>\n<p><strong>QO\u2018SHNINING HAQI<\/strong><\/p>\n<p>Taqiy Usmoniy hikoya qiladilar:<br \/>\n\u201cMakkai mukarramada bo\u00adzor\u00adga kirib, bir matoni so\u2018ra\u00addim. Do\u2018kondor o\u2018sha matoni topgunga qadar oldimga 20 tacha o\u2018ramdagi gazlamalarni to\u2018kib soldi. Ularning ichidan bittasi menga ma\u2019qul tushib, shuni sotib olmoqchi bo\u2018ldim. Narxiyam ma\u2019qul keldi. Sotuv\u00adchi:<br \/>\n\u2014 Siz shu ma\u2019qul keldi-a?<br \/>\n\u2014 Albatta ma\u2019qul keldi.<br \/>\n\u2014 Unda yo\u2018lning uyog\u2018iga o\u2018tsangiz, huv anau do\u2018konda ham shu gazlamadan bor. O\u2018sha yerdan sotib oling.<br \/>\n\u2014 Ie, nega endi? Hamma narsani shu yerda savdo qildim, sizning ham qancha vaqtingizni oldim. Nega endi undan sotib olarkanman. Bu\u00adning siri nimada?<br \/>\n\u2014 To\u2018g\u2018ridagi sotuvchi mening qo\u2018shnim, ko\u2018r\u00adyapmanki, er\u00adta\u00adlab\u00addan beri hech narsa sotmadi. Men esa ancha narsa sotib qo\u2018ydim\u2026\u201d<\/p>\n<p><strong>BUYRAKCHA VA MIYACHA<\/strong><\/p>\n<p>Taqiy Usmoniy Alloh taolo ne\u2019matlari haqida tafakkur qilar ekan, shunday deydi:<br \/>\n\u201cAkam Rafe\u2019 Usmoniy yer yuzidagi eng zabardast buyrakshunos olim bilan uchrashganda shunday savol bergan ekan:<br \/>\n\u2014 Sizlar bir odamning buyragini saqlab qolish uchun\u00ad ikkinchi odamdan 50-100 000$ga buyrak sotib olib, uni ulayapsizlar. Shunga qudra\u00adtingiz yetyapti, yangi buyrak yasolmaysizlarmi?<br \/>\n\u2014 Hazrat, buyrakning ichi shunaqangi nozik iplardan yaratilganki, farazan dunyo olimlari oyoqqa tursa ham bir santimetrini yasolmaydi. Mabodo yasadi ham deylik, lekin bir narsa bandaning qo\u2018lidan kelmaydi. U buyrak ichidagi miyachadir. U buyrakka qancha energiya, suv talab qilinishi, uning ishlashini nazorat qiladi. Bu miyachani yasash insonning qo\u2018lidan kelmaydi.\u201d<\/p>\n<p><strong>TANGANING IKKINCHI TOMONI<\/strong><\/p>\n<p>Abu Hurayra r.a. aytgan ekanlar:<br \/>\n\u201cSen xotining xunuk bo\u2018lgani uchun kuyinma, bir kun senga go\u2018zal farzandni tug\u2018ib beradi \u2013 xursand bo\u2018lasan\u201d.<\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>Inglizlarning bir maqoli bor:<br \/>\n\u201cBuzuq soat ham kuniga 2 marta to\u2018g\u2018ri gapiradi.\u201d<\/p>\n<p><strong>BADXULQ AYOL \u2013 MENING MARTABAM<\/strong><\/p>\n<p>Buyuk tasavvuf shayxlaridan Mirzo Mazhari Joni-Jononning ayoli juda badjahl, yomon xotin bo\u2018lgan ekan. Shunday bo\u2018lsa-da, shayx har kuni bomdoddan keyin, shogirdlaridan birini ayoli oldiga jo\u2018natib, hol-ahvolini\u00a0 so\u2018rattirar ekan. Ahvol so\u2018ragani borgan shogirdlarini ayol so\u2018kib, \u201cdunyoda mening erimdan boshqasi qurib qolibdimi, shungayam shogird bo\u2018lasanlarmi?\u201d, deb vaysib berarkan. Uning bunday muomalasini shayxga aytishga ular istihola qilisharkan.<br \/>\nBir kuni shayx ayolining oldiga bir badaviysifat shogirdini jo\u2018natibdi. U esa ayolning bunday muomalasini ko\u2018rib, yugurgancha, shayxning oldiga kirib, shunday debdi:<br \/>\n\u2014 Ustoz, bunday ayol bilan qanday yashaysiz, meniyam, sizniyam boplab so\u2018kib berdi. Taloq qilib yubormaysizmi uni?<br \/>\n\u2014 Meni kim deb bilasan?<br \/>\n\u2014 Siz ustozsiz, buyuk ilm sohibisiz.<br \/>\n\u2014 Mening erishgan barcha ilmim, martabam, shu xotinimdan. Uning bu azoblariga sabr qilganimdandir. Agar men bir kun uning holini so\u2018ramasam, martabamdan tushib qolaman. Endi qanday qilib, meni shu darajaga olib chiqqan xotinimni taloq qilay\u2026<\/p>\n<p><strong>MUSULMONNING VAFODOR AYOLI<\/strong><\/p>\n<p>Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:<br \/>\n\u201cMusulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni olamda yo\u2018q. Buning isboti shuki, u er\u00adning xizmati bilan birga uning\u00ad ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo\u2018lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi\u2026<br \/>\nShuncha xizmatlariga yarasha bu ayollarning tillari shirin bo\u2018lganida edi\u2026 Jiddiysini qo\u2018ying, og\u2018zilaridan chiqqan hazil duo ham qabul bo\u2018lib ketardi. Adashib duo qilsalar ham Alloh qabul qilaverardi\u2026\u201d<br \/>\n\u201c16-17 ga kirgan yoshgina qiz \u201cO\u2018zingizni bag\u2018ishladingizmi?\u201d degan birgina so\u2018zga vafodorlik qilib, o\u2018z xonadoni, ota-onasi, yaqinlarini tashlab, seniki bo\u2018lib o\u2018tiribdi. Lekin sen badbaxt \u201cLa ilaha illalloh\u201d deding-u, Xudoniki bo\u2018lmading\u2026\u201d<\/p>\n<p><strong>OVQATNI MAQTASH HAM SUNNATDAN<\/strong><\/p>\n<p>Abdulhay Laknaviy bir kuni er-xotin muridlarinikiga mehmonga boribdilar. Ovqat nihoyatda mazali bo\u2018lgan ekan (odatda, shayx Rasululloh s.a.v.ning sunnatlariga ko\u2018ra, ovqatni doim maqtarkan), parda ortidagi ayolga qarata:<br \/>\n\u2014 Alloh rozi bo\u2018lsin, ovqatingiz juda mazali chiqibdi, \u2014 debdi.<br \/>\nBu gapni eshitgan ayol yig\u2018lab yuboribdi. Shunda shayx buning sababini so\u2018raganda shunday javob bergan ekan:<br \/>\n\u2014 Erim bilan 40 yildan beri birga yashayman. Lekin biron marta ham menga ovqatimni maqtamagan. Sizdan birin\u00adchi marta bu gapni eshitib, ko\u2018zimga yosh keldi.<\/p>\n<p><strong>SUVI OQQAN INGLIZ<\/strong><\/p>\n<p>Hindiston shayxul-islomi Husayn Ahmad Madaniy poyezdda shogirdlari bilan birga ketayotsalar, oldilariga bir ingliz kishi ayoli bilan chiqib o\u2018tiribdi. U zotga xizmat qilayotgan muridlarni ko\u2018rib, bu qaysi mashhur odam ekan, deb surishtiribdi. U kishining shayxul-islom ekanini bilgach, savol beribdi:<br \/>\n\u2014 Hazrat, mening bir masalada Islomga e\u2019tirozim bor. Nega sizlarda ayollarni yopinib yurishga buyurilgan? Go\u2018yoki ochiq kiyinish erkaklarning yo\u2018ldan urilishiga sabab bo\u2018larkan, zinoga da\u2019vat qilar ekan? Mana, mening xotinim, sochlarini yoyib, kalta kiyimlarni kiyib olib, oldimda o\u2018tiribdi. Ayting-chi, u ushbu poyezdda ketayotgan kimni gunohga da\u2019vat etyapti?<br \/>\nHazrat javob bermabdilar. Indamay o\u2018tiraveribdilar. Bir soatdan so\u2018ng shogirdlaridan biriga limon choy buyuribdilar. Shakar solingan choyga limonni to\u2018rg\u2018ayotib, inglizga qarasalar, limonning mazasiga og\u2018zidan suvi kelayotgan ekan. Shunda aytibdilar:<br \/>\n\u2014 Og\u2018zingizga suv keldimi? Limon shunday narsaki, tabiatan nordon bo\u2018lganligi sa\u00adbabli, uni kesilganda odamning og\u2018zidan suv keladi. Kichkinagina, jonsiz limon suvingizni oqizib yubordi-ku. Xotiningizning esa joni bor, go\u2018zalligi, husni jamoli bor, jodu ko\u2018zlari bor. Qanday qilib u birovlar\u00adning og\u2018zidan suvni oqizdirmaydi?<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Yorqinjon qori ma\u2019ruzalari asosida <\/strong><br \/>\n<strong>AbdulAziz tayyorladi.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><a href=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/vatandosh_5-son_7.gif\"><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/vatandosh_5-son_7.gif\" alt=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/vatandosh_5-son_7.gif\" width=\"560\" height=\"749\" \/><\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8211; Hidoyat &#8211; HIDOYAT GULSHANI Bismillahir rohmanir rohiym. Bir kuni Iso alayhissalom ashoblari bilan yo\u2018lda ketayotsalar, harom o\u2018lgan itni ko\u2018rishibdi. Ashoblar hammalari burnilarini yopib: \u2014 Namuncha sasimasa, badbaxt, \u2014 deyishsa, Iso alayhissalom: \u2014 Tishini oqligini qarang, \u2014 deb undan ham bir yaxshilik topgan ekanlar. Foyda: Har narsaning tubida yaxshilik yashiringan. Insonlar esa har xil. Kimdir ayni narsaning yomon jihatini ko\u2018rsa, <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=880\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[387],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/880"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=880"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/880\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":882,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/880\/revisions\/882"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=880"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=880"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=880"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}