{"id":884,"date":"2011-06-01T13:55:32","date_gmt":"2011-06-01T08:55:32","guid":{"rendered":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=884"},"modified":"2011-06-01T13:55:32","modified_gmt":"2011-06-01T08:55:33","slug":"mehnatsevarlik-%e2%80%9cvatandosh%e2%80%9d-01-06-2011","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=884","title":{"rendered":"MEHNATSEVARLIK. \u201cVatandosh\u201d. 01.06.2011"},"content":{"rendered":"<p><strong><em>&#8211; O\u2018zbekning fe&#8217;li &#8211;<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>MEHNATSEVARLIK<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Mehnatsevarlik o\u2018zbekning qon-qoniga singib ketgan xayrli fazilatlardandir. Kattalarimiz uqtirishlaricha, mehnat \u2013 shodlik, rohat va baxt poydevori.<br \/>\nO\u2018zbekning mehnatsevarligi faqat tirikchilik uchun emas, u mehnatdan jismoniy zavq oladi, ruhiy zavq oladi, estetik zavq oladi. O\u2018zbek katta lavozimda ishlasa-da, dam olish kunlari yoniga o\u2018g\u2018lini olib, kichkinagina tomorqasiga ekin ekadi, gulzoridagi gullarni parvarishlaydi. Tushlik mahal esa o\u2018zing ekkan daraxt soyasida yerga ko\u2018rpacha solib, tomorqadan chiqqan sabzavotlardan tushlik qilib, achchiqqina ko\u2018k choy ichib o\u2018tirishga ne yetsin?<br \/>\nXorijda yashaydigan o\u2018zbek do\u2018stim kuyinib aytib qoldi: \u00abBu yerdagilarga hayronman. Hech ishlagisi kelmaydi. Xotini bilan ham jo\u2018rtaga ajrashib oladi-da, davlatdan ishsizlik, bola, ajrashganlik nafaqalarini olib, kafema-kafe gamburger yeb, pivo ichib yuraveradi. Shuning uchun ham hammasi semirib ketgan\u2026\u00bb<br \/>\nO\u2018zbek esa hech qachon halol mehnatdan qochmagan. O\u2018zbek uchun o\u2018zi ishlab topgan bir burda non o\u2018zganing to\u2018kin ziyofatidan afzal. U faqatgina mehnat ortidan keluvchi boylikni qadrlaydi, qora ter evaziga barpo bo\u2018lgan turmushni chiroyli deb biladi.<br \/>\nQadim zamonda bir kambag\u2018al deh\u00adqon o\u2018tgan ekan. Uning hovlisida bir tup toki bor ekan, shu tokdan olgan hosilni sotib qishin-yozin tirikchilik qilar ekan. Bir kun dehqon betob bo\u2018lib yotib qolibdi. Shunda u yolg\u2018iz o\u2018g\u2018lini yoniga chaqirib bunday debdi:<br \/>\n\u2014 O\u2018g\u2018lim, mening kunim bitganga o\u2018xshaydi. Senga aytadigan bir gapim bor. Shuni qulog\u2018ingga isirg\u2018a qilib taqib ol. Gapim shuki, toklarimizning orasiga ikki xum tilla ko\u2018milgan. Shu tillani yilda ikki marotaba \u2014 bahor ham kuzda kovlab olib, tirikchiligingga ishlat. Zora shu bilan boyib ketsang.<br \/>\nOtasi shu gaplarni aytibdi-da, olamdan o\u2018tibdi. Bu payt qish ekan, bola bahorni orziqib kutibdi. Olamni gullolaga o\u2018rab bahor ham kelibdi. Yigit ketmonni qo\u2018liga olib, toklarning tagini belbog\u2018 bo\u2018yi qilib kovlab chiqibdi. Biroq oltin topilmabdi. Shu orada toklar kurtak chiqarib yaproq yoza boshlabdi. Yigit tilla qidirishni vaqtincha to\u2018xtatib, tok bilan ovora bo\u2018lib qolibdi. Shu yili tok chunonam hosil beribdiki, yigit uni pullab tamom qila olmabdi. Kelasi yil ko\u2018klamda ham yigit oltin qidirib bog\u2018ning tit-pitini chiqarib yuboribdi. Yana oltin topilmabdi.<br \/>\nBiroq bu yil tok o\u2018tgan yildagidan ham ko\u2018p hosil beribdi. Yigit uni pullab juda ham boyib ketibdi. Lekin hamon yigitning xayoli otasi aytgan oltinda ekan. U shu to\u2018g\u2018rida xayol surib o\u2018tirgan ekan, otasining qadrdon oshnasi kelib qolibdi. Yigit unga voqeani aytgan ekan, chol xoxolab kulibdi-da, keyin:<br \/>\n\u2014 Bolam, otang aytgan oltinlarni olibsan-ku, \u2014 debdi.<br \/>\n\u2014 Otaxon, bog\u2018dan bir misqol ham oltin topganim yo\u2018q, \u2014 debdi yigit.<br \/>\n\u2014 Nega yolg\u2018on gapirasan? Bo\u2018lma\u00adsa, bu boyliklarni qayerdan orttirding? \u2014 debdi chol.<br \/>\n\u2014 Mehnat qilib topdim.<br \/>\n\u2014 Sen mehnatni mo\u2018l hosil olish uchun\u00ad emas, oltinni topish uchun qil\u00adding. Otang rahmatli ko\u2018p aqlli odam edi. U senga mehnatdan unadigan ol\u00adtinlarni aytgan, \u2014 debdi chol.<br \/>\nXalqimiz dangasalik, mehnatni sevmaslikni kambag\u2018allikka olib boruv\u00adchi yo\u2018l deb ta\u2019lim beradi. Barcha yomon fazilatlar dangasalik, bekorchilik orqasidan kelib chiqishini uqtiradi.<br \/>\nBir qashshoq donishmand cholning oldiga kelib:<br \/>\n\u2014 Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo\u2018q, juda qiynaldim, nima qili\u00adshimni bilmay qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan? \u2014 debdi. Chol:<br \/>\n\u2014 Sen kambag\u2018almisan? \u2014 desa, u:<br \/>\n\u2014 Ha, bola-chaqalarim va o\u2018zim ochman, kiyim-kechagimiz yo\u2018q, \u2014 deb nihoyatda zorlanibdi. Chol:<br \/>\n\u2014 Xo\u2018p, bo\u2018lmasa menga o\u2018ng qo\u2018lingni sot, necha pul beray? \u2014 desa, haligi yigit:<br \/>\n\u2014 Yo\u2018q, o\u2018ng qo\u2018lim o\u2018zimga kerak, sotmayman, \u2014 debdi. Shunda chol:<br \/>\n\u2014 Bo\u2018lmasa o\u2018ng ko\u2018zingni sot, \u2014 debdi. Yigit:<br \/>\n\u2014 Nega men o\u2018ng ko\u2018zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, \u2014 debdi.<br \/>\nChol shu tarzda yigitning tana a\u2019zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit \u00abyo\u2018q\u00bb javobini qaytaravergach, chol yigitga:<br \/>\n\u2014 Ha, butun muchalaring sog\u2018 bo\u2018lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan. Sog\u2018 bo\u2018lsang qanday ish bajarsang, qo\u2018lingdan keladi. Kuning o\u2018tadi, \u2014 deb javob qaytargan ekan.<br \/>\n\u2026Rahmatli bobom bekorchilarni yomon ko\u2018rardilar. \u2014 Dunyodagi eng yomon odamlar bekorchilar, \u2014 derdilar u kishi, \u2014 Odam bekorchi bo\u2018lgandan keyin peshona teri bilan mehnat qila\u00adyotganlarning g\u2018iybatini qilishni boshlaydi, gap tashiydi, eng yomoni o\u2018zi ishlamaydi-da, yana zamondan noliydi\u2026 Sen mehnatimning samarasi bo\u2018lmayapti dema, halol mehnatning natijasini sen albatta ko\u2018rasan. Uning samarasi farzandlaringda bilinadi. Farzand kamoloti \u2014 sening halol mehnatdan topgan rizqingda\u2026<br \/>\nHalol mehnat bilan ikki dunyo saodatiga yetishlik barchamizga nasib etsin!<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Davronbek TOJIALIYEV<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: left;\"><a href=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/vatandosh_5-son_9.gif\"><img loading=\"lazy\" src=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/vatandosh_5-son_9.gif\" alt=\"http:\/\/www.ziyouz.com\/images\/vatandosh_5-son_9.gif\" width=\"560\" height=\"458\" \/><\/a><strong><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8211; O\u2018zbekning fe&#8217;li &#8211; MEHNATSEVARLIK Mehnatsevarlik o\u2018zbekning qon-qoniga singib ketgan xayrli fazilatlardandir. Kattalarimiz uqtirishlaricha, mehnat \u2013 shodlik, rohat va baxt poydevori. O\u2018zbekning mehnatsevarligi faqat tirikchilik uchun emas, u mehnatdan jismoniy zavq oladi, ruhiy zavq oladi, estetik zavq oladi. O\u2018zbek katta lavozimda ishlasa-da, dam olish kunlari yoniga o\u2018g\u2018lini olib, kichkinagina tomorqasiga ekin ekadi, gulzoridagi gullarni parvarishlaydi. Tushlik mahal esa o\u2018zing ekkan <a class=\"more-link\" href=\"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/?p=884\">\u0414\u0430\u0432\u043e\u043c\u0438 &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[387],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/884"}],"collection":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=884"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/884\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":886,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/884\/revisions\/886"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=884"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=884"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/davronbek.ziyouz.com\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=884"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}