Davronbek's blog

Assalomu alaykum!
Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: “Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!” – degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: “Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir. Hadisi sharifdan.

Alloh hammamizni bir-birimizga muhabbatli qilsin. Shundagina Alloh bizlarni sevadi. Shundagina insonlarda bizga nisbatan muhabbat paydo bo`ladi. Yunus Emro hazratlari aytganlaridek, "Sevaylik, sevilaylik!"