To’rtovlon va Beshinchi

Ular beshta do’st edilar. Biri duradgor, biri quruvchi-usta, yana biri savdo xodimi… Beshinchilarining ishi yurmay qoldi. Singilni chiqarish kerak. Mablag’ suv va havodek zarur… Uydagilarning hay-haylashiga qaramay Beshinchi uzoq Rossiyaga ketdi… Dardi bor edi. Dard uni yengib qo’ydi. 2 oyga ham qolmay gepatit hastaligiga tutildi… Beshinchi do’stlariga qo’ng’iroq qildi: “Ota-onam oldida hijolatdaman, ne qilayin” dedi… Do’stlar uni Vatanga qaytishga ko’ndirishdi. Давоми …

Bolajonlar nutqi. 12-qism

Kecha jiyan-singillarim bolalari bilan kelishgan ekan. Kichikroq, endigina tili chiqqan Shohruxmirzoni olib, asta suhbat qura boshladim. Ba’zi narsalarni ko’rsatib, xususiyatini aytib, “Bu nima?” deb so’ray boshladim. Uning lug’atida bo’lgan jajji so’zlar bilan tanishing: Joynamoz – Ollo (namoz o’qilishiga ishora) Yostiq – Alla (yostiqda yotib alla aytilishiga ishora) Telefon – Allo (telefonda “Allo” deyilishiga ishora) Soat – Chiq (soatning chiqillashiga ishora) Давоми …