Chechen-ingush xalq maqollari

• Uzoqdagi surnay yoqimli eshitiladi. • Oldinga qaramay qadam tashlama, atrofga qaramay so‘z boshlama. • Behuda akillagan it bo‘riga yem bo‘ladi. • G’iybatni eshitish ― kasallik, eshitmaslik ― dori. • Chiroyli qiz eski ko‘ylakda ham chiroyli. • Muqarrar mag‘lubiyatdan chekinish qo‘rqoqlik emas. • Yaxshi so‘z tog‘ni ham joyidan jildiradi. • Mevadek shirin bo‘lma, kim oldingdan o‘tsa, yeb ketadi. • Go‘zallik Давоми …

Oltoy xalq maqollari

• Bo‘sh idishning jarangi ko‘p, bo‘sh kallaning gapi ko‘p. • Bilag‘on yarimta so‘zdan tushunadi, nodon bilmasa ham og‘iz ochaveradi. • Ot qochsa ushlab kelish mumkin, aytilgan so‘zni qaytarib bo‘lmaydi. • Mehnatda ayb yo‘q. • Senga qanday ot olib kelishsa, o‘tir, faqat ehtiyot bo‘l, oyog‘ing yerga tegib qolmasin. • Ko‘p, lekin yomon narsadan, oz, ammo yaxshi narsa afzal. • Kalxatlar o‘limtik Давоми …

Kabardin xalq maqollari

• Beshik yasalgan insonga tobut ham yasaladi. • Ozg‘in sigirni boqsang, labing moy bo‘ladi, och odamni boqsang, to‘ygach, labingga uradi. • Oltin go‘ngda ham zanglamaydi. • Itni yegani uchun ham, yemagani uchun ham uradilar. • Go‘ngqarg‘a ham bolalarini chiroyli deydi. • Qaerga yiqilishingni bilganimda gilam to‘shab qo‘yardim. • Agar bodringga yaxshi bo‘lish yozilmagan bo‘lsa, u tirishib o‘sadi. • Daryoda oqqan Давоми …

Abazin xalq maqollari

• Ishyoqmas poliz qo‘riqchisidan ham yomon, poliz qo‘riqchisi hech bo‘lmasa qo‘rqitadi. • Topilmagan go‘shtdan bo‘rining tishi qamashadi. • Achchiq ovqat yemagan asalning shirinligini bilmaydi. • Eshakdan yiqilgan bolani arg‘umoqqa mindirma. • Tuxum tovuqqa aql o‘rgatarkan. • Eskini maqtab, yangini ol. • Haqiqatning yo‘li keng. • Ho‘kizning o‘limi ― itlarga bazm. • Bilimni belga bog‘lab yurmaydilar. • Hamjihatlik oilani mustahkamlaydi, birgalikda Давоми …

Gruzin xalq maqollari

• Itlar yo‘q joyda mushuklar huriydi. • Eshakdan: “Sening nechta xotining bor?”, — deb so‘rashdi. U butun podani ko‘rsatdi. • Tarbiyasiz otga minib Xudoni esdan chiqaradi, otdan tushib — otni. • Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash. • Ko‘rlar orasida bir ko‘zli ham qo‘mondon. • Odam yig‘lab tug‘ilib, ingrab o‘ladi. • Odamning tug‘ilishi — birinchi kun, uylanishi — ikkinchi kun, Давоми …

Avar xalq maqollari

• Boshing yorilmasdan avval bog‘lab ol. • Mushuklar yo‘q shiyponda sichqonlar tantana qiladi. • Tarix qaytmaydi, pakana o‘smaydi. • Asalari va pashsha bitta uyaga sig‘maydi. • Tog‘ toqqa mehmonga boribdi desa ― ishon, insonning fe’li o‘zgaribdi desa ― ishonma. • Ko‘rganing ― haqiqat, eshitganing ― yolg‘on. • Begonaning boshiga tekkan o‘q, go‘ngtepaga sanchilgan o‘q bilan barobar. • Bir bog‘ uzum Давоми …

Dog’iston xalq maqollari

• Ilon terisini har yil o‘zgartiradi, ammo zaharli tishi shundayligicha qoladi. • Ko‘piga yugurgan ozidan ham qoladi. • Kim yolg‘on gapirsa, u o‘g‘irlikdan ham toymaydi. • Ko‘p changallama, ko‘tarish qiyin bo‘ladi. • Yomon odam qarzdor bo‘lib qolmaydi: unga yaxshilik qilgan odamning uyini yoqadi. • Otasiz ― o‘g‘il xo‘jayin, onasiz ― qiz. • Qumsiz daryo bo‘lmaydi. • Yomon odamning og‘ziga moy Давоми …

Udmurt xalq maqollari

• Shamolsiz zarangning yaprog‘i ham shitirlamaydi. • Suzag‘on sigir shoxsiz buzoq tug‘adi. • Bo‘rini qo‘yga aylantirib bo‘lmaydi. • Oqargan ko‘ylakni yangi qilolmaysan. • Ikki ayiq bir uyaga sig‘maydi. • Turna turnani doim topadi. • So‘rov uchun yuzga urmaydilar. • Qaerga yiqilishimni bilganimda somon to‘shab qo‘yardim. • Ba’zida qarg‘a ham kakkuni tarbiyalaydi. • Tolni kesib tashlasang ham baribir tagidan chiqaveradi. • Давоми …

Arman xalq maqollari

• Agar itning uyati bo‘lganida ishton kiyib olardi. • Bozorda mol bilan birga qalb ham sotiladi. • Hatto oy ham nuqsonsiz emas. • Xursand bo‘lganingda mozorga bor, xafaligingda ham o‘sha yerga bor. • Bolaning onasi o‘gay bo‘lsa, otasi ham begonalshib qoladi. • “Dada, bu yetishmovchilikka yana qancha chidashimiz kerak?” ― “Qirq kun” ― “Keyin-chi?” ― “Ko‘nikib ketamiz”. • Ehsonni shunday Давоми …

Darg’in xalq maqollari

• Sigirning olasi tashida, odamniki ― ichida. • Katta boylik insonni itga aylantiradi. • Ot yo‘q joyda eshak ham ot. • Katta boylik ― katta bosh og‘rig‘i. • Boshsiz ilon yo‘ldan o‘tolmaydi. • Daydi it suyak ham yeyishi mumkin, tayoq ham. • Shirin bo‘lsang ― yalaydilar, achchiq bo‘lsang ― tupuradilar. • Buqa o‘lsa ― go‘sht, arava sinsa ― o‘tin. • Давоми …