Xatmona

Shanba kuni mahalliy Oqmachit (Robiyaxon hoji ona) jome’ masjidida ham 12 kunlik xatmona nihoyasiga yetdi. Tumonat odam yig’ildi. Saflar juda zich bo’ldi, tor bo’ldi. Issiq mo’l bo’ldi. Ko’ylaklar terdan ivib ketdi. O’ylab qoldim: Qaniydi, terdan ho’l bo’lgan kabi kiyim-boshlarimiz Alloh uchun to’kilgan ko’z yoshdan ho’l bo’lsaa… Qori judayam chiroyli o’qidi, xatmona oxirigacha joyini tark etganlarni ko’rmadim. Xatmona so’nggida imom Rahmatulloh Давоми …

Ramazonning bir kuni

Soat 18.30. Iftorlikka 40 minutdan oshiqroq vaqt bor. Ishxonadan chiqaman. Ko’chada avtomobil harakati tezlashgan. Menga kerakli marshrutga chiqish ham o’ziga xos muammo. Nihoyat bo’shroq “Damas” keladi. Ikki shahar orasidagi postdan o’tarkan, haydovchi marshrut raqamini olib tashlaydi va xo’jako’rsinga tasmani taqib oladi. Soat 18.40. Yo’l-yo’lakay gazsuvxona, ayronxonalarda turnaqator navbatni kuzataman. Ro’zadorlar issiq kunlarda iftorlik uchun turli ichimliklarni ko’tarib ketayotganlari chanqagan nigohlarimga Давоми …

Йўқолиб бораётган эзгу одатларимиз

Ёшлигимда қариялар билан кўп муомала қилганим учунми, жуда кўп эзгу одатларни хотирлайман. Уларнинг баъзиларини ҳозир ҳам кўриб қоламан, баъзиларини эса армон билан эслайман. Замонавий дунёда технологияларнинг ривожланиб кетиши одамларни дангаса қилиб қўйяпти, деган фикрга қўшиламан. Бунинг оқибатида эса, баъзи эзгу одатларимиз ҳам хотираларда қолиб кетмоқда. Ўзим туғилиб ўсган Марғилон шаҳри мисолида ўтган асрнинг 90-йилларида кўрганларимдан эсимга тушганларини зикр этсам: “Вақти Давоми …

Birodarlarimni sog’indim…

Allohga hamdlar bo’lsin. Alhamdulillah. O’tgan yili boshlaganim “Saodat asri qissalari” kitobining audiokitobini tayyorlash rejam, bundan 5 daqiqa oldin o’z itmomiga yetdi. To’rttala kitob ham audiotarixga muhrlandi. Men juda xursandman. Hech bo’lmasa, 3-4 kishi bo’lsa-da, buni eshitib, fikrlarini bildirishdi. “Keyingilarini qachon tayyorlaysiz?” degan savollardan ham o’z vaqtida rosa xursand bo’ldim. Bugun yana bir bor butun olamlarning eng buyuk insoni – hazrati Давоми …

Tog’likning o’limi (hikoya). Yaroslav Gashek

Yaroslav Gashek TOG’LIKNING O’LIMI (hikoya) Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o‘rmonlar va bug‘doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to‘yg‘izishdi, yo‘l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo‘l tog‘ yonbag‘irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yo‘ldan asta ko‘tarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk o‘lkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, chang bosgan ko‘ylagiga tirishgan Давоми …

Xush keldingiz, Mohi Ramazon!

Shahri Ramazon, xush keldingiz. Qalbimizni sizga ochamiz. Bizning qalblarda ham bir mehmon bo’ling. Zora chirkin vujudimiz siz keltirgan yorug’ nur ila munavvar bo’lsa… Ey Mohi Ramazon, men sizni yaxshi eslayman. O’shanda rahmatli buvim hammamizni bir uyga yig’ib, sizning kelishingizni, xonadonimiz mehmoniga aylanishingizni kutardilar. Siz kelishingiz bilan esa o’rnilaridan turib, “Marhabo, Yo Mohi Ramazon, xush keldingiz, xush keldingiz” deya t’azim bajo Давоми …

Шоҳимардон манзаралари (видео)

Фарғона вилоятининг сўлим гўшаларидан бири Шоҳимардон қишлоғи манзаралари. Шоҳимардон саёҳатномаси Шоҳимардон саёҳати. 1-қисм. Танишув Шоҳимардон саёҳати. 2-қисм. Гавжум қадамжолар Шоҳимардон саёҳати. 3-қисм. Жума кунида Шоҳимардон саёҳати. 4-қисм. Миллий ўйинлар намойиши