Абдураҳим Ўткир (Уйғуристон)

* * * Саҳар кўрганчадир кўзим султонини Дедим: “Султонмисан?”, у деди: “Йўқ-йўқ”. Кўзлари ёлқинли, қўли хиноли Дедим: “Чўлпонмисан?”, у деди: “Йўқ-йўқ”. Дедим: “Исминг нима?”, деди: “Ойхондир”, Дедим: “Юртинг қаер?”, деди: “Турфондир”, Дедим: “Бошингда не?”, деди: “Ҳижрондир”, Дедим: “Ҳайронмисан?”, у деди: “Йўқ-йўқ”. Дедим: “Ойга ўхшар”, деди: “Юзимми?” Дедим: “Юлдуз каби”, деди: “Кўзимми?” Дедим: “Ёлқин сочар”, деди: “Сўзимми?” Дедим: “Вулқонмисан?”, у деди: Давоми …

Ошиқ Вейсал Шатирўғли (Туркия)

УЗУН-ҚИСҚА БИР ЙЎЛДАМАН Узун-қисқа бир йўлдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Билмаяпман не ҳолдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Дунёга келганим онда, Юрардим айни замонда, Икки эшикли хонада, Кетаяпман кундуз-кеча. Уйқуда яна юрарман, Қолмакка сабаб сўрарман, Кетган ҳаммани кўрарман, Кетаяпман кундуз-кеча. Қирқ тўққиз йил бу йўлларда, Водию, тоғу чўлларда, Тушганим ғурбат қўлларда, Кетаяпман кундуз-кеча. Чуқурроқ англаб бўлгунча, Узоқ кўрунур кўргунча, Бир йўл лаҳза миқдоринча, Кетаяпман кундуз-кеча. Давоми …

Юнус Эмро (Туркия)

КEЛ КЎР МАНИ ИШҚ НАЙЛАДИ Ман юрурман ёна-ёна, Ишқ бўяди мани қона, На оқилман, на девона, Кел, кўр, мани ишқ найлади. Гоҳ эсарман еллар каби, Гоҳ тўзарман ерлар каби, Гоҳ оқарман селлар каби, Кел, кўр, мани ишқ найлади. Оқар сувлардек оқарман, Дардли юрагим ёқарман. Ёримни ўйлаб йиғларман, Кел, кўр, мани ишқ найлади. Ё қўлим ол қолдир мани Ё васлингга қондир Давоми …

Allohning go’zal ismlari. Bara Kheriji

Asmaulloh. Sami Yusuf Asma’u ALLOH (Allohning go’zal ismlari) Bastakor va ijrochi: Sami Yusuf Matn muallifi: Bara Kheriji Rohiym (Juda rahmli) Kariymun (Saxovatli va karami keng) Aziym (Azamatli va ulug’ zot) Aliymun (biluvchi, dono, ilm sohibi) Haliym (jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi) Hakiymun (Hikmat sohibi. Har bir narsani hikmat ila qiluvchi) Matiyn (Matonatli zot) Mannaan (Benihoya muruvvat ko’rsatuvchi) Rohmaanun Давоми …

Rasululloh (SAV) sog’inchi

RASULULLOH  SOG’INCHI Gul yuzingiz ro’yomizda, Ko’raylik, yo Rasululloh! Gul bog’ingizga dunyoda Kiraylik, yo Rasululloh!  Sizsiz ko’ngillar sultoni, Keltirgan buyuk Qur’onni, Siz uchun tandagi jonni, Beraylik, yo Rasululloh!  Ishqingiz-la, yosharar ko’z, Hasratingiz-la, yondik biz, Muborak ravzangizga yuz Suraylik, yo Rasululloh!  Vido etib mosuvoga, Yolvorib buyuk Mavloga, Shafoati Mustafoga, Yetaylik, yo Rasululloh!  Lavlaka dedi sizga Haq, Yuzimizga boqing ul vaqt, Huzurullohga yuzi Давоми …

Gullar makoni

GULLAR MAKONI Bir shaharga sayir qildim, Ko’rdim saroyi guldir – gul. Sultonimning toju taxti Bog’i, devori guldir – gul. Gul olarlar, gul sotarlar, Guldan tarozi tutarlar, Gulni gul bilan tortarlar, Rasta, bozori guldir – gul. Tuprog’i – gul, toshi – gul, Qurug’i – gul, ho’li – gul, Xos bog’chasining ichida Sarvi chinori guldir – gul. Guldan tegirmon aylanar, Uning bilan Давоми …

Haj ilohisi

HAJ ILOHISI Ko’ngil qulog’imga kelsa bir sado, Ey, qulim, kel ayla hajjingni ado, Etsam, moli-mulkim jonimni fido, Labbayka deyayin Allohim labbayk. Labbayka la sharika laka labbayk. Bobus-salomingdan baytingga kirsam, Hajarul-asvadga yuzimni sursam, Kechib mosuvodan vaslingga yetsam, Labbayka deyayin Allohim labbayk. Labbayka la sharika laka labbayk. Solih qullaring-la tavofga tursam, Nuring-la mast bo’lib, fayzing-la to‘ysam, Tajallii Zoting ruhimda tuysam, Labbayka deyayin Давоми …

Choy bangilari. Shahit Namzeli

CHOY BANGILARI Ey Rabbimiz! Yaratmishsan dunyoni yana ikki, Ularning maqsadi Islomdan boshqa neki? Orqamizdan baqirsalar, bular telbami toki Ularga gul otar-otmas, Xizmatga ketajakmiz. Zakariyo quling kabi arralar-la kessalar, Munodiymiz Bilol kabi xarsang tosh-la ezsalar, Devorlar  va tog’larni to’siq deya tizsalar, Bir tepmakda buzar-buzmas, Xizmatga ketajakmiz. Biz asoyi Muso bo’lib, dengizlarni yoramiz, Bir Hiraqlit zarbasidek zanjirlarni uzamiz, Biz Ibrohim do’sting kabi Давоми …