Ошиқ Вейсал Шатирўғли (Туркия)

УЗУН-ҚИСҚА БИР ЙЎЛДАМАН Узун-қисқа бир йўлдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Билмаяпман не ҳолдаман Кетаяпман кундуз-кеча. Дунёга келганим онда, Юрардим айни замонда, Икки эшикли хонада, Кетаяпман кундуз-кеча. Уйқуда яна юрарман, Қолмакка сабаб сўрарман, Кетган ҳаммани кўрарман, Кетаяпман кундуз-кеча. Қирқ тўққиз йил бу йўлларда, Водию, тоғу чўлларда, Тушганим ғурбат қўлларда, Кетаяпман кундуз-кеча. Чуқурроқ англаб бўлгунча, Узоқ кўрунур кўргунча, Бир йўл лаҳза миқдоринча, Кетаяпман кундуз-кеча. Давоми …

Tabiat tarovati va qo’rqinchi

Yumush bilan ikki kun avval Toshkent shahriga bordim. Qamchiq dovonidan o’tarkanman, atrof oppoq qor, yuqorida yana qor yog’ardi. Toshkent viloyatiga kirish bilan qor yomg’irga aylandi. Toshkent shahriga yaqinlashishimiz bilan esa, yomg’irdan ham darak yo’q. Oftob charaqlab, nurlarini sochmoqda. Bu avvalo kishilarning kiyinishida ham namoyon bo’libdi. 25 C havo haroratida yengsiz futbolkada yurganlarni, hatto (ajabo!) shortik kiyganlarni ham ko’rdim. Kechga yaqin Давоми …

Mening kitob javonim

Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud: Kitoblar – 415 ta; Jurnallar – 14 ta; Bukletlar – 15 ta. Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi – xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko’chirilgan Qur’oni karim qo’lyozmasidir. Eng yangi kitob esa “Sharq” nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning 100 yili” kitobidir. 2008 yilda chop etilgan Давоми …

Madaniy

Toshkentga 1 marta borib kelsang ham, yaqin o’rtoqlaring: “Toshkentlik yigit” deyishadi. Rossiyaga borib ishlab kelsang “Rossiyalik”ka aylanasan. Qaniydi, Rasululloh s.a.v. va buyuk sahobiylarni o’z bag’riga olgan Madinai muazzamani bir marta ziyorat qilsam-u, Madaniy bo’lib qolsam…