ISLAM: Empire of Faith

Kecha ISLAM: Empire of Faith degan documental filmni ko’rdim. G’arbliklar tomonidan ishlangan bu filmda Islomning qonuniyatlari, tarixi haqiqiy ochib berilgan ekan. G’arbliklarning o’zlari Buyuk Iymon saltanatining qudratiga tan bermoqdalar. Ilmni Yevropa qayerdan o’rgandi? Islomdan? Madaniyatni qayerdan o’rgandi? Islomdan? Davlatchilikni qayerdan o’rgandi? Islomdan? Bag’rikenglik, demokratiyani qayerdan oldi? Islomdan! Ushbu filmni sizlarga ham tavsiya etaman. Islom tarixi haqida juda haqqoniy ishlangan g’arb Давоми …

Men bahorni yaxshi ko’raman…

Kechagi yoqqan yomg’ir tufayli bugun ertalabdan havo haqiqiy bahorni eslatdi. Ochiq havoda yurish jonu dilim. Darxondan Navoiy kutubxonasigacha piyoda bordim. Atrofdan bahor nafasi sezilib turardi. Charaqlab nur sochayotgan bahor oftobi ham ko’ngilga hush yoqadi… Kutubxonada Oybek ijodiga oid kitoblarni varaqlab chiqdim. Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo’shjonovning Oybek domla haqidagi asarini mutolaa qildim. “O’zbek ismlari” kitobini ham bir ko’rib chiqishga ulgidim. Tushlikka Давоми …

Toshkent shahrida 8 ballik zilzila bo’larmish!

Bugun Toshkent shahrida ajoyib bir mish-mish tarqadi: Nimeymish, bugun kechki soat 18.00 da Toshkent shahrida 8 ballik zilzila bo’larmish!. Hamma binolarni tark etsin! Avvaliga umuman ishonmadim. Keyin bir o’rtog’im telefon qilib shunday dedi. Man esa unga hazillashib, mayli, san ketaver, man ko’rmoqchima, dedim. Keyin ishxonadegilar g’uvillab qolishdi. Bir-ikitalari uyga qochib ham qolishdi. Ularga ham shunday xabar kelgan ekan. Ba’zilari hansiragancha Давоми …

Plagiat

Shanba kuni ajoyib bir ishning guvohi bo’ldim. E-mailimni tekshirib o’tirsam, Iguzar.com portalidan xabar keldi: Saytimizdagi forumdagi mulohazangizga javob berildi. Javobni o’qish uchun shuni bosing. hayron bo’lib qoldim. Tezda javob yozvordim: Axir man silarni forumlaringga a’zo bo’maganman-u, qanaqasiga? Ajabo, shunaqasi ham bo’larkan. Bizning forumimizdan mulohazalarni aynan, hatto mualliflari bilan (ularni qanday registr qilishdi ekan?) joylab qo’yishibdi. Juda hayron qoldim. Avvaliga ulardan Давоми …