Marg’ilon tonglari juda ajoyib…

Bugungi tong men uchun judayam chiroyli otdi. Chunki men o’z uyimdaman, ota-onam bag’rida. Kecha kelishim bilan uyda bayram boshlandi. Jiyanlarimning quvonchidan ko’zim yoshlanishiga jichcha qoldi… O’z uyingga yetmas ekan baribir. Uyga kirishim bilan, salom-alikdan so’ng har doimgi savol beriladi: – Necha kunga kelding, o’g’lim? – Kelmasimdan avva ketishimni so’raysizlar-a? – deya hazillashaman. Yig’lamsirab turgan onamning javoblari shu bo’ladi: – Sening Давоми …

Tushlar… Ne haqiqat ayon ularda?

Tushlar… Insonning eng ajabtovur damlari… Xayollar ummoni… Orzular makoni… Odatda ko’pchiligimiz tush ko’ramiz. Tushlarda ba’zi haqiqatlar ham oshkor bo’ladi. Unda siz kelajakka safar qilishingiz ham mumkin. Shuning uchun ham ayni bir voqelikni, buni oldin tushimda ko’rganman, degan tuyg’u ham bo’ladi. Bugun tush ko’ribman. O’sh shahrida ekanman. Chamasi, 1989-90 yillar… Men xuddi hozirgi yoshimdaman. Olomon… Juda ko’p xalq to’plangan… Nimagaligini so’rasam Давоми …

Dard berib, davo berganingga shukr!

Allohning bergan har bir ne’matiga shukr qilish kerakligini yana bir marta angladim. Inson a’zolari Allohning san’ati ilohiysi bilan shunday mukammal yarilganki, butun dunyo olimlari bir bo’lib harakat qilsalarda, bitta tirnoq ham yarata olmaydilar. Avvallari hech tishim og’rimagan edi. Tish og’rig’i yomon bo’lar ekan. Bosh qismidagi barcha nerv hujayralariga birdek ta’sir etib, oromingizni yo’qotarkansiz. 2 kun shunday o’tdi. Tomoqdan narsa o’tmaydi, Давоми …