Eng ko’p kitob kiritilgan kun

Bugun o’zbek interneti tarixida eng ko’p o’zbek tilidagi yangi kitob kiritilgan kun bo’ldi. Ayni shu kun www.ziyouz.com portaliga 152 ta yangi kitob yuklandi. Portalimizdagi jami kitoblar soni 2135 tani tashkil etdi! Bundan oldingi rekord 2011-yil, 5-fevral kuni o’rnatilgan edi. O’shanda portalga bir kunda 81 ta yangi kitob yuklangan edi.

Siz bayramni qanday o’tkazdingiz?

Ertalabdan oilamizning barcha erkaklari (o’g’lim Abdulazizdan tashqari, u hali yosh, namoz aqlli namoz o’qishni bilmaydi, lekin namoz o’qiyotsam, oldimga kelib, harakatlarimni qaytarib, sajdalar qiladiyu, zum o’tmay shaytoni tutib, joynamozni torta boshlaydi ) hayit namozini ado etish maqsadida yo’lga tushdik. Yo’lda dadam hammamizga yeb olinglar deb qand ulashdilar. Mahalla ko’chalari obod, hammayoq supurilgan, yomg’ir yoqqanga o’xshaydi, har bir xonadon saxardan o’z Давоми …