davronbek_tjMen – Tojialiyev Davronbek Rustamovich 1984 yil, 15 fevral kuni Marg’ilon shahrida dunyoga keldim.
1990-93 yillarda Marg’ilon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi 3-o’rta maktabda, 1993-2000 yillari “Istiqbol” gimnaziyasida ta’lim oldim. 1998-2000 yillarda Marg’ilon shahri va Farg’ona viloyatida geografiya bo’yicha fan olimpiadasida 1-o’rinni egalladim. 2000 yildagi Respublika olimpiadasida 6-o’rinni egalladim.
2000 yili Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetiga imtihon topshirib o’qishga kira olmadim. 2001 yili O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjat topshirib, 252 ball bilan 4-o’rinda o’qishga kirdim.
2001 yil sentabr oyidan “Ma’rifat” gazetasida muxbir, keyinchalik dizayner bo’lib ishlay boshladim.
2005 yili bakalavrni tugatgach, O’zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga magistraturaga kirib, 2007 yili qizil diplom bilan bitirdim.
2004 yili www.ziyouz.com portalini tashkil etib, uni ma’lumotlar bilan to’ldira boshladim. Ayni paytda bu portal o’zbek tilidagi eng boy axborot manbalaridandir. 2005-2006 yillarda “7 mo’jiza” gazetasida mas’ul kotib, 2006-2007 yillarda “Max-Print” kompaniyasida dizayner, 2007-2008 yillarda “Tafakkur Plus” MCHJda dizayner va bo’lim boshlig’I lavozimlarida ishladim.
2005 yili Polish-Czech-Slovak Solidarity Foundation tomonidan tashkil etilgan “Fostering Independent Publishing in Central Asia 2nd” programmasi bo’yicha Polshada malaka oshirdim.  2008 yili , BBC iLearn system asosida Transition online tomonidan tashkil etilgan “Introduction to online journalism” kursini bitirdim. 2008 yil yanvarda Qozog’istonning Almati shahrida British Council tomonidan tashkil etilgan “New silk road” Creative writing workshopda  ishtirok etib qaytdim.

Ushbu saytda o’zimning ijodiy ishlarim, shuningdek Ingliz, rus, turk tillaridan tarjimalarimni berib bormoqdaman.
E-mailarim:  davronbek_rltd@yahoo.com, davronbek@gmail.com