“Zulmat” – Qorong’ulik ichra nur

Bu men Mishel Maknelli. Shimali hind-ingliz oilasining to’ng’ich qiziman. Bu hikoya men va mening ustozim haqida. Bu hikoya nogiron tug’ilgan, ammo baxti uchun kurashgan, iloji yo’qdek ko’ringan ishni uddalay olgan ikki inson qismati haqida. Bu hikoya butunlay o’zga bir dunyo haqida. Bu dunyoda tovushlar sukunatga aylanadi. Nur esa zulmat qa’riga g’arq bo’ladi. Mening olamim ana shu. Mening olamim abadiy zulmat Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 7-she’r

Qalbim rangi qizil lola, Kecha-kunduz qilib nola, Sani izlab to’kar jola, Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Dilga qirov qo’nmagaydir, Ishqim o’ti so’nmagaydir, Ayriliqqa ko’nmagaydir, Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Bog’da gul ham seni deydi, Zor bulbul ham seni deydi, Mendek qul ham seni deydi, Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Yoningga hech borolmasam, Ko’zlaringga qarolmasam, Netay, bir bor ko’rolmasam, Kel, ko’r, Давоми …

АЙБ ФАҚАТ ЁШЛАРДАМИ? «Халқ сўзи». 25.01.2006

– Баҳс – АЙБ ФАҚАТ ЁШЛАРДАМИ? Маънавият инсон кўнглинда зуҳур топади. Қалбга эса буюриб бўлмайди. Кимгадир ажиб завқ бағишлаган нарсани бошқа биров рад этиши мумкин. Айни пайтда комил инсонга хос юксак маънавият жамиятимиз тақдирини белгиловчи олий қадрият ҳисобланади. Хўш, бу борада қандай муаммолар мавжуд? Ёшларимиз руҳий дунёсига кириб келаётган ғоя ва қарашлар асрий анъаналар вориси бўлган халқимиз табиатига қанчалик мос Давоми …

Chimyon safari

Dam olish kunlarini juda maroq bilan o’tkazdim. Shanba kuni do’stimiz – Alihon ning tug’ilgan kunlari ekan. Ular bizni Toshkentdagi marg’ilonliklar choyxonasiga taklif qildilar. U yerda do’stlar bilan rosa maza qildik, suhbatlar, hangomalar… O’zimizning devzira guruchlardan juda qoyillatib osh damlab berishdi. Xuddi uydagidek maza qilib tanavvul qildik. Yakshanba kuni esa ishxonadagi yoshlar bir bo’lib Chimyonga chiqdik. Qorli tog’ bag’rida o’ynab rosa Давоми …

Qurbon bayram shukuhi

Bugun ertalabdan tahorat qilib, yangi kiyimlarni kiyib, musku anbarlarni sepib, joynamozlarni oldik-da, jome’ masjidiga hayit namozini o’qishga shoshildik. Uydagi barcha erkaklar, hatto yosh jiyanlarim ham oldimizga tushishdi. Mahallada ham allaqancha odam bo’lib, ko’chani to’ldirib, masjidga intildik. Hayit namozini o’qib olgach, hammamiz bir-birimizni muborak ayyom bilan tabrikladik. Hamma qidirgan insonlarimni masjiddan topdim. Ularni ham bayram bilan tabrikladik. Uydagi ayollar, qizbola jiyanchalarim Давоми …