Mehrobdan chayon

“Mehrobdan chayon” romani yozuvchi izohi bilan Xudoyorxon va munshiylari hayotidan tarixiy ro’mon bo’lib, unda Qo’qon xoni Xudoyorxonning noodil siyosati, insofsiz ulamolar, o’sha davrning og’ir hayot tarzi, oddiy xalqning ahvoloti haqida so’z boradi.
“Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etnog’rafik lavhalar, o’zbek hayoti, qiziqchilig’i, tanqidchiligi, o’zbek xotin-qizlari orasidag’i iste’dod, shoiralar, azkiyachilik va boshqa yana ko’p nuqtalarni qamrab olindi” deb yozadi Abdulla Qodiriy.

Romon syujetini so’zlab o’tirishning hojati yo’q. Zero, ko’pchilik bu tarixiy roman va uning filmi bilan tanish.
O’qishni boshlashingiz bilanoq, Ra’noning otasi Solih mahdum va uning qiliqlaridan jahlingiz chiqa boshlaydi. O’ta razil, qurumsoq, qo’l ostida 200 tillosi, 2 sandiq saruposi bo’la turib, har kuni qattiq non yeyishi va oilasiga ham xuddi shunday munosabatini kuzatasiz.
Yozuvchi Solih Maxdum, Abdurahmon domla, Shahodat muftiy, Hurramshohlar obrazi orqali zalolatga ketgan ba’zi ruhoniylarning asl basharasini ochib beradi. Ularning iflos bir moziyidan tortiq hozirgi kunigacha tasvirlab, xalqni aldash, laqillatish kabi hunarlarni o’zlariga kasb qilib olgan ba’zi domlalarning holatiga achinadi. Bu hol bilan jamiyat tobora zalolat botqog’iga botib ketaverishidan afsuslanadi.
Sultonali Mirzo, Safar bo’zchi, Muhammad Rajabbek, Toyir, Qobil. Oisha bibilar obrazi orqali oddiy xalq va hukumat vakillarining insof-diyonati, o’zbekona samimiyatini ochib beradi.
Maknuna aytganlaridek, romanning bosh qahramonlari Anvar bilan Ra’noning jasoratlariga tan bermaslikning iloji yo’q. Albatta ikki sevishganning orasidagi muloqotlar, mushoiralar tasviri ham juda originaldir.

Men ushbu oyda yana quyidagi kitoblarni o’qishga muvaffaq bo’ldim:
1. “Haqiqiy sevgi”. Muallif: Mahmud As’ad Jo’shon. Haqiqiy sevgi nima? Biz Allohni, payg’ambarini, qullarini qanday sevishimiz kerak? Shu kabi savollarga bu kitobdan javob topishingiz mumkin.
2. “Fazoilul-a’mol”. Muallif: Muhammad Zakariyo. Bu kitob Islm tarixidan olingan ibratli hikoyalardan iborat. Kitobni online saytimizda o’qishingiz mumkin.
3. “Zikr ahlidan so’rang”. Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ushbu risola har oyda chop etilib, unda ushbu oyning fazilatlari hamda har xil mavzulardagi Shayxning fatvolari e’lon qilinadi.
4. “Dajjol haqida bilasizmi?. Muallif: Doktor Otif Lamoza. Dajjol kim o’zi? Uning tuzilishi qanday? U qachon chiqadi? Qanday amallarni bajaradi? Undan qanday panoh tilanadi? Shu kabi savollarga ushbu kitobdan javob topasiz.

One thought on “Mehrobdan chayon

  1. Davron aka,o’qilgan kitoblarni tavsiya qilish yaxshi odati 10 yillar avval boshlangan ekanda

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *