hamd

Buyuk Zargar

Daraxtda sarg’aygan xazonning oltin ranglari quyoshda lovillaydi. Astagina esgan shabboda oltin yaproqlarni shitirlatgancha ulardan bir xovuchini menga uzatadi. Oftobdan qamashgan ko’zlarim tillo rangga burkangan ko’yi qo’llarim bu ko’hna shajar taqdim etgan zar yaproqlarga intiladi. Atrof zar, tuproq zar, kiyimlarim, vujudim zar… Buyuk Zargarga hamdu sanolar!.. 26.11.2008