kitob

Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz?

Aziz kitob muxlislari! Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz. O’z tajribamdan ba’zi tavsiyalarni siz bilan baham ko’rsam: 1. O’z kitob katalogingizni tuzib qo’ying. Uni computerda amalga oshirish osonroq. Excel dasturida jadval tashkil etib, kitob nomi, muallifi, chiqqan yili, nashriyoti, shahri, tili, mavzusi bo’yicha to’ldirib chiqing. Bu narsani oddiy kundalik daftarda ham amalga oshirsa bo’ladi. 2. Kitobni qachon sotib olganingiz yoki sizga kimdir Давоми …

Mening kitob javonim

Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud: Kitoblar – 415 ta; Jurnallar – 14 ta; Bukletlar – 15 ta. Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi – xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko’chirilgan Qur’oni karim qo’lyozmasidir. Eng yangi kitob esa “Sharq” nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning 100 yili” kitobidir. 2008 yilda chop etilgan Давоми …

Diniy kitoblar nega qimmat?

Deyarli bir oydan beri kitob bozorlarini kezaman. Shasiy kutubxonam uchun ancha-muncha kitob ham yig’ib qo’ydim. Kuzatishlarimga ko’ra yurtimizda kitobga e’tibor ancha kuchaygan. Buni kitob rastalaridagi xaridorlarni ko’rib ham bilib olishingiz mumkin. O’zbekistonda kitob biznesi shakllanib ulguribdi. Ayniqsa diniy kitoblar “biznes”i. O’zim poligrafiya sohasida ishlaganim uchun kitoblarni qanday bosish, uning narhlari haqida ma’lumotga egaman. Lekin kitoblarning, ayniqsa diniy mavzudagi adabiyotlarning narhini Давоми …