Bugun Toshkent shahrida ajoyib bir mish-mish tarqadi:
Nimeymish, bugun kechki soat 18.00 da Toshkent shahrida 8 ballik zilzila bo’larmish!. Hamma binolarni tark etsin!
Avvaliga umuman ishonmadim. Keyin bir o’rtog’im telefon qilib shunday dedi. Man esa unga hazillashib, mayli, san ketaver, man ko’rmoqchima, dedim. Keyin ishxonadegilar g’uvillab qolishdi. Bir-ikitalari uyga qochib ham qolishdi. Ularga ham shunday xabar kelgan ekan.
Ba’zilari hansiragancha xonalarga kirib bu “mudxish” xabardan bahramand qilishyapti. Hayajonni ko’rmismi? Tan bervordim: Nahot O’zbekistonning MChSi shunda tezkor ishlaydi? Hatto yaponlaram zilzilani oldindan aytib berolmaydi-ya! Tan berdim.
Soat 6 ga yaqinlashyapti. Ba’zilar “payt borida” qochib qolishgan. 5-etajda deyarli hech kim qolmadi. 4-etajga tushdim. Bir-ikkita odam ko’rindi. Ular ham shu gaplar bilan band, lekin mard, botirlardan edi.
Hozirgina bir hamkasbim uyiga zo’rg’a telefon qilib tushdi. Xotini tashqaridan endi kelibdi. Uyga qayerdan bo’lsa ham non topib keling, deya aytdi. Odamlar hammasi nonga navbatda turibdi ekan. Hamma odam ko’chada ekan. Xotini ham ovqat qilish uchun hozirgina kirgan ekan.
Xullas, mana soat millari 21.00 daqiqa o’tganini ko’rsatmoqda. Hozircha jimjitlik.