dard

Dard berib, davo berganingga shukr!

Allohning bergan har bir ne’matiga shukr qilish kerakligini yana bir marta angladim. Inson a’zolari Allohning san’ati ilohiysi bilan shunday mukammal yarilganki, butun dunyo olimlari bir bo’lib harakat qilsalarda, bitta tirnoq ham yarata olmaydilar. Avvallari hech tishim og’rimagan edi. Tish og’rig’i yomon bo’lar ekan. Bosh qismidagi barcha nerv hujayralariga birdek ta’sir etib, oromingizni yo’qotarkansiz. 2 kun shunday o’tdi. Tomoqdan narsa o’tmaydi, Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 3-she’r

Noming sani jonimda ham, Qaynab oqar qonimda ham, Bo’lmasang-da, yonimda ham Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, qomatim dol, Karashmangdan bu aqlim lol, Majnuningman, anglamam hol, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ohlarimdan titraydi Oy, Hatto Quyosh qilar dod-voy, Yerda menga qolmadi joy, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqingda mast, xoring manam, Ko’yingda bir zoring manam, Dard-la kuylar toring manam, Давоми …