bolajon

Bolajonlar nutqi. 14-qism

Kecha taksida ketayotsam taksichi aytib qoldi: “Biz tomonlarda qishda gaz biroz tanqis bo’ladi. Aslida gaz hammaga yetadi. Lekin ba’zi betavfiqlar gaz yo’liga motor o’rnatib, gazni so’rib olishadi. Masalan, agar qo’shningiz shunday motorchik o’rnatsa, siznikida gaz yonmaydi. Ba’zida elektr o’chib qolganda gazimiz yona boshlaydi. Bir kuni shunday bo’ldi. Elektr o’chishi bilan gaz yondi. Uyimizga biroz issiq kirdi. 3 yoshli o’g’lim xuddi Давоми …

Bolajonlar nutqi. 13-qism

Mahalladagi bir bolakaydan so’rayapman: – Nechchigacha sanashni bilasiz? – 10 jacha. – Sananag-chi? – Biy, ichchi, uch, to’y, besh, yetti, shachchiz, o’n. – Malades. Qo’lizda 2 ta olma bor edi. Keyin dadez kelib, sizga yana bitta olma berdi. Sizda jami nechta oloma bo’ldi? – Cho’pchina * * * Jiyanim Orifjonga ham shunday savol bilan murojaat qildim: – Orifi, qo’lizda ikkita Давоми …

Bolajonlar nutqi. 12-qism

Kecha jiyan-singillarim bolalari bilan kelishgan ekan. Kichikroq, endigina tili chiqqan Shohruxmirzoni olib, asta suhbat qura boshladim. Ba’zi narsalarni ko’rsatib, xususiyatini aytib, “Bu nima?” deb so’ray boshladim. Uning lug’atida bo’lgan jajji so’zlar bilan tanishing: Joynamoz – Ollo (namoz o’qilishiga ishora) Yostiq – Alla (yostiqda yotib alla aytilishiga ishora) Telefon – Allo (telefonda “Allo” deyilishiga ishora) Soat – Chiq (soatning chiqillashiga ishora) Давоми …

Bolajonlar nutqi. 1-qism

Bir jiyanim televizordanmi yoki ayollar suhbatidanmi “balo” degan so’zni o’rganib olibdi-da, keyin bir kuni kelinoyimga (amakimning xotiniga) murojaat qilayotganmish: – Hey, Balo, manga qara… (negadir, bu jiyanim hammani sansiraydi.) * * * Bir tanishimning qizchasini oyisi ertalab bog’chaga uyg’otsa turmasmish. Keyin borib do’stim – dadasining yoniga borib yotib olibdi. Bog’chaga kech qolmasin deya oyisi yana uyg’otib turg’izayotsa, 3 yoshli qizcha Давоми …