Sizni sog’inaman…

Sizni qanchalik sog’indim. Ko’rgim kelayapti, muborak bo’yingizdan hidlagim kelyapti.
Ikki oydirki yuzingizni ko’rmadim… Garchi telefonda gaplashsam-da, baribir ko’rgim kelaveradi.
Lekin siz meni mendan-da ortiqroq sevasiz, ko’rgingiz keladi. Yo’qsa ovozimni eshitib yig’lab yuborarmidingiz.
Yo’q, siz yig’lamang. Shunga ham yig’laydimi? – deyman o’zimcha.
Tushunmayman. Balki shu yig’idan ham taskin olar u. Men-chi men? Uni o’ylab qachon yig’ladim? Sog’inib biron marta ko’zimga yosh keldimi?
Yo’q, eslolmayman…
Lekin sog’inaman, qattiq sog’inaman, Sizni sog’inaman, onajon!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *