Bolajonlar nutqi. 17-qism

O’g’lim ikki yosh-u, uch oylik bo’ldi. Nimani bo’lsa xotiraga yozyapti. Ba’zida katta odamlardek g’alati gaplarni gapirib qoladi.

– Dada, “Masha”ni qo’yibeying.
– Yo’q, o’g’lim, hali ko’rding-ku.
– Dada, qo’yibeying, bo’masa hapa bo’laman!
– Iye, hafa bo’lma, hozir qo’yib bermayman.
– Dada, yeg’leman!
– Yo’q, yig’lama, o’g’il bola yig’lamaydi.
– Iltimos, dadajon…
:)

* * *

– Dada, “Masha”ni ko’ymiman, hayvonlani qo’yibeying.
– E bo’ldi-da, hali uni deysan, hali buni. O’chirib tashlayman hamma multfilmlarni.
– Dadajon, kechiyin. Endi qo’yibeyin dimiyman. :)

* * *

– O’g’lim, bo’l, tezroq, pastga tushamiz.
– Dadajon, ozgina sabiy qiliin. :)

* * *

– O’g’lim, buni ichma, juda sovuq ekan.
– Dadajon, “baniyat shipo” dib icho’raman-ta. :)

* * *

– O’g’lim, dasturxonga tegma, mehmonlar hali kelgani yo’q.
– Dadajon, manam mehmonman-ta. :)

One thought on “Bolajonlar nutqi. 17-qism

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *