Bolajonlar nutqi. 17-qism

O’g’lim ikki yosh-u, uch oylik bo’ldi. Nimani bo’lsa xotiraga yozyapti. Ba’zida katta odamlardek g’alati gaplarni gapirib qoladi.

– Dada, “Masha”ni qo’yibeying.
– Yo’q, o’g’lim, hali ko’rding-ku.
– Dada, qo’yibeying, bo’masa hapa bo’laman!
– Iye, hafa bo’lma, hozir qo’yib bermayman.
– Dada, yeg’leman!
– Yo’q, yig’lama, o’g’il bola yig’lamaydi.
– Iltimos, dadajon…
:)

* * *

– Dada, “Masha”ni ko’ymiman, hayvonlani qo’yibeying.
– E bo’ldi-da, hali uni deysan, hali buni. O’chirib tashlayman hamma multfilmlarni.
– Dadajon, kechiyin. Endi qo’yibeyin dimiyman. :)

* * *

– O’g’lim, bo’l, tezroq, pastga tushamiz.
– Dadajon, ozgina sabiy qiliin. :)

* * *

– O’g’lim, buni ichma, juda sovuq ekan.
– Dadajon, “baniyat shipo” dib icho’raman-ta. :)

* * *

– O’g’lim, dasturxonga tegma, mehmonlar hali kelgani yo’q.
– Dadajon, manam mehmonman-ta. :)

2 thoughts on “Bolajonlar nutqi. 17-qism

  1. Assalomu alekum, bu blogni imtixonda internetdan foydalanayotib topib oldim. Rosa qiziqarli ekan. Davronbek* (?) Aka…
    Kop kitob oqirkansiz, boshqa bolimlarini ham korib chiqdim. Molodets!

    Oldingi postlarizni ham oqidim, oldindan bolajon ediz ekan. Mana, xudo ozizga ham farzand beribdi. Umri bilan bergan bosin. Jiyanchalariz juda shirinchalar ekan, katta bop qolishgandir? Ishlarizga omda nima bogandayam
    Dindan xabari bor, 3 yoshdan namoz oqiydigan, solih, momin va muslim farzandlardan bizga ham ato etsin Allohim) Rahmat

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *