Eng ko‘p kitob kiritilgan kun (rekord yangilandi)

Bugun o‘zbek interneti tarixida eng ko‘p yangi kitob kiritilgan kun bo‘ldi. Ayni shu kun www.ziyouz.com portaliga 205 ta yangi kitob yuklandi. Portalimizdagi jami kitoblar soni 3739 taga yetdi!

Bundan oldingi rekordlar 2012 yil 20 avgustda (152 ta yangi kitob) va 2011 yil, 5 fevral kuni o‘rnatilgan edi (81 ta yangi kitob).

Qariyb 10 yil davomida Ziyouz kutubxonasi kitoblarini tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi:

Marg‘ilon shahar kutubxonasi
Marg‘ilon pedagogika kolleji kutubxonasi
Marg‘ilon iqtisodiyot kolleji kutubxonasi
“Yoshlik” jurnali tahririyati arxivi
“Sharq yulduzi” jurnali tahririyati arxivi
“Hidoyat” jurnali tahririyati arxivi
“Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati arxivi
“Tafakkur” nashriyoti arxivi
Pedagog Tohirjon Aliyev shaxsiy kutubxonasi
Shoir va tarjimon A’zam Obidov shaxsiy kutubxonasi
Shoir Faxriyor shaxsiy kutubxonasi
Shoir Xurshid Davron shaxsiy kutubxonasi
Professor Jabbor Eshonqul shaxsiy kutubxonasi
Tarix fanlari doktori Mahmud Hasaniy shaxsiy kutubxonasi
Yozuvchi Tog‘ay Murod shaxsiy kutubxonasi
Yozuvchi Ma’suma Ahmedova shaxsiy kutubxonasi
Oybek uy-muzeyi arxivi
Akademik Oybek shaxsiy kutubxonasi
Ulamolar Rahmatulloh qori Fayzullayev, Abduvohid Ahmadaliyev shaxsiy kutubxonalari
Kitobsevarlar Sobirjon Yoqubov, Yorqinjon Haydarov, Eldor Asanov, Iqbol Qo’shayeva, Zamira Hamidova shaxsiy kutubxonalari
O’z shaxsiy kutubxonam

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *