Tun…
Sokin oqshom!
Falakda yulduzlar tantana qiladi.
Men esa yo’ldaman.
Yulduzlarga termulaman, ularning ham qayg’ulari, g’amlari bormikin?
Yo’q, men ularga xavas qilaman.
Nega shunday katta va bahaybat yulduzlar bizga kichkina bo’lib ko’rinishadi.
Nega unda mashhur kishilarni yulduz deyishadi?
Axir yulduzlarlar bor malohatini ko’rsatmaydilar-ku!
Ana, bitta yulduz, o’zini tashlab yubordi…
Bir zumda yo’qoldi qoldi u…
Inson hayoti ham shunaqa.
Bir marta charaqlaydi, yana bir marta so’nadi…
Yulduzlar mangu yonmaydi.
Xotira qoladi dunyoda mangu.
Kimningdir kimga qilgan arzimas yaxshiligi qoladi.
Shularni o’ylab ketayapman.
Yo’llar tugamaydi… Yuraverasan, yuraverasan, ba’zan aylanib-aylanaib yana eski yo’lingga tushasan.
Iloyim yo’llarimiz bevaqt tugamasin…
23.04.2006.