Dunyoning eng yaxshi va qimmat brendlari – Interbrand 2007

Eng qimmat brend (savdo markasi) qancha turadi? Dunyodagi eng qimmat brend qaysi? Kimning firma logotipi yiliga milliardlab dollar daromad keltiradi? Yaqin kelajakda qaysi brend muvaffaqiyat qozonadi? Ushbu savollarga quyidagi reytingdan javob olishingiz mumkin.

Har yili bir-biridan mustaqil tarzda ikki nashr (“Business Week” va “The Financial Times”) Interbrand xalqaro konsalting guruhi va Millward Brown Optimor tadqiqot kompaniyalari dunyoning eng yaxshi va qimmat brendlari reytingini e’lon qiladi.

“Business Week” va Interbrand kompaniyasi hamkorlikda bu yil yettinchi marta “Dunyoning eng yaxshi 100 ta brendi” reytingini e’lon qildilar.

O’tgan yili bo’lgani kabi 2007 yilda ham CocaCola reytingda birinchilikni qo’lga kiritdi. Kompaniya daromadlari bu yil o’tgan yilgiga qaraganda 3 %ga kam bo’lsa-da, brend reytingda o’z mavqeini saqlab qoldi. Eslatib o’tamiz, so’nggi paytda ushbu alkogolsiz ichimlikning zararlari haqida matbuot chiqishlari CocaCola reytingiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazgan.

Reytingda ikkinchi o’rinni jahon komputer dasturlari bozorini egallab ulgurgan Microsoft (59 mlrd. $) kompaniyasi egalladi. Undan keyingi o’rinda IBM turibdi: uning yillik daromadi 2 foizga o’sgan va 57 mlrd. dollarni tashkil etgan.

AQShning General Electric (51,5 mlrd. $) brendi 4-o’rinda bo’lsa, ko’pchilikning sevimli uyali telefon markasi, Finlandiyaning Nokia (33,6 mlrd. $) brendi 5-o’rinni egalladi. Kuchli o’nlikka yana Toyota (32 mlrd. $), Intel (30,9 mlrd. $), McDonalds (29,3 mlrd. $), Disney (29,2 mlrd. $) va Mersedes (21,5 mlrd. $) brendlari kirgan.

Eng rivojlanayotgan brend sifatida Google e’tirof etilgan. Uning qiymati 44 5ga o’sib, 17,8 mlrd. $ni tashkil etgan. Shuningdek, Zara (22%), Apple (21%) va Nintendo (18%) brendlarida ham bu yil katta o’sish kuzatilgan.

Dunyoning eng yaxshi brendlari (Interbrand)

1. Coca-Cola, AQSh
2. Microsoft, AQSh
3. IBM, AQSh
4. GE, AQSh
5. Nokia, Finlandiya
6. Toyota, Yaponiya
7. Intel, AQSh
8. McDonald’s, AQSh
9. Disney, AQSh
10. Mercedes, Germaniya
11. Citi, AQSh
12. Hewlett-Packard, AQSh
13. BMW, Germaniya
14. Marlboro, AQSh
15. American Express, AQSh
16. Gillette, AQSh
17. Louis Vuitton, Fransiya
18. Cisco, AQSh
19. Honda, Yaponiya
20. Google, AQSh
21. Samsung, Koreya
22. Merrill Lynch, AQSh
23. HSBC, Buyuk Britaniya
24. Nescafe, Shveysariya
25. Sony, Yaponiya
26. Pepsi, AQSh
27. Oracle, AQSh
28. UPS, AQSh
29. Nike, AQSh
30. Budweiser, AQSh
31. Dell, AQSh
32. JPMorgan, AQSh
33. Apple, AQSh
34. SAP, Germaniya
35. Goldman Sachs, AQSh
36. Canon, Yaponiya
37. Morgan Stanley, AQSh
38. Ikea, Shvetsiya
39. UBS, Shveysariya
40. Kellogg’s, AQSh
41. Ford, AQSh
42. Philips, Niderlandiya
43. Siemens, Germaniya
44. Nintendo, Yaponiya
45. Harley-Davidson, AQSh
46. Gucci, Italiya
47. AIG, AQSh
48. eBay, AQSh
49. AXA, Fransiya
50. Accenture, AQSh
51. L’Oral, Fransiya
52. MTV, AQSh
53. Heinz, AQSh
54. Volkswagen, Germaniya
55. Yahoo!, AQSh
56. Xerox, AQSh
57. Colgate, AQSh
58. Chanel, Fransiya
59. Wrigley, AQSh
60. KFC, AQSh
61. Gap, AQSh
62. Amazon.com, AQSh
63. Nestle, Shveysariya
64. Zara, Ispaniya
65. Avon, AQSh
66. Caterpillar, AQSh
67. Canone, Fransiya
68. Audi, Germaniya
69. Adidas, Germaniya
70. Kleenex, AQSh
71. Rolex, Shveysariya
72. Hyundai, Koreya
73. Herms, Fransiya
74. Pizza Hut, AQSh
75. Porsche, Germaniya
76. Reuters, Buyuk Britaniya
77. Motorola, AQSh
78. Panasonic, Yaponiya
79. Tiffany & Co., AQSh
80. Allianz, Germaniya
81. ING, Niderlandiya
82. Kodak, AQSh
83. Cartier, Fransiya
84. BP, Buyuk Britaniya
85. Mot & Chandon, Fransiya
86. Kraft, AQSh
87. Hennessy, Fransiya
88. Starbucks, AQSh
89. Duracell, AQSh
90. Johnson & Johnson, AQSh
91. Smirnoff, AQSh
92. Lexus, Yaponiya
93. Shell, Niderlandiya
94. Prada, Italiya
95. Burberry, Buyuk Britaniya
96. Nivea, Germaniya
97. LG, Koreya
98. Nissan, Yaponiya
99. Polo RL, AQSh
100. Hertz, AQSh

“Dunyoning eng yaxshi 100 ta brendi” reytingining muqobili Millward Brown Optimor va “Financial Times” gazetalari hamkorligida tashkil etilgan “Eng qimmat 100 ta brend” ro’yxatidir. Eng yaxshi brendlar reytingi ekspertlarning bahosi orqali aniqlangan bo’lsa, eng qimmatbaho brendlar – iste’molchilar fikrlari asosida tuzilgan.

MBOga ko’ra, dunyodagi eng qimmat brend Google bo’lib, uning qiymati 77 %ga oshgan va 66 mlrd. $ deya baholangan. Keyingi o’rinlarni General Electric (62 mlrd. $) va Microsoft (55 mlrd. $) brendlari egalladi. To’rtinchi o’rinda 44 mlrd. qiymat bilan CocaCola turgan bo’lsa, 5-o’rinni China Mobile (41 mlrd. $) band etdi.

MBO ekspertlariga ko’ra, eng tez rivojlanayotgan savdo markalari Marks & Spencer (192%), Best Buy (113%) va Target (88%)dir. Eng past ko’rsatgich Home Deport (-33%) da kuzatildi. Shunigdek T-Mobile – (-32%), Intel (-26%) va Dell (-24%) brendlar qiymati ham tushib ketgan.

Dunyoning eng qimmatbaho brendlari  (Millward Brown Optimor)

N/Kompaniya nomi/Brand qiymati, mln. $

1. Google  66 434
2. GE (General Electric)  61 880
3. Microsoft  54 951
4. Coca Cola  44 134
5. China Mobile  41 214
6. Marlboro  39 166
7. Wal-Mart  36 880
8. Citi  33 706
9. IBM  33 572
10. Toyota  33 427
11. McDonald’s  33 138
12. Nokia  31 670
13. Bank of America  28 767
14. BMW  25 751
15. HP  24 987
16. Apple  24 728
17. UPS  24 580
18. Wells Fargo  24 284
19. American Express  23 113
20. Louis Vuitton  22 686
21. Disney  22 572
22. Vodafone  21 107
23. NTT DoCoMo  19 450
24. Cisco  18 812
25. Intel  18 707
26. Home Depot  18 335
27. SAP  18 103
28. Gillette  17 954
29. Mercedes  17 813
30. Oracle  17 809
31. HSBC  17 457
32. Tesco  16 649
33. ICBC  16 460
34. Verizon Wireless  16 261
35. Starbucks  16 057
36. Honda  15 465
37. Dell  13 903
38. Bank of China  13 689
39. Royal Bank of Canada  13 624
40. Porsche  13 372
41. Deutsche Bank  13 210
42. Yahoo!  13 201
43. eBay  12 927
44. Samsung  12 742
45. Ford  12 627
46. L’Oral  12 303
47. Banco Santander  12 094
48. Pepsi  11 756
49. Carrefour  11 710
50. Merrill Lynch  11 655
51. UBS  11 591
52. Target  11 560
53. ING  11 539
54. Canon  11 413
55. Sony  11 389
56. Morgan Stanley  11 204
57. Chevrolet  11 202
58. Nissan  11 189
59. Chase  11 182
60. Motorola  10 787
61. China Construction Bank  10 757
62. Accenture  10 534
63. Nike  10 290
64. Harley-Davidson  10 269
65. Wachovia  10 035
66. Budweiser  9 977
67. Orange  9 922
68. Marks & Spencer  9 509
69. FedEx  9 310
70. Cingular Wireless  9 260
71. Siemens  9 111
72. State Farm  8 738
73. H&M  8 711
74. JP Morgan  8 490
75. TIM  8 440
76. Goldman Sachs  8 239
77. T-Mobile  8 047
78. Colgate  7 711
79. Chanel  7 499
80. Subway  7 433
81. IKEA  7 373
82. Royal Bank of Scotland  7 200
83. VW (Volkswagen)  7 033
84. Cartier  7 021
85. Hermes  6 939
86. Best Buy  6 674
87. Barclays  6 612
88. Avon  6 558
89. Gucci  6 524
90. Zara  6 469
91. WaMu  6 126
92. Amazon  5 964
93. BP  5 931
94. AIG  5 880
95. ABN AMRO  5 617
96. Auchan  5 570
97. Asda  5 540
98. Lexus  5 421
99. Esprit  5 411
100. Rolex  5 387

Ikkala reytingda ham bir-biriga o’xshash bir jihat bor. Ularda AQSh brendlari ko’p bo’lib, o’zlari ta’kidlaganidek, “Amerika markalari eng yaxshi bo’lishi kerak” prinsipiga amal qolmoqda. Lekin bu aksioma qachongacha davom etishini vaqt ko’rsatadi.

Davronbek Tojialiyev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *