– Og’rigan bosh, yig’lagan ko’z yashirilmas.
– Yig’lasa onam yig’lar, boshqasi yolg’on yig’lar.
– Og’ir qozon kech qaynar.
– Og’riqsiz bosh mozorda bo’ladi.
– Ochiq yaraga qurt tushmas.
– Odam eshagidan, xotin to’shagidan ma’lum. – Odam bo’lganga bitta so’z yetar.
– Odam yengilish bilan ma’rifatli bo’ladi, yanglishish bilan – olim.
– Odamning yaxshisi ish boshida ma’lum bo’ladi.
– Och qo’ynida oziq turmas.
– Och tovuq tushida bug’doy omborini ko’rar.
– Och to’qning holini tushunmas.
– Daraxt qanchalik ko’p meva bersa, shoxi shunchalik yerga egiladi.
– Daraxt qanchalik yuksak bo’lsa ham, barglari yerga to’kiladi.
– Daraxt uchiga yel tegar, yaxshi kishiga so’z tegar.
– Daraxtga beshikdan mozorga qadar muhtojmiz.
– Yog’ochga tayanma, chirur, insonga quvonma, o’lur.
– Daraxtni qurt, insonni dard bitirar.
– Oqar suvda kir bo’lmas.
– Oqil pulga sotilmas.
– Aqlsiz boshning jazosini oyoqlar oladi.
– Oziqsiz yo’lga chiqqanning ikki ko’zi el to’rvasida bo’ladi.
– Oyoq sig’magan joyga bosh suqilmas.
– Otdan tushdi, eshakka mindi.
– Otlar tepisharkan,orada eshaklar ezilar.
– Otning yaxshisi orqadan kelmas.
– Otilgan o’q orqaga qaytmas.
– Olov bo’lmagan yerdan tutun chiqmas.
– Olov tushgan yerni yoqadi.
– Ot sohibiga o’xshab kishnar.
– Ot yetti kunda, it yegan zahoti unutar.
– Ot o’lar maydon qolar, yigit o’lar shon qolar.
– Ot bo’ladigan toy yurishidan ma’lum.
– Ot qornidan, yigit burnidan ma’lum.
– Mashaqqatsiz ishq bo’lmas.
– Aslini inkor etganning nasli bo’sh bo’lar.
– Asli qanday bo’lsa, nasli shunday bo’ladi.
– Aslini inkor etgan haromzodadir.
– Arpa ekib bug’doy kutma.
– Ari chaqmagan bolning qadrini qayerdan bilsin.
– Izlagan topar, ingragan o’lar.
– Izlagan balosiniyam, davosiniyam topar.
– Axmoqning qorni to’yguncha ko’zi yo’lda bo’ladi.
– Onasiga boqib qizini ol, ipiga boqib bo’zini ol.
– Ona kabi yor, Bag’dod kabi diyor bo’lmas.
– Oltinning bahosini sarrof biladi.
– Oltin qilich temir eshikni ochar.
AbdulAziz tarjima qildi